13.2. Respublikamizda sog’lom raqobat muhitini yaratishga oid
O’zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari.
Xalqaro amaliyot hamda keng miqyosda narxlarni davlat tomonidan
tartibga solishning samarasizligini hisobga olgan holda narxni tashqil etish
sohasidagi monopoliyaga qarshi siyosatning asosiy yo’nalishi bo’lib
korxonalarning mahsulot va xizmatlari narxlarini bevosita davlat
tomonidan
tartibga
solish
sohasining
qisqartirilishi
hisoblanadi.
Narxlarning umumiy nazoratidan ularning monitoringiga o’tish lozim.
Tavsiya etilayotgan yondoshuv moliyaviy idoralarga narxlarning
189
chegaraviy darajasi to’g’risida deklaratsiya topshirishning bekor qilinishini
ko’zda tutadi. Faqat narxlarning keskin oshirib yuborilishi holati
aniqlanganda tarkib topgan narxlarning iqtisodiy asoslanganligi tahlil
qilinishi zarur. Faqat monopol yuqori narxlar belgilangan holatlarda
monopolist-korxonalar uchun narxning mumkin bo’lgan chegarasini
o’rnatish lozim. Bizning fikrimizcha, taklif etilayotgan mexanizm hozirgi
bosqichda eng samarali hisoblanadi.
Ta’kidlash
lozimki,
O’zbekiston
Respublikasining
«Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat
to’g’risida» gi Qonuni xalqaro analoglar asosida tuzilgan, biroq,
bu qonun amalga oshirilayottan muhit rivojlangan mamlakatlar
sharoitidan tubdan farq qilib, uning bajarilishiga ta’sir kursatadi.
Qonunchilikning samarali bajarilishiga halaqit beruvchi nisbatan muhim
omil bo’lib idorachilik hisoblanadi.
Amaldagi qonunchilikka ko’ra, huquqiy shaxslarning birlashmalari
(uyushmalar,
assotsiatsiyalar,
kontsernlar
va
h.k.)
uchun
assotsiatsiyalashgan sub’ektlarning xo’jalik faoliyatiga aralashuv
ta’qiqlanadi. Biroq, amalda tashqil etilgan birlashmalar, odatda ilgari amal
qilgan tarmoq vazirliklarining davomchilari bo’lib, hozirgi vaqtda ularga
xom ashyo resurslarini, markazlashtirilgan kapital qo’yilmalarni
taqsimlash, mahsulotlarni sotish va boshqa vazifalarning yuklatilishi
ko’pincha raqobat muhitining rivojlanishini sekinlashtirib qolmay, balki
ularning yaratilishiga to’sqinlik ham qilmoqda. Ularning amal qilishi
kichik biznesning xom ashyo resurslariga, valyuta mablag’lariga bo’lgan
imkoniyatini cheklash orqali to’siqlar qo’yishi jiddiy salbiy holat
hisoblanadi
48
.
Tarkib topgan sharoitda amal qilayotgan birlashmalarni tarkibiy
qayta tuzish monopoliyalarni cheklash va raqobatni rivojlantirishning
zarur sharoitlaridan biri hisoblanadi. Bunday birlashmalarning vazifasi
bo’lib marketing xizmatlari bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini
amalga oshirish, ularning amaliyotga tatbiq etilishiga ko’maklashish
hisoblanadi.
48
www.lex.uz
O’zR VMning 1997 yil 31 martdagi «O’zbekiston Respublikasining Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni
cheklash va raqobat to’g’risida»gi Qonuni
190
O’zbekistonda
amal
qilayotgan
monopoliyaga
qarshi
qonunchilikning yana oir muammosi — davlat monopoliyaga qarshi
organiga qonunchilikni bo’zganlik uchun iqtisodiy sanktsiya qo’llash
huquqining berilishidir. Chunki xalqaro amaliyotda bu kabi masalalar sud
ajrimlari orqali hal etiladi. Respublikada monopoliyaga qarshi
qonunchilikka amal qilish masalalarini ko’rib chiqishda sud amaliyotining
rivojlantirilishi xo’jalik sub’ektlarining mas’uliyatlarini oshiradi.
O’zbekistonda yaratilgan raqobat siyosatini olib borish tizimi o’z
ichiga qonunlar va qonunosti hujjatlarni, uni amalga oshirish hamda
iste’molchilar huquqini himoya qilish uchun mas’ul bo’lgan maxsus
muassasalarni,
shuningdek,
Mazkur siyosatni
amalga
oshirish
mexanizmlarini o’z ichiga oladi. Biroq, Mazkur sohadagi
ma’lum muvaffaqiyatlarga qaramay, raqobat siyosatini amalga oshirish
maqsad va usullari uni yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Bu, eng avvalo, globallashuv miqyoslari va ta’sir kuchlarining
o’sishi bilan shartlangan bo’lib, buning natijasida milliy ishlab
chiqaruvchilar raqobatbardoshligini oshirish uchun sharoit yaratish
taqozo etiladi.
Ayniqsa, O’zbekistonda 2003 yilda joriy operatsiyalar hisobi
bo’yicha erkin konvertatsiya kiritilgan bo’lib, bu ichki bozordagi milliy va
xorijiy ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobatni kuchaytiradi.
Bundan tashqari, shuni tan olish kerakki, respublikada raqobatni
rivojlantirish borasida o’tkazilayotgan siyosat yetarli darajada ta’sirchan
emas.
Bozor iqtisodiyoti tarixi - bu ko’p jihatdan monopolizmning salbiy
oqibatlariga qarshi tarixini namoyon etadi. Nazariyot va amaliyot shuni
kursatadiki, monopolizm quyidagi oqibatlarni keltirib chiqaradi:
- iste’molchilar monopolist firmalarning mahsulotlari uchun
raqobatli bozordagi shunga o’xshash mahsulotlar narxiga nisbatan to’lashi
yuzim bo’lgan o’ta yuqori narxlar;
- yuqori narxlarni ushlab turish uchun turli tarmoqlar o’rtasida
resurslarning samarasiz taqsimlanishiga, ulardan monopoliyalashtirilgan
191
tarmoqlarda yetarli darajada foydalanmaslikka olib keluvchi tovar va
xizmatlarning alohida turlarini ishlab chiqarishni sun’iy ravishda
cheklash,
-
ishlab chiqarishning
texnik
jihatdan
rivojlanmay
qolishi, mahsulotning past sifati.
Do'stlaringiz bilan baham: |