Davlat
Davlat jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari
manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlat mamlakat chegaralarini himoya qiladi,
boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo.
Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi
munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma. D. jamiyatni oʻz qonun-
qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. D. toʻgʻrisidagi nazariya
huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. D. va uning kelib chiqishi, rivojlanish
bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud.
D. masalasi haqidagi qarashlar, taʼlimotlar. D. hokimiyati hamda huquqiy xayot hodisalari
hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. D. toʻgʻrisidagi ilk tushuncha va
qarashlar mil. av. taxminan 4—3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda
paydo boʻlgan. Ular asosan diniy-mifologik harakterda edi. Avesto taʼlimotiga koʻra,
hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amalga
tayanadi. D.ning vazifasi yovuzlikka qar-shi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtlisaodatli
hayotini taʼminlashdir. Islom dini taʼlimoti boʻyicha, Allohnpng oʻzi oliy qonun sohibi. Uning
talablari, koʻrsatmalari pay-gʻambarlar orqali insonlarga yetkaziladi. D. boshliqlari —
podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi.
Diniy-mifologik taʼlimotlar bilan birga, keyinchalik D. toʻgʻrisidagi dunyoviy qarashlar, gʻoyalar
rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, J.J.Russo, G.Grotsiy, Spinoza, Lokk,
Monteskye, Kant, Jefferson va b. katta hissa qoʻshdilar. Bugungi dunyoviy D.larda ana shu
mutafakkirlar taʼlimotlari muayyan darajada oʻz aksini topgan. Aristotel qam, Forobiy ham
insonlar hayotiy zarur masalalarni yechishda va oʻz ezgu orzulariga erishishlarida tabiat
insonga ato etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va hokazo) asosida D.ga
birlashadilar, deb hisoblagan. D.ga jamiyatda tinchlikni, tartibni taʼminlovchi, jamiyatni idora
qiluvchi hokimi-yat sifatida qaragan. "Davlat — huquqqa rioya etish, u umum manfaati
yoʻlida tuzilgan erkin kishilarning mukam-mal ittifoqi" (Grotsiy), "D. huquqiy qonunlar
himoyasida boʻlgan koʻpchilik odamlarning birlashmasidir" (Kant). Gʻarbiy yevropalik olim J.
Boden "D. ichki va tashqi siyosatda mustaqildir", deyish bilan suverenitet, suveren hokimiyat
haqidagi fikrni ilgari surgan. Fransuz mutafakkiri J.J. Russo esa suverenitet xalqniki degan
edi. T. Gobbs bu xususda oʻzicha tavsif berib, suverenitet sohibi bir shaxs, davlat boshligʻi
yoki bir necha kishilar boʻli-shi mumkinligini eʼtirof etgan. U D. zimmasiga "qoʻl ostidagilarga
tinchtotuvlikni baxsh etish, ular xavfsizligini taʼminlash yuklatiladi", deb yozgan. D. haqidagi
nazariyalar qanchalik xilmaxil boʻlmasin, D.ning hamma yerda tashkil topish va rivojlana
borish jarayoni oʻz yoʻli bilan kechdi.
D.ning yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dastlabki D.lar sugʻoriladigan dehqonchilik
hududlari — Misr, Mesopotamiya, Elam (hoz. Eron hududida), Hindiston va Xitoyda bundan
3,5—5 ming yillar muqaddam vujudga keldi. Sugʻorish shoxobchalarini bunyod etish bilan
mehnat unumdorligining keskin oshishi ularning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. D.ning
tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat vujudga keldi: eng
yuqorida yagona hukmdor (podshoh, firʼavn, xon va q.k.), quyiroqda — uning eng yaqin
safdoshlari, maslahatchilari (vazirlar, amirlar) turardi. Ulardan keyin quyi martabali amal-
dorlar, piramidaning asosini esa, qishloq jamoalari tashkil etardi. D. oliy hukmdor sanalib,
jonli-jonsiz hamma narsalarga, barcha fuqarolarning ham hayoti, ham mulkiga egalik
qilardi. Jamiyatning barqaror tabiati D.ning tub oʻzgarishlarsiz yashashini taʼminlab keldi.
Chunonchi, qad. Misr D.i mil. av. 4—3-ming yilliklarda paydo boʻlib, 30 a.dan koʻproq
yashadi. Gʻarb davlatlari Sharq D.laridan ancha keyin paydo boʻlgan, biroq ular ancha tez
rivojlangan. Yevropa ijtimoiy jamiyatidagi oʻzgarishlar D.larning yangi-yangi tiplarini vujudga
keltirib chiqargan.
Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Buni
arxeologiya fani va yozma manbalar isbotlaydi. Jumladan, Avesto, axomaniplar davri
mixsimon yozuvlari va qad. dunyo (Yunonrim) davriga taallukli manbalarda bu yurtdagi
viloyatlarning nomlary, aholining tur-mushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
tuzumi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish mum-kin. Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk
davlatchilik tizimiga oʻtish jarayoni mil. av. 2-ming yillikning oʻrtalarida boshlandi. Mil. av. 7
—6-asrlarda Oʻrta Osiyo hududida eng yirik D.lar — "Katta Xorazm" va qad. Baqtriya
podsholigi mavjud edi. Soʻgʻdiyona va Fargʻona vi-loyatlari qad. tarixning iqtisodiy va
madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Asrlar davomida oʻzbek xalqi ajdodlari
chet el bosqinchilari (axomaniylar, yunon-makedonlar)ga qarshi kurash olib bordilar. Turli
sulolalar davrida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻzgarib turdi. Keyingi asrlar
davlatchilik tarixini oʻrganishda va tadqiq etishda Beruniy, Narsha-xiy, Abdurazzoq
Samarqandiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Bobur, Hofiz Tanish Buxoriy va b. mualliflar asarlari
muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻrta asrlarda oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida somoniylar,
qoraxoniylar, saljuqiylar sulolalarining yirik D.lari vujudga keldi. 12-asrning oʻrtalarida
xorazmshoxlar mamlakatni markazlashtirishga hara-kat qildilar, ammo bu jarayonga moʻeul
istilosi toʻsiq boʻldi. Oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixining yangi bosqichi Amir Temur
hukmronligi davri bilan uzviy bogʻliqdir. Bu davrda hamma soha — iqtisodiy hayot,
meʼmorlik, hunarmandchilik, ilm-fan, sanʼat yuksak darajada rivoj topdi. Ushbu tarixiy anʼana
Ulugʻbek davrida davom etdi. Keyingi asrlarda oʻzaro nizolar va ku-rashlarga qaramay,
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda yangi jarayonlarni kuzatish mumkin. 18-asr oʻrtalariga
kelib Oʻrta Osiyo hududida uchta D. (Buxoro xonligi, Xiva xonligi va Koʻqon xonligi) paydo
boʻldi. Afsuski, ular oʻrtasida birlik boʻlmadi, siyosiy qara-maqarshiliklar, oʻzaro kurashlar avj
oldi. Bunday vaziyatda Oʻrta Osiyo xonliklari podsho Rossiyasi tomonidan istilo qilinib,
Turkiston oʻlkasi mustamlakaga aylandi. Shu davrdan boshlab oʻlkada istiqdolga erishish va
milliy davlatchilikni tiklash uchun xalq harakatlari boshlandi, ayniqsa, 20-asrning 1-
choragida bu kurash oʻzining yuqori nuqtasiga chiqsi. Oʻzbekiston D. mustaqilligi eʼlon
qilinguncha, oʻzbek xalqi oʻz hayotida mana shunday murak-kab tarixni boshidan kechirdi
(qarang Oʻzbekiston Respublikasi).
Turli xalqlar oʻz davlatchiligining shakllanish bosqichini ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy-madaniy
vazi-yatlarga bogʻliq holda turli tarixiy davrlarda bosib oʻtdilar. Yer yuzida oʻz davlatchiligini
hech qachon yarata olmagan elatlar va qabilalar saqlanib qolgan boʻlib, ularning ijtimoiy-
iqti-sodiy hayoti bir necha ming yillar ilgarigidek, urugʻ va qabilaning maʼnaviy oʻlchamlari,
urugʻ boshliqlarining obroʻ-eʼtibori bilan boshqarib turilmoqda. Sivilizatsiya insoniyat
madaniyati rivojinigina anglatib qolmay, shuningdek, davlatchilik taraqqiyoti \amdir. Biroq
yaqin-yaqingacha xukm surib kelgan markscha-lenincha taʼlimotga koʻra, D. sinfiy
harakterga ega, hukmron sinflarning qoʻlidagi ekspluatatsiya quroli, jamiyat rivojlana borib,
pirovardida D. oʻz qiyofasidan maxrum boʻladi va dastavval "yarim davlat"ga aylanib,
keyinroq (zarurat boʻlmaganligi bois) umuman barham topadi. Leninning "Davlat va
revolyusiya" asarida bayon etilgan bu xildagi "nazariy qoida"larning tagi puch ekanli-gini
jahon tarixidagi keyingi voqealar isbotlab berdi. Tarixiy taraqqiyot shuni koʻrsatdiki,
insoniyat hech qachon hokimiyatsiz, D.siz yashay olmagan, aksincha tom maʼnodagi D.ning
rivojlanishi jamiyatning kjsalishiga olib kelgan. Zotan D. jamiyatda bar-cha sinflar, tabakalar
va millatlarni murosaga keltirib turuvchi kuchdir. U barcha boshqa nodavlat tashkilotlardan
oʻzining asosiy belgilari bilan va qonunlarining bajarilishi hamma uchun majburiyligi bilan
farqlanadi.
D.ning asosiy belgilari. D.ning belgilari toʻgʻrisidagi masalani huquqshunoslar turlicha talqin
qilib kelganlar. Bunda aholining hududiy boʻlinishi, odamlar ustidan rahbarlik qiluvchi
hokimiyat, soliqlar ti-zimi alohida ajratib koʻrsatilgan. Hoz. vaqtda D.ning umumiy eʼtirof
etilgan quyidagi asosiy belgilarini koʻrsatish mumkin: D. oʻz chegaralari doirasida fuqarolik
belgisi boʻyicha birlashgan butun jamiyat, aholining yagona vakili sifatida maydonga
chiqadi; D. — suveren hokimiyatning yagona egasidir; D. — yuridik kuchga ega boʻlgan va
huquq normalarini aks et-tirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul
kidali; D. — oʻz funksiyalarini bajarish uchun zarur D. organlari hamda tegishli moddiy
vositalar tizimidan iborat mexanizm (mahkama)ga, huquqni muhofaza qilish (jazolash)
organlari — sud, prokuratura, militsiya, politsiya kabilarga, oʻz mudofaasi, su-vereniteti,
hududiy yaxlitligini va xavfsizligini taʼminlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga
ega boʻladi (qarang Davlat xavfsizlik organlari).
D. tiplari va shakllari. Davlatshunos olimlar D.ni oʻrganishga tarixiy jihatdan yondashib, qad.,
oʻrta asr hamda xoz. D.larni ajratib koʻrsatadilar. Tarixiy va madaniy rivojlanish qoʻshib
hisobga olinadigan boʻlsa, deqqonchilik bilan shugʻullanuvchi va sanoat bilan
shugʻullanuvchi (yoki industrial taraqqiyotgacha, industrial va postindustrial) D.larga
boʻlinishi mumkin. Sivilizatsiya harakteriga koʻra, D.lar sharqiy, gʻarbiy va aralash (oraliq)
D.larga, iqtisodiy taraqqiyot darajasi boʻyicha esa, yuksak rivojlangan, oʻrtacha rivojlangan
hamda "kambagʻal" D.larga ajratiladi. Hoz. zamonda fanda keng foydalanilayotgan D. tasnifi
quyidagicha: totalitar, avtoritar, liberal va demokratik D.lar. Liberal D.da fuqarolarning huquq
va erkinliklari jamiyat hayotining barcha sohalarida rasman amal qiladi, D. ishlarida
fukarolarning rasman ishtiroklariga yoʻl qoʻyiladi. Man etilmagan hamma narsaga ruxsat
etiladi, biroq mavjud D. va ijtimoiy tuzumni oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Totalitar D.da
hamma narsa bir gʻoyaga — "D. — bu hamma narsa, inson esa — hech nima" degan gʻoyaga
boʻysundirilgan. Butun qokimiyat hukmron elita qoʻlida boʻlib, boshqalar D.ni boshqarishdan
chetlatilgan. Avtoritar D.da ham hokimiyat tor guruq kishilar qoʻlida boʻlib, shaxsiy
manfaatlar D. manfaatlari yoʻlida qurbon qilinadi. Siyosiy jabhada ruxsat etilganidan
tashqari hamma narsa man etilishi tamoyili amal qiladi. Demokratik D. fuqarolarning D. va
jamoat ishlarini boshqarishdagi xuquklarini amalda taʼminlaydi, shunday ishtirokka amalda
yordam beradi. Shaxsning huquq va erkinliklari doirasi juda keng boʻlib, ularni amalga
oshirish taʼminlangan boʻladi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonun bilan toʻgʻridan-
toʻgʻri taqiqlanmagan hamma narsaga yoʻl qoʻyiladi (qarang Demokratiya).
D. qurilishida D. shakli katta rol oʻynaydi. Yangi D.lar tashkil topayotganda uning shakli
toʻgʻri tanlanishi, joriy etilishi muqimdir. D. shakli boshqaruv shakli, D. tuzilishi shakli va
siyosiy idora usuli (tartib, rejim) tushunchalarini oʻz ichiga oladi. D. boshqaruv shakli — D.
hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibidir. Boshqaruv
shaklining eng qad. va xrz. kunga qadar rivojlanib kelayotgan shakli monarxiya va
respublikanku. Monarxiya koʻproq Qad. Sharq, shu jumladan, Turon zaminida tashkil topgan
D.lar shakli edi. Monarxiyaningoʻzi ham mutlaq monarxiya vacheklangan monarxiya
koʻrinishlariga ega. Mutlaq monarxiya D.larida D. boshligʻining hukuqi cheklanmagan,
hokimiyat muddatsiz, taxt meros sifatida avloddan avlodga oʻtadi, D. boshligʻining ustidan
nazorat yoʻq va u hech kimga hisobot bermaydi. Oʻzbekistonda D. va huquq nazariyasi
hamda tarixining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi O. Eshonov, M.H.Hakimov,
A.A.Aʼzamxoʻ-jayev, Sh.Z.Oʻrazayevnish olib borgan ilmiy tadqiqotlari bilan bogʻliq. Jamiyat
taraqqiyo-tidagi yangi realliklar D. toʻgʻrisidagi fanga tamomila yangicha yondashuvlarni
taqozo etdi. D.shunoslik, yangi tashkil topgan D.lardagi siyosiy tizimlar tarixi va ularning
rivojlanishi, demokratik institutlar tuzilishi, ularning huquqiy D. hayotidagi oʻrni xolisona
tadqiq qilina boshladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi D. mustaqilligining huquqiy
asoslari va demokratik jamiyat barpo etish muammolari (A.A.Azizxoʻjayev), Oʻzbekistonda
D. boshqaruvi va D. hokimiyatini tashkil etish masalalari (A. Toʻlaganov), D. suvereniteti
(M.Fayziyev), davlat hamda qonun chiqaruvchi organlarning tuzilishi, faoliyat koʻrsatishi,
vakolatlari muammosi, ularning ijtimoiy va D. xayotidagi roli (3. M. Islomov, S. D.
Niyatullayev, U. Tojixonov, O.T. Husanov), huquqiy munosabatlar (X.T. Odilkrriyev), inson
huquqlari, xalqaro huquq (A.Saidov), huquqiy parlamentarizmning rivojlanishi (E.H.Hali-lov),
oʻzbek davlatchiligi tarixi (A.Ziyo) boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Karimov I. A., Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq, T., 1998; Karimov I. A., Kuchli davlatdan kuchli
jamiyat sari, T., 1998; Forobiy, Fozil odamlar shahri, T., 1993; Temur tuzuklari, T., 1996;
Nik-kolo Makiavelli, Gosudar, M., 1990; Gobbs, Sochineniye v 2-x tomax, M., 1992;
Aʼzamxoʻjayev A. A., Oʻzbekistan Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari, T.,
1993; Boboyev H., Amir Temur va uning qarashlari, T., 1992; Davlat va ququq nazariyasi
(masʼul muharrirlar: H.B. Boboyev, H.T.Odilqoriyev), T., 2000; I slomov 3., Davlat va huquq:
umumnazariy masalalar, 2000; Saidov A., Tojixonov U., Davlat va Huquq nazariyasi [2
jildli], 1-jild, Davlat nazariyasi, T., 2001; Istoriya politicheskix i pravovix ucheniy, M., 1996;
Avesto va uning insoniyat taraqqiyotidagi oʻrni, T., 2001; Sagdullayev A., Aminov B.,
Mavlonov Oʻ., Norqulov N., Oʻzbekiston tarixi; davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1-qism, T.,
2000; Ziyo A., Oʻzbek davlatchiligi tarixi (eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar),
T., 2000; Oʻzbekistan davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.
Halimboy Boboyev, Olim Husanboyev.
[1]
Davlat birdaniga yuzaga kelmaydi, balki asta-sekin, vujudga kelayotgan sinflar oʻrtasidagi
ziddiyatlar kuchayishi davomida paydo boʻladi.
Insoniyat
davlat paydo boʻlguniga qadar oʻz
taraqqiyotida uzoq yoʻlni bosib oʻtgan. Davlat ham, huquq ham boʻlmagan ibtidoiy jamiyat
Adabiyot
Davlatning kelib chiqishi
bir-biridan asosan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan farq qiladigan
yovvoyillik
,
varvarlik
va tamaddun kabi uch bosqichni oʻtgan. Davlat hali urugʻchilik tizimi
ishidayoq shakllangan boshqaruv organlarini qisman oʻzgartirib qisman yangi organlarni
joriy etgan holda siqib chiqarib yuzaga keladi va nihoyat, ularni haqiqiy davlat hokimiyati
bilan almashtiradi. Mehnat qurollarining rivojlanishi va takomillashishi, yirik ijtimoiy mehnat
taqsimoti mehnat unumdorligi oshib, ortiqcha mahsulot hosil boʻlgan, bu esa xususiy
mulkshillikka va jamiyatning mulkiy jihatdan qatlamlarga ajralishiga olib kelgan. Shu tariqa,
asosiy mashgʻuloti xususiy mulkchilik munosabatlarini va mulkdorlar manfaatini muhofaza
qilishdan iborat boʻlgan maxsus guruhlar vujudga kelgan. Ibtidoiy jamiyatda oqsoqollar,
urugʻ va qabila boshliqlari hamda diniy hokimiyat sohiblariga tegishli boʻlgan ijtimoiy
hokimiyat asta-sekin davlat hokimiyatiga aylangan. Agar davlat paydo boʻlgunicha mavjud
boʻlgan jamiyatda ijtimoiy hokimiyatni saqlashning asosiy vositasi oliy ruhoniylarning
shaxsiy obroʻsi boʻlsa, davlat hokimiyatining mohiyatini majburlash tashkil eta boshlagan.
Insonning jamiyatdagi mavqei oʻzgargan. Oldin uning mavqei alohida shaxsning oilaga,
uruqqa yoki qabilaga mansubligi bilan belgilansa, endilikda uning mavqei mulkiy holatiga va
davlat hokimiyati egalariga shaxsiy yaqinligiga qarab belgilangan. Davlatning paydo boʻlishi
turli xalqlarda turlicha yuz berdi. U oʻzining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab
yoʻlni bosib oʻtgan. Eng avvalo majburlashga asoslangan davlat dastlabki bosqichlarida
yetarlicha rivojlanmagan siyosiy hosila boʻlgan.
1. Teologik nazariya — davlatni xudo yaratgan degan gʻoyani ilgari suradi, teokratik
davlat tarafdorlari fikrini aks ettiradi.
2. Patriarxal nazariya — davlat kattalashib ketgan oiladan kelib chiqqan deb hisoblaydi.
Nazariya dastlab Yunonistonda paydo boʻlgan va Aristotel asarlarida asoslab berilgan.
XVII asrga kelib ingliz olimi Filmerning „Patriarx“ asarida rivojlantirilgan.
3. Shartnoma nazariyasi — XYII- XYIII asrlarda tarqalgan boʻlib, unga koʻra davlat-oʻzaro
kelishuv asosida va ongli tarzda birlashgan kishilar tashkiloti boʻlib, ana shu
shartnoma asosida ular oʻzlarining erkinliklari va hokimiyatning bir qismini davlatga
beradilar. Nazariyani
Grotsiy
,
Spinoza
,
Lokk
,
Gobbs
, Russo,
Radishshev
rivojlantirgan.
4. Zoʻrlik nazariyasi— davlatning kelib chiqishi zoʻrlikka asoslanadi, bir xalqning boshqa
xalqni bosib olishi bilan davlat tashkil topgan deb tushuntiriladi. Uning asoschilari —
Gumplovish
,
Kautskiy
.
Davlatning kelib chiqishi toʻgʻrisida quyidagicha nazariyalar
mavjud:
5. Irrigatsiya nazariyasi — Qadimgi Sharqda yirik irrigatsiya inshootlari qurilishi
jarayonida davlat paydo boʻlgan deb tushuntiradi. Nemis olimi Vittfogelning „Sharq
istibdodi“ asarida bayon etilgan.
. Sinfiylik nazariyasi — davlat jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga ega
sinflarga ajralichi tufayli kelib chiqqan deb tushuntiradi. Asoschilari —
Karl Marks
,
F.Engels
,
V.I.Lenin
[2]
.
7. Tarixiy-materialistik nazariya - Ushbu ta'limotning dastlabki asoschilari L.Morgan,
K.Marks, F.Engels va boshqalar. Davlat ibtidoiy jamiyatning tabiiy rivojlaninshi,
evalutsiyasi oqibatida kelib chiqishini asoslashga intilish mavjud. Darhaqiqat,
davlatchilikning dastlabki kurtaklari, hokimiyatning siyosatlashuvi asoslari, avvalo,
ibtidoiy tuzum qa'rida, uning obyektiv rivojlanishi sharoitida paydo bo‘lgan. Ibtidoiy
jamiyatning iqtisodiy o‘sishi nafaqat davlat paydo bo‘lishining moddiy asosini, balki
uning sotsial asoslarini ham ta'minlaydi
Davlatning mohiyatini tushunishda uch asosiy nazariy yondashuv mavjud:
1. Ijtimoiy yondashuv;
2. Sinfiy yondashuv;
3. Siyosiy-huquqiy yondashuv.
Demak, davlat-umumiy muammolar va ishlarni hal etish vositasi, u hukmdorlar va xalqning
oʻzaro munosabatini tartibga soladi — ijtimoiy yondashuv. Davlat sinflarning paydo boʻlishi
bilan yuzaga kelgan, sinfiy kurash bir sinfning boshqasini bostirish quroli boʻlib xizmat
qiladi — sinfiy yondashuv. Davlat jamiyatning va davlatning oʻzining hayotini tashkil etuvchi
huquq manbaidir — siyosiy-huquqiy yondashuv. Davlat butun mamlakat miqyosidagi
hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega boʻlgan, barcha uchun
majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega boʻlgan yagona siyosiy tashkilotdir.
Davlat-jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruhlar, sinf, tashkilot, hamkorlikdagi faoliyatini
va oʻzaro munosabatini tashkil etuvchi, yoʻnaltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institutdir.
Davlat-hokimiyatning bosh institutidir. Hokimiyat davlat orqali oʻz siyosatini amalga
oshiradi
[3]
.
Davlat va uning belgilari, shakllari
Davlatning asosiy belgilari:
1. Davlat hokimiyatining, yaʼni hokimiyat va boshqaruv apparatining, majburlash
apparatining mavjudligi.
2. Aholining hududlar boʻyicha uyushganligi. Maʼmuriy-hududiy birliklarda yashash.
3. Suverenitet-ishki va tashqi siyosatda toʻla mustaqil boʻlish.
4. Huquqiy ijodkorlik. Bu ijtimoiy tuzumning mohiyatidan kelib chiqadigan va davlat
tomonidan mustahkamlangan, ijro etilishi umumiy majburiy boʻlgan normalar, hulq-
atvor qoidalari.
5. Soliqlarning mavjudligi. Aholidan davlat apparatini saqlash hamda aholining kam
taʼminlangan qismiga yordam berishga sarflanadigan soliqlarni toʻplash.
. Umuminsoniy funksiyalarni bajarish. Hududni qoʻriqlash, jinoyatshilikka qarshi kurash,
umumiy farovonlik maqsadlarini amalga oshirish.
1. Ichki funksiyalar-davlat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatning asosiy
yo`nalishlari:
a) regulyativ (tartibga solish, boshqarish); b) qoʻriqlash (saqlash, muhofaza qilish).
1. Tashqi funksiyalar — davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yoʻnalshilari;
a) Xalqaro hamkorlik-tashqi siyosiy faoliyat, tashqi iqtisodiy faoliyat; b) Mudofaa va
xavfsizlik
[4]
.
I. Boshqaruv shakli: monarxiya va respublika. Monarxiya mutlaq va cheklangan shakllarda
boʻladi (absolyut va konstitutsion).
Respublika prezidentlik va parlamentar respublika koʻrinishida boʻladi. Masalan, Saudiya
Arabistoni (mutlaq monarxiya) Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya (cheklangan
monarxiya, konstitutsion). AQSH, Oʻzbekiston Respublikasi (Prezidentlik) Avstriya,
Italiya,Olmoniya (Parlamentar).
II. Davlat tuzumi shakli: —
unitar
; oddiy, yaxlit davlat. —
federativ
, murakkab, ittifoqdosh
davlat. —
konfederativ
- maʼlum bir maqsad yoʻlida birlashgan davlatlar ittifoqi. Masalan,
AQSH, GFR, RF, Braziliya, Hindiston davlatlari — federativdir. Shveysariya (1848-yilgacha),
Evropa Ittifoqi
—
konfederativ
. Oʻzbekiston — unitar davlat.
Davlatning asosiy funksiyalari:
Davlatning shakllari:
III. Siyosiy rejimga ko`ra davlat shakllari. —
Demokratik
(vakillik demokratiyasi, bevosita
demokratiya). —
Antidemokratik
(
fashistik
,
totalitar
).
Jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat
idoralari va muassasalari tizimi. Davlat idorasi (organi) — davlat mexanizmining qonunga
muvofiq ravishda oʻz tuzilishiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish boʻyisha
aniq belgilangan vakolatiga ega boʻlgan hamda davlat mexanizmining boshqa qismlari
bilan uzviy aloqadorlikda boʻlgan va yaxlit birlik hosil qiladigan tarkibiy qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |