35 Банокатий Абу Сулаймон ибн Довуд ибн Абулфазл Мухаммад ибн Довуд. Равзат ули-л-албоб фи таворих
ал-акобир ва-л-ансоб. // Кулёзма, УзФАТТТИ. №№ 18, 7330. Яна каранг: Чехович О.Д. Рукопис “Тарихи
Бенокати” из библиотеки хивинсиких ханов // Бюлетен АН Уз ССР. Ташкент, 1947. № 10.
12
ma’ruza va nutqlarida bayon etilgan uslubiy, ilmiy-nazariy ko’rsatmalari muhim
rol o’ynadi.
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar: Ular quyidagilardan iborat:
-
Xorazm vohasi to’rt tomondan qum va cho’llar bilan o’rab olingani
ba’zi tarixiy davrlarda muhim bir himoya vositasi vazifasini bajargan. SHuning
uchun bu o’lkaning ba’zi davrlari tarixiga oid ma’lumotlar juda kam.
-
Xorazm davlatchiligi tarixida Xorazmshohlar saltanati alohida
ahamiyatga egadir. Bu saltanat tarixi arab va fors tillaridagi ko’pgina manbalarda
yoritilgan.
-
Tadqiqotda Xorazm yozma merosidagi o’zbek dalatchiligi masalalari
bosqichma-bosqich tahlil etilgan.
Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi. Xorazm yozma merosida o’zbek
davlatchiligi tarixining masalalari birinchi marotaba keng miqyosdagi manbalar
asosida o’rganilib, unda Xorazm vohasida shakllangan davlat uyushmalari o’zbek
davlatchiligining ajralmas bir qismi sifatida talqin qilindi. Xorazmshohlar -
anushteginlar saltanati tarixi o’zbek davlatchiligining shu vohadagi bosqichlari
sifatida tarixda qolgan. Tadqiqotda birinchi marotaba o’rta asrlarga doir
Xorazmshohlar davlati tarixi har tamonlama o’rganildi, shu davrlar yozma
manbalari asosida tahlil etilib, mavzuga oid tarixiy asarlar manbashunoslik nuqtai-
nazaridan tadqiqot doirasiga tortildi, muhim xulosalar va natijalarga kelindi. Ishda
manbalarining shakllanishi, bosqichlari, namoyandalari va ular asarlarining
kodikologik tavsifi berildi.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. O’zbek davlatchiligi tarixi
O’zbekiston tarixi fanining muhim va o’ta dolzarb ilmiy yo’nalishlar doirasiga
kiradi. Uch ming yil avval Xorazmda paydo bo’lib, shakllangan davlatchilik
tuzilmalari Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi, xo’jalik va madaniy hayotida faol
qatnashib kelgan. Ayniqsa, Xorazmshohlar - anushteginlar davlati davrida nafaqat
Xorazm vohasi, balki butun O’rta Osiyo va O’rta - Yaqin SHarq hududlari yuksak
taraqqiyotni boshdan kechirgan. SHu jihatdan, mazkur ishda xalqimizning
13
davlatchilik tarixi va boshqaruv tizimining turli jihatlari har tamonlama o’rganildi
va nazariy xulosalar, ilmiy natijalar olindi.
Dissertatsiyada keltirilgan faktlar, ilmiy umumlashma va xulosalardan
Respublika oliy o’quv yurtlarining tarix mutaxassislarini tayyorlash uchun
O’zbekiston tarixining so’nggi o’rta asrlar davri tarixi, manbashunoslik,
tarixshunoslik fanlarini o’qitish jarayonida, amaliy mashg’ulotlarda, Xiva xonligi
tarixiga oid qo’llanmalar, darsliklar yozishda hamda o’lkashunoslik to’garaklarida
maxsus kurslar olib borishda foydalanish mumkin.
SHuningdek, ushbu
dissertatsiya
materiallari
Xorazm
vohasi
tarixi
bilan
shug’ullanuvchi
tadqiqotchilarga muhim ma’lumotlar beradi.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uchta bob,
xulosa ,foydalanilgan adabiyotlar va ilovadan iborat.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |