Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


maxsulotning asosiy xususiyatlarini belgilaydigan meʻyorlar



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

maxsulotning asosiy xususiyatlarini belgilaydigan meʻyorlar 
 
Kartoshka,  mevalar  va  sabzavotlarga  standartlar  oʻz  tuzilishiga  koʻra  kun  jixatdan  don  va 
urugʻliklarga  qoʻyilgan  standartlar  bilan  oʻxshashdir.  Ular  quyidagi  boʻlimlardan  iborat:  kirish 
qkismi,  texnik  talablar,  qabul  qilish  qoidalari,  qadoqlash,  tamgʻalash,  tashish  va  saqlash  sifatini 
belgilash uslublari. 
Kirish kismida standart amal qiladigan soha koʻrsatiladi, standartlashtirish obyekti aniqlanadi, 
tayyorlanadigan mahsulotning nima uchun moʻljallanishi belgilanadi. 
«Texnik talablar» boʻlimida mahsulotning asosiy isteʻmolchilik xususiyatlarini belgilaydigan 
meʻyorlar keltiriladi. Mevalar va sabzavotlar sifatiga talablar mahsulotning nima uchun muljallanishi: 
sekin-asta isteʻmol qilish, qisqa muddat saqlash, uzoq vaqt davomida saqlash, qayta ishlash uchun 
muljallanishiga bogʻliq boʻladi. Ayni bir xil mevalar va sabzavotlar bir maqsad uchun aʻlo sifatli va 
boshka maqsadlar uchun yomon sifatli boʻlishi mumkin. Masalan, ertagi karam toza xolida isteʻmol 
qilish  uchun  juda  yaxshi,  ammo  oʻzok  vakt  davomida  saqlash  va  kayta  ishlash  uchun  umuman 
yaroqsizdir. 
Kartoshka, mevalar va sabzavotlar sifatiga koʻra bir xil emasligi sababli ushbu bulimda mazkur 
navlarning  tavsifnomasi  ilova  kilinib,  mahsulotlarning  tovar  tarkibiga  bulinishi  keltiriladi.  Tovar 
navlari miqdori mevalar va sabzavotlar turiga qarab ikkitadan turtgacha boʻlishi mumkin. Oliy va 
birinchi navlarga sifat jixatdan bekami-kust mahsulotlar kiritiladi: past navlarga shakli yoki rangiga 
koʻra tekislanmagan, zararkunandalar zararlagan yoki shikastlangan mevalar va sabzavotlar kiritiladi. 
Xosilning  fakat  ovkatga  ishlatish  yoki  kayta  ishlash  uchun  yaroqsiz  boʻlgan  kismi  nostandart  deb 
hisoblanadi. 
Ushbu  bulimda  sifat  va  miqdorga  oid  koʻrsatkichlar  belgilanadi.  Sifat  kursatgichlari  tashki 
kurinishning bayonini, pishganlik, tozalik darajasini oʻz ichiga oladi. Odata standartlarda pomologik 
(sabzavotlar  uchun  –  botanik)  navga  xos  boʻlgan  tipik  shakl  va  ranga  ega  boʻlishi  kerakligi  aytib 
utiladi.  Mevalar  va  rezavorlar  uchun  standartlarda  ularda  boshka  xid,  taʻm  boʻlmasligi  kerakligi 
kursatilgan. 
Sifatning  miqdoriy  kursatgichlari  son  bilan  tavsiflanadi,  ular  eng  yuqori,  cheklovchi  va 
takiklovchi  meʻyorlarni  oʻz  ichiga  oladi:  eng  yuqori  kursatgichlar  –  koʻrsatkichning  tebranish 
chegaralarini;  cheklovchi  koʻrsatkichlar  -  «kamida»,  «koʻpi  bilan»  degan  soʻz  va  iboralar  bilan 
ifodalanadi;  taqiqlovchi  koʻrsatkichlar  –  mahsulotning  zararsizligi  va  zarur  sanitariya  xolatini 
kafolatlaydi, «yoʻl qoʻyilmaydi» degan ibora bilan ifodalanadi. 
Meva-sabzavotchilik  mahsulotlariga  standartlar  don,  dukkaklidon  va  moyli  ekinlar 
standartlaridan  yoʻl  kuyilishning  mavjudligi  bilan  farklanadi.  Yoʻl  qoʻyiladigan  meʻyorlar  –  bu 
oʻlchami  va  sifatiga  koʻra  yoʻl  kuyilishi  mumkin  boʻlgan  tebranishlardir.  Standartlarda  ularni 
meʻyorlab  kuyishning  zarurligi  meva-sadzavot  mahsulotlarining  oʻziga  xos  xususiyatlari,  ularning 
yetishtirishdagi  turlicha  shart-sharoitlar,  terimni  tashkil  etish  muddatlari  va  darajasi,  tashish  va 
saqlash shart-sharoitlari, mahsulotlarni navlash va kalibrlash mavjud usullarining nomukammalligi 
bilan bogʻlikdir, bunday xolatlar mutlako bir xildagi turkumlarni olishni kiyinlashtiradi. 
Yoʻl qoʻyiladigan meʻyorlar odatda massaga yoki mahsulot nusxasi soniga nisbatan foizlarda 
ifodalanadi.  Bunda  mazkur  tovar  navidagi,  keyingi,  birmuncha  past  navga  tegishli  mevalar,  ildiz 
mevalalar,  tugunaklilar  va  boshkalar  soni  aniklanadi.  Odatda  meva-sabzavotchilik  mahsulotlariga 
standartlarda umumiy yoʻl qoʻyiladigan meʻyorlar, yaʻni barcha yoʻl qoʻyiladigan meʻyorlar yigindisi 
belgilanadi.  Umumiy  yoʻl  qoʻyiladigan  meʻyorlar  ushbu  standartdagi  ayrim  yoʻl  qoʻyiladigan 
meʻyorlarning arifmetik summasidan kam boʻladi va mahsulotlar massasining 15%ni tashkil etadi. 
Standartlar tovarni u yoki boshka tovar naviga kiritish _nna_r yoki boʻladigan asosiy belgilarni 
nazarda  tutadi:  ular  eng  kam  yoki  eng  _nna  miqdorlar,  zararkunanda  va  kasalliklardan  mexanik 
shikastlanishning  yoʻl  qoʻyiladigan  foizi,  yetilish  darajasi,  kartoshka,  mevalar  va  sabzavotlarning 
shakli  va  rangi,  boshka  navlar  aralashmasining  foizi  (pomologik  va  botanik  bir  xillik),  boshka 
aralashma va tuprokning mavjudligi kabilardir. 


Meva-sabzavot mahsulotlarining ayrim turlari uchun ichki baholash koʻrsatkichi, yaʻni ichki 
(yashirin)  kasallikning  aniklanishi,  yetilishi  darajasining  belgilanishi  (shunga  tegishlicha,  ovkatga 
yaroqlilikni)ni ham nazarda tutadi. Yetilishning turtta darajasi aniklanadi: yigib-terib qoʻyiladigan, 
isteʻmol qilinadigan (yoyiga yaroqlilik), texnik (konservalash) va biologik (fiziologik). 
Yigib-terib  kuyilish  uchun  yetilgan  mevalar  va  sabzavotlar  toʻliq  shakllangan,  yigib 
olinganidan keyin yana yetiladigan va isteʻmol uchun yetilgan boʻlishi kerak. Urugʻ mevalilar (olma, 
nok, bexi), shaftoli, urik, kovun, pomidorlar (dumbul vakti) kuzgi va kishki navlari olib qoʻyiladigan 
yetilish darajasida yigib olinadi. 
Isteʻmol  uchun  yetilgan  mevalar  va  sabzavotlar  tashki  kurinishi,  taʻmi  va  etinning 
konsistensiyasiga koʻra eng yuqori sifatga ega boʻladi. Gilos, olma, olxuri, tarvoʻzlar isteʻmol uchun 
yetila boshlagan vaktida yigib olinadi, ular toʻliq pishmasdan oʻziladi. 
Sanoatda  kayta  ishlash  uchun  muljallangan  meva  va  sabzavotlar  uchun  standartlarga  koʻra 
texnik jixatdan yetilish belgilanganki, unda mahsulot kayta ishlash texnologiyasi talablariga muvofiq 
boʻladi.  Standartlarga  koʻra  xom  va  utib  ketgan  meva-sabzavotlar  toza  xolida  isteʻmol  qilish  va 
sanoatda  kayta  ishlash  uchun  yoʻl  qoʻyilmaydi.  Oʻzilganidan  soʻng  ushbu  navdagi  mevalarga  xos 
boʻlgan tashki kurinishiga, konsistensiya va taʻmiga ega _nna_ olmaydigan mevalar xom hisoblanadi.  
Isteʻmol  uchun  yetilganlik  belgilarini  yukotgan  mevalar  utib  ketgan  hisoblanadi.  Isteʻmol  uchun 
mevalar  yetilganlik  belgilaridan  utib  ketgan  hisoblanadi.  Ularning  eti  bushashgan  (olmalarniki  – 
unsimon yoki qoraygan, noklarniki – unsimon yoki suyulgan, shaftoli, urik, olxuri, olcha, giloslarniki 
–  suyulgan,  pustlogi  ochilsa,  okib  chikib  ketadi  va  xokazo.  Tobidan  utib  ketgan  meva  va 
sabzavotlarda  yokimsiz  xid,  meva  etida  bushliklar  paydo  boʻladi.  Utib  ketganlik  odatda  biologik 
yetilish,  yaʻni  urugʻlarning  muayyan  tarzda  yetilishidan  dalolat  beradi.  Baʻzan  mevalar  biologik 
jixatdan yetilgani xolda isteʻmol qilish uchun yaroqli boʻlishi ham mumkin. Meva va sabzavotlarning 
yetilish darajasi xakida ularning tashki kurinishi (avvalo, rangi), ichki toʻzilishi, taʻmiga qarab baho 
beriladi. 
Standartlarga  koʻra  yangi  oʻzilgan  bodring,  tarvuz  va  qovunlar  baqlajonlarga  ularning  ichki 
toʻzilishini,  binobarin,  mahsulotning  yetilish  darajasini  tavsiflaydigan  sifatlar  koʻrsatkichi  nazarda 
tutilgan. Bunday standartlarga ichki xolatini tekshirish uchun kesib kurishga ruxsat qilinadigan (zarur 
boʻlganida) mevalar sonining meʻyori joriy etilgan. 
Standartlar meva-sabzavot mahsulotlarini bir oʻlchamga keltirish, yaʻni oʻlchamlari boʻyicha 
navlashga nisbatan muayyan talablarni nazarda tugadi. Oʻlchamiga koʻra bir xil mahsulot yengil va 
tez kadoklanadi: uning tashilishi kam xarajat va sarflar bilan bogʻdikdir. Bir xil oʻlchamdagi meva va 
sabzavotlar birmuncha jalb etuvchi tovar kurinishiga ega boʻladi. Mahsulotlarining oʻlchamiga koʻra 
yakin  turkumlari  koʻprok  bir  xildagi  xususiyatlarga  ega  boʻladiki,  bu  ularni  saqlash  va  koʻzatib 
turishni yengillashtiradi. 
Sanoatda  katʻiy  ishlash  uchun  yetkazib  beriladigan  mahsulotlarga  standartlarda  texnologik 
xususiyatini  tavsiflaydigan  asosiy  moddanning  tarkibiga  (oʻzumda  qand,  kartoshkada  kraxmal, 
pomidorda kuruk moddalar va xokazo) doir bazis koʻrsatkichi belgilanadi. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish