Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


 Chakana savdoning roli va vazifalari



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

 
4. Chakana savdoning roli va vazifalari. 
 
Iste’mol tovarlari tarqatish kanallarining eng so‘nggi darajasi chakana chavdo zvenolari hisoblanadi. 
Chakana savdo – tovarlarini va xizma-tlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarning shaxsiy ehtiyojlarini 
qondirish uchun sotish bilan bog‘liq barcha turdagi tadbirkorlik faoliyatidir. 
 
Ko‘pchilik ishlab chiqarish korxonalari, ulgurji sotuvchilar, servis korxonalari chakana savdo 
bilan  shug‘ullanadilar.  Lekin,  chakana  savdoning  asosiy  qismi  chakana  savdo  bilan 
shug‘ullanuvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. 
 
Chakana savdo qiluvchi – bu tashkilot yoki ayrim olingan shaxs bo‘lib, asosiy faoliyat turi 
chakana savdodan iboratdir. 
 
Chakana savdoning asosiy hajmi chakana savdo magazinlari, magazindan tashqari chakana 
savdo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchiga sotish va savdo avtomatlari yordamida sotishga to‘g‘ri keladi. 
 
Chakana  savdoni  tashkil  etishning  ko‘p  asrlik  amaliyoti  jarayonida  chakana  savdo 
magazinlarining  xilma-xil  turlari  vujudga  keldi.  Quyida  savdo  dunyo  amaliyotida  chakana  savdo 
magazinlarining eng ko‘p tarqalgan turlarining tavsifini keltiramiz. 
 
Chakana  savdo  magazinlarining  turlari  va  katta-kichikligi  xilma-xil  bo‘lib,  ular  bir  necha 
belgilari  bo‘yicha  guruhlanadi.  Ko‘rsatadigan  xizma-tlar  darajasi  bo‘yicha  magazinlar  o‘z-o‘ziga 
xizmat  ko‘rsatadigan,  xizmat  ko‘rsatish  darajasi  cheklangan  va  xizmat  ko‘rsatish  darajasi  to‘liq 
bo‘lgan magazinlarga bo‘linadi. 
 
O‘z-o‘ziga  xizmat  ko‘rsatish  magazinlarida  xaridorlar  sotuvchilar  xiz-matidan 
foydalanmasdan, o‘ziga  kerakli tovarlarni bir-biriga taqqoslab tanlab oladilar. Bu esa xaridorlarga 
sotib olish imkonini beradi. 
 
Xizmat  ko‘rsatish  darajasi  cheklangan  magazinlar  –  bu  shunday  magazinlarki,  bunda 
xaridorlarga  tovar  xaridj  qilishiga  biron-bir  yordam  ko‘rsatiladi.  Masalan,  tovarlar  to‘g‘risida 
axborotlar berilishi yoki kreditlar berilishi shu tipdagi magazinlarga xosdir. 
 
Xizmat ko‘rsatish darajasi to‘liq bo‘lgan magazinlar esa xaridorlarga tovarlar xarid qilishning 
har bir bosqichida sotuvchilar tomonidan yordam ko‘rsatilishi bilan xarakterlanadi. Bu xizmatlar esa 
natijada tovarning xarid narxlarining yuqori bo‘lishini keltirib chiqaradi. 
 
Chakana savdo magazinlari taklif etilayotgan tovarlar assortimentiga qarab ixtisoslashtirilgan 
magazinlar, 
univermaglar, 
supermagazinlar, 
kombinatsiyalashtirilgan 
magazinlar 
va 
gipermarketlarga guruhlanadi. 
 
Ixtisoslashtirilgan  magazinlar  ma’lum  bir  tovar  guruhiga  kiruvchi  keng  assortimentdagi 
tovarlar sotilishi bilan xarakterlanadi. 
 
Univermaglar  shunday  magazinlarki,  bu  magazinlarda  xilma-xil  tovar  guruhlari  mavjud 
bo‘lib, ularning har biri mutaxassislar boshchiligida ixtisoslashgan bo‘limlarda sotiladi. 


 
Supermarket – juda katta maydonga ega bo‘lgan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish magazini bo‘lib, 
sotilayotgan  tovarlar  hajmining  kattaligi,  narx  va  xarajatlarning  esa  nisbatan  pastligi  bilan 
xarakterlanadi. 
 
Supermagazin  –  bu  magazin  maydoni  jihatidan  oddiy  supermarketdan  ikki  baravar  katta 
bo‘lib kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘ladigan xilma-xil oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari savdosi 
bilan shug‘ullanadi. 
 
Bu  magazinlar  xaridorlarga  kimyoviy  tozalash,  pochta,  bank  xizmatlari,  avtomobillarga 
xizmat ko‘rsatish, ovqatlanish va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatishni taklif etish bilan ajralib turadi. 
 
Kombinatsiyalashtirilgan  magazin  –  bu  oziq-ovqat  magazinining  dorixona  bilan 
kombinatsiyalashtirilgan turi bo‘lib, uning maydoni supermagazindan ikki marta katta bo‘ladi. 
 
Gipermarket  maydoni  olti  futbol  maydoniga  teng  bo‘lib,  u  supermar-ket,  narxi  tushirilgan 
tovarlar magazini, har xil nooziq-ovqat tovarlari magazini, chakana sklad magazinlarini o‘z ichiga 
oladi. Lekin magazinlar maydonining juda kattaligi ba’zi mijozlar uchun noqulaylik tug‘diradi. 
 
Narx darajasi bo‘yicha chakana savdo magazinlari narxi tushirilgan tovarlar magazini, narxi 
juda pasaytirilgan tovarlar magazini, kataloglar asosida sotadigan magazinlarga bo‘linadi. 
 
Narxi tushurilgan tovarlar magazini oddiy tovarlarni nisbatan past narxlarda sotadi. Bunday 
magazinlarda sotiladigan tovarlar hajmi katta bo‘lsada, ularning foyda meyori uncha yuqori emas. 
 
Narxi juda pasaytirilgan tovarlar magazini standart talabiga javob bermaydigan yoki modadan 
chiqqat tovarlarni ulgurji narxlardan ham past narxlarda sotib oladi. 
 
Kataloglar asosida sotadigan magazinlar ishlab chiqarish markasi tanilgan, assortimenti tez-
tez  o‘zgarib  turadigan  yuqori  sifatli  tovarlarni  past  narxlarda  taklif  etadi.  Bu  yerda  xaridorlar 
tovarlarni  katalog  asosida  tanlaydilar,  tanlangan  tovarga  buyurtma  blankalarini  to‘ldiradilar  va 
tovarlar  qaysi  omborxonalarga  joylashtirilgan  bo‘lsa,  xaridni  o‘sha  omborxonalarda  amalga 
oshiradilar. 
 
Shuningdek, keyingi paytlarda chakana savdoning pochta orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing 
(pryamoy marketing po pochte), katalog asosida marketing, telemarketing, televizor orqali marketing 
(televizionniy  marketing),  elektron  savdo  (elektronnya  torgovlya)  kabi  turlarining  keng  ko‘lamda 
qo‘llanilayotganligi  ham  iste’molchilarning  keng  assortimentdagi  tovarlarga  bo‘lgan  talabini 
qondirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
 
Chakana  savdoning  muhim  turlaridan  yana  biri  sotuv  avtomatlari  orqali  savdo  qilish 
hisoblanadi. Sotuv avtomatlari orqali sigareti, ichim-liklar, shirinliklar, gazetalar, oziq-ovqat tovarlari 
va  boshqa  donaboy  to-varlar  sotiladi.  Magazinlar  chakana  savdosiga  nisbatan  savdo  avtomatlari 
yordamida savdoni tashkil etishning bir qancha qulayliklari mavjud. Savdo avtomatlari sutkada 24 
soat  ishlaydi,  sotuvchilarning  ishtirokini  talab  etmaydi,  tovarlar  kam  shikastlanadi  va  ular  uchun 
kamgina savdo maydonlari zarur. Lekin, bu yerda sotuvni amalga oshirish uchun maxsus jihoz talab 
etilganligi sababli, savdo avtomatlari orqali sotilayotgan tovarlar narxi chakana savdo magazinlarida 
sotiladigan shu turdagi mahsulotlarning narxiga nisbatan 15-20 % yuqori bo‘ladi. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish