Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

 
 
 
 
 
 
3-chizma. Taqsimlashning an’anaviy kanali va vertikal marketing tizimining strukturasi 
 
VMT  ishlab  chiqaruvchi,  ulgurji  va  chakana  sotuvchini  bir  butun  kompleksga  birlashtiradi. 
Kanal ishtirokchilaridan biri qolganlarining ustidan hukmronlik qiladi (o‘zining egalik huquqlaridan, 
yo  o‘zining  kuchli  tomonlaridan  foydalanib  va  hokazo).  VMT  ning  tuzilish  tamoyili  to‘la  kanal 
ishlarini  nazorat  qilish  va  sodir  bo‘layotgan  tortishuvlarni  boshqarishga  imkon  beradi.  VMT 


samaradorligiga ularning katta o‘lchamlari, harakatlarining muvofiqligi, funksiyalar qaytarilishining 
oldini olish orqali erishiladi. 
VMTning  uchta  tipi  ma’lum  va  keng  tarqalgan:  korporativ  (integratsiyalangan), 
boshqariladigan  (nazorat  qilinadigan)  va  shartnomaviy.  Korporativ  VMTda  taqsimot  kanalining 
butun  uzunligida  yagona  mulk  amal  qiladi,  ya’ni  kanalning  hamma  darajalari,  mahsulotni  ishlab 
chiqarishdan  tortib  chakana  savdogacha,  bitta  kompaniyaga  tegashli.  O‘zbekiston  sharoitida 
«O‘zDEU» va «SamKochAvto» avtomobillarini sotish korporativ tizimga misol bo‘la oladi. 
Boshqariladigan  VMTda  kanalning  hamma  bo‘g‘inlarini  o‘zaro  muvofiqlashtirish  tovarni 
ishlab chiqarish va taqsimlashda qatnashadigan korxonalarning  yagona xo‘jayini  yordamida emas, 
katta  potensial  va  bozor  kuchiga  ega  bo‘lgan  ishtirokchisi  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Masalan, 
Markaziy Osiyo bozorida tobora keng rivoj topayotgan «Prokter end Gembl» kompaniyasi vositachi 
savdo firmalarining hamkorligini samarali boshqarish imkoniyatiga ega, shu vaqtning o‘zida sotishni 
va narxlashtirishni rag‘batlantirish siyosatini olib boradi. Bu ishda kompaniyaning mashhur savdo 
markasi va imiji muhim yordam bo‘lib hisoblanadi. 
VMTning shartnomali tipi taqsimot kanalining ishtirokchilari o‘rtasidagi maxsus shartnomaga 
asoslanadi, u faoliyatning umumiy dasturini va harakatlarni integratsiyalash rejasini o‘z ichiga oladi. 
Shartnomalar  tovarlar  tavsiflaridan  boshlab  to‘lov  shartlari  va  dilerlik  majburiyatlarigacha 
faoliyatning hamma tomonlarini qamrab oladi. 
Shartnomali VMT uchta turga bo‘linishi mumkin: 
1.  Ulgurji  homiylar  tomonidan  mustaqil  chakana  sotuvchilar  birlashmasi  tarzida  tashkil 
etiladigan (tabiiyki, ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan). 
2.  Chakana  sotuvchilar  tomonidan  ulgurji  va  ishlab  chiqarish  funksiyalarini  bajara  oluvchi 
(tovarlarni sotib olish, reklama tadbirlari) chakana kooperativlar shaklida tashkil etilgan. 
3.  Franchayzing kontraktlari shartlari asosida tashkil etilgan (tashkilotlarning imtiyozli a’zolik 
bilan birlashishi shakli). 
Gorizontal marketing tizimlari (GMT)— bu ulgurji va chakana sotuvchilar tarkibidagi qisman 
integratsiyalashgan  kanallar  bo‘lib,  ular  birgalikda  ishlab  ko‘proq  samaradorlikka  erishish  uchun 
o‘zlarining harakatlarini (kapital, ishlab chiqarish quvvatlari, marketing resurslarini) birlashtiradilar. 
GMTlar  raqobatchi  firmalar  bilan,  shuningdek,  doimiy  yoki  vaqtinchalik  asosda  raqobatchi 
bo‘lmagan (masalan, ixtiyoriy do‘konlar tarmoqlari) negizida vujudga kelishi mumkin. 
Ishlab  chiqarishning  diversifikatsiyasi,  muhimroq  bozor  maqsadlarini  qo‘yish  va  mumkin 
bo‘lgan  taqsimot  kanallari  imkoniyatlaridan  eng  yaxshi  foydalanish  bilan  bog‘liq  holda  tobora 
ko‘proq firmalar taqsimlashning ko‘p kanalli tizimlariga o‘tmoqda. Bunday tizimda firma bozorning 
bir nechta segmentini qamrab olish maqsadida taqsimlashning ko‘plab kanalini  yaratishi mumkin. 
Bozorni kengaytirish imkoniyatlarining ko‘payishi bilan kanallarni saqlash umumiy xarajatlari ham 
kamayadi, savdo-sotiqning samaradorligi oshadi. 
Birgalikdagi marketing tizimining chizmasi 4-chizmada keltirilgan. 
 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish