30
qilish uchun javobgardirlar. O`quvchi unga topshirilgan vazifani sifatli qilib, o`z
vaqtida himoya qilishga javobgar hisoblanadi. KL ning himoya muddati o`quv yili
yoki choraklik boshida kafedra yig`ilishida tasdiqlash bilan belgilanadi. KL ning
muqova varag`i 8 va 9-shakllarda keltirilgan.
KL da to`rtinchi betdan boshlab hamma varaqlarda o`lchami-
197x210 mm
bo`lgan
kataklar (GOST 2.104 YESKD bo`yicha) chizib chiqiladi. «Mundarija»
yoziladigan katakda (bo`limlar boshlanadigan betdagi katakda ham) o`lchami-
55x185 mm bo`lgan burchak tamg`asi chiziladi (4 va 13-shakllarga qarang) (
GOSTu
2.104 YESKD). Kurs ishidagiga o`xshab, qolgan barcha betlardagi kataklarda
o`lchami-
15x185 mm bo`lgan burchak tamg`alari chiziladi (6-shaklga qarang) va
talab etilgan tartibda to`ldiriladi (agar KL ning grafik qismi bo`yicha «spetsifikatsiya-
detallarni nomlash» rejalashtirilgan bo`lsa, 13, 14 va 15-shakllardagi tartibda katak
va burchak tamg`alari chiziladi va to`ldiriladi). KL ning hajmi, bo`limlarning soni va
grafik qismining hajmi Namunaviy dasturlarga asosan va fanning xususiyatlaridan
kelib chiqib kafedra tomonidan belgilanadi. KL ning mashinkada bajarilgan varianti
umumiy hajmini 35-:- 45 varaqdan va qo`lda bajarilgan varianti hajmini 30 -:- 60
varaqdan iborat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi (jadval va rasmlar bilan
qo`shib hisoblaganda, ammo ilovadagi illyustiratsiya asosiy hajmga qo`shilmaydi).
Kafedra fan
xususiyatlaridan kelib chiqib, zarur topganda, KL ning hisob-
grafik qismini bajarish uchun alohida Uslubiy qo`llanmalar ishlab, belgilangan
tartibda o`quv jarayoniga joriy etishlari mumkin. Bu qo`llanmalarda fan
xususiyatlaridan kelib chiqib, KL ning asosiy mazmun kasb etadigan qismini bajarish
ketma-ketligi joy olishi mumkin. Albatta KL ning hisob-tushuntirish yozuvi «Kirish»
qismidan boshlanishi (u tartib raqamiga ega bo`lishi shart emas,
namuna sifatida
kirish qismini yozilish 4- paragrafda keltirilgan) va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
bilan tugashi zarur. KL ni yozish va tartibga solish ta'lim standartlar tomonidan
qo`yiladigan umumiy talablar asosida bajariladi (3-paragrafga qarang).
O`quvchi dunyoqarashini rivojlantirish sifatida shuni aytib o`tmoqchimizki,
texnikaning rivojlanishi loyiha-konstruktorlik ishlarining hajmini keskin oshirilishiga
bog`liq. Bu vazifani kechiktirmay yuqori saviyada amalga oshirish uchun esa
loyihalovchi-konstruktorlarning ishini qayta tashkil qilish lozim. Buning uchun, odat
tusiga aylanib qolgan loyihalash ishlarini yangicha usul, EHM larni qo`llab mashina
texnikasi yordamida bajarishga to`liq o`tkazishga erishmoq kerak. Buning uchun
jarayonni aktivlashtirib, algoritmlashtirib loyiha-konstruktorlik
ishlarini dasturini
yaratib, dasturlar yordamida KL ni bajarishga o`tish kerak.
Yana bir masala. Ko`pchilik hollarda loyiha-konstruktorlik masalalarini hal
qilayotgan vaqtda variantlilik imkoniyatlaridan foydalanish qulay deb sanaladi.
Chunki bu loyihalashning ko`p varianlari ichidan optimal variantni tanlab o`sha
asosida masalani hal qilish olib chiqishi asoslanib berilgan va bu esa loyihalashni
avtomatlashtirish deb yuritiladi.
Bu jarayonlar zamontalab jarayonlar bo`lib, mavjud ko`p ma'lumotlar ichidan
texnik vositalar yordamida keraklisini-eng yaxshisini tanlashga yordam beradi va
vaziyatni optimallapshtirish nomini olgan. Hozirgizamon
texnika va texnologiya
yo`vnalishlaridan biri bu– mashina texnologiyasini yaratish, lolyihalash jarayonini
optimallashtirish yo`li bilan xalq xo`jaligining barcha jabhalari uchun zamonaviy
31
ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo`lib hisoblanadi..
EHMda loyiha ishini bajarishda KL ning barcha bo`limlarini saqlagan holda,
ish hajmi o`zgarishi mumkin. EHMda loyiha ishini
bajarishda KL barcha jarayoni,
sh.j.dan illyustratsiya va grafiklarni yaratish ham avtomatlashtirilgan kompyuter
texnikasi yordamida bajariladi. KL bajarish varianti EHMning dastur ta'minoti
asosida bajariladi, avtomatik ravishda amalga oshiriladi va shaxs bu yerda faqat
jarayonni kuzatuvchi vazifasini o`taydi.
Endi KL topshirig`ini olgandan keyingi vazifalar va tashkilish ishlar
to`g`risida to`xtilib o`tsak. KL o`quvchi tomonidan unga
oldindan ajratib berilgan
vaqt mobaynida bajarib bo`linganidan so`ng, kafedra bayonnomasi bilan tasdiqlangan
himoya muddati ko`rsatiladi. KL ning himoyasi shunday bir jarayonki, unda o`quvchi
musta'qil bajargan ishini
unga ma'ruza uchun ajratib berilgan vaqtda (3-:-5 min), qisqa va ma'noli qilib gapirib
bera olishi lozim. Shu sababli ham himoya vaqtida o`quvchini saviyasi, bilimi,
berilgan savollarga ustalik bilan javob bera olishiga alohida e'tibor beriladi.
KL himoyasi kamida 2 kishidan (loyiha rahbari, assistent va h.o.) iborat
komissiya (komissiya kafedra yig`ilishida tasdiqlanadi) oldida o`tkaziladi. Loyiha
rahbari va kafedra tomonida o`quvchiga himoya vaqti bir oy oldin ma'lum qilinishi
zarur.
Natija chiqmaydigan, mavhum ishlar mavzularini o`quvchiga berish qat'iyan
man etiladi.
O`quvchi tomonidan KL ning rahbar belgilab bergan illyustiratsiya va
standart formatdagi grafik qismini komissiya oldida namoyish qilib Himoya
bajariladi. Qolgan jarayonlar kurs ishi himoyasidagidek kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: