O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA-MAXSUS TA'LIM
VAZIRLIGI
NAVOIY VILOYATI O`RTA-MAXSUS KASB HUNAR TA'LIMI
BOSHQARMASI
«
Texnika-iqtisodiyot kolleji»
«Elektr ta'minoti» kafedrasi
HISOB-GRAFIKA (seminar) ISHI.
Mavzu :
«Mexanizm materialini mustahkamligini hisoblash»
Bajardi: 1-04 guruh o`quvchisi Valiyeva
Qabul qildi: o`qituvchi Vasiyev T.T.
N A V O I Y 200
1-shakl. O`quvchining
«HISOB-GRAFIKA (seminar)»
ishini
Muqova varag`i namunasi (
shakllar o`z o`lchamida emas
namuna sifatida keltirilgan).
Н А М У Н А
20
3.4 Kurs
ishi
Kurs ishi o`quvchining ma'lum bir fan materiallarini o`zlashtirgandan keyingi,
uning olgan bilimlarini mustahkamlash uchun musta'qil ravishda (murabbiy nazorati
ostida) bajaradigan ishi hisoblanadi. Kurs ishining bor-yo`qligi (ta'lim standartlariga
asoslanib) o`quv rejasida ko`rsatiladi va buning uchun tegishli soatlar ajratilgan
bo`ladi. Agar o`quvchining Hisob-grafika (seminar) ishlari natijasi fan bo`yicha
olingan umumiy bahoga qo`shilsa, kurs ishining bahosa qaydnomalarda alohida
ko`rsatiladi.
Kollej o`quvchilari kurs ishlarining mazmuni, ular o`rganayotgan fanning
xususiyatlaridan kelib chiqib, har xil bo`lishi mumkin. Masalan: Kirish, asosiy
tushuncha va qoidalar, matn mazmuni, fanning hayotda ishlab chiqarishda tutgan
o`rni, asosiy texnik va texnologik masalalar talqini uchun ko`rsatmalar va ularning
yechimi, tadqiqit qismi, xulosa va faydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. Boshqa misol:
Kirish, masalaning qo`yilishi, muammoni yechishga tayyorlanish va uni amalga
oshirish uchun kerakli texnik vositalar ta'rifi (bu yerda matematik modelni vujudga
keltirish, muaamoning yechimi variantini izlab topish va tanlash, masalaning
algoritmini ishlab chiqish, nazariy va amaliy izlanishlar natijalarini taqqoslash),
olingan natijalarni qayta ishlash, xulosa va faydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va h.o.
Barcha kurs ishlarida matn materiallarini yozish va materiallarni joylashish
tuzilmasini amalga oshirish bitta stsenariya bo`yicha boradi. Buning ma'nosi
shundan iboratki kurs ishini bajarilish jarayonida o`quvchi va ish rahbarining
vazifalari oldindan belgilab qo`yilgan bo`ladi, ya'ni uslub doirasida o`quvchi rejadan
va qolipdan chiqib ketmasligi, unga to`liq erkinlik berilishi, rahbar esa faqat
o`quvchining xatosini tuzatib turishi ko`zda tutilgan.
Agar o`quvchida, uning yo`nalishi bo`yicha ishlab chiqarishga bog`liq
tasovvurlar bor bo`lsa, bunday holatlarda o`quvchiga kurs ishi mavzusini musta'qil
tanlashga ruxsat beriladi va barcha ishlar rahbar nazorati ostida olib boriladi.
O`quvchi kurs ishi topshirig`ini olgandan so`ng «Topshiriq» blankasini
to`ldiradi (4 -shakl) hamda topshiriq olganligi to`g`risida qog`ozga imzo chekadi va
uning imzosi rahbar imzosi bilan tasdiqlanadi. Shu varaqning o`zida kurs ishining
himoya muddati ham (kafedra bayonnomasi tasdig`i ostida) keltirilishi mumkin. Kurs
ishlari mavzulari kafedra bayonnomasi bilan tasdiqlangan bo`lishi shart (rahbar
tasdiqlanmagan mavzuni o`quvchiga berishga haqqi yo`q). Rahbar kurs ishi
hujjatlarini to`g`ri to`ldirilishi, yurgizilishi, topshiriqni o`z vaqtida berilishi va
tasdiqlangan grafik asosida maslahat soatlarini olib borish uchun javobgardirlar.
O`quvchi unga topshirilgan vazifani sifatli qilib, o`z vaqtida himoya qilishga
javobgar hisoblanadi. Himoya muddati o`quv yili yoki choraklik boshida kafedra
yig`ilishida belgilanadi va bayonnomaga kiritiladi. Kurs ishining Muqova varaqlari 2
va 3-shakllarda keltirilgan.
Ko`rsatib o`tilganidek o`quvchining kurs ishi Hisob-grafika yoki boshqa
o`xshash ishlaridan farq qilib «kirish» qismidan boshlanadi. «Kirish» materiallari
matniga namuna sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
21
- Yozishadi: xalq-xo`jaligi yoki inson hayoti uchun muhim
ahamiyat kasb etuvchi kompleks vazifalar, ularning ahamiyati
to`g`risida aniq maqlumotlarni. Keyin pog`onama-pog`ona
fikrlarni keltirishga boshlashadi, masalan: «bu sohada erishilgan ...
yutuqlarga qaramasdan … muammolar borki bunday muammolar
o`z yechimini toshishini vaziyat (muhit, iste'molchi va h.o.) talab
etayapti». Muallif mavjud yechimtalab muaamolarni keltirar ekan,
o`quvchi uchun tushinarli bo`lishi maqsadida (ya'ni muallif aniq
fikr-mulohazalardan kelib chiqqan degan tushuncha bor bo`lsin
uchun) butun mavzuni qaralayotgan masalaning qo`yilishiga
o`tadi va bu masalani yechimi dolzarb deb «kirish» qismiga yakun
yasaydi.
- Yozishadi: ishlab chiqarish, texnologik jarayonlar, loyiha ishlari
masalalari borligi, har xil sabablar bilan hal qilinmay
kelinayotgani, ularga e'tibor qaratib, xalq xo`jaligi, alohida
tsikllar, qandaydir yangiliklarni (ularni ko`rsatib, misol tariqasida
sanab o`tib) sohalarga olib kirishni hal qilishni. Shundan keyin
kursatib o`tiladi, masalan: «bu sohalarga katta imkoniyat
yaratilganligi
yoki
bo`lmasa
e'tibor
qaratilayotganligiga
qaramasdan, … vazifalar o`z yechimini topmasdan kelmoqda,
bundan masalarni hal qilish iqtisodiy nuqtai-nazardan samarali
hisoblanadi …». Keyin esa «yuqorida keltirib o`tilgan
mulohazalarga asoslansak qo`ylayotgan vazifani hal qilish
maqsadga muvofiq hisoblanadi» deb «Kirish» mavzusini tugatish
mumkin.
Umuman olganda «Kirish» uch qismdan: umumiy axborot (bu yerda qo`lga
kiritilgan yoki hozirgi holat yutuqlari keltiriladi); hal qilinmagan-mavjud
muammolar qismi; hal qilishi zarur bo`lgan va ushbu ishda mazmuni keltirilgan
ma'lumotlar qismi. Bu bilan muallif xuddi bayon qilmoqchi bo`lgan ma'lumotlarini
yozma ifodalashi uchun o`ziga yo`l ochgandek bo`ladi.
Kurs ishining to`rtinchi betidan (birinchi bet –muqova varag`i, ikkinchi bet –
hisob-tushuntirish yozuvi blankasi va uchunchi bet -bu topshiriq varag`i ) boshlab
varaqlarda GOST 2.104 YESKD bo`yicha 297x210 mm o`lchamdagi standart
kataklar chiziladi, faqat «Mundarija» yozuvi bor varaq betida 55x185 mm o`lchamli
burchak tamg`asi ( 5-shaklga qarang ), qolgan barcha (bo`lim, qism boshlanadigan
betlarda ham 55x185 mm o`lchamli burchak tamg`asi qo`yiladi) betlarda 15x185
mm o`lchamli burchak tamg`asi qo`yiladi.
Kurs ishining hajmi va bo`limlari soni
kafedra tomonidan belgilanadi. Mashinkada yozilgan kurs ishi matni
( kompyuterda) 30-:- 45 bet va qo`lda tayyorlangan kurs ishi hajmini esa 40 -:- 60
bet atrofida bo`lishi tavsiya etiladi (bunga rasm-shakl va grafiklar ham kirib,
illyustiratsiya betlari soni umumiy sonda kirmaydi). Bu hol kurs ishining hajmi yoki
bo`limlari aniq bir chegarada bo`lishi lozim degan fikrdan bizni ozod qiladi.
Kurs ishini yozilishi tartib-qoidalari oldingi paragraflarda keltirilgan
standartlar talablari asosida bajarilishi lozim. Kurs ishining barcha amallarini
kompyuter texnikasi yordamida barishga ham ruxsat etiladi. Bu imkoniyat faqat
22
kompyuter texnikasidan bevosta foydalanish qobiliyatiga ega, qo`yilgan masalalar
bo`yicha algoritm dasturlarini tuza oladigan kollej o`quvchilarigagina berilishi
mumkin.
O`quvchilar kurs ishlarini himoya qilish grafigi kafedra tomonidan
tasdiqlangan bo`lishi zarur. Himoyani kamida (lektor va assistentdan iborat va
tasdiqlangan) ikki kishidan iborat komissiya tarkibidagi shaxslar o`tkazadi. Himoya
vaqtida o`quvchiga ma'ruza uchun 3-:-5 min vaqt beriladi.
Komissiya a'zolari, o`quvchi ma'ruzasining sifatiga qarab qo`shimcha savollar
berish huquqiga egalar. Bu savollar va ularning javoblari to`g`risidagi baholar jildli
qistirgichning ichki betiga yozib qo`yiladi va bu baholar hamda rahbar tomonidan
o`quvchining kurs ishi uchun o`zgan taqrizi umumiy bahosi uchun asos bo`lib xizmat
qilishi ham mumkin. Olingan baho talabaning tegishli qaydnomalariga ko`chiriladi.
Kollej o`quvchilarining kurs ishlari himoyasidan keyin, ishlar kafedra
arxivida uch yilgacha saqlanishi tavsiya qilinadi va muddat tugashi bilan kafedra
tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida, dalolatnoma asosida yo`q qilinadi.
Burchak tamg`alarining alchamlari 15x185 mm va 55x185 mm 7- shaklda
hamda ( B ilovada keltirilgan).
23
Do'stlaringiz bilan baham: |