orqali aniqlanadi. Oldindan aytib berish, bashorat qilish faqat umumiy xossalar
va qonuniylikka ega bo’lgan sabab va xulosalar aniq bo’lgan jarayonlaiga bog’liqdir.
Iqtisodiy bashorat konyunkturasini tuzishning asosiy imkoniyatlari
iqtisodiy hodisalami rivojlanishi to’g’ridan - to’g’ri vaqt taqozosi orqali
aniqlanadi. Bashorat qiluvchining vazifasi hozirgi kunda ko’z ostida
oldingilami esga olib, kelajak elemetlarini topish
va umum tendensiyalarini
o’rganib shuhodisalami rivojlanishining kelajagini ko’rsatib berishdir.
Bashoratning maqsadi va xizmati rasional yechimlar qabul qilish uchun
muqobil iqtisodiy rivojlanish va uning ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini ko’ra
bilishdir. Bashorat qilish umumiy rejalashtirishni va boshqarishni rivojlantirish
uchun samarali qurol bo’lib xizmat qiladi. Jahon bozori rivojlanish kelajagini
aniq ko’ra bilish uning imkoniyatlarini va ehtiyojlarini aniqlash uchun davlat
miqyosida qaysi sohalarini o’sishi va effektivligini aniqlash va radikal
o’zgarishlarini va ilmiy ishlab chiqarishni baholashga imkoniyat beradi.
Bashorat qilish har doim ishni rejalashdan oldingi bosqichi hisoblanadi,
marketing dasturi va rejasining asosiy variantlaridan
biri hisoblanadi, chunki
bashorat qilishning maqsadi- bilimimizning darajasiga to’g’ri keladigan va
bashoratga kiritilishi asosida mumkin bo’lgan holatlaming rivojlanishini
kengroq bo’lishi mumkin bo’lgan muqobil yo’llarini berishdir. Bu holatda
qaror qabul qilish bashorat variantlarining ko’proq bo’lishi mumkin bo’lgan
asoslangan tanlov hisoblanadi. Bashorat qilish — ilmiy-tahliliy ajralmas
bosqichdir. Ishlab chiqarilgan bashoratlar asosida qarorlami qabul qilish
ham qaror hisoblanadi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy bashorat qilish 1-1,5 eng
ko’pi 2 yildir, muddatli 5 yilgacha, uzoq muddatli 5 yildan ortiq va 15-
20gacha. Qisqa muddatli bashorat qilish bu har doimgi kon’yunktura
bashoratidir, u har kungi amaliyotning boshqaruvchisi hisoblanadi, uzoq
muddatli bashorat qilish umumiy tendentsiyalarini aniqlaydi, iqtisodiy
programmalami tuzishda asos hisoblanadi va u kelajak konyunkturani aniqlash
uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda zamonaviy ilm-fanda bashorat qilishning
yuzdan ortiq turli uslublari qo’llaniladi. Ular bir-birlaridan qo’Uanmalari
bilan, ularni qo’llash va asoslanganliklari bilan farq qiladi. Ulaming orasida
ekspert baholash uslubi, miya hujumi, tarixiy analog, har xil matematik-
statistik uslublami qo’llash bilan farq qiladi.
Kon'yunkturani bashorat qilishda kon’yunktura rivojlanishi umumiy
tendensiya baholaridan boshlash kerak. Buning uchun esa kelajak
kon’yunkturani zamonaviy kon’yunkturadan ajratish uchun hamma narsani
e’tiborga olishi kerak. Bu maqsad esa uzoq davr uchun xizmat qiladi.
Kon’yunktura rivojlanishidagi ichki omillar bilan bir qatorda yana shu
mamlakatning iqtisodiyotiga jahon kon’yunkturasining ta’sir etishini ham
kuzatish kerak, chunki u ba’zi mamJakatlar uchun kon’yunktura sinish
paytida katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Agar mamlakatning tashqi
iqtisodiy aloqalari qancha kuchli bo’lsa, shunchalik unga bo’lgan ta’sir ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: