22
Dars rejasi
№
Dars bosqichlari
Minut
1
Tashkiliy qism
5
2
Manaviy ma’rifiy qism
5
3
Yangi mavzu bayoni
55
4
O’tilgan
mavzuni
mustaxkamlash
uchun
savol javoblar
10
5
Uyga vazifa berish
5
Darsning usuli : Ma’ruza suhbat
Darsning maqsadi :
a) Ta’limiy maqsad : Talabalarga yangi mavzuni to’liq tushuntirib berish.
b) Tarbiyaviy maqsadi : Talabalarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash. Dars
davomida talabalarga ahloqiy manaviy elementlarini singdirish
s) Rivojlantiruvchi : Talabarlarga yangi bilim berish
Dars materiallari va jihozlari
1.
Al va KXK lari uchun fizika kitobi (1-qism)
2.
Doska, bo’r
3.
Darsga tegishli bo’lgan plakatlar (2) va slaydlar (1) tarqatma
materiallar namoyishi
4.
Kompyuter proyektor , kodoskop, elektron darslik.
Asosiy tushuncha va atamalar.
I. Tashkiliy qism :
1.
Salomlashish
2.
Davomatni aniqlash
3.
Manaviy va ma’rifiy qism.
23
II.O’tgan darsni mustaxkamlash
Yangi mavzu bayoni :
Reja :
1.
Oy, Er va Quyosh
.
2.
Erning Quyosh atrofidagi va Oyning Er atrofidagi harakatlari.
3.
Quyosh tutilishini
kuzatish.
Oy Yerning tabiiy yo’ldoshi bo’lib, uning atrofida 27,32 sutkalik davr bilan
aylanadi. Bu davr Oyning siderik davri yoki yulduz davri deb yuritiladi. Oyning
Yer atrofida aylanish yo’nalishi, yulduzlarning ko’rinma aylanishiga qarama-
qarshi bo’lib, u g’arbdan sharqqa (ya’ni Yerning o’z o’qi atrofida aylanish
yo’nalishi bilan bir xil yo’nalishda) harakat qiladi. Oyning o’z orbitasi bo’ylab
harakat tezligi 1,02 km/c ni tashkil qilib, yulduzlarga nisbatan har sutkada
taxminan 13 gradus siljib boradi.
Oy orbitasining tekisligi, Yerning Quyosh atrofida aylanish yo’li (ekliptika)
tekisligi bilan 5
°
9
′
ni tashkil qiladi.
Qizig’i shundaki, Oy o’z o’qi atrofida ham 27,32 sutkalik davr bilan
aylanadi. Oyning o’z o’qi atrofida va Yer atrofida aylanish davrlari o’zaro teng
bo’lganidan Oy, Yerdan qaraganda, har doim bir tomoni bilan ko’rinadi.
Oy, Yer atrofida aylanayotganda, Quyosh nurlarini qaytarishi natijasida
bizga ko’rinadi. Bu ko’rinish ayni o’sha paytda Oyning Quyoshga nisbatan qanday
joylashishiga ko’ra turlicha bo’ladi. Oy fazalarining almashinishi, uning Yer va
Quyoshga nisbatan vaziyatiga bog’liqligi 5-rasmda keltirilgan. Chizmada Quyosh
nurlari chap tomondan parallel dasta ko’rinishida tushayotganda, Oy boshida bu
hol astronomik yangioy deb yuritiladi, to’linoy paytida hamda birinchi va oxirgi
chorak fazalarida, Oyning Yer atrofidagi vaziyatlari, raqamlar bilan ko’rsatilgan.
Chizma tepasida esa, Oyning raqamlar bilan ko’rsatilgan holatlarida, Yerdan
qaraganda, uning qanday ko’rinishlarda bo’lishi aks ettirilgan.
Chizmadan ko’rinishicha, Quyosh har doim Oyning yarim sferasini yoritadi,
Biroq uning bu yoritilgan yarim sferasi, Yerdan butunlay ko’rinmasligi (oy
24
boshida 1-holatda) yoki to’la ko’rinishi (to’lin oyda 5-holatda) yoki qisman
ko’rinishi (boshqa holatlarda) mumkin ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: