Oy tutilishi va uning shartlari
Oy Yerning atrofida aylanayotib, ba’zan Quyoshni bizdan to’sib o’tadi (36-
rasm). Bunday hol Quyosh tutilishi deyiladi. Bu har doim astronomik yangioy
holatida ro’y beradi. Bunda Yerdagi kuzatuvchi Oyning soyasi ichida qolsa, u
Quyoshni bir necha daqiqa butunlay kurmaydi, ya’ni Quyosh to’la tutiladi. Agar
Yerdagi kuzatuvchi yarim soyaning ichida qolsa, unda u Quyoshning bir qismini
to’silgan holda ko’radi, ya’ni Quyosh qisman tutilayotgan bo’ladi.
Quyosh tutilishi ro’y berishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim: 1) Oy
yangioy fazasida bo’lishi shart. 2) Yangioy paytida Quyosh markazi Oy
tugunlarining biridan 16
°
,5 dan kichik burchak masofada bo’lishi shart (Oy
tugunlari deb, Oy orbitasi va ekliptikaning kesishgan nuqtalariga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |