2. M ulk huquqining mazmuni
Mulk huquqi o 'z navbatida ikki ma’nodagi: obyektiv va subyektiv
m a’nodagi mulk huquqiga bo'linadi.
Obyektiv m a’nodagi mulk huquqi deganda, tabiat ashyolarini
ijtimoiy o'zlashtirishning mavjud zahiralarini, usullarini belgilash, tartibga
solish va mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini ko'zlab belgilangan
tadbirlami ifodalovchi huquq normalari yig'indisi nazarda tutiladi.
Chunonchi, mulk to'g'risidagi umumiy qoidalar obyektiv huquq normalari
hisoblanadi.
8
Subyektiv m a’nodagi mulk huquqi deb ayrim shaxslar, ya’ni huquq
subyektlarining (davlat, yuridik shaxslar va fuqarolaming) obyektiv huquq
normalari asosida kelib chiqadigan mulkni egallash, undan foydalanish va
uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi.
Mulkni o ‘z xohishiga k o ‘ra va o ‘z manfaatini ko'zlab egallash,
undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek mulk huquqini har
qanday buzilishlardan bartaraf etishni talab qilish huquqi tushunchalari
mulk huquqining mazmunini tashkil etadi. Subyektiv mulk huquqining
mazmunini tashkil etadigan bu elementlar mulk egasiga qonun bilan
belgilangan doiralarda beriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Mulkchilik to ‘g ‘risida”gi qonuni va
FKning 164-moddasida belgilanishicha, mulkdor o ‘ziga tegishli mol-
mulkka o ‘z ixtiyoriga k o ‘ra, o ‘z xohishi va manfaatlarini k o ‘zlab egalik
qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Shu m a’noda mulkdor o ‘z
mulkiga bo'lgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda, o ‘z xohishiga k o ‘ra
amalga oshiradi. Mulkdoming o 'z xohishi deganda, uning o 'z erki, irodasi
bilan o 'z manfaatlarini ko'zlab, birovning (uchinchi shaxslaming)
tazyiqisiz, g'ayrihuquqiy ta’sirsiz harakat qilishi nazarda tutiladi. Agar
mulkdorga nisbatan bunday holatda zo'rlik, tazyiq ko'rsatilgan bo'lsa,
qonun mulkdoming xohish-irodasi erkin amalga oshirilishini kafolatlaydi
va muhofaza qiladi. Ayni vaqtda mulkdoming o 'z xohishiga ko 'ra ish
tutishi qonun, insof va adolat doirasida amalga oshirilishi lozim.
Mulkdoming mulkiy huquqni o 'z xohishiga ko'ra amalga oshirishda
uning manfaati yotadi. Bu manfaat bevosita uning o'ziga, yaqinlariga yoki
boshqalarga taalluqli bo'lishi mumkin. Masalan, ota-ona voyaga yetmagan
farzandi nomiga bankka omonat pul m ablag'i qo'yganda ham, garchi
bunda uchinchi shaxsning manfaati ko'zlaganday bo'lsa ham, aslida
mulkdoming harakati zamirida ota-ona
sifatidagi burchi
yotadi.
Mulkdoming o'zi xohishiga ko'ra yoki manfaatiga zid ravishda mulkiy
bitimlar tuzishiga majbur qilish, umumiy qoida bo'yicha bunday bitimlar
haqiqiy sanalmasligiga sabab bo'ladi.
Yuqorida aytganimizdek, mulk huquqi uch element - mulkka egalik
qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan tashkil topadi.
Mulkni egallash huquqi mulkni qo'lda yoki unga nisbatan o'z
huquqlarini amalga oshirishga imkon beruvchi biron joyda saqlab
turishdir. Mulkni qonunga muvofiq ravishda o 'z qo'lida yoki o 'z erki-
irodasi ta’siri ostida saqlab turgan shaxs mulkni egallash huquqiga ega.
Bunday huquq,
avvalo,
mulk egasiga tegishli
bo'ladi.
Avvalo
deganimizning boisi shundaki, mulkni egallash huquqi qonun yoki
9
shartnomaga asosan boshqa shaxsda ham bo'lishi mumkin. Masalan, mulk
shartnoma bo'yicha ijaraga berilganida, vaqtincha tekin foydalanish uchun
topshirilishida, omonatga qo'yilishida yoki m a’muriy dalolatnomalarga
binoan vaqtincha saqlash uchun biron tashkilot yoki fuqarolarga
o'tkazilishida egalik huquqi mulk egasi hisoblanmagan shaxsda ham
bo'lishi mumkin.
Mulkni qonun talablariga muvofiq qo'lda saqlab turishga qonuniy
egallash deb aytilsa, qonuniy asoslar bo'lm ay turib birovlarga qarashli
mulkni egallash, masalan, birovning o'g'irlatgan yoki yo'qotgan mulkini
qo'lda saqlashga qonunsiz egallash deb aytiladi.
Mulkdan foydalanish huquqi - mulkning foydali xususiyatlarini
o'zlashtirish, mulkdan iqtisodiy m a’noda foyda ko'rishdir. Mulkdan
qonunga muvofiq ravishda foydalanuvchi shaxs shu mulkdan foydalanish
huquqiga ega bo'ladi. Mulkdan foydalanish huquqi shu mulkni egallash
huquqi bilan chambarchas bog'liqdir. Mulkni egallamay, qo'lda saqlamay
turib undan foydalanib ham bo'lmaydi.
Masalan,
mulk ijarasi
shartnomasiga muvofiq, ijaraga beruvchi dastavval mulkni ijaraga
oluvchiga qonun yoki shartnomada ko'zda tutilgan tartibda topshiradi.
Topshirish bilan bir vaqtda ijaraga oluvchida mulkka nisbatan egalik qilish
huquqi ham vujudga keladi va u shundan so'ng ijaraga berilgan mol-
mulkdan foydalanishi mumkin. Mulkdan ishlab chiqarishda yoki kundalik
hayotda foydalanishda bu mulk butunlay iste’mol qilinadi yoki muayyan
vaqt davomida asta-sekin eskiradi.
Agar birovning mulkidan foydalanish qonun yoki shartnoma bilan
belgilangan asoslar bo'lm ay turib amalga oshirsa, bunday foydalanish
qonunsiz foydalanish hisoblanadi. Masalan, o'g'irlangan yoki yo'qotilgan
mulkdan foydalanish.
Mulkni tasarruf etish huquqi - mulkning yuridik taqdirini belgilash,
ya’ni mulk yuzasidan boshqa shaxslar bilan bo'ladigan huquqiy
munosabatni belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan
huquqdir.
Mulk egasi tasarruf etish huquqiga binoan mulk yuzasidan xilma-xil
bitimlar, shartnomalar, chunonchi, ashyoni sotish, hadya qilish, ijaraga
qo'yish to'g'risida shartnomalar tuza oladi. Agar ashyo butunlay keraksiz
bo'lib qolsa, mulk egasi bunday ashyoni tashlab yuborishi, o'zidan biron-
bir usul bilan soqit qilishi mumkin. Bu huquq mulkdorga o 'z mol-mulkiga
nisbatan qonunga zid bo'lmagan har qanday harakatlami amalga oshirish,
shu jumladan mol-mulkdan garov narsasi sifatida foydalanishi yoki unga
boshqacha yo'llar bilan vazifa yuklash, uni begonalashtirish yoki mol-
mulkni boshqacha usul bilan tasarruf etishga imkon beradi.
10
Bu huquqning qo‘ldan ketishi bilan mulkka nisbatan bo'lgan egalik
huquqi ham qo'ldan ketadi. Masalan, mulkni omonatga qo'yishda ashyoni
egallash huquqi, ijaraga berishda ashyoni egallash va undan foydalanish
huquqi birovga o ‘tsa, ashyoning sotilishi yoki hadya qilinishida esa
subyektiv mulk huquqining har uch elementi: egallash, foydalanish va
tasarruf etish huquqlari ham butunlay boshqa shaxsga (yangi mulkdorga)
o'tadi.
Ayrim hollarda, chunonchi, mulkni yo'qotish, o'g'irlatish hollarida
mulk egasi o 'z mulkni egallash, foydalanish va uni tasarruf etish
imkoniyatidan mahrum bo'lsa ham, egalik huquqini qonunda belgilangan
hollarda v a ' muddatlarda o 'zi saqlab turadi. Fuqaroga tegishli mulk
o'g'irlatilganida, uning kimning qo'lida bo'lishligi aniqlanganidan so'ng
qonun bilan belgilangan uch yillik da’vo muddati davomida talab qilib
olinishi mumkin. Aks holda mulkka nisbatan bo'lgan egalik huquqi
yo'qoladi. Umuman olganda mulkni tasarruf etish elementi kimda bo'lsa,
shu shaxs (garchi mulkning qo'lida, ya’ni egaligida yoki foydalanishida
bo'lm asa ham) mulkdor hisoblanadi. Zero, tasarruf etish elementi
mulkning shakli va huquqiy maqomiga qarab muayyan hujjatlar (order,
tilxat va h.k.) bilan tasdiqlanadi.
Mulk egalari o'zlariga tegishli mulk huquqidan g'ayriqonuniy
maqsadlarda, birovning zarariga foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.
Mulkdor huquqlari va vakolatlarining chegarasi O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida bayon qilingan bo'lib,
unga asosan mulkdor o 'z huquqlarini amalga oshirishda ekologik muhitga
zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini
hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.
Bu Konstitutsiyaviy norma FKning 172-moddasida batafsil talqin
qilingan. Ushbu moddaga asosan mulkdor o 'z mulkiy huquqlarini amalga
oshirishdan quyidagi shartlariga amal qilishi lozim:
1. Mulkdoming o 'z huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslaming
huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart;
2. Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada
mulkdor boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda
foydalanishiga y o 'l qo'yishga majbur (masalan, ko'chmas mulk-yer
uchastkasi egasi qo'shni yer uchastkasi egasi qo'shni yer uchastkasining
egasidan zarur hollarda, boshqa yer uchastkalarining egalaridan ham
o'zganing yer uchastkasidan cheklangan holda foydalanish (servitut)
huquqini berishni talab qilishga haqli. Odatda, servitut piyodalar va
transport yo'li, elektr, aloqa, gaz yoki suv quvurlari o'tkazish uchun zarur
bo'lishi mumkin. Yer uchastkasida servitut belgilanishi yer egasini mulk
huquqidan aslo mahrum qilmaydi. Servitutdan foydalanuvchi bilan yer
uchastkasi egasi o'rtasida servitut haqida bitim tuzilib, u ko'chmas mulkka
oid bitimlar kabi ro'yxatdan o'tkaziladi. Servitut belgilangan uchastkaning
egasi agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, servitut
kimning foydasini ko'zlab belgilangan bo'lsa, o'sha shaxsdan uchastkadan
foydalanganlik uchun mutanosib haq talab qilishga haqlidir (FKning 173-
moddasi);
3. Mulkdor o'zining ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishga, boshqa
shaxslaming huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini
kamsitadigan o'zga harakatlami qilishga haqli emas;
4. Mulkdor o 'z huquqini amalga oshirganda fuqarolaming sog'lig'iga
va atrof-muhitga zarar yetkazishning oldini olish choralarini ko'rishga
majbur.
Mulk huquqining mazmunida nafaqat mulkdoming huquqlari, balki
mol-mulkni saqlab turish burchi ham yotadi. FKning 174-moddasiga
asosan, o'ziga qarashli mol-mulkni saqlash, agar qonun hujjatlarida yoki
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, mulk egasining
zimmasida bo'ladi. Agar mulkdor bu majburiyatni bajarmasa, ba’zi
hollarda uning mulkiy huquqlari chegaralab qo'yilishi yoki mol-mulk
undan olib qo'yilishi haqida da’vo oldindan ogohlantirmasdan ham
qo'zg'atilishi mumkin (masalan, FKning 190-moddasida ko'zda tutilgan
asoslar bo'yicha).
Do'stlaringiz bilan baham: |