To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

I  boshqa  mulk  shakllari  kabi  daxlsiz  va  davlat  himoyasidadir  deb  e ’lon 

qilinishi  mamlakatimiz  huquq  tizimida  xususiy  mulk  huquqini  har 
tomonlama rivojlantirish uchun negiz bo ‘lib xizmat qildi.
Bozor  iqtisodiyoti  xususiy  mulk,  tadbirkorlik,  erkin  raqobat  va 
shartnomalar  ekinligiga  tayanadi.  Har  qanday  tadbirkorlik faoliyati  uchun 
uning  mulkiy  negizi -   xususiy  mulk b o ‘lish  lozim.  Biroq  mustaqillikning 
ilk  davrida  respublikamiz  o ‘tmishdan  meros  bo'lib  qolgan  iqtisodiyotga 
ega edi.  Ushbu iqtisodiyotni sifati jihatdan o ‘zgartirish uchun qo ‘yiladigan 
birinchi  qadam  davlatga  qarashli  mol-mulklami  iqtisodiyotga  ta’lluqli 
qismini  xususiylashtirish  talab  etilar  edi.  Huddi  shu  sababli  ham  1991-yil 
19-noyabrda  “Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 
to ‘g ‘risida”gi  Qonun qabul qilindi.  Ushbu  qonun mamlakatimizda xususiy 
mulkni keng k o ‘lamda vujudga kelishiga asos b o ‘ldi. Eng avvalo fuqarolar 
o'zlarini  yashab  turgan kvartiralarini  xususiylashtirib  oldilar,  keyin  savdo 
va mayda ishlab chiqarish korxonalari xususiylashtirildi.
1994-yil  21-yanvarda  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
“Iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish,  xususiy mulk manfaatlarini 
himoya qilish  va tadbirkorlikni  rivojlantirish  chora-tadbirlari to‘g'risida”gi 
Farmoni  chiqarildi.  Unga  ko'ra,  savdo  va  xizmat  ko'rsatish  sohasi 
obyektlari,  shuningdek,  ular  joylashgan  yer  uchastkalarini  jismoniy  va 
yuridik, 
shu 
jumladan, 
horijiy 
shaxslarga 
xususiylashtiriladigan 
obyektlami  sotib  olishda  ular  foydalanadigan  mablag'laming  manbalari 
bo'yicha  deklaratsiyani  ulardan  talab  qilmagan  holda  tanlov  asosida 
xususiy mulk qilib sotishga ruxsat berildi.
Fuqarolaming  tovarlar  keltirishni  va  ichki  bozomi  to'ldirishni 
ta’minlaydigan 
xususiy-tadbirkorlik 
faoliyati 
har 
tomonlama 
rag'batlantirish,  mayda,  ulgurji,  shu  jumladan,  oilaviy  asosdagi  savdo 
tuzilmalarini tashkil etish butun choralar bilan qo'llab-quvvatlash choralari 
belgilandi.
Naqd  chet  el  valyutalari  va  MDH  mamlakatlari  pul  birliklari 
O'zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  va  xorijiy  fuqarolar  tomonidan 
respublikaga  keltirish  va  chetga  chiqarish  bo'yicha  cheklashlar  bekor 
qilindi.
31


Ushbu  Farmon  xususiy  mulkni  mustahkamlanishida juda  muhim  rol 
o ‘ynadi deb ayish mumkin.
1995-yil  5-yanvarda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  PF- 
1030-sonli 
“Xususiy 
tadbirkorlikda  tashabbus 
ko'rsatish 
va  uni 
rag‘batlantirish  to ‘g ‘risida”gi  Farmoni  (mazkur  Farmonga  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  21.07.2004-yildagi  PF-3466-sonli  Farmoniga 
muvofiq  o ‘zgartirishlar  kiritilgan)  e ’lon  qilindi.  Unga  k o ‘ra,  xususiy 
mulkning  asosiy  tashkiliy-huquqiy  shakllaridan  biri  b o ‘lgan  xususiy 
korxonalar  tashkil  etish  va  ular faoliyatini  yo'lga  qo ‘yish,  ulami  moddiy- 
texnika,  axborot  va  kadr  resurslariga  erishishda  davlat  korxonalari  bilan 
teng huquqliligini ta’minlash choralari belgilab qo'yildi.
Qishloq  xo'jalik  mahsulotini  etishtiruvchi  va  qayta  ishlovchi, 
iste’mol  mollari,  ishlab  chiqarish-texnika  ahamiyatidagi  mahsulotlami, 
binokorlik  materiallarini  ishlab  chiqarish,  shuningdek  qurilish  faoliyati 
bilan,  ta’mirlash,  qayta  qurish,  maishiy  va  kommunal  xizmatlar  bilan 
shug'ullanuvchi  xususiy  korxonalar  ro'yxatga  olingandan  boshlab 
dastlabki  ikki  yil  davomida  daromad  (foyda)  solig'i  to'lashdan  ozod 
qilindilar.
Xususiy korxonalarda yollanib ishlaydigan xodimlar soniga nisbatan 
hech qanday cheklashlar bo'lmasligi belgilab qo'yildi.
Xususiy korxonalami ishlab chiqarishni kengaytirishga,  qayta tashkil 
etishga,  texnika  uskunalari  bilan  jihozlashga  sarf  qiladigan  mablag'lari 
soliq solinadigan bazadan chiqarildi.
O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1995-yil  14- 
fevraldagi  Qarori  bilan  “Xususiy  tadbirkorlik  to'g'risida”  Nizom 
tasdiqlandi.  Unda  xususiy  korxonani  tashkil  etish  tartibi  va  ro'yxatdan 
o'tkazish  xususiy  korxona  mulki  va  uning  faoliyati,  unda  ishchi  kuchini 
yollash va mehnatga haq to'lash tartibi, xususiy korxonani tugatish asoslari 
belgilab qo'yildi.
1995-yil  31-avgustda  O'zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi  “Ayrim 
korxonalar 
va 
mol-mulkni 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirishning  ba’zi  masalalari  to'g'risida”  Qaror  qabul  qildi 
(keyinchalik  ushbu  Qarorda  nazarda  tutilgan  holatlar  O'zbekiston 
Respublikasining  “Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 
to'g'risida”gi  qonunining  yangi  tahrirdagi  4-moddasida  aks  ettirildi  va 
qonunning  ushbu  normasi  rasmiy  e’lon  qilingan  kundan  e ’tiboran  (2006- 
yil 4-apreldan)  kuchga kirdi va shu munosabat bilan yuqoridagi  Qaror o'z 
kuchini  yo'qotdi).  Ushbu  qarorga  xususiylashtirilishi,  sotilishi  va  sotib 
olinishi  mumkin  bo'lmagan  mol-mulklar  va  Vazirlar  Mahkamasi  raxsati
32


asosidagina  xususiylashtirilishi  mumkin  bo'lgan  obyektlar,  mol-mulklar 
Ro'yxati  ilova  qilindi.  Ushbu  normativ  hujjat  xususiy  mulk  obyektlari 
doirasini  aniq  belgilab  berdi.  Mamlakatimiz  iqtisodiy-ijtimoiy  rivojining 
tajribasi asosida muayyan mezonlar ishlab chiqildi.  Bunga ko'ra:
-  davlatga  mutlaq  mulk  huquqi  asosida  tegishli  obyektlar  (o'sim lik 
dunyosi,  hayvonot  dunyosi,  yer  osti  boyliklari,  tabiiy  resurslar,  yer 
resurslari va sh.k.);
-  mamlakat  mudofaasi,  havfsizligi  uchun  zarur  obyektlar  (jangovar 
qurol-yarog'lar, portlovchi moddalar, o 'q  dorilar va sh.k.);
-  kishilami  normal  hayot  kechirishlari  uchun  zarur  obyektlar 
(energetika komplekslari, temir yo'l izlari va boshqalar);
-  davlat  boshqaruv  obyektlari,  kishilar  hayoti,  sog'lig'ini  saqlash 
yuzasidan  kishilar  ixtiyoriga  berish  mumkin  bo'lmagan  obyektlar 
(sanitariya,  yong'in  nazorati,  standartlashtirish  va  meteorologiya  xizmati, 
narkotik  va  zaharli  moddalar,  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar  va  h.k.)  dan 
tashqari  qolgan  barcha  obyektlar  xususiy  mulk  bo'lishi  mumkinligi 
belgilab qo'yildi.
Xususiy mulkning aniq-ravshan huquqiy maqomi  1997-yil  1-martdan 
boshlab  amalga  kiritilgan  Fuqarolik  kodeksida  o'ziga  xos  tarzda  belgilab 
qo'yildi,  deb  aytish  mumkin.  FKning 
16-bobi  xususiy  mulkka 
bag'ishlangan.  Unda  xususiy  mulk  huquqi  tushunchasi,  subyektlari, 
obyektlari,  uy-joy  (kvartira)ga  mulk  huquqining  vujudga  kelish  tartibi, 
ko'p kvartirali uydagi kvartira egalari mol-mulki to'g'risidagi normalar o 'z 
ifodasini  topgan.  Xususiy  mulk  huquqi  mazmunining  boyishiga  FKning 
mulk  huquqi  umumiy  qoidalari  yanada  takomillashtirilishi  ham  muhim 
hissa  qo'shdi  deb  aytish  mumkin.  Xususan  mulk  daxlsizligi,  mulk 
huquqini  amalga  oshirish  shartlari,  servitut  huquqi  mazmuni,  mol-mulkni 
saqlash  vazifasi,  mulk  huquqini  vujudga  kelish  va  bekor  bo'lish  asoslari 
bo'yicha  normalar  xususiy  mulkni  fuqarolik  muomalasida  normal 
harakatlanish  uchun  barcha  yuridik  shart-sharoitlami  yaratib  berishga 
xizmat qiladi deb ta’kidlash o'rinli bo'lur edi.
FK  nafaqat  moddiy  ashyolarga  nisbatan  mulk  huquqini  balki 
intellektual  faoliyat  natijalari  uchun  mutlaq  huquqlami  amal  qilish 
mexanizmini  ham  o'm atdi.  Natijada  ixtirolar,  foydali  modellar,  sanoat 
namunalari,  fan,  adabiyot,  san’at  asarlari,  kompyuter  dasturlari  va  shu 
kabilarga nisbatan mutlaq huquqlar asosida “xususiy  mulk”  sifatida  tijorat 
muomalasida bo'lish imkoni yaratildi.
33


Uy-joy 
kodeksi, 
“Qimmatbaho 
qog'ozlar  va  fond  birjalari 
to‘g ‘risida”gi  Qonun1  qabul  qilinishi  ushbu  obyektlami  xususiy  mulk 
sifatida  egallash,  foydalanish,  tasarruf  qilishning  yuridik  asoslarini 
mustahkamladi.
Xususiy  mulkka  asoslangan  xo'jalik  yurituvchi  subyektlar  huquqiy 
maqomining  aniq  belgilab  qo'yilishi  ham  xususiy  mulkni  ko'payishi  va 
mustahkamlanishi, 
kishilar  farovonligini 
oshirishga  xizmat 
qilish 
imkoniyatlarini kengaytirdi.
Xususiy  mulkdorlar  o 'z   manfaatlari,  xohishi  va  imkoniyatlaridan 
kelib  chiqib  o'zlari  uchun  maqbul  xo'jalik  yurituvchi  subyekt  shaklini 
tanlab olishlari mumkin. X o'jalik yurituvchi subyektlami har biri muayyan 
sohalarda  va  muayyan  maqsadlarda  xususiy  mulkni  samarali  boshqarish 
imkonini  beradi.  Har  bir  xo'jalik  yurituvchi  subyektda  xususiy  mulkdor 
sifatidagi  vakolatlami  taqsimlash  va  amalga  oshirishning  o'ziga  xos 
tashkiliy-tuzilmaviy 
mexanizmlari 
mavjud 
va 
amaliyotda 
ular 
muvafaqqiyatli ravishda qo'llanilmoqda.
Xususiy  mulk huquqini  mustahkamlanishida jinoyat qonunchiligi  va 
ma’muriy  qonunchilik  ham  alohida  rol  o'ynaydi.  Agar  sovet  davrida 
fuqarolami  shaxsiy  mulki  va  davlat  mulkini  jinoyat-huquqiy  muhofaza 
qilishda notengliklar bo'lsa  (masalan,  fuqaroni mol-mulkini  o'g'irlaganlik 
uchun  davlat  mol-mulkini  o'g'irlaganlikka  nisbatan  kamroq  jazo 
sanksiyalari belgilangan edi),  1995-yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksida 
bunday  holatga  barham  berildi.  Ommaviy  mulk  ham,  xususiy  mulk  ham 
bir xilda  huquqiy  muhofaza  ostiga  olindi.  Xususiy  mulk  huquqiga  qarshi 
har  qanday  tajovuzlar  (o'g'rilik,  bosqinchilik,  talonchilik,  firibgarlik  va 
boshqacha tarzdagi talon-tarojlar) uchun jazo muqarrarligi, xususiy mulkni 
mustahkamlanishida muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq oltinchi 
sessiyasida  jinoyat  qonunlarini  liberallashtirish  bo'yicha  yangi  normalar 
qabul  qilindi.  Mol-mulkni  musodara  qilish  jinoiy  jazo  sifatida  Jinoyat 
kodeksidan  chiqarib  tashlandi.  Agar  fuqarolar  mol-mulki  faqat  xususiy 
mulk  ekanligini  nazarga  olsak,  ushbu  chora  xususiy  mulk  huquqini 
kafolatlashda muhim qadam bo'lganligini qayd etish lozim.
Sud-huquq  islohotlarini  izchillik  bilan  amalga  oshirilishi,  ayniqsa, 
umumiy sudlaming ixtisoslashuvi orqali fuqarolik sudlarini tashkil topishi, 
xo'jalik  sudlari  tizimini  mustahkamlanishi  ham  xususiy  mulk  huquqini
1 Ushbu qonun O ’zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g ’risida”gi 2008 22 iyuldagi № 0 ’RQ-163-
sonli  Qonuni  amalga  kiritilishi  munosabati  bilan  o ’z  kuchini  yo’qotdi  //  O ’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi
palatalarining Axborotnomasi, №7, 354-modda.
34


Himoya  qilishni  tashkiliy  tizimini  shakllanishida  ijobiy  ahamiyatga  ega 
bo'ldi.
Jamiyatda  mulkdorlar  sinfini  shakllantirish  va  mustahkamlash 
nafaqat  davlat  iqtisodiy 
siyosatini, 
balki 
davlat 
ijtimoiy-siyosiy 
faoliyatining  ham  strategik  maqsadlaridan  biri  sifatida  belgilab  qo'yildi. 
Mulkdorlar  sinfi  esa  asosan  xususiy  mulkdorlar  ekanligi  o ‘z-o‘zidan 
ravshan.
Ayni  vaqtda  xususiy  mulk  huquqini  har  tomonlama  rivojlantirish 
b o ‘yicha  davlat  g ‘amxo‘rligi  kishilarga  xususiy  mulkni  ko‘paytirish 
bahonasida 
g'ayriqonuniy 
faoliyat 
bilan 
shug'ullanish 
huquqini 
bermasligini unutmaslik kerak.
2000-yillar  boshida  mamlakatimiz  ichki  bozoriga  sifatsiz  chet  el 
tovarlarini  import  qilish  hollari  kuchaydi.  Bunday  faoliyat  bilan  yakka 
tadbirkor  sifatida  ro'yxatdan  o'tmagan  jismoniy  shaxslar  shug'ullanar 
edilar. 
Albatta,  mokki  savdogarchilikda  O'zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining 
1994-yil 
21-yanvardagi 
Farmonda 
belgilangan 
imkoniyatlardan yaxlit va unumli foydalandi, yurtimizda iste’mol bozorini 
to'ldirishda  muhim  hissa  qo'shdi.  Biroq  mokki  savdogarlami  aksariyat 
qismi  madaniy-ma’rifiy  bozor  tuzilmalari  tizimidan  o'rin  olishga  harakat 
qilmadi.  Ular davlat ro'yxatidan o'tmasdan,  ilgarigiday turist niqobi ostida 
chet  eldan  tovarlar  importi  bilan  shug'ullanishda  davom  etdi.  Ular 
tomonidan keltirilgan tovarlar sifatsiz bo'lishidan tashqari bozorlarda hech 
qanday  nazorat-kassa  apparatlarisiz,  xaridorlarga  chek  berilmasdan  sotilar 
edi.  Bu  esa  naqd  pul  massasini  muomalada  bo'lishini  nazorat  qilish, 
tegishli soliq undirilishiga to'sqinlik qilar,  zarur hollarda esa iste’molchilar 
huquqlarini himoya qilish imkoniyatini cheklar edi.
Xususiylashtirish  paytida  ishlab  chiqarish  obyektlariga  qo'shimcha 
ravishda korxonalami sotsial infratuzilmalar (bog'chalar, madaniyat uylari, 
dam  olish,  sport-sog'lomlashtirish  binolari,  kutubxonalar  va  h.k.)  tekin 
yoki  ramziy  haq  asosida  berilgan  edi.  O 'sha  obyektdan  samarasiz 
foydalanganligi  yoki  buzib  tashlagani  hollari  aniqlandi.  Shu  sababli  ba’zi 
xususiylashtirish  dalolatnomalari  sud  tartibida  bekor  qilindi.  Ayni  vaqtda 
xususiylashtirilgan  kitob  do'konlari  tijorat  obyektlariga  aylantirilib, 
maqsadli  foydalanish  shartiga  rioya  qilinmagan  bo'lsa  xususiylashtirishni 
bekor qilish chora-tadbirlari belgilandi.
Zohiran  qaraganda,  ushbu  chora-tadbirlar  xususiy  mulk  huquqini 
zaiflashtirishga xizmat qiladiganday tuyuladi.  Biroq  aslida ushbu  normativ 
hujjatlar  xususiy  mulk  obyektlarini  g'ayriqonuniy  ravishda  fuqarolik 
muomalasiga  kiritilish  imkoniyatlarinigina  cheklardi,  xolos.  Bozor
35


munosabatlari  rivojlanib  borgan  sari  xususiy  mulkdorlarda  qonunga  rioya 
qilish,  itoatkorlik  hissini  mustahkamlash  muhim  vazifa  bo ‘lib  qolishi 
anglab etildi.
Ayni  vaqtda  mamlakat  iqtisodiyotida  xususiy  mulkni  miqiyosi  va 
ulushlari  ortib  bordi.  Keng  tadbirkorlar  ommasi  xususiy  mulk  orqali  ham 
o ‘z moddiy farovonligini, ham mamlakat farovonligini ta’minladilar.
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2003-yil  24-yanvarda 
chiqargan 
“O'zbekiston  iqtisodida  xususiy  sektoming 
ulushi  va 
ahamiyatini  tubdan  oshirish  chora-tadbirlari  to ‘g ‘risida”gi  PF-3202-sonli 
Farmoni 1ga ko'ra  korxonalar  ustav  fondida  davlat  aksiyalari  paketi  25  va 
undan  kam  foiz  ulushni  tashkil  etganda,  bu  ulushning  fond  bozorida 
bosqichma-bosqich  sotilishi,  xususiylashtirilgan  korxonalar  aksiyalaridan 
divident ko'rinishida fuqarolar olgan daromadlari  5  yil muddatga  soliqdan 
ozod  etilganligi,  davlat  va  davlatning  ishonchli  vakiliga  tegishli  bo'lgan 
aksiya paketining  ishonchli boshqaruvchi roziligisiz kuzatuv kengashining 
qarorini  qabul  qilib  bo'lmasligi  haqidagi  tartib  bekor  qilinishi  belgilab 
qo'yildi.  Ushbu  chora-tadbirlar  bevosita  xususiy  mulk  mavqeini 
ko'tarilishiga, xususiy mulk huquqi mazmuni boyishiga olib keldi.
Agrar  sektorda  xususiy  mulkni  mustahkamlanishida  O'zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  2003-yil  24-martda  chiqargan  “Qishloq 
xo'jaligida  islohotlami  chuqurlashtirishning  eng  muhim  yo'nalishlari 
to'g'risida”gi  PF-3226-sonli  Farmoni2  muhim  rol  o'ynadi.  Ushbu 
Farmonda  fermer  xo'jaligining  yangicha  huquqiy  maqomi  -  xususiy 
korxona  ekanligi  belgilab  qo'yildi  va  ular  qishloq  xo'jalik  ishlab 
chiqarishida etakchi o'rin egallashi  ta’kidlandi.  Fermer xo'jaligini xususiy 
korxona  sifatidagi  huquqiy  maqomini  uning  mol-mulkini  boshqarish 
imkoniyatlarini yaxshiladi (ilgari fermer xo'jaligi mol-mulki uning a’zolari 
mol-mulkidan  tarkib  topib,  fermer  xo'jaligi  boshlig'i  uni  ishonchnoma 
asosida  boshqarar,  muhim  qarorlar  qabul  qilish  uchun  esa  umumiy 
yig'ilish chaqirilar edi,  bu esa mol-mulkni  operativ boshqarilishiga imkon 
bermas edi).
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  2005-yil  14-iyunda 
chiqarilgan  “Tadbirkorlik  subyektlarini  huquqiy  hmoya  tizimini  yanada 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to'g'risida”gi  PF-3619-sonli  Farmoni3 
xususiy  mulk  huquqi  yuridik  kafolatlari  tizimini  yanada  mustahkamladi. 
Unga  ko 'ra tadbirkorlik  subyektlarini  banklardagi  hisobvaraqlar  bo'yicha 
operatsiyalami  to'xtatib  qo'yish,  moliyaviy  sanksiyalami  qo'llash,
1 //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2003 yil,  1-2-son, 4-modda.
2 //O’ zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’ plami, 2003 yil, 5-6-son, 46-modda.
3 //O ’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2005 yil, 23-24-son,  167-modda.
36


.huquqbuzarlik  predmetlarini  davlat  daromadigi  o'tkazish  huquqiy  ta’sir 
ko'rsatish  choralari  faqat  sudlar  tomonidan  qo‘llaniladigan  bo'ldi.  Ilgari 
bunday  choralar  ayrim  nazorat  organlari,  jumladan  soliq  idoralari 
tomonidan  qo'llanar va bunda etarli huquqiy asoslar va faktik dalil isbotlar 
borligiga har doim ham etarli e ’tibor berilmas, natijada xususiy mulkdorlar 
manfaatlariga  putur  etish  hollari  uchrar  edi.  Huquqiy  ta’sir  choralari  sud 
tomonidan qo'llanganda har tomonlama xolislik, obyektivlik va qonuniylik 
ta’minlanadi.
Xususiylashtirilgan  turar joylardagi  umumfoydalanish  obyektlaridan 
foydalanishni  yo'lga  qo'yish  zarurati  turar-joy  shirkatlari  tuzilishiga  olib 
keldi.  2006-yil  12-aprelda  “Xususiy  uy-joy  mulkdorlarining  shirkatlari 
to ‘g ‘risida”gi  qonun  yangi  tahrirda  qabul  qilindi.  Uning  asosiy  vazifasi 
xususiy  uy-joylar  yaxshi  saqlanishi  va  yaxshilanishini  ta’minlashdan 
iboratdir.
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
2006-yil 
9-yanvarda 
chiqargan  “Meva-sabzavotchilik  va  uzumchilik  sohasida  iqtisodiy 
islohotlami  chuqurlashtirish  chora-tadbirlari  to ‘g ‘risida”gi  PF-3709-sonli 
Farmoni’ga ko'ra,  sobiq shirkatlaming meva-sabzavotchilik va uzumchilik 
ekin maydonlaridagi bog'lar va uzumzorlar fermerlarga kim oshdi  savdosi 
orqali  sotilishi  belgilandi.  Bu  esa  qishloq  xo'jaligida  xususiy  mulkka 
asoslangan ishlab chiqarish xo'jalik yuritish tizimini mutlaqo ustuvorligiga 
olib keldi.
Iqtisodiyotda  xususiy  mulkchilikni  yanada  kengaytirish  va  uning 
rolini  oshirish,  biznesni  rivojlantrish  uchun  qulay  shart-sharoitlar yaratish 
hamda  xususiy  tadbirkorlikni  huquqiy  kafolatlarini  mustahkamlash, 
xususiylashtirilgan  korxonalar  bilan  band  bo'lgan  yer  uchastkalaridan 
maqsadli  va  samarali  foydalanishni  ta’minlash,  shuningdek uy-joy  bozori 
va  ipotekani  rivojlantirish  uchun  kuchli  rag'batlantiruvchi  omillami 
vujudga 
keltirish 
maqsadlarida 
2006-yil 
24-iyulda 
O'zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Yuridik shaxslar va fuqarolaming binolari va 
inshootlari  bilan  band  bo'lgan  yer  uchastkalarini  xususiylashtirish 
to'g'risida”gi 
PF-3780-sonli 
Farmoni2 
chiqarildi. 
Unga 
asosan 
O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari -  rezidentlari mulk huquqi 
asosida  o'zlariga  tegishli  yoki  ular  tomonidan  xususiylashtiriladigan  bino 
va  inshootlar,  ishlab  chiqarish  infratuzilmasa  obyektlari  joylashgan  yer 
uchastkalarini,  shuningdek,  mazkur  obyektlarga  tutash  yer  uchastkalarini, 
qo'llanadigan texnologiya jarayonlari, shahar qurilish norma va qoidalarini
1 //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 yil, 2-son, 6-modda.
2 //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 yil, 30-son, 288-modda.
37


hisobga  olgan  holda  ishlab  chiqarish  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun 
zarur  bo‘lgan  miqdorda  xususiylashtirish  huquqiga  ega  b o ‘ldilar. 
Shuningdek,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  -   rezidentlariga  yakka 
tartibda  uy-joy  qurish  va  turar-joy  binosiga  xizmat  ko‘rsatish  uchun 
ajratilgan  yer uchastkalarini  xususiylashtirish huquqiga ham ega b o ‘ldilar. 
Xususiylashtirish  ixtiyoriylik  asosida  amalga  oshiriladi.  Farmonda 
xususiylashtirilgan  yer  uchastkasi  oborotda, jumladan,  xarid  qilish-sotish, 
ayirboshlash,  hadya  qilish,  meros,  foydalanish  (ijaraga  berish)  bo'yicha 
bitimlar  tuzishda  cheklanmagan,  garov,  shu  jumladan  banklar  va  boshqa 
kredit  muassasalaridan,  kredit  olish  uchun  garov  bo'lib  xizmat  qilish 
mumkinligi ko'rsatildi.
Yuqorida  xususiy  mulk  huquqini  O'zbekiston  Respublikasi  milliy 
huquq  tizimida  vujudga  kelishi  va  rivojlanishini  xronologik  (davriylik) 
tartibida ko'rib  chiqildi.  Bunda xususiy mulk huquqiga qandaydir jihatdan 
taalluqli  bo'lgan  barcha  qonunlar  va  qonunosti  hujjatlarini  o'rganish 
maqsad  qilib  qo'yilmasligi  tabiiy.  Faqat  xususiy  mulk  huquqini  rivojiga 
jiddiy ta’sir ko'rsatgan normativ manbalargagina e’tibor qaratildi.
Ushbu davriy rivojlanishni muayyan bosqichlarga ajratish mumkinmi 
degan  savol  qo'yilishi  mumkin.  Tarixiy  mjihatdan  olganda  g'oya  qisqa 
bo'lgan  davmi  muayyan  rivojlanish  bosqichlariga  ajratish  g'oya  shartli 
bo'lishi mumkin.
Birinchi  bosqichda  (1990-yil  oktyabridan  1993-yil  mayiga  qadar) 
xususiy mulk fuqarolar mulk huquqining bir turi sifatida e’tirof etildi.
Ikkinchi  bosqichda  (Konstitutsiya  qabul  qilingandan  va  mulkchilik 
to'g'risidagi  qonunga  o'zgartirishlar  kiritilgandan  boshlab)  xususiy  mulk 
iqtisodiyotda muhim mavqeni egallay boshladi.
Uchinchi  bosqich  FK  kuchga  kirishi  bilan  boshlandi,  bunda  xususiy 
mulkka  asoslangan  xo'jalik  yurituvchi  subyektlar  bozor  tizimida  etakchi 
mavqeni egalladi.
Xususiy mulk huquqi bo'yicha qonun hujjatlarini rivojlanish jarayoni 
o'z-o'zicha  ro'y  bermaganligini  qayd  etish  lozim.  Ushbu  rivojlanish 
jarayoni  muayyan  mantiqiy  asosda  ro'y  bergan.  Boshqacha  aytganda 
xususiy  mulk  huquqini  rivoji  mamlakatimizda  amalga  oshirilgan  bozor 
islohotlarini  har  bir  bosqichi,  har bir  yo'nalishi  vazifalarini  bajarish  faqat 
xususiy  mulk  huquqiga  yangi  sifat  o'zgarishlari  yoki  xususiy  mulkka 
asoslangan  xo'jalik yurituvchi  subyektlar  faoliyatini  samarali  tashkil  etish 
bilangina  amalga  oshirilishi  mumkin  edi.  Xuddi  shu  sababli  ham  xususiy 
mulk  huquqini  mamlakatimizda  rivojlanish  bosqichlarini  alohida  davriy 
turkumlari  asosida  belgilash  aslo  xato  bo'lmagan  bo'lur  edi.  Bozor
38


iqtisodiyotini  ilk  qadamlari  xususiylash  orqali  amalga  oshirildi.  Agrar 
sohadagi  tab  qayta  qurishlar  qishloqda  avval  shirkat,  keyin  xo'jaliklami 
huquqiy  holatini  rivojlantirishni  taqazo  etdi.  Mamlakatimiz  iqtisodiyotiga 
yangi  texnika  va  texnologiyalar,  yangi  sarmoyalar  manbaini  ta’minlash 
chet  el  investitsiyalarini  xususiy  mulk  sifatidagi  alohida  yuridik 
kafolatlarini  belgilab  qo ‘yishni  taqozo  etdi.  Bank-moliya  sohasidagi 
islohotlar  xususiy  tijorat  banklarini,  qimmatbaho  qog'ozlar  bozorini 
shakllantirish,  fond  biijalarini,  xususiylashtirish  investitsion  fondlarini, 
aksiyadorlik  jamiyatlarini  rivojlanishiga  turtki  berdi.  Aholini  ish  bilan 
ta’minlash  esa  kichik  biznes  subyektlarini  alohida  imtiyozli  huquqiy 
maqomini  yaratilishiga  sabab  bo'ldi.  Bundan  bozor  iqtisodiyotini  har 
qanday rivoji xususiy mulkning rivoji,  xususiy mulkning har qanday rivoji 
bozor  iqtisodiyotining  rivoji  sifatida  qaralishi  mumkin  degan  xulosaga 
kelishga imkon beradi.
Bozor  islohotlaridan  tashqari  xususiy  mulk  huquqini  rivojiga 
iqtisodiyotdagi joriy  holat,  dunyo  bozoridagi  muayyan  vaziyat ham  ta’sir 
ko'rsatdi  deb  aytish  mumkin  jumladan,  dunyoda  axborot  resurslari  va 
tizimini  tijoratda  keng  qo'llanishi  ulami  xususiy  mulk  obyekti  sifatidagi 
huquqiy  holatiga  ijobiy  ta’sir  qildi.  Veksellami  to'lov  vositasi  sifatida 
qo'llash bu sohada qat’iy choralami qo'rishni talab etdi.
Albatta,  joriy  holat  va  amaliyot  muammolari  xususiy  mulk  huquqi 
to'g'risidagi  qonun  hujjatlari  rivojiga  ta’sirini  bir  yoqlama  baholash 
mumkin  emas.  Ayrim  holatlarda  ular  ta’sirida  cheklovchi  normalar  qabul 
qilingan  bo'lsa,  boshqa  holatda  aniqlik  kirituvchi  normalar  kiritildi, 
uchinchi  holatda  xususiy  mulkdorlar  imkoniyatilari  kengaytirildi.  Biroq 
joriy  holat  va  amaliyot  ta’siri  ham,  ushbu  ta’sir  natijasida  kiritilgan 
o'zgarishlar ham jiddiy bo'lmay,  balki ju z’iy xarakterga ega deb baholash 
o'rinli bo'lur edi.
Xususiy mulk huquqiy asoslari o 'z ahamiyati bo'yicha tafsiflanganda 
yuridik kuchi bo'yicha ierarxiyada Konstitutsiya, FK va joriy qonunlar eng 
yuqori o'rinni egallaydi, deb aytish mumkin.
Biroq  xususiy  mulk  huquqiy  asoslari  tizimida  O'zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  Farmonlari  alohida  o'rinni  egallaydi.  Garchi, 
u  o 'z   mohiyatiga  ko 'ra  normativ  huquqiy  hujjatlar  tizimida  qonun  osti 
hujjati  hisoblansada,  biroq  amaldagi  mavqei  ancha  yuqori  ekanligini 
ta’kidlash lozim. Bu quyidagilarda namoyon bo'ladi:
-birinchidan,  Prezident  Farmonlarida  juda  ko'p  hollarda  iqtisodiy 
islohotlaming  muayyan  bosqichini  maqsadi,  vazifalari,  ulami  amalga 
oshirish  usullari  va  vositalari,  huquqiy  ta’minlash  masalalari  o 'z   ifodasini 
topgan bo'ladi;
39


-ikkinchidan, 
Prezident 
Farmonlarida 
qonunlami 
kelgusida 
takomillashtirishning kontseptual asoslari mujassamlanadi;
-uchinchidan,  ba’zi  hollarda  Prezident  Farmonlarida  huquqiy  tizim 
uchun  tub  sifat  o'zgarishlarini  boshlab  beruvchi  normalar mavjud  bo'ladi 
(masalan,  yerga  nisbatan  xususiy  mulkchilik  ilk  marotaba  Prezident 
Farmoni orqali joriy etilgan edi).
Buning  sababi  shundaki,  Prezident  Farmonlari  nafaqat  normativ 
hujjat,  balki  mamlakat  iqtisodiy-huquqiy  rivoji  bo'yicha  davlat  rahbari 
strategik maqsadlarini aks ettiruvchi siyosiy hujjat hamdir.
Xususiy  mulkning  huquqiy  asoslari  tizimida  qonun  osti  hujjatlari 
salmog‘i  katta  ekanligini  ham  qayd  etmoq  lozim.  Gap  bu  o'rinda  nafaqat 
Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Nizomlari to'g'risida balki, Markaziy bank, 
Moliya  vazirligi,  Davlat  soliq  qo'mitasi,  Bojxona  qo‘mitasi  va  shu  kabi 
davlat 
idoralari 
tomonidan 
chiqarilgan 
qarorlar, 
qo‘llanmalar, 
nizomnomalar  to ‘g ‘risida  bormoqda.  Ularda  xususiy  mulkni  ayrim 
obyektlari:  pul  mablag‘lari,  qimmatbaho  qog'ozlar,  valyuta  mablag'lari, 
transport  vositalari,  ayrim  turdagi  korxonalarga  nisbatan  egallash, 
foydalanish,  tasarruf qilish xususiyatlari belgilab beriladi.  Ushbu normativ 
hujjatlarda barcha mahkamaviy hujjatlar kabi  quyidagi  salbiy jihatlar ham 
mavjudligini e’tirof etish lozim:
-birinchidan,  ularda  uni  ishlab  chiqqan  mahkamaviy  manfaatlar 
mustahkamlanishi hollari uchraydi;
-ikkinchidan, 
ular 
qonunlardagi 
normalami 
bevosita 
ijro 
mexanizmini yaratishda to'siqlar qo'yishi mumkin;
-uchinchidan,  mahkamaviy  hujjatlami  sifat  darajasi  va  boshqa 
normativ  hujjatlar  bilan  uyg'unligi  ham  har  doim  talab  darajasida 
bo'lavermaydi.
Biroq,  bular  o'tish  davrini  muvaqqat  qiyinchiliklari  hisoblanadi  va 
keyingi bosqichlarda bartaraf etilishi mumkin.
Eng  asosiysi,  hozirgi  bosqichlarda  xususiy  mulk  huquqiy  bo'yicha 
quyidagi ijobiy yutuqlarga erishildi:
-birinchidan, xususiy mulk iqtisodiyotda, tadbirkorlikda etakchi mulk 
shakli sifatida huquqiy maqomga ega bo'ldi;
-ikkinchidan,  xususiy  mulkning  ayrim  obyektlariga  nisbatan  mulk 
huquqini  amalga  oshirish  xususiyatlari  qonun  hujjatlarida  mustahkamlab 
qo'yildi;
-uchinchidan,  xususiy  mulk  huquqini  himoya  qilishning  moddiy  va 
protsessual jihatlari shakllana boshlandi.
40


Biroq  sivilistika  fani  faqat  ershilgan  yutuqlami  qayd  etish  bilangina 
cheklanib qolmasligi lozim.  Fuqarolik huquqi,  tadbirkorlik huquqi xususiy 
mulk  huquqini  istiqbolda  rivojlanish  masalalarini  tahlil  etishi  lozim. 
Afsuski  xususiy  mulk  huquqini  rivojlantirishning  nazariy  amaliy jihatlari 
bo'yicha huquq fanlari keng qamrovli  konseptual  ishlanmalarga ega emas. 
T o ‘g ‘ri, 
H.R.Rahmonqulov, 
X.T.Azizov, 
Sh.N.Ro'zinazarov, 
V.Yo.Ergashevlar  tomonidan  bu  sohada  jiddiy  tadqiqotlar  o'tkazildi  va 
ayrim yo'nalishlar  bo'yicha jiddiy  natijalarga erishildi.  Ammo bular  etarli 
emas.  Ommaviy mulkni xususiy mulkka transformatsiyasining eng optimal 
shakllari,  mulkdorlar sinfini  shakllantirishning nazariy-huquqiy masalalari, 
xususiy  mulkka asoslangan xo'jalik yurituvchi  subyektlar ustav  fondlarini 
shakllantirish va ulardan samarali foydalanish masalalari, tadbirkorlikda va 
maishiy  turmushda xususiy  mulkni  qo'llash xususiyatlari  va boshqa  qator 
muammolar  bo'yicha  ishlanmalar  mavjud  emas.  Bu  esa  xususiy  mulk 
huquqi  normativ  asoslarini  rivojlantirishning  nazariy  negizlari  zaifligini 
anglatadi.
Xususiy 
mulk 
bo'yicha 
qonunlami 
rivojlantirishda 
muhim 
masalalardan  biri  -   bu  ommaviy  mulk  va  xususiy  mulk  yuridik 
tengligigina  emas,  balki  amaliy  tengligini  ham  ta’minlashdan  iborat. 
Qonunlarda  umumiy  yuridik  tenglik  e ’lon  etilgan.  Biroq  ba’zi  normativ 
hujjatlarda  davlat  mulkining  imtiyozli  xususiyatlari  o 'z   ifodasini  topgan 
holatlar  uchrab  turadi.  Sud  amaliyotida  ham  xususiy  mulkdorlarga 
nisbatan muayyan bee’tiborlik hollariga barham berilmagan.
M a’lumki, davlat mulkini boshqaruvchi, tasarruf etuvchi organlar o 'z 
faoliyati  davomida  normativ  hujjatlar  qabul  qilish  vakolatlariga  egadirlar. 
Umumiy  qoidada  bunday  normativ  hujjatlar  faqat  ommaviy  mulkka 
taalluqli  bo'lishi  lozim.  Biroq  amalda  bunday  normativ  hujjatlar  ta’sir 
kuchi  xususiy  mulkka  asoslangan  xo'jalik yurituvchi  subyektlar,  xususan, 
davlat  ulushi  mavjud  yoki  mavjud  bo'lm agan  aksiyadorlik  jamiyatlari 
faoliyatiga  ham  taalluqli  bo'lmoqda.  Bunday  holatlarga  chek  qo'yish 
lozim.
Xususiy  mulk  obyektlarining  doirasi  nihoyatda  keng  va  xilma-xildir. 
Ulami  iqtisodiyotni  turli  sohalarida  qo'llash  ham  o 'z  xususiyatlariga  ega. 
Ushbu  holatlar  albatta  huquqiy  tartibga  solishda  o 'z  mujassamini  tomog'i 
shart.  Hozirga qadar qonun  ijodkorligida  ushbu  holatga  muayyan  darajada 
e ’tibor berib kelindi.  Fikrimizcha,  kelgusida ham xususiy mulkning alohida 
obyektlariga  nisbatan  mulk  huquqini  amalga  oshirish  xususiyatlari  va 
iqtisodiyotning,  tadbirkorlikning  muayyan  sohalarida  ulami  qo'llash 
masalalariga qonunlami rivojlanish istiqbolida alohida e ’tibor berish lozim.
41


Xususiy  mulk  to'g'risidagi  qonunlami,  normativ  hujjatlami  tizimga 
solish, 
birxillashtirish 
(unifikatsiyalashtirish) 
va 
hatto 
kodifikatsiyalashtirish  masalalari  ham  chuqur  o'rganishni  talab  etadi. 
FKda xususiy mulk huquqi bo'yicha normalar nihoyatda umumiy xarakter 
kasb  etishidan  ko'z  yumib  bo'lmaydi.  Yerga,  tabiiy  resurslarga  nisbatan 
mulk huquqi masalalari deyarli havolaki normalardan iborat.
Xususiy 
mulk 
huquqining 
alohida 
huquqiy 
kafolatlari, 
xususiylashtirilgan  obyektlarga  nisbatan  da’vo  muddatining  qat’iyligi 
masalasi FKda o 'z ifodasini topishi lozim edi.
FKning  xususiy  mulk  huquqiga  nisbatan  ta’sir  kuchi  xususiy  mulk 
to'g'risidagi  normalarda  emas,  balki  mulk  huquqi  to'g'risidagi  umumiy 
normalarda  namoyon  bo'lmoqda.  Binobarin,  xususiy  mulk  bo'yicha  FK 
jiddiy  qayta  tahrirga  muhtoj.  Agar  bu  amalga  oshirilsa  xususiy  mulk 
to'g'risida maxsus qonun qabul qilishga zarurat bo'lmasligi mumkin.
V.Yo.Ergashev  xususiy  mulk  huquqini  mustahkamlashda  mulk 
huquqining  natsionalizatsiya,  rekvizitsiya  orqali  bekor bo'lishining  qonun 
asoslarini  belgilab  qo'yish  muhim  deb  hisoblaydi  va  ular  to'g'risida 
maxsus  qonunlar  qabul  qilish  taklifini  ilgari  suradi1.  Fikrimizcha,  ushbu 
fikrlar qonun chiqaruvchi organ tomonidan e’tiborga olinishi lozim.
Xususiy mulk huquqiga tajovuzlarga nisbatan jinoyat qonunchiligi va 
m a’muriy  javobgarlik  choralari  kuchaytirilmog'i  lozim.  Jinoiy  jazolami 
liberallishtirish  huquqbuzaming  mulkiy  mas’uliyati,  jinoyat  oqibatiarini 
bartaraf etish burchidan ozod qilish degan gap emas.
Tadbirkorlik  sohasida  xususiy  mulkni  musodara  qilish  chorasi 
favqulodda  huquqiy  ta’sir  chorasi  sifatida  qaralishi  kerak.  Uni  bo'lar- 
bo'lm asga  qo'llayverish  xususiy  mulk  huquqi  daxlsizligiga  eng  ko'p 
darajada putur yetkazmoqda.
Xususiy  mulk  huquqini  takomillashtirishda  rivojlangan  mamlakatlar 
qonunchilik  tajribasi,  shuningdek  mamlakatimizda  huquqni  qo'llash 
amaliyoti,  xususan,  sud  amaliyotini  umumlashtirish  muhim  manba 
bo'lishini ham aslo unutmasligimiz kerak.
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimov  xususiy  mulk  har 
qanday  davlatning  demokratik  negizlari  barqarorligining  iqtisodiy  asosi, 
real  ishlab  chiqarish  vositalarining  o'rta  mulkdorlaridan  iborat  kuchli 
qatlamning  mavjud  bo'lishi,  uning  siyosiy  asosi  ekanligini  ta’kidlab 
ko'rsatgan  edi2.  Demak,  xususiy  mulk  huquqini  doimiy  rivojlantirib  va
1  Ergashev  V.  Fuqarolar  hususiy mulk huquqi  vujudga kelish  va bekor bo’lishning  ilmiy-nazariy jihatlari:  Yurid.  fan. 
nomz. dis. ...Avtoref. -Toshkent: 2005. - B .19-22.
2 Karimov LA.  O’zbekiston XXI  asr bo’sag’asida:  havfsizlikka tahdid,  barqarodik shartlari  va taraqqiyot kafolatlari. -  
Toshkent:  O ’zbekiston,  1997. -196 b.
42


fco'paytirib  borish,  uning  huquqiy  asoslarini  takomillashtirish  va  yuridik 
inaqomini  mustahkamlash  nafaqat  iqtisodiy  islohotlami  zaruriy  sharti, 
balki  mamlakatimizda  siyosiy  demokratik  va  ijtimoiy  institutlar 
barqarorligining ham zarur shartidir.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish