To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Xususiy mulk huquqiga oid qonun hujjatlari rivojlanishi va uni



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

2. Xususiy mulk huquqiga oid qonun hujjatlari rivojlanishi va uni 
takomillashtirish muammolari
Jamiyatning  iqtisodiy  negizi  -   mavjud  mulkchilik  munosabatlariga 
asoslanadi.  Shu  sababli  mulk  nafaqat  yuridik  mazmunga,  balki  iqtisodiy 
m a’noga ham ega.  Kishilar mehnati bilan yaratilgan yoki tabiat tomonidan 
insonlarga  o'ziga  xos  tarzda  “taqdim  etilgan”  boyliklar  har  doim  mulk
1 Суханов E.A. Лекции о праве собственности. -М .: Юрид. лит.,  1991. -10 с.
26


b o‘lib  kelgan.  Mulk  egasi  b o ‘lish  yoki  bo'lmasligiga  qarab,  kishilarning 
jamiyatdagi mavqei,  aniqrog'i ijtimoiy-iqtisodiy maqomi vujudga keladi.
Mulkchilik  munosabatlari  azaldan  insonlar  hayoti  bilan  bog'liq 
b o ‘lib,  u  hozirgi  kunga  qadar  har  bir  kishini  qiziqtirib  kelgan.  Bu 
munosabatlarda  mulk  tushunchasi,  uning  shakllari  va  turlari  to ‘g ‘risida 
fikrlar rivojlanib bordi.
M a’lumki,  ilk  mulk  tushunchasining  vujudga  kelishi,  bu  ijtimoiy 
mulkchilik shakli deb  yuritildi.  U dastlab ibtidoiy jamoa tuzumiga tegishli 
b o ‘lib,  tabiat  boyliklarini  ijtimoiy  tarzda  o ‘zlashtirishdan  iborat  edi.  Bu 
mulk  o ‘z  rivojlanish  bosqichlariga  qarab  urug‘,  fratriya  va  qabila 
mulklariga  bo'lingan.  Bunday  xulosalar  hozirgi  kundagi  ilm-fan 
taraqqiyoti  talablariga  to ‘liq  javob  bera  olmaydi.  Chunki  har  qanday 
individ  yoki  kollektiv  o ‘ziga  tegishli  bo ‘lgan  ashyoga  nisbatan  o ‘zimniki 
(meniki)  degan  munosabatda  bo'ladi.  Shu  m a’noda  o'zlashtirish  -   bu 
moddiy  boyliklami  kimningdir  egaligiga  o'tishi  bo'lib,  mulkka  nisbatan 
kimdir  o'zimniki  (meniki)  deb  qarasa,  kimdir  shu  mulkka  “begonaniki” 
degan munosabatda bo'ladi1.
Kimdir  ishlab  chiqarish  vositalariga  va  mahsulotlariga  “o'zim niki” 
deb qarasa, kimdir bularga “begonaniki” deb qaraydi. Busiz umuman mulk 
yo'qdir. 
Shuning  uchun,  olimlaming  fikricha, 
“o'zlashtirish”  va 
“begonalashtirish”  o'zaro  ju ft  bo'lib,  biri  ikkinchisisiz  yashay  olmaydi. 
Xuddi shu nuqtai nazardan har qanday mulk xususiydir2.
Yuqoridagilarga  asoslanib,  dastlab  vujudga  kelgan  mulk  shakli  bu 
xususiy  mulkdir.  Falsafiy  qarashlarga  ko'ra,  har  bir  individ  ongining 
rivojlanishida  dastlab  unga  nima  zurar bo'lsa,  shulami  egallashga harakat 
qiladi.  Uning  ongida o 'z  shaxsiyati birinchi  o'rinda turadi.  Shuning uchun 
dastlab  odamning  paydo  bo'lishi  bilan  tabiat  boyliklarini  o'zlashtirish
о 'rtasida uzviy bog 'lanish mavjud.
Xususiy mulk -  bu xususiy  shaxslarga tegishli mulk bo'lib,  mulkdor 
o 'z  mulkiga xususiy tarzda egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf 
etadi.
Xususiy  mulkni  qonuniy  himoya  qilish  va  kafolatlash  kishilik 
jamiyatida davlatning kelib chiqishi bilan bog'liq bo'lib,  davlatniilg paydo 
bo'lishi  bilan  huquq  ham  vujudga  keldi.  Huquqning  dastlabki  vazifasi 
xususiy  mulkni  qo'riqlashdan  iborat bo'ldi.  Shu  davrdan boshlab  xususiy 
mulk  huquqi  rivojlanib  keldi.  Kishilik jamiyatining  taraqqiyotida  xususiy 
mulk  huquqi  ekspluatatsiya  xarakterida  deb  belgilangan  bo'lsa,  hozirgi 
kunda bu ekspluatatsiya xarakteri yo'qolib bormoqda.
1 Суханов E.A. Лекции о праве собственности. -М .: Юр ид. лит.,  1991. -7с.
2 Толстой Ю.К. К учению о праве собственности/ / Правоведение.  1992. №1. -15 с.
27


Xususiy  mulk  huquqi  dastlab  ko ‘char  mulkiarga  tatbiq  etildi.  Unga 
asosan  xususiy  mulk  huquqining  obyektlarini  shaxslaming  moddiy  va 
m a’naviy  ehtiyojlarini  qondiradigan  mulklar,  iste’mol  xarakteridagi  mol- 
mulklar, kiyim-kechaklar,  zeb-ziynatlar, uy  anjomlari,  ro ‘zg‘or buyumlari, 
chorva mollari va boshqalar tashkil etdi.
Musulmon  huquqida  xususiy  mulk  huquqiga  katta  e’tibor  berilgan. 
Qur’onga asosan xususiy mulk muqaddas va daxlsiz bo'lib hisoblanadi.
Rim  huquqidagi  kvirit  mulki  va  peregrinlar  mulki  o'rtasida  farq 
bo'lganidek,  musulmon  huquqi  ham  tub  musulmon  arablar  va  musulmon 
dinini  qabul  qilgan  aholi  bilan  musulmon  bo'lmagan,  lekin  musulmon 
davlatiga  qaramligini  tan  olib,  o 'z   dinini  saqlab  qolgan  aholi -   zimminlar 
mulk huquqi o'rtasida farq bo'lgan.
Musulmon  huquqida  yerga bo'lgan  xususiy  mulk  huquqi  to'g'risida 
har  xil  fikrlar  mavjud  bo'lib,  ba’zi  mualliflar  sharqda  yerga  nisbatan 
xususiy mulk huquqi bo'lm agan  deydi,  boshqa birlari yerga xususiy  mulk 
huquqi bo'lib,  u keng rivojlangan  deb  tushuntiradi.  Xususiy mulk egasiga 
mulkdan foydalanish (manfaat), egallash (kabz), daromad olish (tomlik) va 
tasarruf etish huquqlari berilgan1.
Xususiy mulk bilan bog'liq bo'lgan munosabatlami tartibga solishda 
“Hidoya”  muhim  rol  o'ynagan2.  Unga  ko'ra,  mulkni  egallash  huquqi 
isbotlash 
vositalaridan 
biri 
bo'lib, 
ashyo 
kimningdir 
egaligida 
mustahkamlangan 
bo'lm asa, 
unda 
tuzilgan 
bitimlar 
haqiqiy 
hisoblanmaydi, ya’ni yuridik kuchga ega bo'lmaydi.
O 'rta  Osiyoda  yer  va  suv  mulk  huquqining  obyekti  sifatida  amlok 
(davlat)  yoki  mulk  (xususiy  shaxslarga)  tegishli  bo'lgan.  Davlat 
yerlarining  dehqonlarga  doimiy,  muddatsiz  va  meros  qoldirish  huquqlari 
bilan  foydalanishga  berilgan.  Agar  davlat  amlok  yerlami  xususiy 
shaxslarga sotgan bo'lsa, u holda y, mmmmmm yer “mulk” kategoriyasiga 
kiritilgan.
Bu  davrda  vaqf  mulki  keng  tarqalgan  va  rivojlangan  edi.  Yuridik 
adabiyotlarda  musulmon  qonunlari  bo'yicha  vaqf mulki  deganda  -   diniy 
muassasa  yoki  tashkilotga  m a’lum  maqsadda  taqdim  etilgan  mulklar 
tushunilgan. 
Vaqf 
mulki 
machit 
qurish, 
qabristonlami 
tiklash, 
kutubxonalaf uchun,  kambag'allarga  yordam  berish  va  boshqalar  uchun 
sarflangan.  Uning  obyektlari,  yer,  uzumzorlar,  bog'lar,  tegirmonlar, 
binolar  va  boshqa  real  ashyolar  bo'lishi  mumkin.  Vaqf mulki  bir  umrga 
tasdiqlangan  bo'lib,  fuqarolik  muomalasidan  chiqarilgan  hisoblansada,
1 Ахмеджанов У.М. Институт собственности в мусульманском праве.  1963. -С.13-14.
Хидоя. Комментарий мусульманского права. Т.1-4. -Тошкент:  1893.
28


ammo  mulkni  boshqaruvchi  uni  ijaraga  berish  huquqiga  ega  bo'lgan. 
Boshqa mulkni  vaqfga topshirishda u yuridik rasmiylashtirilishi kerak edi. 
Vaqfga  topshiruvchining  arizasiga  ko'ra  vaqfnoma  hujjati  to'ldirilgan, 
uning  qonuniyligi  qozilar  tomonidan  tasdiqlangan.  Unda  vaqfga 
topshirilgan  mulkni  xususiy  belgilarini  ko'rsatib,  uni  nima  maqsadda 
topshirilayotganligi,  topshiruvchining  ismi-sharifi  va  guvohlar  mutavalli 
(boshqaruvchi)ning 
nomlari 
ko'rsatilgan. 
Mulkdan 
kelgan 
foyda 
belgilangan  maqsadda  sarflanishi  shart,  ammo  bir  qismi  mutavallining 
shaxsiy iste’molini qondirish uchun sarflanishi mumkin1 bo'lgan.
Xususiy shaxslarga tegishli bo'lgan mulklar xususiy mulk hisoblanib, 
ular  quyidagicha  tabaqalangan:  mulki-xuni-xoliss  (har  qanday  davlat  va 
boshqa  soliqlardan  ozod  qilingan)  mulklar  egalari,  katta  yer  egalari  va 
feodallar  hisoblangan;  mulki-xiroj  va  mulki-ushri  (xazinaga  foydaning 
o'ndan bir qismini to'lovchilar) mulk egalariga dehqonlarga kiritilgan.
Katta  yer  egalari  yerlarida  yersiz  fuqarolar  va  mardikorlami 
yollanma  ishchi  kuchi  sifatida  ishlatgan.  U  davrda  xususiy  mulk 
obyektlariga  yer,  suv,  uy-joylar,  binolar,  bog'-rog'lar,  ekinlar,  ish 
hayvonlari,  mahsulot  beruvchi  chorva  mollari,  parrandalar,  ishlab 
chiqarish  vositalari,  pul  va  uning  o'm ini  bosuvchi  qimmatbaho  metallar, 
uy anjomlari va boshqalar kiritilgan.
O 'rta Osiyo xalqlarining Chor Hukumati tomonidan bosib olinganligi 
Turkiston  o'lkasida  Podsho  hukumati  tomonidan  belgilangan  qonunlar 
joriy  etilishiga  olib  keldi.  1886-yildagi  Turkiston  o'lkasini  boshqarish 
to'g'risidagi  nizomga  asosan  yerlar:  davlat  mulki  va  xususiy  mulkka 
ajratildi.
Xususiy  mulk  huquqiga  dehqonlar  tomonidan  sotib  olingan  va 
boshqa  qonuniy  aktlar  asosida  olingan  yerlar:  shahar  aholisiga  berilgan, 
shaharga  tegishli  bo'lgan  yer  uchastkalari,  mulki-xurri-xoliss  yerlari, 
podsho hukumati  tomonidan  egallanmagan yerlar kiritildi.  Boshqa hamma 
yerlar davlat mulki deb belgilandi2.
Shu davrdan Turkiston o'lkasida mavjud feodal munosabatlar o'm ini 
kapitalistik  ishlab  chiqarish  munosabatlari  egallay  boshladi.  Kichik 
korxonalar  o'm ini  ancha  katta  bo'lgan  sanoat  korxonalari  egalladi. 
Xususiy  korxonalar  ishlab  chiqarishda  asosiy  o'rin  egallay  boshladi. 
Ularga  xususiy  paxta  tozalash,  yog'  ishlab  chiqarish,  tog'  qazilma 
boylarini  qazib  oluvchi  va  boshqa  korxonalar  vujudga  keldi.  Mayda 
xususiy mulk shakli kosibchilikda, hunarmandchilikda va sanoatda xususiy 
korxonalar keng rivojlandi.
1 Несколько слов о вакуфах.  Средняя Азия.  1910. №2. -12 с.
2 Положение об управлении Туркестанским краем. -Ташкент:  1911. -С .54-57.
29


1917-yilgi  inqilob  0 ‘rta  Osiyoga  ham  o 'z  ta’sirini  k o ‘rsatdi. 
Sho'rolar  tazyiqi  ostida  birin-ketin,  dastlab  Turkistonda,  so‘ngra  Xorazm 
xonligida,  Buxoro  amirligida  inqilob  kuch  ishlatish  natijasida  mavjud 
tuzumni ag'darib tashladi.
Inqilobdan  so‘ng  mamlakat  rivojlanishida  sotsialistik  g'oyalar 
ustunlik  qilib,  kapitalistik  ishlab  chiqarishdan  butunlay  voz  kechildi. 
Natijada  iqtisodiyotda  katta  qiyinchiliklar  vujudga  keldi.  Buning  asosiy 
sabablaridan  biri  mulkchilik  jahon  taraqqiyotida  sinalmagan  shakllarini 
joriy  etilishi  bo'ldi.  Bunday  islohotning  amalga  oshirilishi  kapitalizmdan 
to'liq xolos bo'lish va kommunistik g'oyani ko'klarga ko'tarishga, uni har 
tomonlama  ustun  deb  ko'rsatish  kerakligini  bildirar  edi.  Sho'ro  inqilobi 
g'alaba  qilgan  barcha  joylarda  yoppasiga  xususiy  mulkni  tugatish,  uni 
milliylashtirish  musodara  va  rekvizitsiya  qilish  boshlandi.  Yer,  suv, 
banklar,  telefon-telegraf,  yer  osti  qazilma  boyliklari,  transport  va  boshqa 
asosiy ishlab chiqarish korxonalari davlat mulki deb e’lon qilindi.
Yuqorida  biz  ko'rsatib  o'tgan  holat  to  mamlakatimiz  mustaqillikka 
erishguniga  qadar  davom  etdi.  Xususiy  mulk  huquqini  legallashuvi 
O'zbekiston 
Respublikasi 
davlat 
mustaqilligiga 
erishishi, 
bozor 
munosabatlariga  o'tish  bilan  uzviy  bog'liq.  Undan  oldin  amalda  bo'lgan 
sovet  huquqi  tizimida  xususiy  mulk huquqi  mavjud  emas  edi.  Marksizm- 
leninizm  mafkurasi  xususiy  mulk  jamiyatidagi  barcha  tengsizliklar, 
ekspluatatsiya  asosi,  kapitalistik jamiyatni  iqtisodiy  negizi  sifatida  qarab, 
kishilarda  unga  qarshi  nafrat  ruhini  tarbiyalashga  harakat  qildi.  Biroq 
xususiy  mulkka  asoslangan  jamiyat  va  ijtimoiy  sotsialistik  mulkchilikka 
asoslangan jamiyat musobaqasida xususiy mulk o 'z  afzalliklarini ko'rsatdi. 
Huddi  shu  sababli ham xali  sovet davridayoq xususiy  mulkni  chala-yarim 
reabilitatsiya qilish boshlandi deb aytish mumkin.
1990-yil  31-oktyabrda  O'zbekiston  Respublikasining  “Mulkchilik 
to'g'risida”gi  Qonuni  qabul  qilindi.  Uning  6-moddasida  fuqarolaming 
mulki  yakka  tartibdagi  mulk:  shaxsiy  va  xususiy  mulkdan  iborat  bo'ladi 
deb  ko'rsatilgan  edi.  Uning  8-moddasida  xususiy  mulk  daromad  olish 
maqsadida  mulkka  egalik  qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf qilish 
huquqini  ifodalaydi  deb  ko'rsatilgan,  shuningdek  xususiy  mulk  yollanma 
mehnatni  qo'llashlikka  ham  asoslanishi  belgilab  qo'yilgan.  Ko'rinib 
turibdiki, qonun chiqaruvchi bu davrda xususiy mullka nisbatan marksistik 
dogmalar ta’siri ostida bo'lgan1.
1  Hususiy mulkka nisbatan marksistik qarashlami  tanqidi haqida qarang:  Ergashev V.  Fuqarolar hususiy mulk huquqi
vujudga kelish va bekor bo’lishning ilmiy-nazariy jihatlari:  Yurid. fan. nomz. diss.  ...Avtoref. -Т .: 2005. -В .8-11.


Bozor  munosabatlari  tizimida  xususiy  mulkning  alohida  о ‘mi  va 
alohida  maqomga  ega  ekanligi  1992-yil  8-dekabrda  qabul  qilingan 
0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  alohida  ta’kidlanadi. 

Davlatimizning  Asosiy  Qonunida  mulk  shakllaridan  faqat  xususiy  mulk 
I;  bevosita  ko‘rasitib  o ‘tildi.  Konstitutsiyaning  53-moddasida  xususiy  mulk

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish