To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

2. Mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish 
(vindikatsion da’vo)
Mulkdorga  qarashli  mulk  biron-bir  shaxs  (fuqaro  yoki  yuridik 
shaxs)ning  qonunsiz  egaligida  bo‘lsa,  mulkdor  o ‘z  mulkini  asl  holatida 
qaytarish  haqida  sudda  bu  shaxsga  nisbatan  da’vo  qo‘zg‘atishga  haqli.
300


FKning  228-moddasida  aytilganidek,  mulkdor  o ‘z  mol-mulkini  boshqa 
shaxsning  qonunsiz  egaligidan  talab  qilib  olishga  haqlidir.  Fuqarolik 
huquqi nazariyasida bunday da’volarga vindikatsion1 da’volar deyiladi.
Vindikatsion  da’vo  mulkni  insofsiz  egallovchilarga  ham  qilinishi 
mumkin. Insofsiz egallovchi deb mulkning o ‘ziga g'ayriqonuniy yo‘l bilan 
o ‘tishini  bilgan  yoki  bilishi  lozim  bo‘lgan  egallovchiga  aytiladi.  Insofli 
egallovchi  deganda,  mulkning  o ‘ziga  g'ayriqonuniy  yo‘l  bilan  o'tganini 
bilmagan va bilishi mumkin bo'lmagan egallovchi tushuniladi.
FKning  229-moddasida  ko‘rsatilganidek,  agar  mol-mulk  uni  boshqa 
shaxsga  berish  huquqiga  ega  bo'lmagan  shaxsdan  haq  to‘lab  olingan 
bo‘Isa,  oluvchi  buni  bilmagan  va  bilishi  mumkin  bo‘lmagan  (insofli 
egallovchi) bo‘Isa, mol-mulk mulkdor tomonidan yoki egalik qilish uchun 
mulkdor bergan  shaxs  tomonidan  yo‘qotilib  qo‘yilgan  yoxud  mulkdordan 
yoki  u  mol-mulkni  bergan  shaxsdan  o ‘g‘irlangan  yo  bo‘lmasa  ulaming 
ixtiyoridan tashqari boshqacha yo‘l bilan ulaming egaligidan chiqib ketgan 
bo‘Isa, mulkdor bu mol-mulkni olgan shaxsdan talab qilib olishga haqli.
FKning  mazkur  229-moddasidagi  umumiy  qoidada  ba’zi  istisnolar 
ham  nazarda  tutilgan,  chunonchi,  agar  mulk  sud  qarorlarini  ijro  etish 
uchun  belgilangan  tartibda  sotilgan  bo‘Isa,  mol-mulkni  yuqorida 
ko‘rsatilgan  asoslar  bo'yicha  talab  qilib  olishga  yo'l  qo'yilmaydi;  agar 
mol-mulk  uni  boshqa  shaxsga  berish  huquqiga  ega  bo'lmagan  shaxsdan 
haq to'lamasdan olingan bo'lsa,  mulkdor mol-mulkni barcha hollarda ham 
talab  qilib  olishga  haqli.  Pul,  shuningdek  taqdim  etuvchiga  deb  yozilgan 
qimmatli qog'ozlar insofli egallovchidan talab qilib olinishi mumkin emas.
O'zlarining  g'ayriqonuniy  ravishda  boshqa  shaxsga  o ‘tkazilgan 
mulklarini  talab  qilib  olishda  mulkdor  bir  vaqtning  o ‘zida  quyidagilami 
talab qilishga haqli:
birinchidan, insofsiz egallovchidan, masalan sotib oluvchidan mulkni 
egallagan  barcha  vaqti  mobaynida  olgan  yoki  olinishi  lozim  bo‘lgan 
hamma daromadlarining qaytarilishi yoki to ‘lanishini;
ikkinchidan,  insofli  egallovchidan  esa  -   uning  mulkni  egallashi 
g'ayriqonuniy ekanligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan paytdan boshlab 
yoki  mulkning  qaytarilishi  to'g'risida  mulk  egasining  da’vosi  bo'yicha 
chaqiruv  qog‘ozi  olgan  paytdan  boshlab  olgan  yoki  chaqirib  olishi  lozim 
bo'lgan  hamma  daromadlaming  qaytarilishini  yoki  to‘lanishini  talab 
qilishga haqli (FKning 230-moddasi).
0 ‘z navbatida insofli  egallovchi  ham,  insofsiz  egallovchi  ham,  mol- 
mulkdan  qancha  vaqt  davomida  olingan  daromad  mulkdorga  qaytarilishi
1 “Vindikatsiya” lotincha so’z bo’lib, talab qilib olish ma’nosini anglatadi.
301


kerak  bo‘Isa,  shuncha  vaqt  davomida  mol-mulkka  qilingan  zarur 
harajatlami toiashni mulkdordan talab qilishga haqli.
Qonunda  mulk  uchun  sarflangan  narsalami,  agar  ashyodan  uni 
buzmasdan  ajratib  olish  mumkin  bo‘lsa,  insofli  egallovchi  o ‘zida 
qoldirishga haqli ekanligi ko‘rsatilgan. Agar mulkdan ajratib olish mumkin 
bo‘lmasa,  insofli  egallovchi  mulkning  ko‘payishi  uchun  sarf  qilingan 
harajatlaming o ‘ziga to‘lanishini talab qilishga haqli.
Fuqarolik 
kodeksida 
mulk 
huquqlari 
himoya 
qilinishining 
kuchaytirilishini  ta’minlovchi  qator  muhim  qoidalar  belgilangan.  Bunday 
qoidalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
birinchidan, mulk egasi mulkini o‘zi yo‘qotgan yoki o ‘zi o ‘g ‘irlatgan 
hollarda  insofli  egallovchidan  talab  qilib  olishdan  tashqari  yana  mulk 
uning ixtiyoridan  tashqari  egaligidan  (qo'lidan) ketgan taqdirda ham  talab 
qilib olish;
ikkinchidan,  mulk  birovga  ishonib  topshirib  qo‘yilganda  uning 
ixtiyoridan  tashqari  qo'lidan  chiqib  ketgan  bo‘Isa  ham,  bu  mulkni  insofli 
ravishda oluvchidan talab qilib olish;
uchinchidan,  agar  mulk  birovga  topshirish  huquqiga  ega  bo‘lmagan 
shaxsdan  bepul  olingan  bo‘lsa,  u  vaqtda  mulk  egasi  barcha  hollarda  o ‘z 
mulkini talab qilib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Yuqorida aytib o ‘tilganidek, vindikatsion da’vo -  birovning qonunsiz 
egaligida  bo'lgan  ashyoni  qaytarib  olish  haqidagi  mulk  egasining 
da’vosidir.  Vindikatsion  da’voni  boshqa  turdagi  da’volardan  ajratib 
turadigan  asosiy  belgilari:  da’volashuvchi  taraflar,  da’vo  asosi  va  da’vo 
narsasi, shuningdek uning maqsadidir.
Ashyoga  nisbatan  mulk huquqiga  ega bo‘lgan,  lekin  ashyosi  qo‘lida 
bo'lmagan  shaxs  vindikatsion  da’vo  bo'yicha  da’vogar  bo‘ladi. 
Vindikatsion  da’voni  qilishga  ayrim  mulk  egasigina  haqli  boim ay, 
ulushlari  bo‘lgan  mulkdorlaming  har  qaysisi  ham  da’vo  qilishga  haqli. 
Bundan  tashqari  mulkni  qonun  va  shartnomaga  binoan  egallab  (saqlab) 
turgan shakllar ham vindikatsion da’vo bo‘yicha da’vogar bo‘ladilar.
Egalik  huquqi  vindikatsion  da’voni  qilishga  asos  bo‘ladi.  Mulkdor 
mulk  huquqi  asosida  o ‘ziga  tegishli  ashyoga  bo‘lgan  subyektiv  huquqi 
bilan bu mulkni egallash (qo‘lida saqlash), undan foydalanish,  uni tasarruf 
etish 
imkoniyatidan 
mahrum  bo‘lganida-bu 
huquqlaming 
o ‘ziga 
qaytarilishini talab qila oladi.
Vindikatsion  da’voning  maqsadi  -   buzilgan  mulkiy  huquqni 
tiklashdan, ashyoni bevosita mulk egasi ixtiyoriga qaytarishdan iboratdir.
302


Vindikatsion  da’voning  predmeti  (narsasi)  turga  xos  alomatlar  (son, 
s  og‘irlik,  o ‘lchov)  bilan  belgilanadigan,  shuningdek  individual  (xususiy) 
alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar bo'lishi mumkin.
Vindikatsion  da’vo  bo'yicha  faqat  individual  ashyolar  emas,  balki 
boshqa  barcha  mulklar,  asl  holatda  qonunsiz  egallovchidan  talab  qilib 
olinishi mumkin.
Mulk  egasiga  unga  qarashli  ashyo  o'miga,  uning  qiymatini  to‘lash, 
barcha  hollarda  ham  mulk  egasining  manfaatlarini  ta’minlay  olmaydi. 
Binobarin,  mazkur masalani hal qilishda jismoniy yoki individual  alomatli 
mulklami  egallovchidan  majburiy  tarzda  olib  berish  huquqining  sudlarga 
berilishi-majburiyatlarining  turmushda  real  ijro  etilishini,  shuningdek 
mulkiy  huquqning  yanada  to‘laroq  himoya  qilinishini  ta’minlashga 
qaratiladi.
Vindikatsion da’vo huquqini buzish faktidan kelib  chiqsa ham,  zarar 
yetkazishdan kelib chiqadigan da’vo hisoblanmaydi.  Vindikatsion da’voga 
binoan ashyo asl holatda qaytarilishi talab qilinsa,  zarar yetkazishdan kelib 
chiqadigan  majburiyatda  esa,  ashyo  o'miga  uning  qiymati  talab  qilinishi 
mumkin.
Agar ishni hal  qilishda  shartnomaga  oid javobgarlik belgilash uchun 
asoslar  bo'lsa,  u  vaqtda  da’vo  shartnoma  majburiyatlari  to‘g ‘risidagi 
normalaming  qoidasi  bo'yicha  hal  qilinadi.  Binobarin,  vindikatsion  da’vo 
ashyoviy huquqiy  da’vo  sifatida ko‘rilganligi tufayli  shartnoma  yuzasidan 
qilinadigan  da’vo  bilan  aralashtirib  yubormasligi  lozim.  Masalan,  ashyoni 
qaytarish haqidagi da’vo shartnoma majburiyatlarini, chunonchi, ijara yoki 
omonat  shartnomalari  yuzasidan  mulk  egasi  ashyoni  asli  holida  qaytarish 
to‘g ‘risida  da’vo  qilganida,  ashyoni  qaytarib  olish  haqidagi  talab  shu 
shartnomani tartibga soladigan huquqiy normalar asosida qanoatlantiriladi. 
Demak,  bunday  hollarda  mulk  egasi  shartnoma  da’vosi  o ‘miga 
vindikatsion da’vo qilishga haqli bo‘lmaydi.
Mulkni  egallash  qonuniy  va  qonunsiz  bo‘lishi  mumkin.  Mulkni 
huquq  normalari  yoki  shartnomaga  asoslangan  holda  egallash  qonuniy 
egallash  hisoblanadi.  Bunda  mulk  ijozat  etilgan  (qonun  yoki  boshqa 
huquqiy akt bilan yo‘l qo‘yilgan) usul bilan qo‘lga kiritiladi.
Qonunsiz  egallash  ashyoni  etarli  huquqiy  asoslarga  ega  bo’lmay 
qo‘lda  saqlab  turishga  aytiladi.  Qonunsiz  egallovchi  deb  o'zboshimchalik 
bilan  egallab  oluvchi,  o ‘g ‘irlovchi  yoki  topib  olingan  narsani 
o ‘zlashtiruvchi,  shuningdek  ashyoni  egasidan  qonun  yoki  shartnoma 
asosida olmaydigan  shaxsga aytiladi.  Mulk qonun  yo‘l  qo'ymaydigan  usul 
bilan sotib olinganda,  qo‘lga kiritilganida ham  uni  egallash  uchun huquqiy
303


asos  bo‘lmasa,  bunday  egallash  ham  qonunsiz  egallash  bo‘ladi.  Masalan, 
fuqaro A. fuqaro B.dan bir ashyo sotib oladi. Ammo keyinchalik fuqaro B. 
sotilgan  ashyoning  egasi  emasligi  tufayli  haridor  A.ga  mulkka  bo‘lgan 
huquqni  o ‘tkaza  olmasligi  ma’lum  bo‘ladi.  Fuqaro  A.  huquqiy  nuqtai 
nazardan  qaraganda,  garchi  ashyoni  fuqaro  B.  ishtiroki  bilan  tegishli 
suratda o ‘ziga olgan bo‘lsa-da, qonunsiz egallovchi bo‘lib ko‘riladi.
Faqat  qonunsiz  egallovchi,  ya’ni  da’vo  qo‘zg‘atilgan  vaqtda  nizoli 
mulk  qonunsiz  egaligida  bo‘lgan  shaxsgina  da’vo  bo'yicha  javobgar 
hisoblanishi mumkin.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish