4. Konsessiya. Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar
Har qanday majburiyatda ikki taraf ishtirok etadi va majburiyat
subyektlari deb yuritiladi. Majburiyat subyektlari muayyan huquqlarga ega
bo'lgan va zimmasiga majburiyat olgan shaxslardir. Muayyan bir
harakatning qilinishi yoki muayyan harakatni qilishdan saqlanishni talab
etishga haqli bo'lgan taraf - kreditor deb ataladi. Muayyan harakatni
qilishga yoki harakat qilishdan saqlanishga majbur bo'lgan taraf esa -
qarzdor deb ataladi.
Davlatning majburiyat munosabatlarida ishtiroki masalasini aynan
ana shu ikki holat (kreditor va qarzdor) yuzasidan ко'rib chiqish lozim.
Bunda, majburiyat munosabatlarida davlat organlarining davlat nomidan
ishtirok etishlari ko'plab uchraydigan munosabat bo'lsa, davlatning o'z
nomidan (O'zbekiston Respublikasi nomidan) majburiyat munosabatlarida
ishtiroki (mamlakatning ichki muomalasida) ko'p kuzatiladigan holat
hisoblanadi.
Ma’lumki, majburiyat shartnomali majburiyatlar va shartnomadan
tashqari majburiyatlarga bo'linadi. Davlatning shartnomali majburiyatlarda
ishtirok etishi, odatda, uning organlari tomonidan davlat nomidan turli
shartnoma va bitimlar tuzish orqali amalga oshiriladi. Bunda davlat
fuqarolik-huquqiy xarakterdagi har qanday bitim va shartnomaning tarafi
293
sifatida ishtirok etishi mumkin. Lekin faqatgina yuridik shaxslar va
fuqarolar o ‘rtasida tuzilishi mumkin bo‘lgan shartnoma va bitimlarda
davlat ishtirok eta olmaydi. Masalan, davlat bitim va shartnomalarda
iste’molchi (chakana oldi-sotdi shartnomasida xaridor, maishiy pudrat
shartnomasida buyurtmachi, prokat shartnomasida ijarachi bo‘lishi
mumkin emas). Shuningdek, davlat bitimlarda maxsus subyekt -
sug'urtalovchi, bank, moliya agenti sifatida ham qatnashmaydi. Davlat
tadbirkor bo'lmaganligi sababli u tadbirkorlik faoliyatida amal qiladigan
bitimlarda ham ishtirok etmaydi (ishonchli boshqaruvchi bo‘lishi mumkin
emas va kompleks tadbirkorlik lisenziyasi (franshizing) shartnomasining
tarafi sifatida qatnashmaydi)1.
Majburiyat munosabatlarida davlat mulkdor sifatida o ‘z mulkini
boshqarish, tasarmf etish yoki xususiylashtirish yuzasidan turli bitimlar
tuzishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat ham fuqarolik huquqining teng
huquqli maxsus subyekti hisoblanar ekan, u o ‘z funksiyalarini amalga
oshirish yuzasidan turli shartnomalami tuzadi. Masalan, davlat investitsiya
faoliyatida, sarmoya kiritish orqali to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri ishtirok etib bitimlar
tuzadi. Bu holat nafaqat chet el davlatlariga investitsiya kiritish, balki chet
el investorlarini mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilishda ham kuzatiladi.
Davlatning investitsiya munosabatlarida ishtirok etishi o ‘ziga xos
jihatlarga ega. Zero, davlat bu borada fuqarolar va xalqaro xususiy huquq
subyektlari (yuridik va jismoniy shaxslar) ega bo‘lmagan muhim
imkoniyatlarga ega. Aniqroq aytganda, davlat bir vaqtning o‘zida xalq
hokimiyati nomidan ish ko‘radi (ichki va tashqi siyosatning asosiy
yo‘nalishlarini belgilaydi, strategik dasturlami qabul qiladi, iqtisodiyotning
strategik masalalarini echishga qaratilgan investitsiya dasturlarini ко‘rib
ehiqadi), xususiy-huquqiy munosabatlarda ishtirok etadi (bu yerda
investitsiya faoliyatida qatnashish ham ko‘zda tutilgan)2.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g ‘risida”gi
Qonuni 7-moddasiga muvofiq, mahalliy hokimiyat organlari va davlat
boshqaruv organlari investitsiya faoliyatining subyekti hisoblanadi va
aynan ular davlat nomidan ushbu faoliyatda ishtirok etadilar. Mazkur
qonunning 10-moddasiga muvofiq, davlat investitsiya faoliyatining
ishtirokchisi sifatida quyidagi huquqlarga ega:
-tanlov (tender) savdosining ishtirokchisi bolish;
1 Гражданское право. Учебник. 6-е изд. / Отв.ред. А.П.Сергеев, Ю.К.Толстой. Т.1. -М .: Проспект, 2003. 236-е.
2 Samarho’jaev В. O ’zbekistonda investitsiya siyosati // Jamiyat va boshqaruv. 2002. -№2. -49 b.
294
-investorlar
bilan
ulaming
buyurtmaiarini
bajarish
uchun
shartnomalar tuzish;
-agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib
belgilanmagan bo‘Isa, investor oldidagi o ‘z majburiyatini bajarishga
boshqa shaxslami jalb etish va h.k.
Davlat va uning vakolatli organlari yuqorida ko‘zda tutilgan
shartnoma munosabatlariga kirishganda, investitsiya faoliyatining boshqa
subyektlari bilan teng huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi. Albatta,
davlat bunday munosabatlarda ishtirok etar ekan, huquq va majburiyat
sohibi sifatida majburiyat subyekti hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish munosabati bilan davlatning majburiyat
munosabatlardagi ishtiroki kengayib bormoqda. Bu holat ayniqsa, mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish munosabatlarida,
konsessiya munosabatlarida, mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda yaqqol
namoyon bo'lmoqda.
Davlatning konsessiya majburiyatlaridagi ishtiroki o'ziga xosdir.
Zero, davlat bu munosabatlarda bevosita ishtirok etish orqali majburiyat
munosabatlarining tom ma’nodagi ishtirokchisiga aylanadi. O'zbekiston
Respublikasining “Chet el investitsiyalari toig ‘risida”gi qonuni 13-
moddasiga muvofiq, chet ellik investorlarga tabiiy resurslami qidirish,
qazib olish va ulardan foydalanish hamda boshqa xo'jalik faoliyatini
yuritish uchun konsessiyalar berish chet ellik investorlar O'zbekiston
Respublikasi davlat boshqaruvining vakolatli organlari bilan qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda tuzadigan konsessiya shartnomalari
asosida amalga oshiriladi.
Konsessiyalarga,
agar ular O'zbekiston Respubikasi
qonun
hujjatlarida
taqiqlanmagan
bo'Isa
va
tuziladigan
konsessiya
shartnomalarining maqsadlariga javob bersa, faoliyatning barcha sohalari
va turlarida yo'l qo'yiladi.
Darhaqiqat,
konsessiya
davlat
ishtirok
etuvchi
majburiyat
munosabati sifatida ahmiyatlidir. S.S.Hamroevning fikricha, konsessiya
shartnomasi o'z ichiga fuqarolik-huquqiy ahamiyat kasb etuvchi
majburiyatlardan tashqari, ommaviy huquq normalari bilan tartibga solib
turiluvchi boshqa majburiyatlami ham qamrab oladi1. Bunda ommaviy
huquq subyekti sifatida davlat va uning vakolatli organlari ishtirok
etganligi munosabati bilan ushbu shartnomaga ommaviy huquq normalari
tatbiq etiladi.
1 Hamroev S. O’zbekistonda tabiiy boyliklardan foydalanish shartnomalarini (konccssiya) ning huquqiy tartibga
solinishi. -Toshkent: NPO Vostok, 1999. -54 b.
295
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakil qilgan davlat
boshqaruvi organi, shuningdek joylardagi mahalliy davlat hokimiyati
organlari - konsessiyachi organlar sifatida davlat nomidan konsessiya
shartnomalarida ishtirok etadilar.
Qonunning 9-moddasiga muvofiq, vakolatli davlat organlari
konsessiya munosabatlarida davlat nomidan quyidagi huquqlarga ega
bo'ladilar:
1) tanlovlar va auksionlar tashkil etish hamda ulami o ‘tkazish;
2) o ‘ziga berilgan vakolatlar doirasida konsessiya shartnomalarini
tuzish va h.k.
Joylardagi davlat hokimiyati organlari esa ushbu munosabatlarda
quyidagi huquqlarga ega:
1) konsessiya shartnomalari tuzilishi mumkin bo‘lgan o ‘z
ixtiyorlaridagi obyektlami aniqlash;
2) o ‘z ixtiyorlaridagi obyektlar bo‘yicha tanlovlar va auksionlar
tashkil etish hamda ulami o ‘tkazish;
3) o ‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida konsessiya shartnomalari
tuzish, shuningdek o ‘zlariga qarashli hududlardagi obyektlar bo‘yicha
boshqa konsessiya shartnomalarining shartlarini kelishish va boshqalar.
Konsessiya shartnomalari tanlov, auksion asosida tuziladi. Bunda
shartnoma tanlov yoki auksionda g ‘olib chiqqan chet ellik investor
(konsessor) bilan tegishli konsessiya organi o ‘rtasida tuziladi va
ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Konsessiya
shartnomalarida davlat nomidan ishtirok etuvchi vakolatli davlat organi
yoki mahalliy hokimiyat organining eng asosiy majburiyati yer va yer osti
uchastkalarini xo‘jalik faoliyatining muayyan tori (yer osti boyliklarini
qidirib topish va ulami qazib olish) bilan shug‘ullanish uchun chet ellik
investorga topshirish hisoblanadi.
Davlat mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ham bevosita ishtirok
etadi. 0 ‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi “Mahsulot
taqsimotiga oid bitimlar to‘g ‘risida”gi qonuni 3-moddasiga muvofiq,
mahsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma hisoblanib, unga muvofiq
0 ‘zbekiston Respublikasi haq olish asosida va muayyan muddatga chet
ellik investorga bitimda ko'rsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlami
aniqlash, qidirish va foydali qazilmalami kavlab olish hamda shular bilan
bog‘liq bo‘lgan ishlami olib borish uchun mutlaq huquqlar beradi, investor
esa mazkur ishlami o'z mablag‘lari hisobiga va tavakkal qilib amalga
oshirish majburiyatini oladi.
296
Bitimning taraflari bo‘lib, 0 ‘zbekiston Respublikasi, uning nomidan
bitimda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat
bergan organ, konlami aniqlash, qidirishga va foydali qazilmalami kavlab
olishga o ‘z mablag‘larini, qarzga olgan yoki jalb etgan mablag'larini (mol-
mulkini va (yoki) mulkiy huquqlarini) kiritayotgan investor ishtirok etadi.
Mahsulot taqsimotiga oid bitim qoidaga muvofiq konkurs (auksion)
asosida tuziladi. Qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulot davlat bilan
investor o ‘rtasidagi bitimga muvofiq taqsimlanadi. Zero, bu bitim
(shartnoma) ning nomidan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarilgan (olingan)
mahsulot taraflar o ‘rtasida taqsimlanadi. Bunda davlat kompensasiya
mahsulotini, shuningdek foydaga qolgan mahsulotning bitim shartlariga
muvofiq investor ulushi hisoblanuvchi qismini (u tomonidan qilingan
xarajadar qiymatini qoplash maqsadida) investorga mulk qilib beradi.
Bitim shartlariga muvofiq investoming mulkiga o ‘tadigan mahsulot hech
qanday cheklashlarsiz 0 ‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib
ketilishi yoki investor tomonidan ichki bozorda bitimda belgilangan
shartlar va tartibda realizasiya qilinishi mumkin. Davlat esa, o ‘zining
“foydali” mahsulotlaridan kelgan foydani oladi.
Davlatning
shartnomaviy
munosabatlardagi
fuqarolik-huquqiy
javobgarligi bevosita shu shartnomalaming o ‘zida ifodalanadi. Xalqaro
munosabatlarda davlatning chet el davlatlari bilan fuqarolik-huquqiy
xarakterdagi shartnoma va bitimlari yuzasidan javobgarligi xalqaro
shartnoma va bitimlardan kelib chiqib belgilanadi. Davlat nomidan
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi subyektlar, bir
vaqtning o ‘zida fuqarolik huquqining mustaqil subyekti hisoblanadilar va
ulaming fuqarolik-huquqiy javobgarligi davlatdan alohida holda ko‘riladi.
Lekin bevosita davlat o ‘zi ishtirok etadigan munosabatlarda shartnomali
majburiyatlaming buzilishi uchun davlat javobgardir. Masalan, “Mahsulot
taqsimotiga oid bitimlar to‘g ‘risida”gi qonunning 29-moddasiga muvofiq,
taraflar bitim bo'yicha o ‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim
darajada bajarmaganligi uchun bitimga va qonun hujjatlariga muvofiq
javobgar bo‘ladilar.
Qonunning
4-moddasida
esa
taraflardan
biri
0 ‘zbekiston
Respublikasi davlati hisoblanishi belgilangan. Lekin bu yerda investoming
mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha majburiyatlami bajarmaganlik
uchun javobgarlik holati yoritilmaganidek, davlatning javobgarligi
yuzasidan ham aniq qonun normalari ifodalanmagan. Bu xususda
S.S.Hamroevning fikrlari juda
0‘rinli1.
1 Hamroev S.S. Yer osli boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilishni huquqiy tartibga solish muammolari. -
Toshkent: TDYI, 2003. -B.245-262.
297
Xuddi shunday holatni konsessiya shartnomalarida ham kuzatish
mumkin. “Konsessiyalar to‘g‘risida”gi qonunning 25-moddasiga ko'ra,
konsessiya shartnomasini tuzgan tomonlar uning bajarilishi uchun
0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va shartnomalarda ko‘zda
tutilgan tartibda javobgar bo‘ladilar. Ko‘rinib turibdiki, konsessiya
shartnomalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik masalasi ham noaniq
qonun hujjatiga havola qilish yo‘li bilan hal qilinmoqda. Hattoki, qaysi
turdagi
yuridik
javobgarlikni
qo‘llash
mumkinligi
ham
aniq
belgilanmagan. Lekin shartnoma tuzgan tomon (Ya’ni, davlatning
vakolatli organi yoki mahalliy hokimiyat organi va investor) javobgar
ekanligi aniq ifodalangan1.
Do'stlaringiz bilan baham: |