O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti biologiya kafedrasi


-rasm. Mitoz fazalari. A,B, V-profaza; G-prometafaza; D, E, J-metafaza



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/260
Sana31.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#200446
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   260
Bog'liq
botanika

-rasm. Mitoz fazalari. A,B, V-profaza; G-prometafaza; D, E, J-metafaza; 
Z, I-anafaza; K, L, M- telofaza. 


 
24 
 
Interkinez  yoki  oraliq  faza  mitoz  bo’linishning  interfazasiga  o’xshab  ketadi.  Birinchi  va  ikkinchi, 
bo’linish davrlarini qiskarishiga yordam beradi. Interkinezdan so’ng ikkinchi bo’linishning profaza 
va  metafazalari  hujayraning  har  bir  qutbida  alohida  boshlanadi.  Bo’linishning  anafazasida 
xromosomalar ajrlishi va qutblarga tortilishi, telefazada 4 ta gaploid yadro hosil bo’lishi hamda har 
biri  maxsus  qobiq  bilan  o’ralib,  mustaqil  hujayralarga  aylanadi.  Meyozning  oxirgi  bosqichi 
tetradalar hosil bo’lishi deb ataladi.  
Endomitoz.  Hujayraning  ichki  bo’linishi.  Bunda  hujayradagi  xromosomalarning  reduplikatsiyasi 
yadro  qobig’i  erimasdan  turib  kuzatiladi,  lekin  ular  qutblarga  ajralmaydi.  Bu  holat  ko’pincha 
poliploidiyalarning kelib chiqishiga sababchi bo’ladi. 
XVI  asr  oxiri  va  XVII  asrining  boshlarida  optik  asboblar  ustasi  gollandiyalik  Gans  va  Zaxariy 
Yansonlar mikroskop kashf etdilar. 
XVII asrda o’simlik organizmlarining hujayraviy tuzilishi aniqlandi. 1665 yili ingliz fizigi R. Guk 
(1636–1703) o’zi takomillashtirgan mikroskop orqali po’kak bo’lagi, marjon daraxti o’zagi, ukrop 
va boshqa o’simliklarni o’rganib uning natijalarini o’zaning “Ba’zi bir mayda narsalarni tasvirlash” 
asarida bayon etdi. Bu asarda Guk birinchi bo’lib ”hujayra” atamasini ishlatgan. 
O’simliklar anatomiyasi haqidagi birinchi asar angliyalik Gryu va  italiyalik Malpigilar tomonidan 
yozildi. Gryu o’z ishlarini “O’simliklar anatomiyasining boshlanishi” (1682). Malpigi esa ikki jildli 
“O’simliklar anatomiyasi haqida tasavvurlar”(1671) nomli asarlarida chop etdilar. 
1831  yili  R.  Braun  hujayra  yadrosini  aniqladi  va  yadro  hujayra  hayotida  muhim  ahamiyatga  ega 
ekanligi haqidagi fikrni olg’a surdi. 1884 yili rus olimi P.F. Goryaninov (1796 - 1856), keyinchalik 
chex olimi Purkine va uning shogirdlari hujayra ichidagi tiriklik massasiga katta ahamiyat berdilar. 
1830  yili  Purkine  u  massani  protoplazma  deb  atadi.  1838  yili  Shleyden  tomonidan  piyoz  po’sti 
hujayralarindagi yadrocha aniqlandi. 
I.D.  Chistyakov  (1874),  E.  Strasburger  (1875)  lar  yadroning  kariokinetik  bo’lishini  yoki  mitozni, 
V.I.  Belyaev  (1892  -1894)  reduktsion  bo’linish  yoki  meyozni,  S.G.  Navashin  (1898  y.)  gulli 
o’simliklardagi qo’sh urug’lanish kabi muhim yangiliklarni ochdilar.  
Hujayra  haqidagi  ta’limotni  rivojlantirishning  yangi  taraqqiyot  bosqichi  asrimizning  50-  yillariga 
to’g’ri keladi. Bu davrda elektron mikroskop kashf etildi.  
Elektron    mikroskoplar  kashf  etilishi  bilan  birga  molekulyar  biologiya,  oradan  20  yil  o’tgach  gen 
injeneriyasi  kabi  yangi  fanlar  kelib  chiqdi.  Bu  esa  o’z  navbatida  biotexnologiyani  yangi  uslub  va 
usullar  bilan  qurollantirdi,  inson  ixtiyori  bilan  ba’zi  mahsulotlarni  tirik  organizmlar  hayot 
faoliyatidan foydalanib hosil qilish imkoniyati yaratildi. 
Hujayra  injeneriyasining  yangi  uslublarini  ishlab  chiqish  natijasida  fanning  ushbu  sohasini 
rivojlanishish va uning natijalarini amalda qo’llash imkoniyatiga ega bo’lindi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish