O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti biologiya kafedrasi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/260
Sana31.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#200446
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   260
Bog'liq
botanika

Sitoplazma  murakkab  ximiyaviy  tarkibga  ega  bo’lgan  elastik,  qovushqoq  va  tiniq  jismdir. 
Sitoplazma strukturasiz  massa  –    gialoplazma  va  shakllangan  hosilalar,  ya’ni  hujayra  organoidlari 
va  kiritmalarga  ajraladi.  Organellalar  (organoidlar)  morfologik  va  bajarish  vazifasi  jihatidan 
hujayraning  ixtisoslashgan  qismidir.  Ularga  mitoxondriyalar,  ribosomalar,  Golji  kompleksi, 
endoplazmatik  to’r,  hujayra  markazi  kiradi.  O’simlik  hujayralari  hayvon  hujayralaridan  farqlanib 
ularda  plastidalar  ham  bo’ladi.  Plastidalarda  fotosintez  jarayoni  kechadi,    uglevodlar,  oqsillar  va 
moylar to’planadi.  
Yadro deyarli barcha hujayralarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ximiyaviy tarkibi jihatidan 
sitoplazmaga  yaqinlashib  ketadi.  Ular  o’rtasi  morfologik  va  funktsional  aloqa  mavjud.  Moddalar 
almashinuvining  ba’zi  mahsulotlari  (kiritmalar)  –  sitoplazmaning  hayot  faoliyati  natijasida  hosil 
bo’lib,  to’planib  va  yo’qolib  turadigan  vaqtinchalik  o’lik  hosilalardir.  Ularga  g’amlangan  oziq 


 
25 
moddalar,  moddalar  almashinuvining  oxirgi  mahsulotlari,  masalan,  kraxmal  donachalari,  moy 
tomchilari, kristallar va boshqalar kiradi.  
Sitoplazmaning  hayot  faoliyati  mahsuli  sifatida    o’simlik  va  hayvon  hujayralarida  uchraydigan 
vakuolalar  ham  ko’rsatish  mumkin.  O’simlik  hujaylarida  ular  nisbatan  ko’proq  joyni  egallaydi. 
Shunday  qilib,  o’simlik  hujayrasi  qobiq,  yadro  va  sitoplazma  va  undagi  hujayra  organellalari, 
kiritmalar hamda vakuolalardan tashkil topgan.  
O’simlik  hujayralarining  shakli  va  o’lchami  xilma-xil  bo’lib,  o’simlikda  joylanish  holati 
bajaradigan  vazifasiga  bog’liq..  Yakka  holdagi  hujayralar  sharsimon,  ovalsimon  va  tuxumsimon 
shakllarda bo’ladi. Ko’p hujayrali organizmlarda, odatda hujayra ko’p qirrali shaklga ega. Yuksak 
o’simliklardagi xilma-xil shakllardagi hujayralarni ikki guruhga ajratish mumkin. 
 
1.  Parenxima  hujayralar  –  hamma  tomoni  deyarli  teng  yoki  izo-diametrik.  Ularning  shakli 
odatda  ko’proq  dumaloq,  ovalsimon,  yulduzsimon.  Parenxima  hujayralar  tirik  yupqa  qobiqqa  ega 
bo’lib,  ular  o’simlikning  ildiz,  poya,  barg  hamda  gul,  urug’  va  mavalarning  asosiy  to’qimasini 
tashkil etadi. 
 
2. Prozenxima hujayralari bo’yi eniga nisbatan bir necha o’n yoki yuz marta ortiq, cho’ziq, 
uchlari  o’tkirlashgan,  qobig’i  esa  qalin,  ko’pincha  o’lik  hujayralardan  iborat.  Prozenxima 
hujayralari asosan o’simlikning o’tkazuvchi va mexanik to’qimalarini hosil qiladi. 
 
Hujayralarining  o’lchami  odatda  mikroskopik,  ya’ni  juda  mayda  bo’lib,  ba’zi  hujayralarni 
(tsitrus mevalari et qismidagi prozenxima hujayralarni) oddiy ko’z bilan  kuzatish mumkin. 
 
Bunday  hujayralarning  o’lchami  5  mm  ga  yetadi,  eni  esa  2-3  mm.  Ba’zi  bir  o’simliklar 
(tarvuz, qovun, pomidor, olma va boshqalar ) mevalarning et qismidagi parenxima hujayralar ancha 
yirik,  ularni  lupa  yordamida  ko’rish  mumkin.  O’simlik  tanasini  tashkil  etuvchi  asosiy 
hujayralarning  o’lchami  0,015  –  0,0067  mm/ga  teng.  To’qimachilik  sanoatida  ishlanadigan  tola 
beruvchi o’simliklar  (zig’ir, kanop) lub tolalarining uzunligi 20 – 40mm. keladi. G’o’za o’simligi 
chigitning  bitta  hujayrasidan  iborat  tolasi  odatdagi  navlarda  23  –  31mm.  bo’lsa,  elita  navlarida  u 
65mm.ga  boradi.  Yuksak  o’simliklarda  hujayralar  soni  astronomik  ko’rsatkichga  ega.  Daraxt 
o’simligi  bargining o’zida 200 mln.dan ortiq hujayralar bo’ladi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish