Plastidlar. Bu organellalar faqat o’simliklar uchungina xos bo’lib, rangiga va bajaradigan
vazifasiga qarab uch tipga bo’linadi: xloroplastlar - yashil, xromoplastlar - qizil, to’q sariq, sariq.
Leykoplastlar – rangsiz. Odatda hujayrada plastidlarning bir turi uchraydi, lekin ular kelib chiqishi
jihatdan bir-birlariga bog’liq bo’lib, o’simlik ontogenezi davomida biri ikkinchisiga aylanish
xususiyatiga egadirlar. Plastidlar hujayrada yirik organellalar bo’lib, ular ichida eng yirigi
xloroplastlardir (uzunligi 4-10 mkm).
Do'stlaringiz bilan baham: |