O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


XV asrning 2-yarmida Movaraunnahr va Xuroson. Temuriylar saltanatining inqirozga



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

XV asrning 2-yarmida Movaraunnahr va Xuroson. Temuriylar saltanatining inqirozga 
yuz tutishi 
 
 
O`zaro  toju-taxt  uchun  kurash  Abdullatifni  razillik  botqog‘iga  botirib  uni  o`z 
otasining qotiliga aylantirdi.  Garchi  u taxt  egasi  bo`lsa-da, xalq  uni  “padarkush”  (otasining 
qotili) sifatida la’natlar, Ulug‘bek tarafdorlari unga dushmanlik ko`zi bilan qarar edi. Bunday 
bir  paytda  Abdullatif  xurofotchi  din  ahllari,  darveshlar  guruhi  bilan  ham  yaqinlashishga 
harakat  qildi.  Biroq qotil  padarkush taxtda uzoq o`tira olgani  yo`q. 1450-yilning 8-mayida, 
shahar  handag‘i  yonida,  Bog‘inavdan  nariroqda  unga  qarshi  suiqasd  qilinib  o`ldiriladi.  Bu 
xususda  so`z  yuritgan  tarixchi  Mirxond  fitnachilar  tap  tortmasdan  harakat  qilib,  uning 
kesilgan  boshini  Registondagi  Ulug‘bek  o`zi  qurdirgan  madrasa  peshtog‘iga 
namoyishkorona  tarzda  ilib  qo`yadilar,  deb  ta’riflagan  edi.  Bu  qotillikdan  so`ng,  tezda 
Samarqand  taxtiga  temuriylardan  biri  Mirzo  Ulug‘bekning  jiyani  hamda  kuyovi  Mirzo 
Abdullo o`tiradi. Buxoroda esa hokimiyat Mironshohning nevarasi Sulton Abu Said qo`liga 
o`tadi.  Mirzo  Abdullo  o`zining  bir  yillik  hukmronlik  davrida  mamlakatda  barqarorlikni 
tiklashga,  Mirzo  Ulug‘bekning  madaniy  sohadagi  ishlarini  davom  ettirishga,  markaziy 
hokimiyatni  kuchaytirishga  harakat  qiladi.  U  taxt  uchun  da’vogarlar  Alouddavla  va  Abu 
Saidlar bilan kurash  olib borib, Samarqandga qarshi  yurish qilgan Abu Said  qo`shinini  tor-
mor  keltiradi.  Abu  Said  Sirdaryo  ortiga  qochib,  Dashti  Qipchoq  o`zbeklari  xoni 
Abulxayrxondan (1428-1468) taxtni egallash uchun yordam so`rab murojaat qiladi. 1451-yili 
yozida  Samarqand  yaqinidagi  Sheroz  qishlog‘idagi  qattiq  jangda  Mirzo  Abdullo  o`ldirilib, 
taxt  Sulton  Abu  Said  Mirzo  (1451-1469)  qo`liga  o`tadi.  Temuriylar  davlatining  Xuroson 
yerlari  Shohruhning  boshqa  bir  nevarasi,  Boysunqurning  o`g‘li  Abulqosim  Bobur  qo`lida 
saqlanib  qolib,  u  to  vafoti  (1457)  ga  qadar  Hirot  taxtini  boshqarib  turadi.  Bu  vaqtga  kelib 
o`zaro  siyosiy  tarqoqlik  yanada  avj  oladi.  Birgina  Xurosonning  o`zi  o`ndan  ortiq  qismga 
bo`linib  ketadi.  O`zaro  taxt  uchun  muttasil  kurashlar  mamlakat  iqtisodiy  va  madaniy 


 
147 
hayotiga  katta  zarar  yetkazib,  inqiroziy  holatlarga  sabab  bo`la  boshladi.  Abulqosim  Bobur 
Xurosonni  o`z  qo`li  ostida  birlashtirishga,  Shohruh  davlatidagi  madaniy  hayotni  tiklashga 
harakat qildi.  Lekin 1454 yili uning Samarqandga  yurishi muvaffaqiyatsiz tugab, 40 kunlik 
shahar qamalidan keyin u yana orqaga qaytishga majbur bo`lgan edi.  
 
1457-yili  Abulqosim  Bobur  Mashhadda  vafot  etgandan  so`ng  Hirot  taxti,  Xuroson 
yerlari  uchun  kurash  yana  avj  oldi.  Bunday  vaziyatdan  ustalik  bilan  foydalangan 
Movarounnahr  hukmdori  Sulton  Abu  Said  Mirzo  1457  yili  Xurosonga  yurish  qilib  Hirotni 
egallaydi.  Shu  tariqa  Abu  Said  temuriylar  davlatining  ikkala  qismini  birlashtirishga 
muvaffaq  bo`ladi.  Sulton  Abu  Said  Mirzoning  (1451-1469)  hukmronlik  davrida  davlat 
hududlari  kengayib,  uning  chegaralari  Sharqiy  Turkistondan  to  Iroqqacha,  Sirdaryodan  to 
Hindiston  chegaralarigacha  bo`lgan  yerlarni  o`z  ichiga  oldi.  O`z  hukmronligi  davrida  Abu 
Said doimiy ravishda hokimiyatini mustahkamlashga, isyonkor amaldor-noiblarni jazolashga 
asosiy  e’tiborini  qaratdi.  Shuningdek,  u  birmuncha  iqtisodiy  va  madaniy  tadbirlar 
o`tkazishga  ham  urindi.  Lekin,  uning  bu  sohadagi  ishlari  o`zining  yaxshi  natijasini  bera 
olmadi. Ma’rifat va madaniyat Ulug‘bek davridek gullab yashnamadi. Shuningdek, Abu Said 
Xuroson,  Eron,  Xorazmdagi  siyosiy  tarqoqlikni  ham  butkul  tugata  olmadi.  Hirot  taxtiga 
da’vogarlardan  biri  Umarshayxning  evarasi,  yosh  temuriy  shahzoda  Sulton  Husayn  (1438-
1506) Abul Qosim Bobur vafotidan (1457 y.) keyin Xuroson mulki uchun o`z harakatlarini 
boshlab yuborgan edi. U XV asr 60-yillaridan katta harbiy otryadga bosh bo`lib, 1461-1464-
yillarda  Hirot,  Obivard,  Niso,  Mashhad  va  Xorazmda  hokimiyat  uchun  goh  muvaffaqiyatli 
goho muvaffaqiyatsiz kurashlarni olib bordi.  
 
1469-yili erta bahorda temuriylarga avvaldan tegishli bo`lgan G‘arbiy eron yerlarini 
qaytarib  olish  maqsadida  Sulton  Abu  Said  Oqqo`yunlo`  turkmanlariga  qarshi  yurishni 
boshlaydi.  Biroq,  oqqo`yunlo`lar  hokimi  Uzun  Hasan  (1453-1478)  tomonidan 
Ozarbayjonning  Mug‘on  dashtida  jang  vaqtida  o`ldiriladi.  Abu  Saidning  o`g‘illari  Sulton 
Husayn  bilan  toju-taxt  uchun  kurashishga  botina  olmay,  Movaraunnahrga  qaytib  ketadilar. 
Sulton  Husayn  esa  1469-yil  24-martda  tantanali  sur’atda  Hirotga  kirib  keladi.  Natijada 
temuriylar  saltanati  yana  ikki  qism:  Xuroson  va  Movaraunnahrga  bo`linib  ketadi. 
Movaraunnahr  esa  ketma-ket  sulton  Abu  Saidning  o`g‘illari  Sulton  Ahmad  (1469-1494), 
Sulton  Mahmud  (1494-1496)  hamda  Mahmudning  o`g‘li  Sulton  Ali  Mirzo  (1496-1501)lar 
tomonidan  mustaqil  ravishda  boshqarildi.  Lekin  ko`p  holda  ayniqsa  Sulton  Ahmadning 
davlat  boshqaruvidagi  kaltabin,  uquvsiz  va  sustkashligi,  Sulton  Mahmud  va  Sulton  Ali 
Mirzolarning  davlat  ishlarining  o`z  holiga  tashlab,  aysh-ishratga  mukkalaridan  ketganligi 
bois  ushbu  hukmdorlar  davrida  o`zaro  tarqoqlik  yanada  kuchayadi.  Ayrim  viloyat  noiblari, 
amirlarning  ta’siri  o`sib,  ko`pincha  ular  mustaqil  faoliyat  yo`liga  o`tib  ola  boshlaydilar. 
Siyosiy hayot, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda ruhoniylarning, ayniqsa so‘fiylarning ta’siri 
yanada  kuchayadi.  Xususan,  shu  davrning  ko`zga  ko`ringan  diniy  arbobi  Xoja  Ubaydulloh 
Ahror  (1404-1490),  mamlakatda  ta’sirli  shaxsga  aylanib,  o`zaro  kurash  nizolar  vaqtida 
mamlakat  tinchligini  saqlash  yo`lida  bir  necha  marotaba  bu  kurashlarni  to`xtatib  qolishga 
muvaffaq  bo`ldi.  El-yurt  tinchligi,  osoyishtaligi  yo`lidagi  uning  faoliyati,  vatanparvarligi, 
albatta, e’tiborga sazovordir.  
 
Temuriylar  davlatining  janubida  ahvol  o`zgacha  edi.  Sulton  Husayn  (Boyqaro) 
(1469-1506)  davlati  o`z  tarkibiga  Xorazm,  Xuroson,  Eronning  bir  qismini  olgan  bo`lib,  u 
temuriylar tarixida oxirgi yirik davlat arbobi bo`lib qoldi. Uning deyarli 40 yillik hukmronlik 
davri  ham  o`zaro  kurashlardan  xoli  bo`lmasa-da,  lekin  mamlakatda  iqtisodiy  va  madaniy 
hayot  yuksak darajada saqlanib qoldi. Mamalakat obodligi, farovonligi, iqtisodiy hayotning 
bir  me’yorda  kechishi,  fan-madaniyatning  yuksalishida  o`z  davrining  tadbirli  va  oqil 
hukmdori Sulton Husaynning roli nihoyatda katta bo`ldi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish