141
majbur bo`ldilar. 1395-yil aprelida Amir Temur va To`xtamish o`rtasida urush harakatlari
yana boshlanib ketdi. Jangning asosiy qismi o`ng qanotda bo`ldi. Ushbu qanotda mushkul
vaziyat paydo bo`lgan. Amir Temur zahira qo`shin bilan jangga kirdi va dushmanni
chekinishga majbur qildi. To`xtamish uchinchi jangdan keyin hokimiyatdan ajraldi.
To`xtamish qo`shinining Terek daryosi bo`yida tor-mor etilishi va 1395 yilda Saroy
Berkaning xaroba qilinishi Oltin O`rdaga juda kuchli zarba bo`ldi. Shundan keyin u o`zini
o`nglay olmadi.
Amir Temurning bir mamlakatga qilgan yurishlari uning boshqa mamlakatlarga
qilgan yurishlari bilan ketma-ket borganligini urush voqealari ko`rsatib turadi. Amir Temur
Ozarbayjonga bir necha marotaba hujum qilib bordi va 1387-yilda uni bo`ysundirishga
muyassar bo`ldi. Armaniston va Gruziyani Amir Temur 1392 yilda bo`ysundiradi.
Temurning uzoq Hindistonga yurishi 1398-yilda tamomlandi.
Sohibqiron Amir Temurning harbiy mahorati shunda ediki, u o`z dushmanlarini erkin
nafas olishga qo`ymagan. 1400-yilda Amir Temur qo`shinlari turk sultoni Boyazid I va Misr
sultoni Faraj bilan kurash olib bordilar. 1402-yilda Amir Temur Anqara yonida Boyazid
bilan ikkinchi marta to`qnashdi va uni tor-mor etdi.
Amir Temur o`z qo`shinlari bilan 1404-yilning oxirida Xitoyga qarab yo`lga
chiqqandi. O`sha yili qish O`rta Osiyo tarixida eng qahraton qish bo`lgan. Sirdaryoning suvi
1 metga muzlagan, askarlardan ko`pini quloq-burunlarini, qo`l-oyoqlarini sovuq olgan edi.
Amir Temurning o`zi ham ko`p o`tmay shamollab qoladi. 1405-yil yanvar oyining
o`rtalarida O`trorda to`xtashga qaror qilishadi va bu erda 18-fevral kuni buyuk jahongir
Sohibqiron Amir Temur vafot etdi.
Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar qiladi. Bu yurishlar natijasida u buyuk
davlat tashkil qilishga erishdi. Uning tarkibiga Movarounnahr, Xorazm, Kaspiy atrofidagi
viloyatlar, hozirgi Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq, Janubiy Rossiya, Kavkaz va
G‘arbiy Osiyoning bir qator mamlakatlari kiradi. Amir Temurning muvaffaqiyatiga avvalo
uning nodir harbiy iste’dodi sabab bo`ldi. Amir Temur qo`shinida qat’iy tartib va intizom
o`rnatilgan edi. Har bir jang rejasini va barcha qismlar uchun yo`l-yo`riqlarni o`zi ishlab
chiqardi. Uning harbiy iste’dodi Anqara yaqinida Sulton Boyazidga qarshi jangda ayniqsa
yorqin namoyon bo`ldi. Armiyaning yuragini va qo`mondonlik o`zagini barlos urug‘i
vakillari tashkil etardi. Shu davr voqealarining shohidi bo`lganlarning guvohlik berishicha
barloslar harbiy qo`nimsizlikka nihoyatda chidamli, yoydan o`q uzishga juda usta, o`z
hukmdorlariga sodiq va sabr-toqatli bo`lganlar.
Mustaqillik sharofati hamda Respublikamiz Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan
sovetlar davrida unut bo‘lgan buyuk Sohibqironning pok nomi qayta tiklandi. Tarixiy adolat
qaror topib, 1996 yili Sohibqironning 660 yillik tavallud yoshi butun jahonda keng miqyosda
nishonlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: