Metall ionlari ferment kofaktorlari sifatida. Metall ionlari ham
kofaktor sifatida ishtirok etishi mumkin. Metallofermentlar – fermentlarning
keng tarqalgan guruhi bo`lib, umumiy fermentlar sonining ¼ qismini tashkil
etadi. Metallofermentlar ikki guruhga bo`linadi:
I. Metall ionlari aktivator vazifasini o`taydi. Bu fermentlar metall ishtirokisiz
ham katalizlash xususiyatiga ega.
II. Metall ionlari kofaktor vazifasini bajaradi. Bu fermentlar metall ionlarisiz
faol emas.
Metall ionlari kofaktor sifatida turli sinflarga mansub bo`lgan fermentlar
tarkibiga kiradi. Ayniqsa, oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarini katalizlaydigan
metallofermentlar ko`plab uchraydi.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |