www.ziyouz.com kutubxonasi
21
RASULULLOHNING CHEKKAN AZIYATLARI
Muhammad payg‘ambar dinga oshkora da’vat eta boshlaganlaridan keyin juda ko‘p
qiyinchiliklarga, tazyiqlarga duch keldilar. Xususan, Baytullohga borib namoz o‘qish
azobga aylandi. Rasulullohga ko‘p aziyat yetkazuvchi bir guruh bo‘lib, ochiqdan-ochiq
haqoratlab ozor bergani uchun ular masxara qilguvchilar, deyilardi. Bu kimsalarning
boshlig‘i Mag‘zum jamoasidan bo‘lmish Abu Jahl Amr ibn Hishom ibn Mug‘ira edi. Bir
kuni u o‘z Odamlariga: "Ey birodarlar, ko‘rib turibsizlar, Muhammad dinimizni
kamsityapti, ilohlarimizni so‘kyapti, bizlarni aqlsizlikda, ota-bobolarimizni zalolatda
qolganlikda ayblayapti. Ollohga qasam ichib aytamanki, ertaga katta bir toshni olib,
Muhammadni poylab o‘tiraman. Namoz paytida sajdaga bosh qo‘yganida boshini yanchib
tashlayman. Keyin meni Abdumonof jamoasiga topshirasizlarmi yoki himoya qilasizlarmi
ixtiyor o‘zlaringizda. Abdumonof jamoasi qo‘lidan kelganini qilsin", dedi. Ertasiga u katta
bir toshni olib, rasulullohni poylay boshladi. Hech narsadan xabari yo‘q Payg‘ambar
alayhis-salom odatdagidek namoz o‘qigani keldilar. Tamoshatalab qurayshlar Abu
Jahlning nima karomat ko‘rsatishini kuzatib turishardi. Sarvari olam sajdaga bosh
qo‘yganlarida Abu Jahl orqadan pusib keldi-da, toshni baland ko‘tardi va birdaniga rangi
oppoq oqarib, qo‘llari qaltiragancha orqaga tisarildi, qo‘lidagi tosh tushib ketdi. Tekin
tomosha ilinjida to‘planganlar uning oldiga kelib, nima bo‘lganini so‘rab-surishtirishdi.
"Muhammadga yaqinlashib endigina uraman deganimda bahaybat bir bug‘ro (erkak
tuya) paydo bo‘lib, daf qildi. Xudo haqqi, umrimda bunaqa qo‘rqinchli tuyani sira ko‘rgan
emasman", dedi Abu Jahl. Bu gap rasulullohning quloqlariga yetganda u kishi: "O’sha
tuya qiyofasidagi Jabroil edi, agar Abu Jahl yana bir qadam tashlaganida oyog‘i ostiga
olib tepkilab tashlardi", dedilar. Abu Jahl, baribir, rasulullohning jig‘iga tegishini, u
kishining namoz o‘qishiga xalal berishini qo‘ymadi. Hatto bir kuni: "Agar yaxshilikcha
namoz o‘qishni yig‘ishtirmasang, holing voy bo‘ladi", dedi surbetlik bilan. Rasulullohning
jahllari chiqib, uni koyib tashladilar. Olloh "Alaq'* surasining 15-19- oyatlarida Abu
Jahlga tahdid soladi: "Agar u niyatidan qaytmasa, albatta uning zulfidan, (barcha)
yolg'onchi va gunohkorlarning sochidan tutib jahannamga sudraymiz, u o‘z sheriklaryni
chaqirsin! Biz zaboniyalarni* chorlaymiz. Unga bo‘ysunma, Ollohga sajda qil va yaqin
bo‘l".
Imom Buxoriy rivoyat qilishicha, payg‘ambar alayhis-salom namoz o‘qiyotganlarida
Abu Jahl: "Kim tuyaning qornini opkelib Muhammadniig ustiga tashlaydi", deya
odamlarni gij-gijlaydi. Aqaba ibn Abi Muayd tozalanmagan qorinni olib kelib rasululloh
sajdaga bosh qo‘yganlarida ustilariga tashladi. Masjiddagi musulmonlarning birontasi u
kishini himoya qilishga, hatto qorinni olib tashlashga botinolmadi, ular oz, mushriklar
esa ko‘pchilik edi. To qizlari Fotima kelib qorinni olib tashlamaguncha rasululloh
sajdadan bosh ko‘tarmadilar. Mushriklardan qattiq dili og‘rigan payg‘ambar alayhis-
salom: "Ey Xudo, mana shu qurayshlarning jazosini o‘zing bsrgin!" — deya duoibad
qildilar va bir qancha odamning nomini tilga oldilar. Abdulloh ibn Mas’udning guvohlik
berishicha, o‘sha odamlar Badr urushida bitta qolmay halok bo‘lishgan.
Tarixchilar rivoyat qilishicha, payg‘ambar alayhis-salom bilan Abu Jahl o‘rtasida yana
bir g‘aroyib voqea yuz bergan. Bu murtad kimsa Aroshiy degan odamning tuyalarini olib,
pulini bermay yuraveradi. Bir kuni Aroshiy quraysh zodagonlari to‘planib turgan yerga
kelib, dardini aytib yordam so‘raydi. Ular payg‘ambar alayhis-salomni mayna qilib,
ustidan kulish niyatida: "Hov anovi odamga uchrashsang, haqqingni undirib beradi",
deyishadi. Tomoshatalablar rasululloh bilan Abu Jahlning munosabatini yaxshi bilishgani
uchun ham tuyakashni atay ro‘para qilishadi. Aroshiy sarvari olamning yoniga kelib
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |