www.ziyouz.com kutubxonasi
17
aytdi. Uning qat'iyatini ko‘rgan amakisi oyoq-qo‘lini yechib yuborishga majbur bo‘ldi.
Islom diniga kirgan paytda Usmon o‘ttizlarga kirgan navqiron yigit edi.
Endigina balog‘at yoshiga yetgan Zubayir ibn Avvom (ibn Huvaylid ibn Asad ibn
Abduluzzo ibn Qusay)ni amakisi chandib tashlab, og‘zi-burniga tutun haydadi. Onasi,
Abdulmuttalibning qizi Safiya ham o‘rtaga tusholmadi. Zubayir bu qiynoqqa katta
matonat bilan chidadi. Zuhra jamoasidan bo‘lmish Abdurahmon ibn Avfning islomga
kirishdan oldingi ismi Abduamr edi. Rasululloh unga Abdurahmon deb ot qo‘ydilar. Shu
jamoadan Sa’d ibn Abuvaqqos Molikning onasi, Abu Sufyon ibn Umayyaning qizi Hamna
o‘g‘lining musulmon bo‘lganini bilgach: "Bu diningdan qaytib, Muhammadning
payg‘ambarligini rad qilmaguningcha uyga kirmayman, tuz totmayman", deya shart
qo‘ydi va uch kungacha gapiga amal qildi. Bu holdan dovdirab qolgan Sa’d maslahat
so‘ragani rasulullohning huzurlariga keli. Olloh Ankabut surasining 8-oyatida bu haqdagi
hukmni nozil qildi: "Insonni ota-onasiga yaxshi muomala qilishga buyurdim. Agar ota-
onang noma’lum bir narsani menga sherik keltirishga (buyurib) zo‘rlasa, itoat etma.
Sizlar mening dargohimga qaytib borasizlar, sizlarga o‘z qilmishinglarni ayon qilaman".
Ko‘rinib turibdiki, Olloh taolo ota-ona musulmon yoki kofir bo‘lishidan qat’i nazar, izzat-
ikrom qilishni, bordi-yu, kufrona yo‘lga boshlab, Ollohga boshqa narsalarni sherik
keltirishga undasa, amriga itoat etmaslikni buyuradi. Garchi ota-onaning haqqi har
qancha ulug‘ bo‘lmasin bunday vaziyatda u narsa farzandning zimmasidan soqit etiladi.
Ota-ona roziligini istab, Ollohga osiylik qilgan holda biron maxluq yoki butga sig‘inish
durust emas. Yuqoridagi oyatda jazo berish Ollohning ilkida ekanligi, bola ota-onasining
xudoga shirk keltirasan deb o‘tkazgan zulmidan aslo ranjimasligi kerakligi, oxiratda
jazoga giriftor bo‘lmasligi uchun e’tiqodda sobit turish uqtiriladi.
Taym jamoasidan Talha ibn Ubaydulloh ham dastlab musulmon bo‘lganlardan. Bu
odamlar rasulullohning ismi va sifatlarini rohiblardan eshitgan, u kishining so‘zlari
benihoya foydali ekanligini, nuqsonu qusur to‘lib-toshgan arab jamiyatini faqat islom
dinigina isloh qilishi mumkinligini, faqat shu yo‘l bilangina Ollohning roziligiga erishish
imkoni borligini anglab darrov imon keltirganlar. Ozod etilgan rumlik qul Suhayb bilan
Ammor ibn Yosir, uning onasi Sumayya birinchilar qatori islomni qabul qilganlardan.
Qurayshlik bir mushrikning qo‘ychivoni Abdulloh ibn Ma’sud payg‘ambar alayhis-
salomning go‘zal xulq-atvorlarini ko‘rib, yaxshi gaplarini eshitgach, darrov butga
cho‘qinishni tashlab, imon keltirdi. Abdulloh hamisha Rasululloh bilan birga bo‘lishga
urinar, biron joyga otlansalar oldilarida yo‘l boshlab yurar, yuvinsalar pana qilib turar,
uxlasalar posbonlik qilar, uyg‘onganlarida oyoq kiyimlarini kiydirib qo‘yardi.
Dastlab musulmon bo‘lganlardan Abuzar sahroda yashovchi, shirin so‘zi bilan tosh
yuraklarni eritib yuboradigan notiq a’robiylardan edi. U Payg‘ambar alayhis-salomning
ovozalarni eshitgach, bir birodarini otga mindirib, o‘zni osmondan vahiy keladigan zot
dsb hisoblaydigan odamni ko‘rib, gaplarini eshitib kel, deb Makkaga jo‘natdi. Birodari
topshiriqni ado etib, iziga qaytgach: "Uning gaplari hech ham she’rga o‘xshamaydi",
dedi. Abuzar bu gapdan qanoat hosil qilmay shartta otlanib, Makkaga yetib keldi.
Masjidga kirib, Payg‘ambar alayhis-salomni izladi, lekin birovdan so‘rab-surishtirishga
botinmadi, u kishi bilan gaplashganlarni quraysh mushriklari yomon ko‘rishini yaxshi
bilardi. Kun kech bo‘lgach, Ali uning musofirligini bilib, uyiga olib ketdi. Ikkovlon gap-
so‘zsiz ovqatlanishdi (Arablar uch kungacha mehmondan kelish sababini so‘rashmaydi).
Tong otgach, Abuzar suv to‘la meshi bilan narsalarini olib masjidga bordi, biroq
rasululloh uni ko‘rmadilar. Kech kirgach, Ali yana uni uyiga olib ketdi va churq etmay
ovqatlanib yotishdi. Uchinchi kun ham shu tahlid o‘tgach, Ali uning bu yerga nima
maqsadda kelgani bilan qiziqsindi. Abuzar: "Menga yo‘l ko‘rsatishga va’da bersang
aytaman", dedi. Ali rozilik bergach, muddaosini bayon etdi. "Muhammad alayhis-salom
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |