www.ziyouz.com kutubxonasi
18
rostdan ham xudoning payg‘ambari, — dedi Ali. — Ertaga ertalab men bilan birga
masjidga borasan. Mabodo biron xavf-xatar sezsam to‘xtayman, bo‘lmasa orqamdan
ergashib ketaverasan". Ertasiga Abuzar Aliga ergashib rasululloh huzurlariga kirdi, u
kishining gaplarini eshitgan zahoti imon keltirib, musulmon bo‘ldi. Payg‘ambar alayhis-
salom: "Joyingga qaytib, to mendan biron topshiriq borguncha ko‘rgan-bilganlaringni
odamlaringga so‘zlab ber", dedilar. Abuzar tashqariga chiqib, baland ovozda: "Ashhadu
al-la ilaha illollohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh", deb yubordi.
Mushriklar kela solib uni do‘pposlay ketishdi. Abbos uni himoya qilib: "Abuzar shom
yo‘lida joylashgan G’ifor qabilasidan. Savdo-sotiqqa ketayotganinglarda holingiz nima
kechishini o‘ylab ko‘rmaysizlarmi?" degan tahdid bilan qutqarib qoldi. Lekin Abuzar bu
ishini ertasiga ham takrorladi va yana mushriklarning gazabiga uchradi: bu gal ham
Abbos joniga aro kirdi. Abuzar rostgo‘y va har qanday tamadan yiroq odam edi.
Quraysh qabilasidan Said ibn Zayd bilan umr yo‘ldoshi (Xattobning qizi, Umarning
singlisi) Fotima, Abbos ibn Abdulmuttalibning ayoli (Horis Hiloliyaning qizi) Ummulfazli
Liboba, rasulullohning amakilarining o‘g‘li Ubayda ibn Xoris ibn Abdumuttalib, ibn
Hoshim, ammallarining o‘g‘li maxzum jamoasidan Abusalama, quraysh qabilasidan Umar
ibn Maz’un Jumahi va uning ikki qarindoshi Qudoma, Abdulloh, shu qabiladan Arqam ibn
Abu Arqam Maxzumi ham dastlab musulmon bo‘lganlardan.
Birinchi musulmonlardan ummaviy avlodidan Xolid ibn Said (ibn Os ibn Umayya ibn
Abdushams)ning otasi quraysh oqsoqoli edi. Agar Xolid
Salla o‘rasalar, u kishini hurmat qilganliklari uchun qabiladoshlaridan hech kim salla
o‘ramas edi. Xolid tushida tubsiz bir chuqurga tushib ketadi. Rasululloh yordamga kelib
uni qutqarib oladilar. Xolid ertasiga payg‘ambar alayhis-salamning huzurlariga kelib: "Ey
Muhammad, sen nimaga da’vat qilasan?" deb so‘radi. Sarvari olam: "Zoringni
eshitmaydigan, hech narsani ko‘rmaydigan, foyda-ziyon yetkazolmaydigan butlarni
tashlab, hech qanday sherigi yo‘q yolg‘iz Ollohga ibodat qilishga, ota-onaning hurmatini
bajo keltirishga, kambag‘allikdan qo‘rqib bolasini o‘ldirmaslikka, xoh yashirin, xoh
oshkora yomonliklarga qo‘l urmaslikka, nohaq odam o‘ldirmaglikka, yetimlarning molini
yemaslikka, tosh-tarozini to‘g‘ri tutishga, qarindosh-urug‘ingga zarar yetkazmasa-da,
odil hukm chiqarishga, va’daga vafodor bo‘lishga da’vat qilaman", dedilar. Xolid bu
gaplardan qattiq ta’sirlanib, imon keltirdi. O’g‘ilning musulmon bo‘lganidan xabar topgan
otasi unga ko‘p ozor berdi, ta’minotini to‘xtatib, butunlay och qo‘ydi. Xolid rasulullohning
huzurlaridan boshpana topdi. Xolidga ergashib qarindoshi Amr ibn Said ham islom diniga
kirdi.
Payg‘ambar alayhis-salomda bu odamlarni zo‘rlab islomga olib kiradigan kuch-qudrat,
ularni ota-ona, mol-mulklaridan voz kechishga majbur qiladigan favqulodda biron vosita
ham yo‘q edi. Aksincha Abubakr, Umar, Usmon, Xolid ibn Saidga o‘hshaganlar boy-
badavlat, qo‘lini qayoqqa uzatsa yetadigan obro‘-e’tiborli zotlar edi. Islomga kirgan
qullar esa rasulullohga ergashib, o‘zlarini battar xor-zorlikka, adadsiz zulmga giriftor
etishdi, agar o‘z hojalarining izmidan chiqishmasa, tinchgina tirikchiligini
o‘tkazaverishardi.
Ular Olloh-ning hidoyati tufayli noto‘g‘ri yo‘ldan qaytdilar, adashib-uloqib
yurishganlarini anglab rasululloh ko‘rsatgan yorug‘likka talpindilar, garchand ko‘plari
azob-uqubatlarga uchragan bo‘lsalar-da, qalblari islom nuri bilan munavvar bo‘lib,
Ollohning roziligiga erishdilar.
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |