YUZNI YOPIB YURISHNING JORIY ETILISHI
Shu yili yuzni yopib yurish haqida oyat nozil bo‘ldi. Bu narsa avvalo Payg‘ambar
alayhis-salomning ayollariga taalluqli edi. Oyat nozil bo‘lishdan avvalroq Umar ibn
Xattob ayollar yuzini yopib yurishi lozimligi haqida ko‘p gapirar, bu xususda Xudoning
hukmi kelishini orzu qilardi. Payg‘ambar alayhis-salomning ayollariga, sizlarga begona
odamning nazari tushmasligi kerak, derdi. Shunday kunlarning birida Ahzob surasining
53-oyati nozil bo‘ldi: "Payg‘ambarning ayollaridan biron narsa so‘ragan paytingizda
parda orqasida turib gapiringlar, bu har ikkala tomonning ko‘nglini pok saqlaydi".
Ba’zi bir badniyat kimsalar: "Bundan keyin ammalarimizning qizlari bilan ham
pardaning naryog‘ida turib gaplashamizmi? Bo‘lmagan gap. Men Muhammad (alayhis-
salom) o‘lgandan keyin albatta Oishani olaman", deya aljishdi. Olloh taolo yuqoridagi
oyatni davom ettirib, bunday kimsalarga qattiq tanbeh berdi: "Rasulullohning dilini
og‘ritadigan ishlarni qilishinglar va vafotidan keyin uning ayollariga uylanishinglar sira
mumkin emas. Bu (ishinglar) Ollohning oldida katta gunohdir".
Shu bilan birga payg‘ambar alayhis-salomning rafiqalaridan boshqa ayollarga ham
hayoli va iffatli bo‘lish buyurildi, erkaklardan ham shu narsa talab etildi; ayollar
barmog‘idagi uzuk, tirnog‘idagi xina, ko‘zidagi surmadan tashqari ichki taqinchoqlarini
nomahramlardan pinhon tutishlari joriy etildi. Bilakuzuk, bo‘yinga osiladigan marjon,
tillaqosh, zebigardon, zirak namoyish etilmaydigan ziynat buyumlaridir. Bunday
buyumlar taqilgan-joyiga qarab namoyish etiladigan va yashiriladigan turlarga bo‘linadi.
Ayollar ko‘kragi ochilib qolmasligi uchun maxsus yopinchiq tashlab yurishlari kerak.
Shu paytgacha ayollar keng yoqalik ko‘ylak kiyganlari uchun ko‘ksi ochiq
yurishaverardi. Arab ayollari oyoqlariga qo‘ng‘iroq bog‘lab olishardi, endi ularning
oyoqlarini qattiq bosishlari ham ta’qiqlanadi; hamonki taqinchoqni yashirish lozim ekan,
uning ovozini chiqarib birovlarning e’tiborini jalb etish ham mumkin emas, ziynatning
o‘zi ham, ovozi ham pinhon tutilar ekan, bu narsa taqilgan a’zolarni begona ko‘zdan
yashirish zarurligi o‘z-o‘zidan ayon. Olloh taolo Nur surasining 31-oyatida bu haqda
shunday deydi: "Mo‘minalarga aytginki, (nomahramlarga) tikilib qarashmasin, avratlarini
(uyat joylarini) yopishsin. Tashqi ziynatlaridan boshqa taqinchoqlarini namoyish
etishmasin, yoqalariga yopinchiqlarini yopishsin. Pinhon ziynatlarini erlari va otalaridan,
qaynotalaridan, o‘g‘illaridan, erlarining o‘g‘illaridan, xotinlarining o‘z qarindoshlaridan,
qarindoshlarining o‘g‘illaridan, hamshiralarining (egachi singillarining) o‘g‘illaridan,
dindosh ayollaridan, qo‘l ostidagi cho‘rilardan, qullardan, tobelardan,* ayollarning uyat
joylariga fahmi yetmaydigan (balog‘atga yetmagan) bolalardan o‘zgalarga
ko‘rsatishmasin. Ayollar yashirin taqinchoqlarini birovlarga bildirish uchun oyoqlarini
yerga qattiq bosishmasin. Ey mo‘minlar, baxtga erishish uchun hammaigaz Ollohga
tavba qiling!"
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |