www.ziyouz.com kutubxonasi
89
karra isbotlandi. Ahzob surasining 37-oyati bu fikrni to‘la tasdiqlaydi: "Olloh ne’mat
bergan, sen ham in’om qilgan kishiga: xotiningni nikohingda tut, Ollohdan qo‘rq, degan
paytingni eslagin. Olloh oshkor etmoqchi bo‘lgan narsani ko‘nglingda pinhon tutding,
odamlarning ta’nayu malomatlaridan qo‘rqding. Vaholanki, Ollohdan qo‘rqsang to‘g‘ri
bo‘lardi. Mo‘minlar asrandi o‘g‘illari qo‘yib yuborgan xotinlarini nikohiga olsa gunoh
hisoblanmasligi uchun Zayd xotinini taloq qilgandan keyin senga nikohlab berdik.
Ollohning amri bajo keltirilishi kerak". Parvardigori olamning o‘zi rasulullohga Zaynabga
uylanishi lozimligini uqtiryapti. Xudoning amri hech qanday shubhayu g‘iybatlarga o‘rin
qoldirmaydi. Bunga faqat imoni zaif odamgana e’tiroz bildirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |