Lipid va lipidmas komponentlar orasidagi bog‘larni qisman buzish uchun issiqlik va
namli issiqlik bilan maydalangan mahsulotga ishlov berish kerak. Lipidlarni eng kо‘p
ajratib olish uchun, ya’ni kimyoviy bog‘langan lipidlar bog‘larini uzish uchun yuqori
9
xaroratda spirtli ishqor eritmasida maydalangan material qayta ishlanadi. Bu xolatda
ishqor va lipid birikmasi gidrolizga uchraydi va ekstraktga gidroliz mahsuloti ya’ni
erkin yog‘ kislotalari ishqoriy metallar tuzlari kо‘rinishida о‘tadi.
Moyli
mahsulotdan
olinayotgan
lipidlarning
tarkibi
va
miqdori
yog‘sizlantirishga tayyorlashga, yog‘sizlantirish usullari va shartlariga,
ishlatilayotgan erituvchi turiga qarab kо‘p miqdorda о‘zgarishi mumkin. Urug‘lardagi
asosiy lipid massasini erkin lipidlar tashkil etadi. Ular moyli material bilan kuchsiz
bog‘langan bо‘ladi. Moyli xom ashyoda erkin lipidlardan tashqari fiziologik roli,
kimyoviy tuzilishi va tarkibi har hil bо‘lgan strukturali lipidlar ham bor. Strukturali
lipidlar urug‘larning lipidmas qismi bilan bog‘lagan, bular bog‘langan va kuchli
bog‘langan lipidlar hisoblanadi.
Ular ichida kо‘pgina muhim biologik birikmalar, fosfolipidlar, yog‘da eruvchi
vositalar (tokoferol, vitamin K), provitaminlar (karotinoid, sterol), yog‘da eruvchi
pigmentlar bо‘ladi.
Qayta ishlayotgan urug‘larga texnologik ta’sir natijasida, moyli materiallar
tarkibidagi struktura lipidlari va lipidmas qism orasidagi bog‘lanish energiyasi
kamayadi.
Urug‘larga xaroratning ta’siri struktura lipidlari bog‘larining
kuchsizlanishiga olib keladi va ularni oson ajralib chiqadigan shaklga о‘tkazadi.
Ishlab chiqarishda presslash usulida yuqori bosim bilan siqish, ekstraksiya usulida esa
organik erituvchilar ta’siridan foydalaniladi. Aksincha, erkin lipidlar texnologik qayta
ishlanganda oksidlanib qisman gidrolizlanib qiyin ajraladigan xolatga о‘tadi. Bu
lipidlar urug‘larni qayta ishlashda hosil bо‘ladigan qoldiq moyni tashkil qiladi. Moyli
urug‘larda va ularni qayta ishlashda xosil bо‘lgan mahsulotlarda, tarkibida moy
bо‘lgan material va yog‘ xamda yog‘-moy korxonalari chiqindilari tarkibidagi lipid
miqdorini aniqlashning juda kо‘p usullari ma’lum.
Ishlab chiqarish amaliyotida moylilik deganda hamma lipidlar yig‘indisi
tushiniladi, ya’ni triatsilglitserinlar va ularga ergashib keluvchi moddalar
(fosfolipidlar,
karotinoidlar,
sterollar,
tokoferollar).
Lipidlar
yig‘indisini
ekstraksiyalashda kо‘pincha dietilefirdan foydalaniladi, chunki uning qaynash
xarorati past (35,
Do'stlaringiz bilan baham: