Abduhamid nurmonov


Sinxroniya  va  diaxroniya



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/119
Sana30.12.2021
Hajmi5,54 Mb.
#196159
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   119
Bog'liq
Struktur tilshunoslik Ildizlari va yo'nalishlari A Nurmonov-разблокирован

Sinxroniya  va  diaxroniya
F.de  Sossyurning  tilni  belgilar  sistemasi  sifatida  e ’tirof  etishi, 
nutqiy  faoliyatning  til  va  nutq  dixotomiyasidan  iborat  ekanligi, 
lingvistik belgida o'zgarmaslik va o ‘zgaruvchanlik dixotomiyasining 
mavjudligi,  tilning  ijtimoiyligi  haqidagi  g ‘oyalari,  tabiiy  ravishda, 
tilning vaqtga munosabati g‘oyasini keltirib chiqardi.  Natijada uning 
sinxroniya va diaxroniya  dixotomiyasi haqidagi ta'lim oti  maydonga 
keldi.
F .de  Sossyur  lingvistik  b irlik lar  o ‘rtasidagi  zidlanishlarni 
chorrahaga  qiyoslagan  holda,  til  va  nutq  dixotomiyasini  tilshunos 
d u ch   keladigan  b irin ch i  c h o rra h a,  sinxroniya  va  diaxroniya 
o ‘rtasidagi  zidlanishni  esa  ikkinchi  chorraha  hisoblaydi.  Ikkinchi 
chorrahadan  kesishgan  yo‘llarning  birinchisi  smxroniyaga,  ikkin- 
chisi  esa  diaxroniyaga  yetaklashini  ta'kidlaydi.1
Uning  fikricha,  tilning  bir  necha  qonunlari  bo'lib,  ularning 
barchasining  negizida  sinxroniya  va  diaxroniya  yotadi.
H ar qanday  ijtimoiy qonunlar quyidagi  ikki  muhim  belgiga ega 
bo ‘ladi:  a)  imperativlik;  b)  umumiylik.  U  barchaga  majburiy  va 
barcha  holatlarda,  muayyan  m akon  va  zamon  chegarasida  amal 
qiladi.
Sossyur Fde.  O'sha  asar,  130-bet.
51
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ana  shu  nuqtayi  nazardan  tilga  yondashilsa,  sinxroniya  va 
diaxroniya  yuqoridagi  talablarning  faqat  bittasiga  javob  beradi. 
Tilning sinxron holatidagi  qoidalar ko'pincha umumiy bo'ladi,  lekin 
hech  qachon  majburiy  bo'lmaydi.  Diaxron  holatidagi  qoidalar  esa 
majburiy  bo'ladi,  lekin  hech  qachon  umumiy  bo'lmaydi.
Lingvistik  belgining  o ‘zgarmaslik  va  o ‘zgaruvchanlik  belgisi 
diaxroniya  va  sinxroniya  zidlanishini  talab  qiladi.
Til  va  til  jam oasi  o ‘rtasidagi  m unosabatga  zam on  belgisi 
q o ‘shilishi  bilan  diaxroniya  va  sinxroniya  amal  qila  boshlaydi.
Zam on  belgisining ishtirok etish-etmasligiga  ko‘ra fanlar ikkiga 
bo'linadi:  vaqt  belgisi  m uhim   boMmagan  fanlar;  vaqt  belgisiga 
tayanuvchi  fanlar.
M asalan,  astronomiya,  geologiya  singari  fanlarning  o ‘rganish 
obyektlari sanaluvchi samoviy yoritkichlar va yerning holatlari vaqt 
nuqtayi  nazaridan  turli  o ‘zgarishlarga  uchrasa  ham ,  lekin  bu 
o ‘zgarishiar  yuqoridagi  fanlarning  hozirgi  astronomiya  va  tarixiy 
astronomiya,  shuningdek,  hozirgi  geologiya  va  tarixiy  geologiya 
fanlariga  bo‘linishiga  olib  kelmaydi.
Aksincha,  huquq,  iqtisod singari fanlar zamon belgisiga tayanadi 
va  shu  belgi  asosida  yuqoridagi  fanlar  ikkiga  bo ‘linadi:l)  siyosiy 
iqtisod  va  2)  iqtisodiy  tarix;  1)  huquqshunoslik va  2)  huquq  tarixi. 
Fanning  bu  ikki  yo‘nahshi  obyektni  o ‘rganishda  ikki  xil  asosga 
tayanadi.  Birinchisi  obyektning  muayyan  bir  davrdagi  holatini 
o ‘rganishga  asoslansa,  ikkinchisi  shu  obyektning  ikki  davr oralig‘i- 
dagi  o ‘zgarishini  o'rganishga  asoslanadi.
Shuningdek,  lingvistika  ham   o ‘rganilayotgan  obyektga  qaysi 
nuqtayi  nazardan  yondashishga  ko ‘ra  ikkiga  b o ‘linadi:  1)  sin- 
xron  lingvistika  va  2)  diaxron  lingvistika.
Sinxron  lingvistika  lingvistik  obyektlarning  statik  holatini 
o ‘rganganligi uchun  F.de  Sossyur tom onidan statik lingvistika nomi 
bilan ham ataladi. Aksincha,  diaxron lingvistika obyektning dinamik, 
evolutsion  holatini  o ‘rganadi.  Shuning  uchun  uni  dinamik  lingvis- 
tika,  evolutsion  lingvistika  degan  atam alar  bilan  ham  nomlaydi. 
Lekin  sinxron  lingvistika  diaxron  lingvistika  atamalarini  boshqala- 
ridan  ko ‘ra  m a'qulroq  ko‘radi.‘
Sossyur F.de.  O'sha asar,  114-bct.
52
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sossyurning  fikricha,  tilshunoslikda  xuddi  siyosiy  iqtisodda 
boMgani  kabi,  qiymat  tushunchasiga  duch  kelinadi.  H ar  ikki  fanda 
turli  tabiatga ega bo ‘lgan  narsalar o ‘rtasidagi ekvivalentlik sistemasi 
haqida gap boradi:  siyosiy iqtisodda m ehnatbilan  ish haqi o‘rtasidagi 
ekvivalentlik,  tilshunoslikda  esa  ifodalovchi  bilan  ifodalanmish 
o ‘rtasidagi  ekvivalentlik  haqida  fikr yuritiladi.
Barcha fanlarda ikki  o ‘qni  farqlash  lozim bo'ladi:  1) bir vaqtlilik 
o ‘qi;  2)  ketma-ketlik  (turli  vaqtlilik)  o ‘qi.  Bir vaqtlilik  o ‘qini  A  va 
B  nuqtalarini  tutashtiruvchi  chiziq  bilan,  turli  vaqtlilik  o ‘qini  esa 
  va  D  nuqtalarini  tutashtiruvchi  chiziq  bilan  ifodalagan  holda, 
yuqoridagi  ikki  o ‘qni  quyidagi  sxema  bilan  aks  ettiriladi:

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish