ortiq elementlarning y ig (indisi,
shakl nuqtayi nazaridan yonda-
shuvchi strukturalistlar esa elementlarning o (zaro munosabatidan
iborat butunlik
sifatida izohladilar.
7. S tru k tu r tilshunoslikning barcha y o ‘nalishlari til-n u tq
zidlanishini e'tiro f etadi. Lekin tadqiqotchining ulardan qaysi biriga
tayanib ish k o 'rish i b o 'y ic h a b ir-b irid a n farq qiladi. G los-
sematiklarning tadqiq usuli deduktivlik bo‘lib, umumiyliklardan
xususiyliklarga qarab yo'nalsa, deskriptiv tilshunoslik bevosita
142
www.ziyouz.com kutubxonasi
k u z atish d a b erilg an xusu siy lik larg a ta y an ib ish k o 'ra d i va
xususiyliklardan umumiylikka yo'naladi, induktiv usulga tayanadi.
Bu b ila n d e sk rip tiv tils h u n o s lik a n ’a n av jy tils h u n o s lik k a
yaqinlashadi.
Yuksak darajadagi m av h u m lash tirish g a tay an ish nuqtayi
nazaridan glossematika bilan transformatsion lingvistika bag'ridan
o ‘sib chiqqan generativ Iingvistika, ayrriqsa S.K.Shaum yanning
applikativ modeli umumiylikni tashkil etadi.
Bu jihatdan struktur tilshunoslik bir necha darajalarni tashkil
etadi. Darajalanish qatorida chap qutbni deskriptiv tilshunoslik,
o ‘ng qutbni esa glossematika va generativ lingvistika (applikativ
model) egallaydi. Funksional lingvistika, transformatsion lingvistika
oraliq holatda turadi.
8. Struktur tilshunoslikning darajalanish qatoriga e ’tibor berilsa,
shu narsa ayon bo'Iadiki, zidlanish qatorining chap qutbida turuvchi
an ’anaviy tilshunoslik nomi ostida birlashtirilgan klassik tilshunoslik
bilan zidlanishnfng o ‘ng qutbida turgan struktur tilshunosliknmg
glossematika yo‘nalishi o ‘rtasida o'tib bo‘lmas jarlik yo‘q. Deskriptiv
va transform atsion lingvistika bu ikki tilshunoslikni tutashtirib
turuvchi ko‘prik sanaladi.
9. Funksional lingvistika ham, Amerika strukturalizmi ham,
garchi umumiy belgilari bilan bir umumiy nom ostida birlashsa-
da, lekin ularning har qaysisi o ‘z ichida bir qancha tarmoqlardan
iborat. Xususan, funksional lingvistikada A.Matezius, N.Trubetskoy
bilan Skalichka qarashlari o ‘rtasida muayyan o ‘ziga xosliklar mavjud
bo‘lsa, Amerika staikturalizmida empirizm deb tan olingan Blumfild
qarashlari bilan ratsionalizm deb e 'tiro f etiluvchi N.Xom skiy
qarashlari o ‘rtasida juda katta ziddiyat bor. Birinchisi antimentalistik
xarakterga ega bo ‘lib, faqat shaklga tayangan holda, aniqlikka va
soddalikka intiladi. Bu bilan glossematikaning empirik tamoyillariga
yaqin keladi. Lekin bixeyviorizmga tayanish bilan glossematikadan
farq qiladi. N.Xomskiy esa shakl va mazm un birligini e'tiro f etgan
holda mentalistik g‘oyaga suyanadi. Bu yo‘nalishda tadqiqotlarning
ikki bosqichi e ’tiro f etiladi. Birinchi bosqichda bevosita sezgi
a ’zolarimizga ta ’sir qilayotgan og‘zaki yoki yozma nutq parchalari
tahlil qilinadi. Ikkinchi bosqichda esa ular bir-biriga qiyoslanib,
143
www.ziyouz.com kutubxonasi
u m um iy jih a tla ri aniq lan ad i va ana shu y o ‘l bilan ratsional
gram m atika yaratishga harakat qilinadi. K o‘rinadiki, Amerika
tilshunosligidagi ratsional yo'nalish bilishnm g analiz va sintez
bosqichlarini o ‘zida nam oyon qiladi.
Shu bilan birgalikda Amerika strukturalizmi o ‘z rivojlanishining
bir necha bosqichlaridan iborat bo'lib, ularning biri ikkinchisi uchun
doya rolini o ‘ynaydi. Shu bois Amerika strukturalizmi tarmoqlari
xronologik tartibga ham egadir. Xususan, deskriptiv lingvistika (DL)
bevosita ish tiro k ch ilar (B l) gram m atikasi u c h u n doya rolini
o ‘ynagan b o ‘lsa, BI, o ‘z navbatida,transform atsion lingvistika
(TL)ning paydo bo'lishiga zamin yaratdi.
Transformatsion lingvistika bag'ridan esa generativ va Rossiyada
Shaumyanning applikativ grammatikasi o ‘sib chiqdi.
10.
Struktur tilshunoslik fanlar sistemasida shu qadar obro‘-
e'tibor topdiki, uning tekshirish metodlari boshqa fanlarga ham
ta ’sir qila boshladi. Shuning uchun M .N.Gretskiy strukturalizm
o ‘z tarixini lingvistikada boshlaganini va keyinchalik boshqa fanlarga,
xususan musiqashunoslik va kristalshunoslikka ham ta'sir qilganini
bayon qiladi.1
M ashhur fransuz antropologi Klodo Levi-Strossa 1952-yilda
N yu-Y orkda bo'lib o ‘tgan xalqaro antropologlar simpoziumida
so'zlagan nutqida lingvistikadagi strukturalizmning paydo bo‘lishi
va uning fandagi ahamiyati haqida fikr yuritar ekan, uni fizika
fanlarida amalga oshirilgan N yuton mqilobiga tenglashtiradi. Xuddi
shunga o'xshash fikr Amerika antropologi va lingvisti Jozef Grinbeig
tom onidan ham bayon qilinadi.
rpenKuii M.H.
< b p a n u y 3 C K M H crpyK T ypajiH 3M . -
M., 1971, c. 10.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |