Annotation
Ecology
The present text reveals the causes of the Aral Sea problem and the Aral Sea
problem in the Central Asian region and ways of their elimination.
In addition to them, the book gives numerous information on the
environment and environmental factors, the biosphere and biocenosis, the biotic
relationships between living organisms, ecosystems and their structure,
environmental problems and ways to eliminate them.
Also, this textbook covers the issues of environmental policy and ecological
education of youth.
The textbook is designed for students of the directions of pharmacy, industrial
pharmacy, biotechnology, metrology and vocational education of the Tashkent
Pharmaceutical Institute.
7
KIRISH
Tabiat deganda yer, o‗rmonlar, o‗simlik va hayvonot olami, iqlim, yer
sharida inson yashaydigan tabiiy sharoit va muhit tushuniladi. Inson va tabiat
bir-biri bilan chambarchas bog‗liq. Tabiat inson uchun hayot muhiti va yashash
uchun xomashyo va boshqalarning yagona manbayidir.
Hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida insonning tabiatga ta‘siri
kuchaygan bir paytda undagi ekologik muvozanatni asrash nihoyatda muhim
muammolardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham kelajak avlodni ekologik
jihatdan savodli va yetuk insonlar qilib tarbiyalash, bu borada yoshlar ongida
ekologik tushunchalarni shakllantirish hozirgi kunning dolzarb muammolari
qatoridan o‗rin egallaydi.
Demak, tabiatni muhofaza qilish, ekologik talablarga har doim rioya qilish
va ekologik halokatlarning oldini olish mustaqil davlatimizning sotsial-iqtisodiy,
huquqiy masalasi bo‗libgina qolmay, balki ekologik siyosatning asosiga
aylanishi mumkin.
Chunki ushbu muammoning ortida butun mustaqil davlatimiz, millatning
taqdiri yotibdi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Ekologiya
hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir.
Uni hal qilish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‗lib, sivilizatsiyaning
hozirgi kuni va kelajagi ana shu muammolarning hal qilinishiga bog‗liqdir» deb,
«O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari» asarida ta‘kidlagan. Tabiatning ekologik holatining
buzilishi – tuproq, suv, havoning zararli moddalar bilan ifloslanish, zararlanishi,
o‗simlik va hayvonlar turlarining kamayib borishi, tabiiy landshaftlarning tez
o‗zgarishi, yangi qishloq va shaharlarning paydo bo‗lishi, aholi sonining
ko‗payishi insonning yashash muhitini tubdan o‗zgarishiga sabab bo‗lmoqda.
Respublikamizda tabiatni muhofaza qilish va ekologik muvozanatni
saqlash, yer, suv, yer usti boyliklari – o‗rmon, havo, o‗simlik va hayvonot
8
dunyosi, shifobaxsh o‗simliklardan foydalanish va muhofaza qilishda jiddiy
kamchiliklar mavjud. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan
holda jahon jamoatchiligi e‘tiborini mintaqaning ekologik muammolariga
qaratish lozim. Orol muammosi bugungi kunda chinakam keng ko‗lamli, butun
sayyoramizga daxldor muammo bo‗lib qolganligini, uning ta‘siri hozirning
o‗zidayoq, biologik muvozanatni buzayotganligi, bepoyon hududlarda aholining
genofondiga halokatli ta‘sir ko‗rsatayotganligini nazarda tutish lozim.
Shuni aytib o‗tish lozimki, XXI asrda xalqimizning oldida turgan
muammolardan eng dolzarbi aholi istiqomat qilayotgan mintaqalarni, ularni
o‗rab olgan atrof-muhitni tezroq sog‗lomlashtirish, tabiiy resurslardan
tejamkorlik va oqilona foydalanishga e‘tibor qaratmoq lozim.
Shu masalalarni hal etishda ekologiya fanining vazifasi nihoyatda
muhimdir.
Mamalakatimiz o‗quv yurtlarida ta‘lim olayotgan talabalar mintaqamizda
va butun dunyoda kechayotgan hamda sodir bo‗layotgan ekologik holatlarni
birinchi navbatda tabiat qonunlari, uning ekologik muvozanatlarini, o‗z
vatanidagi o‗simlik va hayvonot dunyosining holatini, atrof-muhit tozaligini,
ular o‗rtasidagi o‗zaro bog‗lanishlarni chuqur bilishlari lozim.
Mazkur darslikda jamiyat va insonning o‗zaro munosabatlari, tabiiy-ilmiy
anglash mohiyati ekologiyaning maqsad hamda vazifalari, bo‗limlari, rivojlanish
tarixi va boshqa fanlar bilan o‗zaro aloqadorligi, asosiy ekologik omillar
Markaziy Osiyo mintaqasidagi ekologik vaziyat, unda Orol va Orol bo‗yidagi
ekologik holatning kelib chiqish sabablari, ularni hal qilish yo‗llari, atmosfera
havosini ifloslantiruvchi manbalar va moddalar hamda ularning organizmlarga
ta‘sir qilish mexanizmlari keltirilgan hamda Respublikamiz va chegaradosh
davlatlarning suv manbalari, undan foydalanishning sanitariya holati hamda suv
sifatining gigiyenik me‘yorlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar yoritilgan.
Ushbu darslikda tuproqni inson va hayvonlar hayotidagi o‗rni,
ifloslantiruvchi
manbalar,
uni
muhofaza
qilish
yo‗llari
hamda
9
Respublikamizning o‗simlik va hayvonot olami, ularni har tomonlama saqlash
bo‗yicha
ma‘lumotlar
O‗zbekiston
Respublikasida
ekologik-iqtisodiy
siyosatning asosiy yo‗nalishlariga bag‗ishlangan ma‘lumotlar ham keltirilgan.
Darslikni yozishda shuningdek, ekologiya bo‗yicha keyingi yillarda
o‗qilgan ma‘ruza matnlaridan ham foydalanilgan. Mazkur darslik ilk marta chop
etilayotganligi bois, ayrim xato va kamchiliklardan xoli bo‗lmasligi mumkin.
Shuning uchun darslikning sifatini yaxshilashga qaratilgan har qanday fikr-
mulohazalar mualliflar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi va qayta
nashrlarda albatta inobatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |