Ishlab chiqarish
jarayonini boshqarishda, investitsiyalar,
ilmiy tekshiruv va tajriba konstruktorlik ishlarini rag‘bat-
lantirish va tartibga solishda davlat tomonidan soliq im
tiyozlaridan keng foydalaniladi. Soliq imtiyozlari rag‘bat-
lantirish va maqsadga muvofiq yo'llanilishiga qarab quyi-
dagilarga bo'linadi. Bular ayrim korxona va tashkilotlami
butunlay soliq to‘lashdan ozod etish hamda yangi tuzilgan
korxonalar uchun soliq toMash bo‘yicha imtiyozlar berish.
Bu imtiyozlar ishbilarmonlik va tadbirkorlik (agar mahsulot
ishlab chiqarishga asoslangan bo‘lsa) rivojlanishiga ijobiy
ta’sir etadi.
Soliq imtiyozlarini qo'llash mexanizmidagi eng
murakkab jarayon bu soliq imtiyozlarini belgilash mezon-
larini adolatli tarzda belgilash hisoblanadi. Ammo qayd
etish joizki, soliq imtiyozlarini belgilash jahon amaliyotida
1.3.4-chiz/na. Soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari.
har bir mamlakatning iqtisodiy siyosatining mazmun-mo-
hiyatidan kelib chiqib belgilanadi va shu jihatdan u turli
davlatlarda turlicha bo'ladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida soliq
imtiyozlarini belgilash muayyan mezonlar asosida amalga
oshirilgan. Soliq imtiyozlarini soliq to‘lovchilaming ijtimoiy
holatiga, respublikada qaysi sohani rivojlantirish ustu-
vorligiga, soliq to‘lovchilarning importning o‘mini bosadi-
gan mahsulotlami ishlab chiqarish va mahsulotni eksport
qilish darajasiga hamda davlatlar o‘rtasidagi halqaro iqti
sodiy munosabatlarga asoslanib belgilangandir. Soliq imti
yozlarining mezonlarini to‘g‘ri, obyektiv aniqlash soliqlar-
ning adolatlilik tamoyilini ifodasi sifatida yuzaga chiqadi.
2. Daromad manbayidan.
3. Daromad egasi daromadni olganidan so'ng (deklarat-
siya boyicha).
Birinchi usul bevosita real soliqlami hisoblash uchun
foydalaniladigan obyektlar (yer, imoratlar va shu kabilar)-
ning bahosi va o‘rtacha daromadliligi to‘g‘risidagi ma’-
lumotlarga ega boigan kadastr yoki reyestrdan foydalani-
lishini taqozo etadi.
Yer kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir xilda-
gi yer uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foydalanilishi va
boshqa belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Har bir guruh uchun
maydon birligining qator yillar uchun o'rtacha daromadlili
gi belgilanadi. Boshqa hamma yer uchastkalari maydon
birligidan soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa toifaga
tenglashtiriladi.
Soliqni to‘lashning kadastrli usulining o‘ziga xos xusu-
siyati sifatida shuni ajratib ko‘rsatish kerakki, soliqning
to'lanish payti daromadning olinishi payti bilan aslo bog‘liq
bo‘lmaydi, chunki bunday usulda mol-mulk uning taxmin
qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida baho-
lanadi. Kadastrli usulda shaharlar va shahar qo‘rg‘onlarida
yer solig'i stavkalarini ishlab chiqishga ular hududini shahar
ayrim tumanlari yerlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy
baholash qiymati bo‘yicha kompleks tarzda baholash asos
qilib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: