1.3.1-chizma. Soliq stavkasi turiari.
larini bir turi sifatida ular orqali ishlab chiqarishni rivojlan
tirishga rag‘batlantirish rolidan foydalaniladi.
Soliq stavkalari ikki xil ko‘rinishda: qat’i stavkalarda va
nisbiy (foiz) stavkalarda ifodalanadi. Soliq stavkasi qat’i
stavkada belgilangan holda soliq obyektiga nisbatan qat’i
so‘mda belgilanadi. Masalan, yer solig‘ining har bir gektari
uchun qat’i so‘mda soliq miqdori o‘matilgan. Yuridik va
jismoniy shaxslaming daromadlariga, mol-mulklariga esa
nisbiy stavkada yoki foizda soliq miqdori belgilangan.
Soliq stavkasi bilan soliqqa tortish obyekti o ‘rtasidagi
bog‘liqlik darajasiga qarab soliq stavkalarini proporsional,
progressiv va regressiv kabi turlarga ajratish mumkin.
Soliq stavkalari undirilishga, mohiyatiga va amal qilishi
nuqtayi nazaridan bir necha turlariga ajratiladi (1.3.1-chiz-
ma).
Soliq stavkalari turlaridan biri - bu proporsional soliq
stavkalari bo‘lib, bu soliq stavkalarining asosiy mohiyati
shundan iboratki, soliq to‘lovchi ega bo'lgan foyda (daro
mad), dividend, oborot yoki mol-mulk qiymatining hajmi
(summasi) qancha bo‘lishidan qat’i nazar bir xil tartibda,
ya’ni bir xil foizda soliq stavkasi qo‘llaniladi. Masalan, divi
dend uchun barcha soliq to'lovchilari soliq stavkasi 10 foiz
qilib belgilangan. Bundan tashqari, qo‘shilgan qiymat solig‘i
stavkasi ham bugungi kunda proporsional soliq stavkasi
hisoblanadi. Har qaysi soliq to‘lovchi qancha oborot (rea-
lizatsiya)ga ega bo‘lishidan qat’i nazar 20 foiz stavka
bo‘yicha soliq to‘laydi. Shuningdek, yuridik shaxslardan
olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha ham proporsional
soliq stavkasi qo'llaniladi. Respublikamiz soliq tizimida
amal qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslaming mol-mulki-
ga soliq uning obyekti 500 ming so‘m bo‘lganida ham 800
ming so‘m bo‘lganida ham soliq stavkasi o‘zgarmay qola-
veradi, ya’ni soliq obyektining o‘zgarishi soliq stavkasining
o‘zgarishiga ta’sir qilmaydi.
Proporsional soliq stavkasi o ‘zgarmas soliq stavkasi
bo‘lib, uning miqdori (foizi) soliq obyektining hajmiga
bog‘liq bo‘lmaydi. Bu bir tomondan yuqori daromadga
(oborotga) ega boigan soliq to'lovchilar uchun qulay soliq
stavkalari hisoblansada, ayrim soliq to'lovchilar uchun
noqulaylik tug‘dirishi mumkin, ya’ni ushbu soliq stavkasi
soliqlaming rag‘batlantiruvchilik rolini bajarmaydi.
Soliq stavkalarining keyingi turi progressiv soliq stavkasi
hisoblanadi. Progressiv soliq stavkasi mohiyati jihatidan
proporsional soliq stavkasiga nisbatan teskari holatda amal
qilib, unga muvofiq soliq to'lovchilaming daromadlari, foy-
dasi yoki oboroti ortib, o‘sib borishiga muvofiq tarzda soliq
stavkasining ham ortib borishi tushuniladi. 0 ‘zbekiston
Respublikasi soliq tizimida buni jismoniy shaxslardan oli-
nadigan daromad solig‘i misolida ko'rish mumkin. Bunga
muvofiq, jismoniy shaxslaming olgan daromadi oshib bo
rishi bilan birga belgilangan shkala asosida soliq stavkasi
ham oshib boradi. Masalan, jismoniy shaxsning umumiy
olgan daromadi eng kam ish haqining olti baravarigacha
miqdoridan 13 foiz stavkada, eng kam ish haqining olti
baravaridan o ‘n baravarigacha bo‘lgan qismidan 18 foiz
stavkada, eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortgan qis
midan esa 25 foiz stavkada soliq undirilishi belgilangan
(2008-yil uchun).
Demak, bundan ko‘rinadiki, progressiv soliq stavkasida
soliq obyektining oshib borishiga mutanosib ravishda soliq
stavkasi ham oshib boradi. Qayd etish lozimki, ko‘pgina
iqtisodiy adabiyotlarda progressiv soliq stavkasi deganda
faqat jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i
bo‘yicha stavkalar keltiriladi. Bundan tashqari, progressiv
soliq stavkalaridan davlat tartibga soluvchi vosita sifatida
ham keng foydalanadi, masalan, respublika soliq qonun-
chiligiga muvofiq me’yoriy muddatlarda o‘matilmagan
yuridik shaxslaming mol-mulkiga belgilangan stavkaning
ikki baravari miqdorida soliq undirish belgilangan bo'lib,
2008-yildan yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i stavkasi 3,5
foiz bo'lgani holda, ulaming me’yoriy muddatlarda
o‘matilmagan mol-mulkidan 7 foiz miqdorida soliq undiri-
ladi.
Progressiv soliq stavkasining ikki turi mavjud: oddiy
progressiya va murakkab progressiya. Oddiy progressiyada
soliqning orttirilgan stavkasi soliqqa tortiladigan barcha
obyektga nisbatan qo'llaniladi, murakkab progressiyada esa
soliqqa tortish obyekti qismlarga bo‘linadi, ulaming har biri
o‘z stavkasi bo'yicha soliqqa tortiladi, ya’ni orttirilgan
stavkalar butun obyektga nisbatan emas, balki bundan
oldingi bosqichdan ortgan qismiga nisbatan qo‘llaniladi.
Jismoniy shaxslaming daromadiga soliq stavkalari murak
kab progressiya hisoblanadi.
Progressiv soliq stavkasining kamchiligi shundaki, bu
soliq stavkalari soliq to'lovchilaming daromad olish man-
faatdorligini rag‘batlantirmaydi, shuning uchun progressiv
soliq stavkalarini qo'llaganda muayyan chegaraga qadar
soliq stavkasini oshib borishini ta’minlagan holda so‘ngra
regressiv soliq stavkalarini joriy etish soliq to‘lovchilar man-
faatlariga mos keladi. Shuning bilan birgalikda ta ’kidlash
lozimki, progressiv soliq stavkalari davlat tomonidan iqti
sodiyotni soliqlar vositasida tartibga solishda alohida aha-
miyatga ega.
Soliq stavkalari haqida gapirganda, proporsional soliq
stavkasi uchun neytral holat xarakterli bo‘lsa, progressiv
soliq stavkasi soliqlaming fiskallik xususiyatini xarakterlay-
di, ya’ni progressiv soliq stavkalarida budjet manfaati
ko‘proq yuzaga chiqadi. Shu jihatdan soliqlardan adolatlilik
tamoyilining amal qilishini ta’minlash maqsadida regressiv
soliq stavkalaridan foydalaniladi.
Regressiv soliq stavkasida soliq to‘lovchining soliqqa
tortiladigan daromadi, oboroti, mol-mulk qiymati kabi
soliq obyektining ortib borishi bilan soliq stavkasining
kamayib borishi ifodalanadi. Bundan ko‘rinadiki, regressiv
soliq stavkasi progressiv soliq stavkasiga nisbatan teskari
hodisani ifodalaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida regressiv soliq
stavkasi, asosan, soliqlaming rag‘batlantiruvchilik rolini
oshirish maqsadida qo‘llanilib, bu asosan korxonalaming
mahsulot (xizmat, ish)ni chetga eksport qilishini rag'bat-
lantirish maqsadida joriy etilgan. Jumladan:
Foyda solig‘i bo'yicha:
Eksportchi korxonalar uchun realizatsiyaning umumiy
hajmida o‘zi ishlab chiqargan tovarlar eksportining erkin
konvertatsiyalanadigan valutaga eksport qilish ulushiga
bog'liq holda daromadga soliq solishning regressiv shkalasi
amal qiladi. Eksport ulushi:
— realizatsiyaning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foiz-
ga qadar bo'lganida belgilangan stavka 30 foizga kamayadi;
— realizatsiyaning umumiy hajmida 30 foiz va undan
ko‘p bo‘lganida belgilangan stavka 2 baravarga kamayadi.
Mol-mulk solig‘i bo'yicha, ham shu tartib amal qiladi.
Respublikamiz soliq tizimida eksport faoliyatini rag‘bat-
lantirishga qaratilgan qator imtiyozlaming mavjudligi milliy
tovar ishlab chiqaruvchilami o‘z mahsulotlarini eksport qi-
lishga yo'naltiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda uzoq yillardan buyon yagona
soliq stavkalarini joriy etish to‘g‘risida bahsli munozaralar
davom etib kelayapti.
Bu qarashlami rus olimlari A. Abalkin, P. Bunich va
boshqalaming ilmiy ishlarida uchratish mumkin. Ulaming
qayd etishlariga ko‘ra korxonalar foydasidan olinadigan
soliq uchun yagona stavka joriy qilish bozor munosabatla-
riga o‘tayotgan davlatlar uchun maqbul va yagona yo‘l
ekanligini ta’kidlaydi. Fikrining isboti tariqasida yagona
stavkani joriy qilishning to'rt sababini ajratib ko'rsatadi:
1. Xo'jalik mexanizmining yagonaligi.
2. Kapitalni sarflash sohalarining soliq munosabatlariga
nisbatan tengligi, bu kapitalni erkin harakat qilishi uchun
asos yaratadi.
3. Barcha korxonalaming soliq to‘lovchilar sifatida dav
lat oldida teng huquqliligi.
4. Bozordagi raqobat kurashida sharoitlaming tengligi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunga qarama-qarshi fikr-
lar ham mavjud. Ana shunday fikrlaiga ko‘ra, barcha kor
xonalar uchun yagona stavkada foydadan soliq olish maq-
sadga muvofiq emasdir. Korxonalaming turlicha moliyaviy
sharoitda bo'lgan hozirgi davr holatida yagona stavkani
qo‘llash korxonaning moliyaviy ehtiyojlari bilan davlat
manfaatlari yuzasidan keskin qarama-qarshiliklami yuzaga
keltiradi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar soliq tizimiga
e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ular amaliyotida soliq stavkala
rini tabaqalashtirilgan holda qo‘llanilishini guvohi bo‘lish
mumkin.
Chunki, soliqlaming rag‘batlantiruvchilik rolini yuzaga
chiqishi, asosan, uch xil ko'rinishda yuzaga chiqadi. Bular
soliq imtiyozlarini amalga oshirish (soliq obyektini kamay-
tirish), soliq to‘lovchilami soliqdan ozod etish hamda soliq
stavkalarini tabaqalashtirish hisoblanadi.
Qayd etish joizki, soliq stavkalarini tabaqalashtirish soliq
tizimi hamda iqtisodiyotning real sektori uchun ham foy-
dali bo'lsada, ammo bu jarayonda eng asosiy muammo
soliq stavkalarini tabaqalashtirish masalasi hisoblanadi.
Agar, soliq stavkalarini tabaqalashtirishda to‘g‘ri va egri
soliqlar holatiga e’tibor beradigan bo‘lsa, egri soliqlarga nis-
batan to‘g‘ri soliqlarda soliq stavkalari ko‘proq tabaqalash-
gan. Buning asosiy sababi, soliqlaming rag‘batlantiruvchilik
roli, asosan, to‘g‘ri va egri soliqlar orqali yuzaga chiqishi,
shunga asoslangan holda soliq stavkalarini tabaqalashtirish-
da to‘g‘ri va egri soliqlar orqali korxonalami turli xil fao-
liyat bo‘yicha rag‘batlantirish hisoblanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq xo'jalik
yurituvchi subyektlardan, asosan, suv manbalaridan tejab-
tergab foydalanish hamda davlat budjetini daromad bilan
ta’minlash sifatida kiritilgan bo'lib, uni tabaqalashtirishda
ikki xil yondashuv amalga oshirilgan, ya’ni suv resurslari
dan foydalanilganlik uchun soliq stavkalari sohalar va
suvlami paydo bo'lish manbalariga ko‘ra tabaqalashtiril-
gandir.
To‘g‘ri soliqlar jumlasiga kiruvchi mol-mulk solig‘i ham
korxonalaming o‘z tasarrufidagi va foydalaniladigan mol-
mulklarining samarali foydalanishga undash va budjet man-
faati nuqtayi nazaridan kiritilgan bo‘lib, mol-mulk solig‘i
bo‘yicha soliq, asosan, proporsional holda o‘matilgan
bo‘lib, u hozirgi kunda (2008-yilda) 3,5 foizlik stavkada
belgilangandir.
Shuningdek, to‘g‘ri soliqlardan biri hisoblangan yagona
soliq to‘lovi kichik biznes subyektlari uchun alohida soliq
turi bo‘lib, u bo‘yicha belgilangan soliq stavkalari ham
tabaqalashgan. Bunda soliq stavkasining tabaqalashtirish
mezoni asosan korxonalaming ishlab chiqarish faoliyati
sohalari bo‘yicha berilgan. Ya’ni, tayyorlov va ta ’minot
korxonalari uchun yalpi daromadga nisbatan 33 foiz, sanoat
va boshqa sohalar uchun 10 foiz, qishloq xo‘jaligi korxo
nalari uchun esa 6 foiz qilib belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida to‘g‘ri soliqlar
dan tashqari egri soliqlar ham amal qilib, ushbu soliq turiari
bo‘yicha ham tabaqalashtirilgan soliq stavkalari qo‘llaniladi
(1.3.2-chizma).
Qo'shilgan qiymat solig‘i eng asosiy soliq turlaridan biri
bo‘lib, bu asosan, oborotdan olinadigan va sotuvdan oli-
nadigan soliqlaming o‘rniga kiritilgan. Qo‘shilgan qiymat
solig‘i bo‘yicha dastlabki yilda 32 foizli stavka qo‘llanilgan
bo‘lsa, bugungi kunda umumiy tartibda 20 foizlik va nollik
stavka bo‘yicha soliq undirilmoqda.
Egri soliqlaming yana bir turi bo‘lgan aksiz solig‘i
bo'yicha ham tabaqalashtirilgan soliq stavkalari qo‘llanilgan
bo‘lib, bu soliq turida soliq stavkalarini tabaqalashtirishda
boshqa soliqlardan farqli ravishda soliq stavkalari soliq
to‘lovchilaming ishlab chiqarish faoliyati sohalar yoki soliq
to‘lovchilaming joylanishiga qarab emas, balki aksiz soli-
g'iga tortiladigan tovarlar ro‘yxati bo'yicha tabaqalashtiril
gan.
Do'stlaringiz bilan baham: |