etadigan hujjat hisoblanadi.
a) mulkiy daromad, fan, adabiyot va san’at asarlarini
yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik
haqqi tariqasida olingan daromad (agar bunday daromad
larga to'lov manbayida soliq solinmagan bo'lsa);
b) asosiy bo'lmagan ish joyidan (O'zbekiston Respub
likasidagi, shuningdek, uning hududidan tashqaridagi man
balardan) daromad olgan jismoniy shaxslar tomonidan
(Asosiy bo'lmagan ish joyidagi mehnat to'lovi bo'yicha
daromad oluvchi jismoniy shaxs buxgalteriyaga eng yuqori
stavka bo'yicha daromadidan soliq ushlab qolinishi haqida
ariza topshirganlar bundan mustasno);
d) rezident — chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan;
Jismoniy shaxslar doimiy istiqomat joyidagi davlat soliq
xizmati organlariga jami yillik daromadlari haqida deklara-
tsiyani quyidagi muddatlarda taqdim etishlari kerak:
• asosiy bo'lmagan ish joyidan (O'zbekiston Respub
likasidagi, shuningdek, uning hududidan tashqaridagi man
balardan) daromad olgan rezident — jismoniy shaxslar
hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay;
• rezident — chet ellik jismoniy shaxslar nazarda tuti-
layotgan daromadlar haqida — O'zbekiston Respublikasiga
kelgan kundan boshlab bir oy mobaynida belgilangan shakl
da.
Chet ellik jismoniy shaxsning faoliyati taqvimiy yil
mobaynida to'xtagan va u O'zbekiston Respublikasidan
chiqib ketadigan bo'lsa, amalda olingan daromadlar haqida
jo'nab ketishdan kamida bir oy oldin deklaratsiya taqdim
etilishi kerak. Yakuniy deklaratsiya belgilangan shaklda
hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay
taqdim etilishi kerak. Agar chet ellik jismoniy shaxs —
O'zbekiston Respublikasi rezidenti joriy yilning 1-fevraliga
qadar doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotgan
bo'lsa, joriy yil uchun daromadlar bo'yicha deklaratsiya
taqdim etilmaydi.
Jismoniy shaxslaming daromadiga solinadigan soliqni
to'lash chog'ida deklaratsiya topshirish orqali soliqlar
quyidagi muddatlarda to'lanadi:
a)
asosiy bo'lmagan ish joyidan daromad olgan rezi
dent — jismoniy shaxslar — jami yillik daromad haqidagi
deklaratsiya ma’lumotlari bo'yicha hisobot yilidan keyingi
yilning 1-iyunidan kechikmay, yil mobaynida qayta hisob-
langanda esa, deklaratsiya davlat soliq xizmati organlariga
taqdim etilgan kundan e’tiboran bir oy ichida;
b)
jismoniy shaxslar — 0 ‘zbekiston Respublikasining
rezidentlari hisoblab chiqarilgan daromad solig'ini xorijiy
davlatda joylashgan bank hisobvarag'idan chet el valutasida
to'lashi mumkin. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan,
milliy valutada ifodalangan soliq jismoniy shaxslardan oli
nadigan daromad solig'i to'langan sanada O'zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs
bo'yicha chet el valutasida qayta hisoblab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: