Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

Jismoniy  shaxslardan 

moniy shaxslaming soliq solinadi- 

olinadigan  daromad 

°  

.. 

. . .

solig'i  bo'yicha  imtiyozlar 

San  daromadiga  quyidagilar  kin-

tilmaydi:

•   mehnat  shartnomasi  bekor  qilinganda  to'lanadigan, 

eng  kam  ish  haqining  o'n  ikki  baravari  miqdori  doirasidagi 

ishdan  bo'shatish  nafaqasi,  davlat  ijtimoiy  sug'urtasi  va 

davlat  ijtimoiy  ta’minoti  bo'yicha  nafaqalar,  ishsizlik 

nafaqalari,  homiladorlik  va  tug'ish  nafaqalari  (vaqtincha 

mehnatga  qobiliyatsizlik  nafaqalari,  shu jumladan,  oilaning 

bemor  a’zosini  parvarishlash  nafaqalari  bundan  mustasno), 

shuningdek,  xayriya  va  ekologiya jamg'armalari  mablag'la- 

ridan  fuqarolarga  pul  va  natura  shaklida  beriladigan 

nafaqalar va  boshqa  yordam  turiari.

Bunda eng  kam  ish  haqi hisobi  uchun  mehnat  shartno­

masi to'xtatilgan kunda amal qilgan  (oxirgi  ishlagan  kunda- 

gi)  oylik  eng  kam  ish  haqining  miqdori  qabul  qilinadi;

•  olinadigan  alimentlar;

•   oliy  o'quv  yurtlari  va  o'rta  maxsus  hamda  hunar- 

texnika  o'quv  yurtlari  hamda  ular  bazasida  tashkil  etilgan 

biznes  maktablari,  shu jumladan,  oliy  va  o'rta  diniy  o'quv




yurtlari  tomonidan  o'z  talabalariga  va  o'quvchilariga  tayin- 

lanadigan  stipendiyalar,  shuningdek,  xayriya  va  ekologiya 

jamg'armalari  mablag'laridan  ta’sis  etiladigan stipendiyalar;

•  davlat pensiyalari,  shuningdek,  ularga  ustamalar (usta- 

malarning  qonun  hujjatlarida  chegaralangan  miqdorigacha);

•   shaxslar  qon  topshirganlik  uchun,  donorlikning 

boshqa turiari  uchun,  ona suti topshirganlik uchun oladigan 

summalar,  shuningdek,  tibbiyot  muassasalarining  xodimlari 

qon  yig‘ib  topshirganliklari  uchun  oladigan  summalar;

•  fuqarolaming  xorijda  ishlashga yuborilishi  munosabati 

bilan davlat budjetidan  moliyalashtiriladigan  muassasalar va 

tashkilotlardan  chet  el  valutasida  oladigan  ish  haqi  sum­

malari  va  boshqa  summalar,  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

summalar  doirasida;

•  jismoniy  shaxslaming  xususiy  mulk  huquqi  asosida 

o‘zlariga  qarashli  bo'lgan  mol-mulkni  sotish  natijasida 

oladigan  summalari,  tadbirkorlik  faoliyati  doirasida  amalga 

oshiriladigan  mol-mulkni  sotish  natijasida  oladigan  daro- 

madlardan  tashqari;

•   jismoniy  shaxslaming  uy  xo‘jaligida  yoki  dehqon 

xo'jaligida yetishtirgan qoramol,  quyon,  nutriya,  baliq,  par- 

randalami  ham  tirik  holatda,  ham  ulami  so‘yib  mahsulot­

larini  xom  va  qayta  ishlangan  holda,  shuningdek,  asalari- 

chilik  mahsulotlarini  va  bunday  xo‘jalikda  yetishtirilgan 

tabiiy  yoki  qayta  ishlangan  dehqonchilik  mahsulotlarini 

sotishdan  olgan  daromadlari  summasi.  Fuqaroda  shaxsiy 

yordamchi  xo‘jalik  mavjudligi  mahalliy  davlat  hokimiyati 

organlari yoki fuqarolar o‘zini o ‘zi  boshqarish organlarining 

ma’lumotnomasi  bilan  tasdiqlanadi;

•   bir  yil  mobaynida  yuridik  shaxslardan  olingan  eng 

kam  ish  haqi  miqdorining  olti  baravarigacha  bo'lgan  sum- 

madagi  qimmatli  sovg'alar  qiymati,  shuningdek,  xalqaro 

hamda  respublika  tanlov  va  musobaqalarida  olingan  sovrin 

buyumlar qiymatining  summasi;

•  meros qilib qoldirish va  hadya qilish  natijasida olingan 

summalar  va  mol-mulk  qiymati,  fan,  adabiyot  va  san’at 

asarlari  mualliflarining  merosxo'rlari  (huquqiy  vorislari) 

oladigan  mualliflik  haqi  summalari  bundan  mustasno;

•   davlat  zayomlarining  obligatsiyalari  va  lotereyalar 

bo'yicha  yutuqlar,  shuningdek,  O'zbekiston  Respublika­

sining  davlat  qimmatli  qog'ozlari  bo'yicha  foizlar;

•  fuqarolaming  sug'urta  bo'yicha  oladigan  summalari;




•  bir yil mobaynida berilgan moddiy yordam summalari:

— tabiiy ofatlar,  boshqa favqulodda holatlar munosabati 

bilan  beriladigan  moddiy  yordam  summalari  —  to'laligi- 

cha;


—  vafot  etgan  xodimning  oila  a’zolariga yoki  oila  a’zo- 

lari  vafot  etganligi  munosabati  bilan  xodimga  beriladigan 

moddiy  yordam  summalari  —  eng  kam  ish  haqining  yigir- 

ma baravarigacha  miqdorda;

—  boshqa  hollarda  —  eng  kam  ish  haqining  o‘n  ikki 

baravarigacha  miqdorda;

•  depozit  sertifikatlar  bo‘yicha  daromadlar,  banklardagi 

omonatlar  va  davlat  xazina  majburiyatlari  bo‘yicha  foizlar 

va  yutuqlar;

•   patent  egasi  bo'lgan  jismoniy  shaxsning  (litsenziar- 

ning)  sanoat  mulki  obyektlaridan  o‘z  ishlab  chiqarishida 

foydalanishdan  yoki  foydalanish  boshlangan  sanadan  e’ti­

boran  amal  qilish  muddati  doirasida  ularga  litsenziyalar 

sotishdan,  shuningdek,  litsenziat  sanoat  mulki  obyektlari­

dan  foydalana  boshlagan  sanadan  e’tiboran  ushbu  foy­

dalanishdan  olgan  daromadi  summasi:

—  ixtirolar  va  seleksiya  yutug‘idan  —  besh  yil  davomi­

da;


—  sanoat  namunasidan  —  uch  yil  davomida;

—  foydali  modeldan  —  ikki  yil  davomida;

•  bolalar  lagerlari  va  boshqa  sog'lomlashtirish  lagerlari- 

ga,  ota-onalaming  bolalari  bilan  dam  olishiga  maxsus 

moijallangan  sanatoriy-kurort  muassasalariga borish  uchun 

bolalar  va  o'smirlarga  beriladigan  yo'llanmalar  qiymatini. 

shuningdek,  o'z xodimlarining ambulatoriya  yoki  statsionar 

tibbiy  xizmatdan  foydalanish  qiymatini  to'liq  yoki  qisman 

kompensatsiyalash  tartibida  korxonalar,  muassasalar  va 

tashkilotlar  o'z  xodimlariga  yoki  ular  uchun  to'lagan  sum­

malar.  Ko'rsatib  o'tilgan  to'lovlar jumlasiga  nogironlaming 

sog'lomlashtirish  va  sanatoriy-kurort  muassasalariga  beril­

gan yo'llanmalari qiymatini,  davolanish va tibbiy xizmatdan 

foydalanish,  nogironlikning  oldini  olish  maqsadida  texnika 

vositalari  sotib  olish  uchun  hamda  nogironlaming  salo- 

matligini  tiklash  uchun  qilingan  xarajatlarni  to'liq  yoki  qis­

man  to'lash  tartibida  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilot­

lar to'lagan  summalar  ham  kiradi;

•   fuqarolaming  ish  haqi  va  soliq  solinadigan  boshqa 

daromadlarining  davlat  korxonalari  mol-mulkini  sotib




olish,  xususiylashtirilayotgan  korxonalar  aksiyalarini  olish 

uchun  yo'naltiriladigan  summalari;

•  vaqtinchalik  bir  martalik  ishlami  bajarishdan  olingan 

daromadlar,  basharti  bunday  ishlar vaqtinchalik  bir  marta­

lik  ish  bilan  ta’minlash  markazlari  ko'magida  amalga  oshi- 

rilayotgan  bo'lsa;

•  xususiy  korxona va fermer xo'jaligi tomonidan  soliqlar 

va  boshqa  majburiy  to'lovlar  to'langanidan  keyin  xususiy 

korxona  mulkdori  va  fermer  xo'jaligining  boshlig'i  ixtiyori- 

ga  kelib  tushadigan  foyda  summasi;

•   O'zbekiston  Respublikasining  davlat  mukofotlari  va 

davlat  pul  mukofotlariga  sazovor  bo'lgan  jismoniy  shaxslar 

olgan bir yo'la beriladigan pul  mukofotlari yoki shunga teng 

bahodagi  esdalik  sovg'alarining  qiymati;

•  olimpiya  o'yinlarida  va  boshqa  xalqaro  sport  muso- 

baqalarida sovrinli o'rinlarni egallaganligi  uchun  sportchilar 

olgan  bir  yo'la  beriladigan  pul  mukofotlari;

•  jamg'arib  boriladigan  majburiy  pensiya  badallari,  ular 

bo'yicha  foizli  daromadlar,  shuningdek, jamg'arib  boriladi­

gan  pensiya  to'lovlari;

•  jismoniy  shaxslar  tomonidan  olingan  ipoteka  kredit- 

larini  hamda  ularga  hisoblangan  foizlami  qoplash  uchun 

yo'naltiriladigan  ish  haqining  va  soliq  solinadigan  boshqa 

daromadlarining  summalari.




Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish