' 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son-
2009-yildan jismoniy shaxslaming ish haqlari, mukofot
pullari va boshqa daromadlaridan soliq stavkasi yuqoridagi
jadval ma’lumotlari asosida hisoblanadi (4.3.1-jadval).
Soliq solish maqsadlari uchun eng kam ish haqining
miqdori yil boshidan e’tiboran ortib (o‘sib) boruvchi yakun
tarzida hisoblanadi.
Norezident jismoniy shaxslaming doimiy muassasa
bilan bog‘liq bo'lmagan holda O'zbekiston Respublikasidagi
manbadan olgan daromadlariga ulami to'lash manbayida
chegirmalarsiz, quyidagi stavkalar bo'yicha soliq solinadi:
• dividend va foizlar — 10 foiz;
• xatami sug'urtalash yoki qayta sug'urtalashga to'lan
gan sug'urta mukofotlari — 10 foiz;
• O'zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar o'rtasida
harakat qatnovida xalqaro aloqa uchun telekommunikat-
siyalar yoki transport xizmatlari (fraxtdan daromadlar) —
6 foiz;
• royalti, ijaradan kelgan daromadlar, xizmatlar ko'rsa-
tishdan kelgan daromadlar, shu jumladan, boshqaruv
bo'yicha xizmatlar, maslahatlaiga oid va boshqa daromad
lar — 20 foiz;
To'lov manbayida soliq solish, to'lov O'zbekiston Res
publikasi ichida yoki undan tashqarida amalga oshiril-
ganidan qat’i nazar, qo'llaniladi.
Jismoniy shaxslarga to'lanadigan dividendlar va foiz-
larga 10 foizlik stavka bo'yicha to'lov manbayida soliq soli
nadi.
Bunda soliq solish maqsadida dividendlaiga aksiyalar
bo'yicha hamda qimmatli qog'ozlardan olinadigan daro
madlar kiradi. Foizlarga qarz majburiyatlari va xo'jalik
yurituvchi subyektning ustav sarmoyasida ulushbay
ishtirokidan keladigan daromadlar va boshqalar kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan (12-
ilova) ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavo-
zimlar va ko'rsatkichlaming 1, 2 va 3-son ro'yxatlariga ki
ritilgan o'ta zararli, o'ta og'ir, zararli va og'ir sharoitli ish-
larda band bo'lgan xodimlaming daromadlariga belgilangan
stavkalar bo'yicha soliq solinadi. Bunda yuqorida aytib
o'tilgan fuqarolar toifalaridan daromad solig'i olish darajasi
20 foizdan oshmasligi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining ko'rsatib o'tilgan qarori bilan tasdiqlangan
1-son ro‘yxatning 3-qismi hamda 2-son ro'yxatning 1-qis-
mida qayd etilgan ishlarda band bo'lgan ayollaming daro
madidan soliq olish darajasi ham 20 foizdan oshmasligi
lozim.
0 ‘ta zararli, o'ta og‘ir, zararli va og‘ir sharoitli ishlarda
band bo'lgan xodimlaming daromadlariga solinadigan
soliqni hisoblab chiqarish belgilangan tartibga muvofiq
amalga oshiriladi (18-ilova).
Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari bilan bog'liq bo'lgan
qo'shimcha to'lovlarga (ish stajiga ustamalar, baland
tog'lik, dasht va suvsiz tumanlardagi ishlar uchun belgilan
gan koeffitsientlar bo'yicha to'lovlarga) eng kam stavka
bo'yicha soliq solinadi. Bundan tashqari, korxonalar, muas
sasalar, tashkilotlar tomonidan vaqtinchalik qishloq xo'jali
gi ishlariga yuborilgan jismoniy shaxslaming shu ishlami
bajarishdan olingan daromadlariga ham eng kam stavka
miqdorida soliq solinadi.
Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni
hisoblab chiqarishda dividendlar va foizlar bo'yicha daro
madlar, qo'shimcha to'lovlar jami daromad tarkibidan
hisobdan chiqariladi.
Soliq qonunchiligiga ко ‘ra jis-
Do'stlaringiz bilan baham: