Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

Jismoniy  shaxslaming  daromadiga  solinadigan  soliqni 

to ‘lashdan  quyidagilar to ‘laligicha  ozod qilinadilar:

•  xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining bosh- 

liqlari  va  a’zolari  hamda  konsullik  muassasalarining  man­

sabdor  shaxslari,  ulaming  o'zlari  bilan  birga  yashaydigan 

oila  a’zolari,  agar  ular  O'zbekiston  Respublikasi  fuqarosi 

bo'lmasa,  O'zbekiston  Respublikasidagi  manbalardan  oli­

nadigan,  diplomatlik  va  konsullik  xizmati  bilan  bog'liq 

bo'lmagan  daromadlaridan  tashqari  barcha  daromadlari 

bo'yicha;

•  xorijiy  davlatlar  diplomatiya  vakolatxonalari  va  kon­

sullik  muassasalarining  ma’muriy-texnik  xodimlari  va 

ulaming  o'zlari  bilan  birga  yashaydigan  oila  a’zolari,  agar 

ular  O'zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  bo'lmasa  yoki 

O'zbekiston  Respublikasida  doimiy  yashamasa  O'zbekiston 

Respublikasidagi  manbalardan  olinadigan,  diplomatlik  va 

konsullik  xizmati  bilan  bog'liq  bo'lmagan  daromadlaridan 

tashqari  barcha  daromadlari  bo'yicha;



•  xorijiy  davlatlar  diplomatiya  vakolatxonalariga,  kon­

sullik muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar tarkibi­

ga  kirgan  shaxslar,  agar  ular  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

fuqarosi  bo‘lmasa  yoki  0 ‘zbekiston  Respublikasida  doimiy 

yashamasa  o‘z  xizmati  yuzasidan  oladigan  barcha  daro­

madlari  bo'yicha;

•  xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalariga va kon­

sullik  muassasalari xodimlarining uylarida  ishlovchilar,  agar 

ular  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  bo‘lmasa  yoki 

0 ‘zbekiston  Respublikasida  doimiy  yashamasa  o‘z  xizmati 

yuzasidan  oladigan  barcha  daromadlari bo'yicha;

•   hukumatga  qarashli  bo'lmagan  xalqaro  tashkilotlar- 

ning  mansabdor shaxslari  —  agar ular  O'zbekiston  Respub­

likasi  fuqarosi  bo'lmasa,  ushbu  tashkilotlarda  olgan  daro­

madlari  bo'yicha;

•  Mudofaa,  Ichki  ishlar va  Favqulodda vaziyatlar vazir- 

liklarining,  Milliy  xavfsizlik  xizmatining  harbiy  xizmatchi- 

lari,  ichki  ishlar  organlari  va  bojxona  organlarining  oddiy 

xizmatchilari  va  boshliqlari  tarkibiga  mansub  shaxslar, 

shuningdek,  o'quv yoki sinov yig'inlariga chaqirilgan harbiy 

xizmatga  majburlar  —  xizmatni  o'tash  (xizmat  vazifasini 

bajarish)  munosabati  bilan  olgan  pul  ta’minoti,  pul  muko­

fotlari  va  boshqa  to'lov  summalari  bo‘yicha;

•  gastrol-konsert  faoliyati  bilan  shug‘ullanish  huquqini 

beruvchi  litsenziyasi  bo'lgan  shaxslar  gastrol-konsert  faoli­

yatidan  olingan  daromadlari  bo‘yicha;

•  mansab darajalari bor prokuratura organlari xodimlari.

Quyidagi  soliq  to 'lovchiiarning  daromadlari  jismoniy

shaxslar  daromadiga  solinadigan  soliqni  har  bir  to‘liq  oy 

uchun  eng kam  ish  haqining to'rt baravari miqdorida to'lash­

dan  ozod etiladi:

a) 


0 ‘zbekiston  Qahramoni,  Sovet  Ittifoqi  Qahramoni, 

Mehnat  Qahramoni  unvonlariga  sazovor  bo'lgan  shaxslar, 

uchala  darajadagi  Shuhrat  ordeni  bilan  taqdirlangan  shaxs­

lar,  urush  nogironlari  yoxud  ikkinchi  jahon  urushi  yillari- 

dagi  urush  davrida  yoki  harbiy  xizmatning  boshqa  majbu- 

riyatlarini  bajarish  chog'ida  yaralanish,  kontuziya  bo'lish 

yoki  shikastlanish  oqibatida  yoxud  frontda  bo'lish  bilan 

bog'liq  kasallik  tufayli  nogiron  bo'lib  qolgan  harbiy  xiz- 

matchilar jumlasidan  bo'lgan  boshqa  nogironlar,  sobiq par- 

tizanlar jumlasidan  bo'lgan  nogironlar,  shuningdek,  pensiya




ta’minoti  bo‘yicha  mazkur  toifadagi  harbiy  xizmatchilaiga 

tenglashtirilgan  boshqa  nogironlar;

b) 

xizmatni  harakatdagi  armiya  tarkibiga  kiigan  harbiy 



qismlar,  shtablar  va  muassasalarda  o‘tagan  harbiy  xizmat- 

chilar,  sobiq  partizanlar jumlasidan  bo'lib,  fuqarolar urushi 

va  ikkinchi  jahon  urushi,  sobiq  Ittifoqni  himoya  qilish 

bo'yicha  boshqa  jangovar  operatsiyalaming  qatnashchilari, 

ikkinchi  jahon  urushi  yillaridagi  urush  davri  mehnat  fron- 

tining  faxriylari  va  konsentratsion  lagerlaming  sobiq  yosh 

tutqunlari;

d)  Leningrad  qamali  paytida  1941-yil  8-sentabrdan 

1944-yil  27-yanvargacha  bo'lgan  davrda  shu  yerda  ishlagan 

fuqarolar;

e)  ichki  ishlar  organlarining  boshliqlari  va  oddiy  xiz- 

matchilari  jumlasidan  bo'lib,  xizmat  vazifalarini  bajarish 

chog'ida  yaralanish,  kontuziya bo'lish  va  shikastlanish  oqi­

batida  nogiron  bo'lib  qolganlar;

f)  bolalikdan  nogiron  bo'lib qolganlar,  shuningdek,  1  va 

II  guruh  nogironlari;

g)  o'n  va  undan  ortiq  bolasi  bo'lgan  ayollar;

h)  sobiq  Ittifoqni  himoya  qilish  yoxud  harbiy  xizmat- 

ning  boshqa  majburiyatlarini  bajarish  chog'ida  yaralanish, 

kontuziya  bo'lish  yoxud  shikastlanish  oqibatida  yoki  front- 

da bo'lish bilan bog'liq  kasallik  tufayli  halok bo'lgan  harbiy 

xizmatchilarining  ota-onalari  va  rafiqalari.

«Halok  bo'lgan  jangchining  bevasi  (onasi,  otasi)» 

shtampi  bosilgan  yoki  pensiya  guvohnomasini  bergan 

muassasa  muhri  va  rahbarining  imzosi  bilan  tasdiqlangan 

tegishli  yozuv  qayd  etilgan  pensiya  guvohnomasi  asosida 

imtiyoz  taqdim  etiladi.

Sobiq  Ittifoqni  himoya  qilish  yoki  harbiy  xizmatning 

boshqa  majburiyatlarini  bajarish  chog'ida  yoxud  frontda 

bo'lish  bilan  bog'liq  kasallik  tufayli  halok  bo'lgan  harbiy 

xizmatchilaming  rafiqalariga  faqat  ular  ikkinchi  marta  tur- 

mush  qurmagan  taqdirda,  imtiyoz  taqdim  etiladi;

i)  xizmatni  Afg'oniston  Respublikasida  va  jangovar 

harakatlar  olib  borilgan  boshqa  mamlakatlarda  vaqtincha 

bo'lgan  qo'shinlaming  cheklangan  kontingenti  tarkibida 

o'tagan  harbiy xizmatchilar  hamda o'quv va  sinov yig'inla- 

riga  chaqirilgan  harbiy xizmatga  majburlar;

j)  Chemobil  AESdagi  falokat  oqibatida  jabr  ko'rgan 

shaxslar.



Tibbiy-mehnat  ekspertiza  komissiyasi  ma’lumotnomasi, 

nogironning  maxsus  guvohnomasi,  Chemobil  AESdagi 

avariya oqibatlarini  tugatish  ishtirokchisining guvohnomasi, 

shuningdek,  imtiyoz  taqdim  etilishida  asos  hisoblanadigan 

boshqa  vakolatli  oiganlar  tomonidan  berilgan  hujjatlar 

asosida  imtiyoz  beriladi;

k)  ikki va undan  ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari 

bor yolg‘iz  onalar.

Mehnat  va  ijtimoiy  ta’minot  organlari  tomonidan  beri­

ladigan  «yolg'iz  onaning  shaxsiy  daftarchasi»  asosida  imti­

yoz  beriladi;

1) 


ikki va undan ortiq bolasi bor va boquvchisini yo'qot- 

ganlik  uchun  pensiya  olmaydigan  beva  ayol  va  beva  erkak- 

lar.

Turmush  o‘rtog‘i  (ayoli)  vafot  etganligi  to‘g‘risidagi 



guvohnoma  va  bolalarining  mavjudligini  hamda  qayta  ni- 

kohdan  o‘tmaganligini  tasdiqlovchi  pasport,  boquvchisini 

yo‘qotganligi  tufayli  pensiyasining  tayinlanmaganligi  to'g'­

risida mehnat va ijtimoiy ta’minot organlarining ma’lumot­

nomasi  imtiyoz  berilishida  asos  hisoblanadi;

m)  bolaligidan  nogiron  bo'lgan  va  doimiy  parvarishni 

talab  qiladigan  farzandi  bilan  birga  yashab,  uni  tarbiya- 

layotgan  ota-onasidan  biri.

Pensiya  guvohnomasi  yoki  doimiy  parvarish  talab  eti- 

lishini  tasdiqlovchi  sog'liqni  saqlash  muassasasining  tibbiy 

ma’lumotnomasi,  birga  yashashligi  haqida  —  fuqarolar 

o'zini  o'zi  boshqarish  organining  ma’lumotnomasi  asosida 

imtiyoz  taqdim  etiladi.

Jismoniy  shaxslaming  imtiyozlarga  bo'lgan  huquqi  ular 

hisobot  yili  uchun  tegishli  hujjatlami  taqdim  etganida 

vujudga  keladi.

Hisobot  yili  uchun  eng  kam  ish  haqining  to'rt  baravari 

miqdoridagi  imtiyoz  imtiyozlarga  bo'lgan  huquq  yuzaga 

kelgan  oy  boshidan  taqdim  etiladi.

Eng  kam  ish  haqining  to'rt  baravari  miqdoridagi  im­

tiyoz jismoniy shaxslaming asosiy ish joyida,  agar asosiy  ish 

joyi  mavjud  bo'lmasa,  unda  yashash  joyidagi  davlat  soliq 

xizmati  organlari  tomonidan  jami  yillik  daromad  to'g'ri- 

sidagi deklaratsiya asosida soliq hisoblab chiqarishda qo'lla­

niladi.

Fuqaro  imtiyozlarga  bo'lgan  huquqni  yo'qotganligini 

15  kundan  kechiktirmay,  undan  soliq  ushlab  qoladigan



korxona,  muassasa,  tashkilot,  shuningdek,  jismoniy  shaxs- 

lami  yoxud  soliq  organini  (agar  mazkur  organ  hisob-kitob- 

ni  amalga  oshirsa)  ma’lum  qilishi  lozim.

^  


....... 

Chet  ellik  jismoniy  shaxslarga



? a r n l T ^ r o Z ^ a  slTq  O'zbekiston  Respublikasi  hudu- 


Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish