Mavzuga doir masalalar
1-masala. Jismoniy shaxsga 2007-yilning may va iyun
oylarida 270000 so'm (135000+135000) ish haqi hisoblan
gan. May oyi uchun 29400 so'm soliq ushlangan. Jismoniy
shaxsdan iyun oyida ushlanishi lozim bo'lgan daromad
solig'i summasini aniqlang.
Yechilishi:
1. STD= 270000 so'm.
2. May va iyun oylari uchun eng kam ish haqi 24800
so'm (12400 + 12400) ni tashkil etadi.
24800 x 5 (karra) = 124000.
24800 x 10 (karra) = 248000.
124000 x 13 % = 16120 so'm.
16120 + ((248000 - 124000)x 18%) = 16120 + 22320=
= 38440.
38440 + ((270000 - 24800) x 25 %) = 38440 + 5500 =
43940.
3. Iyun oyi uchun ushlanishi lozim bo'lgan soliq sum
masi 43940 — 29400 = 14540 so'mni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |