Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

Yer solig'ini  hisoblab 

Jismoniy  shaxslar  uchun  yer 



chiqarish  tartibi 

solig'ini  davlat  soliq  organlari­

ning  xodimlari  hisoblab  chiqaradi.  Davlat  soliq  xizmati 

organlari yer uchastkalari  mulkdorlari,  yer egalari  yoki  yer­

dan  foydalanuvchilar  yoki  ijarachilar  bo'lgan  jismoniy 

shaxslaming  muntazam  hisobini  yuritadilar.

Dehqon xo'jaliklari  (yuridik shaxsni tashkil etmaganlari) 

hisoblab yozilgan yer solig'i  umumiy summasining  95  foizi­

ni  budjetga  va  5  foizini  Dehqon  va  fermer  xo'jaliklarini 

qo'llab-quwatlash jamg'armasiga  to'laydilar.  Shu  munosa- 

bat  bilan  davlat  soliq  organlari  dehqon  xo'jaliklariga  yozi- 

ladigan  to'lov  xabamomalarida  budjetga  to'lanadigan  yer 

solig'i  summasi  va  Jamg'armaga  to'lanadigan  yer  solig'i 

summasini  alohida  ko'rsatadilar.

Soliq to'lanishi to'g'risidagi  to'lov xabamomalari jismo­

niy  shaxslarga  davlat  soliq  organlari  tomonidan  har  yili, 

joriy yilning  1-mayidan  kechiktirmay  topshiriladi.

Yer  uchastkalarining  maydoni  o'zgarganda  va  yil  davo­

mida  imtiyoz  huquqi  paydo  bo'lganda yoki  bekor  qilingan- 

da  davlat  soliq  organlari  bir  oy  davomida  soliqni  qayta 

hisob-kitob qilishlari va soliq to'lovchiga to'lash muddatlari 

o'zgarganini  hisobga  olgan  holda  yangi  yoki  qo'shimcha 

to'lov  xabamomasini  taqdim  etishlari  shart.

Jismoniy  shaxslarga  shahar  va  qo'rg'onlarda  yakka  tar­

tibda  uy-joy  qurish  uchun  berilgan  yer  uchastkalarining 

maydonlari  yakka  tartibdagi  uy-joylami  hisobga  olish  va 

nazorat  qilish  shahar yoki  tuman boshqarmasi yoxud  ishlab 

chiqarish  uy-joy  inspeksiyasining  mavjud  materiallari 

bo'yicha  hisobga  olinib,  har yili  naturada  aniqlashtiriladi.

Jismoniy  shaxslarga  qishloq joylarda  shaxsiy  yordamchi 

xo'jalik  (dehqon  xo'jaligi)  yuritish  uchun  berilgan  yer 

uchastkalari  tomorqa  yerlardan  va  jamoat  yerlarida 

qo'shimcha  ajratilgan  yer  uchastkalaridan  iborat  bo'lishi 

mumkin.  Bunday holda tomorqa yerlar maydoni yer kadas- 

tri  ma’lumotlari  bo'yicha  qabul  qilinib,  yuz  bergan  o'zga- 

rishlar  har  yili  naturada  aniqlashtiriladi.  Jamoat  yerlarida 

qo'shimcha  ajratilgan  yer  uchastkalari  maydoni  xo'jalik- 

laming  ma’lumotlari  bo'yicha  hisobga  olinib,  har yili  aniq­

lashtiriladi.

Agar jismoniy shaxs  yakka  tartibda  uy-joy qurilishi  yoki 

shaxsiy  yordamchi  xo'jalik  (dehqon  xo'jaligi)  yuritish 

uchun  berilgan  yer  uchastkasida  tadbirkorlik  faoliyati  bilan




shug‘ullansa  yoki  yerdan  maqsadli  foydalanishni  o'zgartir- 

masdan  o'z  uyini  ofis  sifatida  rasmiylashtirsa, bunda  undan 

yer  solig'i  yakka  tartibda  uy-joy  qurilishi  yoki  dehqon 

xo'jaligini  yuritish  uchun  berilgan  yerlar  uchun  belgilangan 

stavkalar bo'yicha  undiriladi.

Ko'p  xonadonli  turar  joylarda  yashaydigan  jismoniy 

shaxslardan  yer solig'i  undirilmaydi.  Xonadondan yoki  ko'p 

xonadonli  turar joylaming bir qismidan odamlarning yasha- 

shi  bilan  bog'liq  bo'lmagan  maqsadlarda  foydalanilganda, 

belgilangan  tartibda  xonadonning  umumiy  maydonidan 

kelib  chiqib,  yer solig'ining tegishli  hissasi  undiriladi.

Egalik  qilish  huquqi  meros  bo'yicha  turar joy,  noturar 

imorat  va  inshootlar,  bog'  uychasi  o'tishi  bilan birga  o'tgan 

yer  uchastkalari  uchun  yer  solig'i  merosxo'rlardan,  meros 

qoldiruvchining  soliq  majburiyatlarini  hisobga  olgan  holda 

undiriladi.

........Jismoniy  shaxslar  hisoblangan

yilHk 


solig-ini  ,eng  utehlar- 

da  yiliga  ikki  muddatda  —  15- 

iyundan  va  15-dekabrdan  kechiktirmay  to'laydilar.  To'lan­

gan  soliq  summasi  belgilangan  tartibda  mahalliy  budjetga 

tushadi.

Yil  davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun  soliq yer 

uchastkasi  ajratilgan  oydan  keyingi  oydan  boshlab  to'lana­

di.  Masalan,  vakolatli  hokimiyat  organining  15-sentabrdagi 

qarori bilan korxonaga yer ajratilsa,  u yer solig'ini  1-oktabr- 

dan  boshlab  to'laydi.

Yer  solig'i  to'lovchi  jismoniy  shaxslar  davlat  soliq  xiz­

mati  organlarining  qarorlari  va  ular  mansabdor  shaxslari- 

ning  harakatlari  ustidan  davlat  soliq  xizmatining  yuqori 

organlari  yoki  sudga  shikoyat  qilish  huquqiga  egadirlar. 

Davlat  soliq  xizmati  organlari  soliqning  to'g'ri  hisoblab 

chiqarilishi  va  o'z  vaqtida  to'lanishi  ustidan  belgilangan 

qonun  hujjatlariga  muvofiq  nazoratni  amalga  oshiradilar.

Mavzuga  doir masalalar

1-masala. 

Fuqaro  Safarova  Shahzoda  2008-yil  10-yan- 

varda  Toshkent  viloyati,  Qibray  tumanidan  6  sotix  yer 

uchastkasini  uy-joy  qurish  uchun  sotib  oldi.

Fuqaro  Safarova  Shahzoda  sotib  olgan  yer  uchastkasi 

uchun  qancha  miqdorda  yer  solig'ini  to'lashi  lozim.  Yer 



solig'i summasini hisoblang.


2-masara.  Fuqaro  Ramozonov  Akbar  Surxondaryo  vi- 

loyatining  Denov  tumanida  yashaydi.  Uning  yer  uchast­

kasi  15  sotixni  tashkil  etadi.

Fuqaro  Ramozonov Akbar yer uchastkasi  uchun qancha 

miqdorda  yer  solig‘ini  to‘lashi  lozim.  Yer solig'i  summasini 

hisoblang.


Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish