Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

Yer solig'i  stavkalari va 

Jismoniy  shaxslardan  undiriladi-



soliqdan  imtiyozlar

gan  yer  solig‘i  stavkalari  0 ‘zbe- 



227


kiston  Respublikasi  Prezidenti  qarori  bilan  belgilanadi  va 

soliq  to‘lovchilarga  Moliya vazirligi,  Davlat  soliq  qo'mitasi 

va  uning  quyi  organlari  tomonidan  belgilangan  tartibda 

xabar qilinadi.

Berilgan yerlardan ikki yil davomida foydalanmagan jis­

moniy  shaxslardan  yer  solig'i  uch  baravar  miqdorida 

undiriladi.

Jismoniy  shaxslar  foydalanadigan  (shu  jumladan,  yer 

solig'ini  to'lashdan  ozod  etilgan),  davlat  hokimiyati  organ­

lari  tomonidan  ajratilgan  maydonlardan  ortiqcha  yer 

uchastkalari  uchun  yer  solig'i jismoniy  shaxslar  uchun  1,5 

koeffitsientini  qo'llagan  holda  to'lanadi.  Davlat  hokimiyati 

organlari  tomonidan  ajratilgan  maydonlardan  ortiqcha  foy­

dalaniladigan  yerlar  uchun  yuqorida  ko'rsatilgan  koeffi- 

tsientni  qo'llagan  holda  yer  solig'i  to'lanmagan  taqdirda 

soliq  to'lovchilarga  nisbatan  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

moliyaviy jazo  choralari  qo'llanadi.

Davlat  hokimiyati  organlari  tomonidan  ajratilgan  yer 

uchastkalari  maydoni  yer  berish  to'g'risida  davlat  hokimi­

yati  organlarining  qarori,  yerga  egalik  qilish  yoki  undan 

foydalanish huquqi uchun  davlat dalolatnomasi,  yemi  ijara­

ga  olish  shartnomasi,  yer  uchastkasiga  bo'lgan  huquqlami 

ro'yxatdan  o'tkazish  to'g'risidagi  guvohnoma  va  yer 

uchastkasiga  bo'lgan  huquqni  tasdiqlaydigan  boshqa  hujjat- 

larga  ko'ra  belgilanadi.

Yer  uchastkasiga  nisbatan  mulk,  egalik  qilish  yoki 

undan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan  hujjatlar mavjud 

bo'lmasa,  soliq  butun  maydon  uchun  yuqorida  ko'rsatilgan 

oshirish  koeffitsientlarini  qo'llagan  holda to'lanadi.

Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan 

yer  uchastkalaridan  soliq  korxonalar,  muassasalar  va  tash­

kilotlar  uchun  tasdiqlangan  stavkalar  bo'yicha  undiriladi. 

Jismoniy  shaxslar  uchun  yer  solig'ini  hisoblab  chiqarish 

do'konlar,  oshxonalar,  ustaxonalar va tadbirkorlik faoliyati­

da  foydalaniladigan  boshqa  obyektlar  uchun  foydalaniladi­

gan  yer  uchastkalari  uchun  amalga  oshiriladi.



Soliq  kodeksiga  ko'ra  quyidagi  jismoniy  shaxslar  yer 

solig'idan  ozod qilinadilar:

•  


yaylov  chorvachiligining  cho'ponlari,  yilqiboqarlari, 

mexanizatorlari,  veterinar  vrachlari  va  texniklari,  boshqa 

mutaxassislari  va  ishchilari;



•   O'zbekiston  Qahramoni,  Sovet  Ittifoqi  Qahramoni, 

Mehnat  Qahramoni  unvonlariga  sazovor  bo'lgan  shaxslar, 

uchala  darajali  Shuhrat  ordeni  bilan  taqdirlanganlar,  ikkin­

chi  jahon  urushi  yillaridagi  urush  nogironlari  va  qatnash- 

chilari;

•   xizmatni  Afg'oniston  Respublikasida  va  jangovar 

harakatlar  olib  borilgan  boshqa  mamlakatlarda  vaqtincha 

bo'lgan  qo'shinlarning  cheklangan  kontingenti  tarkibida 

o'tagan  harbiy  xizmatchilar  hamda  o'quv  va  sinov  yig'inla- 

riga  chaqirilgan  harbiy  xizmatga  majburlar;

•  haqiqiy  muddatli  harbiy  xizmatga  chaqirilgan  harbiy 

xizmatchilaming  oilalari  —  xizmat  muddatiga;

•  I  va  II  guruh  nogironlari;

•   yolg'iz  pensionerlar.  Soliq  solish  maqsadlari  uchun 

yolg'iz  pensionerlar deganda bir o'zlari  yoki voyaga  yetma- 

gan  bolalari  yoki  nogiron  bolasi  bilan  birgalikda  alohida 

uyda,  kvartira  yoki  yotoqxonada  yashaydigan  pensionerlar 

tushuniladi;

•  boquvchisini  yo'qotgan  ko'p bolali  oilalar.  Soliq solish 

maqsadlarida  boquvchisini  yo'qotgan  ko'p  bolali  oilalar 

deganda  ota-onadan  biri  yoki  ikkalasi  vafot  etgan  hamda 

oilada  16  yoshga  yetmagan  5  va  undan  ortiq  bola  bo'lgan 

oilalar  tushuniladi;

•   Chemobil  AESdagi  falokat  oqibatlarini  tugatishda 

ishtirok  etgan  shaxslar;

•   ko'chirib  keltirilgan  fuqarolar  kelib  joylashgan  yer 

uchastkalari  bo'yicha  —  yer  uchastkalari  berilgan  vaqtdan 

e’tiboran  besh  yilga;

•  shaxsiy  pensiya  tayinlangan  shaxslar;

Yuqorida  ko'rsatilgan  imtiyozlar  yer  uchastkalari  yakka 

tartibda  uy-joy  qurilishi  va  shaxsiy  yordamchi  xo'jalik 

(dehqon  xo'jaligi)  yuritish  uchun  qonun  hujjatlarida  nazar­

da  tutilgan  me’yorlar  doirasida  taqdim  etilgan  jismoniy 

shaxslargagina  tatbiq  etiladi.

Yer  solig'i  to'lanmaydigan  yer  uchastkalarining  may­

donlari  yer  uchastkasiga  huquqni  tasdiqlaydigan  hujjatlarga 

binoan  qabul  qilinadi.

Imtiyoz  huquqi  yer  solig'ini  to'lashdan  ozod  etilgan 

shaxslar  yashaydigan  va  birgalikda  xo'jalik  yuritadigan 

butun  oilaga tatbiq  etiladi.





Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish