Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

tartibi 

xizmati  organlari  tomo­

nidan  hisoblab  chiqariladi.

Mol-mulk  solig'i  bo'yicha  imtiyozlar  huquqiga  ega 

bo'lgan shaxslar zarur hujjatlami davlat soliq xizmati organ­

lariga  taqdim  etadilar.

Imoratlar,  binolar va  inshootlar uchun  mol-mulk solig'i 

ulaming har yil  1-yanvardagi holati yuzasidan texnik inven- 

tarizatsiyalashning  hududiy  kadastr  byurolari  taqdim  etadi­

gan  inventarizatsiya  qiymatiga  doir  ma’lumotlar  asosida 

hisoblab  chiqariladi,  bunday  ma’lumotlar  bo'lmagan  taq­

dirda  esa  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  qarori  bilan 

belgilangan  mol-mulkning  shartli  qiymati  qabul  qilinadi.

Bir  necha  mulkdoming  ulushbay  asosidagi  umumiy 

mulki  bo'lgan  imoratlar,  binolar  va  inshootlar  uchun  mol- 

mulk  solig'i  har  bir  mulkdor  tomonidan  ushbu  imoratlar,




binolar  va  inshootlardagi  ulushiga  mutanosib  ravishda 

to'lanadi.  Yangi  imoratlar,  binolar  va  inshootlar  bo'yicha 

soliq  ular  barpo  etilgan  yoki  olingan  yildan  keyingi  yilning 

boshidan  e’tiboran  to'lanadi.

Meros  bo'yicha  o'tgan  mol-mulkdan  soliq  merosxo'r- 

lardan  meros  ochilgan  paytdan  boshlab  undiriladi.  Mol- 

mulk yo'q  qilingan,  butunlay  vayron  bo'lgan  hollarda  mol- 

mulk  solig'i  undirish  ular yo'q  qilingan  yoki  butunlay  vay­

ron  bo'lgan  oydan  e’tiboran  to'xtatiladi.

Mol-mulkka  mulk  huquqi  taqvimiy  yil  davomida  bir 

mulkdordan  boshqasiga  o'tganda  soliqni  birinchi  mulkdor 

o'sha  yilning  1-yanvaridan  bu  mol-mulkka  mulk  huauqini 

yo'qotgan  oyning  boshigacha  to'laydi,  yangi  mulkdor  esa 

mulk  huquqini  qo'lga  kiritgan  oydan  e’tiboran  to'laydi.

Taqvimiy  yil  davomida  imtiyozga  ega  bo'lish  huquqi 

paydo  bo'lgan  taqdirda  mol-mulk  solig'i  ana  shunday 

huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran qayta hisoblab chiqi- 

ladi.


Mol-mulk  solig'ini  to'lash  haqidagi  to'lov  xabamo- 

malari  to'lovchilarga  davlat  soliq  xizmati  organlari  tomo­

nidan  har  yili  1-maydan  kechiktirmay  topshiriladi.  Hisob­

langan  yillik  soliq  miqdori  teng  ulushlarda  ikki  muddat­

da  —  15-iyun va  15-dekabrdan  kechiktirmay mahalliy bud­

jetga  to'lanadi.

Agar  soliq  to'lovchi  tomonidan  ortiqcha  summalar 

to'langan  bo'lsa,  soliq  va  yig'imlar bo'yicha qarzlar  mavjud 

bo'lmasa,  ushbu  summalar  uning  yozma  arizasiga  ko'ra 

o'ttiz  kun  ichida  soliq  to'lovchiga  qaytariladi  yoki  bo'lg'usi 

to'lovlar  hisobiga  qayd  etiladi.

Jismoniy  shaxslaming  mol-mulkiga  solinadigan  soliq 

to'lovchilari hisobi davlat  soliq xizmati organlari tomonidan 

har  bir  yilning  1-yanvaridagi  holat  bo'yicha  shahar  va 

tumanlar  bo'yicha,  texnik  inventarizatsiyalash  hududiy  ka- 

dastr byurosida  mavjud bo'lgan imoratlar egalari to'g'risida- 

gi  ma’lumotlarga  binoan  o'tkaziladi.

Mavzuga doir  masalalar

1-masala. 

Fuqaro  Safarov  Sherzod  Toshkent  shahar 

Yunusobod  tumani  S-2,  24-uydan  xarid  qilgan  4  xonali 

kvartirasining  texnik  inventarizatsiyalash  byurosi  tomo­

nidan  narxlangan  bahosi  1850  ming  so'mni  tashkil  etadi.

Mol-mulk solig'i summasini hisoblang?



2-raasala.

  Fuqaro  Safarov  Shohruh  2008-yil  sentabr 

oyida  Toshkent  shahar,  Chilonzor  tumanidan  4,0  sotix 

maydonga  ega  bo‘lgan  turar  joy  sotib  oldi.  Sotib  olingan 

turar  joyning  texnik  inventarizatsiyalash  byurosi  xodimlari 

tomonidan  narxlangan  qiymati  2450  ming  so‘mni  tashkil 

etadi.

Mol-mulk  solig'i  summasini  hisoblang  va fuqaro  Safarov 

Shoxrux 2008-yil uchun  qancha miqdorda soliq to *lashi lozim 

bo'ladi?

3-masala.

  Fuqaro  Safarov  Sanjar 2008-yilda o‘z  shaxsiy 

avtomashinasi  uchun garaj  sotib oldi.  Garajning  narxlangan 

qiymati  1480  ming  so‘mni  tashkil'etdi.

Fuqaro  Safarov  Sanjar  qancha  miqdorda  mol-mulk  soli­

g'ini  to'lashi  lozim?


Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish