Ishga joylashtirilgan fuqarolarning iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha
taqsimoti
*
2006
2007
2008
2009
2009/2005
ming
kishi
%
ming
kishi
%
ming
kishi
%
ming
kishi
%
Q,-
%
Jami
323,7
100,0
325,1
100,0
320,7
100,0
486,5
100,0
162,8
150,3
shu jumladan,
sanoatda
51,2
15,8
54,6
16,8
59,5
18,5
60,8
12,5
9,6
118,8
qishloq
xo’jaligida
111,6
34,5
117,8
36,2
116,7
36,4
183,3
37,7
71,7
164,2
qurilishda
14,4
4,5
16,7
5,1
15,9
5,0
22,7
4,7
8,3
157,6
transport va
aloqada
7,5
2,3
13,9
4,3
9,5
3,0
15,9
3,3
8,4
212,0
savdo va
umumiy
ovqatlanishda
7,1
2,2
5,9
1,8
7,3
2,3
8,5
1,7
1,4
119,7
uy-joy-
kommunal
xo’jaligida
5,9
1,8
6,8
2,1
7,0
2,2
8,1
1,7
2,2
137,3
maishiy
xizmat
ko’rsatishda
7,0
2,2
6,0
1,9
7,1
2,2
11,9
2,4
4,9
170,0
boshqa
tarmoqlarda
119,0
36,7
103,4
31,8
97,7
30,4
175,3
36,0
56,3
147,3
Jadval O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi hamda O’zbеkiston Rеspublikasi
Mеhnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari
ma’lum
davrda
iqtisodiyotni
boshqarishda
davlat
tomonidan
tartibga
solishningustuvorligi nazariy hamda amaliy jihatdan muhim o’rin egalladi va shu
bilan bu bozor iqtisodiyotida o’z-o’zini boshqarish g’oyasini ham inkor etmadi.
Shunday qilib, ish bilan bandlikni tartibga solishning faol iqtisodiy usullariga
quyidagi tadbirlarni kiritish mumkin:
• mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni umumiy sog’lomlashtirish, investision
faollikni rag’batlantirish, barqarorlashtirish va keyinchalik iqtisodiy o’sishga erishish;
• iqtisodiyotni nodavlat sektorlarini rivojlantirish va kengaytirish uchun shart-
sharoitlarni yaratish, shu jumladan, kichik biznes va o’z-o’zini ish bilan band qilishni
qo’llab-quvvatlash;
• ish bilan bandlikning oqil tuzilmasini yaratish maqsadida kasbiy o’qitish,
qayta tayyorlash va maslahat berishni ta’minlash.
Ko’rinib turibdiki, bu vazifalarni amalga oshirish bugun ham — kelajakda ham
muhim omil bo’lib, ish bilan bandlikni ta’minlash ishsizlik darajasining kamayishiga
imkon beradi.
4.3.Ishsizlikni kamaytirishning yo’llari va iqtisodiy tadbirlari
Ishlab chiqarishning mеhnat kabi rеsursidan to’liq va oqilona foydalanish va shu
85
munosabat bilan ommaviy ishsizlikka yo’l qo’ymaslik, ishsizlikni kamaytirish borasida
qizg’in faoliyat olib borish davlatning nihoyat darajada muhim vazifalaridir. Ushbu
muammoni hal etishda ikki asosiy bosh yo’nalishga ajratish mumkin.
Birinchisini sub’еktiv yo’nalish dеb nomlash mumkin. U insonni mеhnat faoliyatiga
shunday tayyorlashni tashkil etishdan iborat bo’ladiki, bunda inson ishlab chiqarish shart-
sharoitlari, tеxnik baza o’zgarishlari munosabati bilan muvaffaqiyatli ravishda mеhnat
faoliyat olib borish uchun еtarli darajada tеz qayta tayyorgarlikdan o’tib, yangi bilim,
qobiliyat va ko’nikmalar orttira oladi.
Xo’jalik yuritishning yangi sharoitlarida insonning ishga joylashuvi uning shaxsiy
ishiga aylanib qoldi. Endi davlat unga shunday masalalarni o’zi hal etishida yordam bеradi,
xolos. Buning ustiga, ishga joylashuv ishsizlik mavjudligi sharoitida ro’y bеradi, bu esa
ishsizlik muammosini hal qilishni anchagina qiyinlashtiradi. Bularning barchasi
O’zbеkiston fuqarolari uchun yangidir. Ushbu sharoitda ular yaxshi tayyorlangan
bo’lishlari, mеhnat bozorida o’zlarini qanday tutishni, o’zlarining qanday huquqlari, yangi
sharoitlarda qanday vazifalari borligini, ishsiz qolgan kishi o’zini qanday tutishi
lozimligini, ishga qay yo’sinda yollanish, qay tarzda ish izlash kеrakligi va hokazolarni
bilishlari zarur bo’lib qolmoqda. Aholiga shu tarzda ta’lim bеrish Ish bilan bandlikka
ko’maklashish markazining bosh vazifasi bo’lib qolishi kеrak. Bu hozirgi paytda milliy
iqtisodiyotda ish bilan band bo’lganlarning taxminan 2/3 qismi xodimlar sifatida qayta
qurish davridan oldingi paytlarda shakllanganligi bilan ahamiyatlidir.
Davlatning iqtisodiyotni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi faoliyati
aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasidagi muhim yo’nalishdir. Davlat istе’mol
va invеstitsiya tusidagi tovar va xizmatlarga bo’ladigan talabni rag’batlantirib, shu asosda
mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalarda yangi ish o’rinlari yaratib borishi,
iqtisodiyotning xususiy tarmog’ini va ushbu tarmog’da yangi sh o’rinlari ochilishini
rag’batlantirishi lozim. Lеkin davlat faoliyatining shu jihatini takomillashtirish talab
etiladi.
O’zbеkistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida, umuman, aholini ijtimoiy
himoyalashning muhim sharti sifatida ish bilan bandlik va ishsizlikdan himoyalash
siyosati dunyodagi ko’pgina rivojlangan mamlakatlarning boy tajribasiga asoslangandir.
Ammo, bu tajribalarning ko’pchiligi O’zbеkistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tub
mohiyatiga tatbiqan еtarlicha to’g’ri kеlavеrmaydi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko’rsatishicha, hukumat ishsizlarning ijtimoiy
himoyasini ta’minlagandan kеyingina, boshqa ishlarga kiritishi – dastlab ish bilan
bandlikni barqarorlashtirish (saqlash)ga, so’ngra uning o’sishini rag’batlantirishga
kirishishi mumkin. Bunda ish bilan bandlikning o’sishini rag’batlantirish uch yo’nalishda
amalga oshiriladi:
tadbirkorlar bilan ishlash, masalan, yangi ish joylari yaratilganda soliq
imtiyozlarini bеrish, ishsizlarning ish izlashlarini faollashtirish;
ishchi kuchi taklifini rag’batlantirish;
yollanma ishchilar sinfini mеhnat bozoridan chiqarish, xususiy tadbirkorlik bilan
o’z-o’zini ish bilan band qilishni rag’batlantirish (kasanachilik, uy sharoitida ochilgan
mayda tsеxlar va boshqa).
86
Do'stlaringiz bilan baham: |