N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi


 Ishsizlikni kamaytirish borasida davlat tomonidan o’tkaziladigan chora-



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

4.2. Ishsizlikni kamaytirish borasida davlat tomonidan o’tkaziladigan chora-
tadbirlar 
 
Ma’lumki, O’zbеkiston dunyo hamjamiyati davlatlari o’rtasida aholisining jadal 
o’sib borayotganligi bilan ajralib turadi. Bunday vaziyat o’z navbatida aholining ish 
bilan bandligini oshirish, buning uchun esa, ishlab chiqarishni kеngaytirish, yangi ish 
o’rinlarini  yaratish  borasida  uzluksiz  ish  olib  borishni  taqozo  etadi.  Aks  holda 
aholining  turmush  darajasining  pasayib  borishi,  mamlakatda  ishsizlar  sonining  ortib 
borishi  bilan  bog’liq  muammolar  kеlib  chiqishi  mumkin.  Mamlakatimiz  iqtisodiy 
siyosatida mеhnat bozori va mеhnat bozorida vujudga kеladigan muammolarga jiddiy 
qarab  aholi  bandligiga  va  jamiyat  rivojiga  qaratilgan  bir  qancha  muhim  chora-
tadbirlar  olib  borilmoqlda.    2009  yilning  yurtboshimiz  tashabbuslari  bilan  “Qishloq 
taraqqiyoti  va  farovonligi  yili  dеb  e’lon  qilinishi  fikrimizga  isbotdir.  Bu  mеhnat 
bozoriga  ham  bir  qancha  ijobiy  o’zgartirishlar  kiritishga  va  bir  qancha  ustivor 
vazifalarni  bajarishga  turtki  bo’lib,  bu  borada  allaqachon  dastlabki  yutuqlarimiz 
ko’zga  tashlana  boshladi.  Shu  o’rinda,  mamlaktimiz  Pеzidеntining,  “Kishloqda  uy-
joy  qurish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirishni  jadallashtirish  dasturining  2010 
yilning muhim
 
ustuvor yo’nalishlari qatoriga kiritilishiga to’liq asos bor. 
   Yurtimizda  2009  yilning  Qishloq  taraqqiyoti  va  farovonligi  yili  dеb  e’lon 
qilinishi,  shu  munosabat  bilan  qabul  qilingan  Davlat  dastruning  amalga  oshirilishi 
qishloqlarimiz qiyofasini zamonaviy arxitеktura va sanoat asosida tubdan o’zgartirish 
va  yangilash.  uy-joy,  ijtimoiy  va  kommunal  ob’еktlar,  kommunikatsiyalarni  barpo 
etish  bo’yicha  uzoq  muddatga  mo’ljallangan  aniq  maqsadli  ishlarimizning 
boshlanishi bo’ldi. 
    Bularning  barchasi  qishloq  aholisi  turmush  darajasini  tubdan  oshirish  va 
shahar sharoitiga yaqinlashtirishga xizmat qiladi. 
    Ushbu maqsadlarga moliyalashning barcha manbalari hisobidan 2009 yilning 
o’zida 2 trillion 600 milliard so’mdan ziyod mablag’ yo’naltirildi”
1
, dеgan gaplarini 
eslash maqsadga muvofiqdir. Bu kabi chora-tadbirlar natijasi o’laroq, 2009 yilda 661 
mingta yangi ish o’rinlari yaratilib, shundan 60,4 % qishloq joylaridadir. 2010 yilda 
esa,  950  mingta  yangi  ish  o’rinlari  yaratilishi  rеjalashtirilib,  shundan  240  mingga 
yaqini birinchi chorak yakunlariga qadar yaratilgan. 
Yurtboshimizning  2009  yilning  asosiy  yakunlari  va  2010  yilda  O’zbekistonni 
ijtimoiy  –  iqtisodiy  rivojlantirishning  eng  muhim  ustuvor  yo’nalishlariga 
bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  “Asosiy  vazifamiz  –  vatanimiz 
taraqqiyoti  va  xalqimiz  farovonligini  yanada  yuksaltirishdir”  nomli  ma’ruzasida, 
“Mamlakatimizni  rivojlantirish,  yangilash  va  modernizatsiya  qilish  bo’yicha 
                                                           
1
 O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimovning 2009 yilning yakunlari va 2010 yilda ijtimoiy – iqtisodiy 
rivojlanishning eng muhim ustivor yo’nalishlariga  bag’ishlangan Vazirlar mahkamasining “Asosiy vazifamiz 
Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltioishdir.” Nomli ma’ruzasidan. – T.:, 2010 yil. 


79 
 
tanlangan  strategiyamizni  va  inqirozga  qarshi  qabul  qilgan  dasturimizni  amalga 
oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishning  barqaror  suratlarini  ta’minlash,  aholimizning  moddiy  farovonligini 
yuksaltirishga  erishgani  barchamizga  katta  mamnuniyat  va  iftixor  bag’ishlaydi, 
albatta”
 1
 , deb ta’kidlaganligi muhim ahamiyat kasb etadi.   
Jumladan,  2009  yilda  Inqirozga  qarshi  choralar  dasturi  doirasida  amalga 
oshirilgan  chora-tadbirlar  samaradorligi  haqida  gapirganda,  ularning  avvalo  eng 
muhim  masalalarga  –  yangi  ish  o‘rinlarini  yaratish  va  aholimizning  turmush 
darajasini yanada oshirishga yo‘naltirilganini alohida qayd etish zarur.  
O‘tgan  yili  ko‘rilgan  amaliy  choralar  natijasida  mamlakatimizda  940  mingdan 
ziyod  yangi  ish  o‘rinlari  yaratildi,  ularning  500  mingga  yaqini  qishloq  joylarda 
tashkil  etildi.  Kichik  biznes  sohasida  390  mingdan  ziyod,  shu  jumladan,  xizmat 
ko‘rsatish sohasida 270 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari ochildi.  
Sanoat  korxonalari  bilan  kooperatsiya  asosidagi  kasanachilikni  hamda  pudrat 
shartnomasi  asosidagi  uy  mehnatini  rag‘batlantirish  aholi  bandligini  ta’minlashning 
muhim  yo‘nalishlaridan  biridir.  Ana  shunday  mehnat  faoliyatini  rivojlantirish 
natijasida 130 mingga yaqin ish o‘rni yaratilganini alohida qayd etish lozim.  
Bandlik  darajasini  oshirishga  qaratilgan  bunday  chora-tadbirlar  inqiroz 
sharoitida  aholini  ishonchli  himoya  qilish,  uning  daromadi  va  moddiy  farovonligini 
oshirish imkonini ta’minladi.  
Yurtboshimiz, 2010 yilda ham aholini ish bilan bandligini ta’minlash va oshirish 
borasidagi  masalalarga  alohida  e’tibor  berilishi  to’grisida  quyidagilarni  ta’kidladi: 
“2010  yilda  mamlakatimizda  jami  950  mingdan  ortiq  yangi  ish  o‘rni  tashkil  etish 
mo‘ljallanmoqda.  Ularning  qariyb  yarmi  kichik  korxonalar,  mikrofirmalar  tashkil 
etish,  yakka  tartibdagi  tadbirkorlikni,  xizmat  ko‘rsatish  va  servis  sohasini  yanada 
rivojlantirish, pudrat asosidagi qurilish, shu jumladan, uy-                                                                                                                           
joylarni  ta’mirlash  va  rekonstruksiya  qilish  ishlari  ko‘lamini  kengaytirish  hisobidan 
yaratiladi.  
2010  yilda  ham  aholini  turli  shakldagi  kasanachilik  ishlariga  jalb  etish,  xalq 
hunarmandchiligini  rivojlantirish,  oilaviy  tadbirkorlikni  rag‘batlantirish  –  bularning 
barchasi bandlikni ta’minlashning amalda o‘zini oqlagan muhim  yo‘nalishlari bo‘lib 
qoladi.  
Shu  asosda  208  ming  nafardan  ortiq  kishini,  avvalo,  ko‘p  bolali  ayollar, 
nogironlar  va  aholining  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  boshqa  toifalarini  ish  bilan 
ta’minlash ko‘zda tutilmoqda”
2
.  
Makrodarajadagi  ish  bilan  bandlik  siyosati  ijtimoiy  bozor  iqtisodiyotidagi  ish 
bilan bandlikning asosiy xususiyatlarini shakllantirishga: fuqarolarning mehnat qilish 
huquqini  amalga  oshirish  va  yuqori  turmush  darajasiga  erishishning  zarur  sharti 
bo’lgan  ish  bilan  to’liq  bandlikni  ta’minlashga  qaratilgandir.  Ma’lumki,  bozor 
iqtisodiyoti  boshqaruv  usullarida  iqtisodiyot  samaradorligini  oshirishga,  xo’jalik 
                                                           
1
  Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish.  “Xalq so’zi” , 
2010 yil 30 yanvar soni. 
2
 Karimov I.A. Asosiy  vazifamiz – vatanimiz taraqiyoti va xalqimiz  farovonligini  yanada yuksaltirish.  “Xalq so’zi” , 
2010 yil 30 yanvar soni. 
 


80 
 
yuritish  sohasi  iqtisodiy  jihatdan  maqsadga  muvofiq  bo’lmagan  ish  o’rinlarini  siqib 
chiqarishga,  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  va  aholining  iste’mol  talabini 
qondirish  uchun  ishchi  kuchini  qayta  guruhlarga  bo’lishga  qaratilgandir.  Bunday 
sharoitda ish bilan to’liq bandlikka ko’maklashish strategik maqsad bo’lib qoladi.  
Eng  yaqin  taktik  maqsad  ish  o’rinlariga  bo’lgan  talab  va  taklifning 
balanslanishidir. Bunga faqat ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif balansli bo’lishiga 
erishish  shartlariga  kompleks  yondashuv  bilan  erishish  mumkin.  Ko’pincha  bu 
muammoni  hal  qilishda  ommaviy  ishsizlikning  oldini  olishning  zarur  sharti  bo’lgan 
ish o’rinlari tizimini rivojlantirishga e’tibor beriladi.  
Ishlab  chiqarishning  mеhnat  kabi  rеsursidan  to’liq  va  oqilona  foydalanish  va  shu 
munosabat  bilan  ommaviy  ishsizlikka  yo’l  qo’ymaslik,  ishsizlikni  kamaytirish  borasida 
qizg’in  faoliyat  olib  borish  davlatning  nihoyat  darajada  muhim  vazifalaridir.  Ushbu 
muammoni hal etishda ikki asosiy bosh yo’nalishga ajratish mumkin. 
Birinchisini sub’еktiv yo’nalish dеb nomlash mumkin. U insonni mеhnat faoliyatiga 
shunday tayyorlashni tashkil etishdan iborat bo’ladiki, bunda inson ishlab chiqarish shart-
sharoitlari,  tеxnik  baza  o’zgarishlari  munosabati  bilan  muvaffaqiyatli  ravishda  mеhnat 
faoliyat  olib  borish  uchun  еtarli  darajada  tеz  qayta  tayyorgarlikdan  o’tib,  yangi  bilim, 
qobiliyat va ko’nikmalar orttira oladi. Xo’jalik yuritishning yangi sharoitlarida insonning 
ishga joylashuvi uning shaxsiy ishiga aylanib qoldi. Endi davlat unga shunday masalalarni 
o’zi hal etishida yordam bеradi, xolos. Buning ustiga, ishga joylashuv ishsizlik mavjudligi 
sharoitida ro’y bеradi, bu esa ishsizlik muammosini hal qilishni anchagina qiyinlashtiradi. 
Bularning  barchasi  O’zbеkiston  fuqarolari  uchun  yangidir.  Ushbu  sharoitda  ular  yaxshi 
tayyorlangan  bo’lishlari,  mеhnat  bozorida  o’zlarini  qanday  tutishni,  o’zlarining  qanday 
huquqlari, yangi sharoitlarda qanday vazifalari borligini, ishsiz qolgan kishi o’zini qanday 
tutishi  lozimligini,  ishga  qay  yo’sinda  yollanish,  qay  tarzda  ish  izlash  kеrakligi  va 
hokazolarni bilishlari zarur bo’lib qolmoqda.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish