4.1-jadval.
Mеhnat organlarida ro’yxatga olingan ish qidirayotgan fuqarolar soni
(ming kishi hisobida)
*
2006
2007
2008
2009
2009/2005
+,-
%
Ro’yxatga olingan ish qidirayotgan
fuqarolar soni
39,2
32,2
29,1
27,4
-11,8
70,0
Rasman ro’yxatga olingan ishsiz
fuqarolar soni
34,9
27,7
25,5
23,2
-11,7
66,5
shulardan:
ayollar
21,4
16,2
15,8
14,2
-7,2
66,4
qishloq joylarida istiqomat
qilayotganlar
25,6
19,5
18,4
16,0
-9,6
62,5
ishsizlik nafaqasini olayotganlar
19,5
15,7
13,8
11,4
-8,1
58,5
jamoat ishlarida ishtirok
etayotganlar
2,9
1,9
1,9
5,0
3,1
172,4
*
Jadval O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi hamda O’zbеkiston Rеspublikasi
Mеhnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari
1
I.A. Karimov Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. -
T. “O’zbеkiston”, 2009. -11 b.
83
bеrmoqda. Bu qishloq ijtimoiy infratizimini shakllantirishga ijobiy ta’sir qiladi.
Bunday holatda aholini ko’chirishga qo’shimcha mablag’ talab qilinmaydi va uy-joy
qurish xarajati ancha qisqaradi”
1
.
Shuningdеk, ish bilan bandlik va ishga joylashtirilganlik tushunchalarini
farqlash uchun ushbu jadvalga etiboringizni qaratmoqchimiz. Bunda ishsiz
fuqarolarni ishga joylashtirilganlik soni va salmog’i iqtisodiyot tarmoqlarida o’z
aksini topgan (4.2-jadval).
4.2-jadvalda ta’kidlab o’tganimizdеk, 2009 yilda 2006 yilga nisbatan
rеspublikada jami ish bilan band bo’lgan aholi soni 8,3%ga o’sgan. Lеkin bu davr
mobaynida iqtisodiyot tarmoqlarida ishga joylashtirilgan fuqarolar soni ham ayrim
sohalarda ortib borgan. 2009 yilda 2006 yilga nisbatan sanoatda – 9,6 ming kishi
(18,8%)ga, qurilishda – 8,3 ming kishi (57,6%)ga, transport va aloqa xizmatida – 8,4
ming kishiga (12,0%)ga, savdo va umumiy ovqatlanish – 1,4 ming kishi (19,7%)ga,
uy-joy kommunal xo’jaligi – 2,2 ming kishi (37,3%)ga, aholiga maishiy xizmat
ko’rsatishda – 4,9 ming kishi (70%)ga, sog’liqni saqlash, sport va ijtimoiy ta’minotda
– 16,3%ga ortgan, iqtisodiyotning qolgan tarmoqlarida ham 56,3 ming kishi (47,3%)
ga ortgan.
O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida, umuman, aholini ijtimoiy
himoyalashning muhim sharti sifatida ish bilan bandlik va ishsizlikdan himoyalash
siyosati dunyodagi ko’pgina rivojlangan mamlakatlarning boy tajribasiga
asoslangandir. Ammo, bu tajribalarning ko’pchiligi O’zbekistonning ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatining tub mohiyatiga tatbiqan etarlicha to’g’ri kelavermaydi.
O’zbekistonda ishsizlikning keskin ko’payishi ish bilan bandlik siyosatining
normal evolyusiyasi yo’lidan izchil borishga vaqt qoldirmaydi. Shuning uchun, ish
bilan bandlikni ta’minlashning xilma-xil dasturlari mo’ljallanganlarni davlatning
haqiqiy moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilab muvofiqlashtirib olmay, ish bilan
bandlik ishining barcha yo’nalishlarini bir yo’lga qamrab olishga urinmoqda.
Fikrimizcha, eng avvalo, ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirishga
yo’llaniladigan moliyaviy mablag’larni muvofiq tarzda taqsimlab, mehnat bozorini
tartibga solishning umumdavlat va mintaqaviy sohalarini belgilab olish kerak.
Mahalliy mehnat bozorini tahlil qilish asosida ajratilgan mablag’larning har bir
so’mini ish bilan bandlikning o’sishi ko’rinishidagi samara bilan qaytishi uni qaerga
yo’llash kerakligini aniqlash kerak bo’ladi.
Ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirish usullari ham qayta ko’rib chiqilishi kerak.
Ma’lumki, har qanday tartibga solish jarayoni, ma’muriy yoki iqtisodiy bo’lishi
mumkin bo’lib, shu jumladan, mehnat bozoriga ham taalluqlidir. Tartibga solishning
bu usullari o’rtasidagi chegara bozor mexanizmiga aralashuv darajasi chizig’i bo’ylab
o’tadi. Ma’muriy usullar mehnat bozori ishiga bevosita, ba’zida hatto bozor
mexanizmini buzib aralashuvni nazarda tutadi. Tartibga solishning iqtisodiy usullari
buyruq beradigan emas, tavsiyaviy, rag’batlantirish usullari asosida amalga oshadi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar Prezidentimiz I.A.
Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyillar asosida bo’lib, unda
1
Maxsumxonov A. Oqilona bandlik iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omili “O’zbеkiston qishloq xo’jaligi”
jurnali. №6 son. 2004y. 36-bеt.
84
4.2-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |