N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi


O’zbekiston Respublikasi axolisining hududiy joylashuvi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

O’zbekiston Respublikasi axolisining hududiy joylashuvi 
(2009 yil 1 yanvar holatiga ko’ra) 
 
Hudud, 
ming 
km.kv. 
Umumiy-
ga 
nisbatan, 
%da 
O’rtacha 
aholi soni, 
ming kishi 
Umumiy
ga 
nisbata, 
%da 
Qishloq 
aholisi 
soni, 
ming 
kishi 
Aholi 
zichligi, 

km.kv. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
448,9 
100 
27767,1 
100,0 
16949,1 
59,0 
Qoraqalpog’iston 
166,6 
37,11 
43,0 
6,0 
811,7 
9,5 
Andijon 
4,3 
0,96 
49,3 
9,0 
1690,3 
570,1 
Buxoro 
40,3 
8,98 
31,7 
5,8 
1083,2 
38,1 
Jizzax 
21,2 
4,72 
27,9 
4,0 
742,4 
49,9 
Qashqadaryo 
28,6 
6,37 
52,2 
9,2 
1841 
85,4 
Navoiy 
111,0 
24,73 
26,8 
3,1 
492,9 
7,4 
Namangan 
7,4 
1,65 
49,9 
8,0 
1331,6 
286,3 
Samarqand 
16,8 
3,74 
59,0 
11,1 
2186,5 
174,5 
Surxondaryo 
20,1 
4,48 
32,9 
7,3 
1568,1 
96,6 
Sirdaryo 
4,3 
0,96 
17,7 
2,6 
468,1 
158,2 
Toshkent 
15,3 
3,41 
39,2 
9,4 
1505,9 
162,1 
Farg’ona 
6,8 
1,51 
66,6 
10,9 
2085,5 
432,6 
Xorazm 
6,1 
1,36 
32,1 
5,5 
1141,9 
240,3 
Toshkent sh. 
0,3 
0,07 
38,0 
8,1 
0,0 
7161,7 
 
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida 
tayyorlangan. 
 
oldingi  o’n  yilliklar  davrida  demografik  jarayonlarga  e’tibor  berilmaganligi  yetarli 
darajada  aniq  ko’rsatilgan.  Murakkab  demografik  vaziyatdan  kelib  chiqqan  asosiy 
ijtimoiy  muammolardan  biri  yuqori  va  deyarli  nazorat  qilinmaydigan  tug’ilish  hamda 
aholining nisbatan past darajadagi hududiy va tarmoqqa oid safarbarligidir. 
Shuni ta’kidlash kerakki, O’zbekistonda faqatgina mustaqillikka erishilgach, davlat 
tomonidan  aniq  demografik  siyosat  olib  borilib,  kompleks  ijtimoiy-iqtisodiy  chora-
tadbirlar amalga oshirila boshladi. Ushbu va boshqa omillarni hisobga olgan holda bozor 
islohotlarining  boshlang’ich  davridayoq  aholining  ish  bilan  bandlik  sohasida  yangi 
siyosat  ishlab  chiqildi.  Uning  asosida  esa  inson  resurslarini  sifat  jihatdan  shakllantirish, 
zamonaviy tartibga solinadigan mehnat bozori tizimini yaratish va uning samarali faoliyat 
ko’rsatishiga erishish kabi maqsadlar yotadi. 
Mamlakatimizda  demografik  jarayonlarning  murakkab  ko’rinishiga  sabab  bo’lgan 
omillardan  biri  sifatida  aholining  respublika  hududlari  bo’ylab  notekis  taqsimotini 
ko’rsatish  mumkin.  Kishilarning  turli  mintaqalarda  turlicha  miqdor  va  zichlikda 
joylashuvi  o’ziga  xos  muammo  hisoblanib,  bu  holat  mamlakatning  tarixiy,  jug’rofiy  va 
tabiiy-iqlimiy xususiyatlari hisobiga yuzaga kelgan. 


 
261 
Respublikamizda aholi soni tez o’sib borayotganligi sababli uning zichligi ham oshib 
bormoqda.  Masalan,  1940  yilda  har  bir  km.  kv.  ga  14,6  kishi  to’g’ri  kelgan  bo’lsa,  bu 
ko’rsatkich  1991  yilda  45,0  nafarni,  2007  yil  boshida  esa  59,0  kishini  tashkil  etgan. 
Binobarin, aholining o’rtacha zichligi jihatidan O’zbekiston MDHga a’zo mamlakatlardan 
va Markaziy Osiyodagi boshqa respublikalardan oldinda turadi. 
Hozirgi  kunda  O’zbekistonning  14  ta  ma’muriy  –  hududiy  bo’linmasidan  
10 tasi, shu jumladan, Toshkent shahri  odamlar zich  bo’lgan  hududlar jumlasiga  kiradi. 
Vaholanki,  ular  O’zbekiston  hududining  atigi  choragini,  aholi  uncha  zich  bo’lmagan 
to’rtta viloyat esa respublikaning qolgan to’rtdan uch qismini egallagan (5.4-jadval). 
Respublikamizning  eng  zich  hududi  Toshkent  shahri  hisoblanib,  poytaxt  hududi 
mamlakat umumiy maydonining 0,07 % ini tashkil etgani holda, uning har bir km.kv.iga 
7161,7 kishi to’g’ri keladi. Demografik jarayonlar nisbatan muammoli tus olgan Farg’ona 
vodiysi  viloyatlarida  yurtimiz  jami  aholisining  27,9  %  istiqomat  kilib,  mazkur  mintaqa 
respublika hududining 4,1 %ini egallaydi. Zichlik Andijon viloyatida 570,1 kishi/km.kv.ni, 
Farg’ona viloyatida 432,6 kishi/km.kv.ni va Namangan viloyatida esa 286,3 kishi/km.kv.ni 
tashkil  etmokda.  Shuningdek,  ushbu  ko’rsatkich  Xorazm,  Samarqand  va  Toshkent 
viloyatlarida ham yuqoridir. 
Qoraqalpog’iston,  Navoiy,  Buxoro  va  Qashqadaryo  viloyatlarida  aholi  zichlik 
darajasi  past  ko’rsatkichga  ega  bo’lib,  bu  holat  shu  hududlarning  kattaligi  va  tabiiy-
iqlimiy  omillar  hisobiga  vujudga  kelgan.  Qoraqalpog’iston  maydoni  mamlakat 
hududining  37,1  %ini  tashkil  etib,  bu  yerda  jami  aholining  6,0  %  istiqomat  qilsa, 
respublikaning  chorak  qismida  joylashgan  Navoiy  viloyati  ulushiga  esa  umumiy 
aholining atigi 3,1 %i to’g’ri keladi. 
Zichlik ko’rsatkichlariga tabiiy-jug’rofiy, iqlim, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy 
kabi  omillar  ta’sir  qiladi.  Shuningdek,  aholining  mexanik  (migratsion)  harakatlari  ham 
mehnat  resurslarining  hududlar  bo’ylab  qayta  taqsimlanishi  va  takror  ishlab  chiqarishni 
yuzaga keltiruvchi asosiy manbalardan biridir. 
Migratsiya  –  aholi,  jumladan,  ishchi  kuchining  bir  hududdan  ikkinchisiga  ko’chib 
o’tish  harakati  bo’lib,  uning  miqyosi  va  sur’ati  mamlakatdagi  siyosiy,  ijtimoiy  va 
iqtisodiy  vaziyat  hamda  mehnat  bozori  hajmini  ham  belgilab  beradi.  Ishchi  kuchi 
migratsiyasi,  odatda,  mehnatga  qobiliyatli  aholining  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  va 
joylashtirishdagi  o’zgarishlar  bilan  bog’liq  holda  makoniy  qo’chib  yurishi  sifatida  ham 
ta’riflanadi.  U  kishilarning  doimiy  yashash  va  ish  joyini  o’zgartirishi,  hududning 
ma’muriy  chegaralarini  kesib  o’tishi,  istiqomat  o’rnida  uzoq  muddat  bo’lmasligi 
natijasida kelib chiqadigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hisoblanib, tumanlararo, 
shaharlararo, viloyatlararo, mintaqalararo va davlatlararo yo’nalishlarda amalga oshadi. 
Ko’chishga  tabiiy-iqlimiy,  ijtimoiy-iqtisodiy,  demografik,  siyosiy-huquqiy,  milliy-
etnik, irqiy va diniy omillar bevosita ta’sir qiladi. Uning vujudga kelishi turli ob’yektiv va 
sub’yektiv sabablar bilan belgilanadi: 
-  o’z  kasb  yo’nalishini  amalga  oshirish  bo’yicha  imkoniyatlar  yaratish,  boshqa 
yashash joyida yuqori ish haqi va mehnat sharoitlariga ega bo’lgan ishga joylashish; 
-  inson sog’ligi hamda iqlimga xos yashash sharoitlarining zarurligi; 
-  qarindosh-urug’ va yaqin insonlarga qo’shilish; 
-  ma’lum  bir  madaniyatga,  bilimga  va  yashash  tarzini  o’zgartirishga  bo’lgan 
ehtiyoj; 


 
262 
-  mehnat ziddiyatlari va oiladagi kelishmovchiliklar; 
-  tasodifiy holatlar (vaziyatlar) va h.k. 
Mamlakat  hududiga  ko’chib  kelish  (immigratsiya)  va  undan  ko’chib  ketish 
(emigratsiya)  miqdorlari  o’rtasidagi  farq  migratsiya  qoldig’ini  anglatadi.  Migratsiya 
qoldig’i (sal’dosi)ning miqdori (ijobiy yoki salbiy) migratsiyaning ishchi kuchi bozorini 
shakllantirishga  bevosita  ta’sirini  tavsiflaydi.  Bunga  mazkur  mintaqadagi  kelganlar  va 
ketganlar tarkibidagi tafovut ta’sir qiladi. 
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bugungi holati uchun manfiy migratsiya 
qoldig’i xos bo’lib, u mamlakat mustaqilligidan so’ng avj oldi (12.5-jadval). 
12.5-jadval  

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish