Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi. Mehnat resurslari
tarkibiga I va II guruhdagi ishlamaydigan nogironlar kirmasligini esda tutgan holda
dastlab biz mehnat qilishga layoqatli yoshdagi aholini, so’ngra uning mehnat kilishga
qobiliyatli qismini ko’rib chiqamiz.
Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarning ma’lum qismini sira ishlamagan yoki
sog’ligi yomon bo’lganligi uchun ishlashdan to’xtagan kishilar tashkil etadi. Bu o’rinda
gap I va II guruh nogironlari haqida bormoqda, davlat ularni pensiya bilan ta’minlab
264
turadi. Bu kishilar mehnat resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Biroq I va II guruh
nogironlarining ayrimlari (agar ishlab chiqarishda qulay sharoitlar yaratilsa) ishlashlari
mumkin. Shuning uchun ham mehnatga layoqatli yoshdagi ishlashi mumkin bo’lgan
davlat tomonidan pensiya yoshi belgilangan yoshgacha fuqarolar mehnat resurslariga
kiradi (I va II guruh nogironlaridan ishlamaydiganlari bundan mustasnodir). Mehnatga
layoqatli yoshdagi aholi orasida ishlamaydigan nogironlarning soni nisbatan kamroq va
nisbatan barqarordir.
Mehnat resurslarining sonini hisoblab chiqish sxemasi quyidagi tarzda taqdim
etilishi mumkin:
Mehnat resurslari = mehnat qilishga layoqatli aholi – mehnat qilish yoshidagi
ishlamaydigan I va II guruh nogironlari – ishlamaydigan imtiyozli pensionerlar +
ishlovchi o’smirlar + ishlovchi pensionerlar.
Mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar butun aholining bir qismi bo’lib, ularning
soni demografik omil ta’sirida o’zgarib turadi. Ularning qancha bo’lishi tegishli
yoshlardagi o’lim darajasiga bog’liq. Bu, jumladan, mehnat qilish yoshiga etgan yoshlar
bilan pensiya yoshiga etgan fuqarolar soni o’rtasidagi nisbatga ham bog’liq. O’lim
qanchalik kam bo’lsa va mehnat qilish yoshiga etgan fuqarolar bu yoshdan chiqqan
kishilarning o’rtasidagi farq qanchalik yuqori bo’lsa, mehnat qilish qobiliyatiga etgan
kishilar soni shunchalik ko’p bo’ladi yoki aksincha.
Respublikamiz tarixining o’ziga xos xususiyatlari mehnat qilishga layoqatli
yoshdagi kishilar soni dinamikasiga kuchli ta’sir qildi. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi
aholidan mehnat qilish yoshidagi mehnatga layoqatli aholiga o’tish uchun, biz bu
yoshdagi I va II guruh nogironlaridan ishlamaydigan kishilarning toifasini ko’rib
chiqishimiz kerak.
Boshqa teng sharoitlarda I va II guruh nogironlari qancha ko’p bo’lsa, ular orasida
ishlamaydiganlari ham shunchalik ko’p bo’ladi. I va II guruh barcha nogironlarning soni
kishilarning sog’ligi bilan bog’liq shart-sharoitlar majmui ta’sirida qaror topadi. Bu
majmuaning odamlar qanday ovqatlanishi, qanday suv ichishi, qanday havodan nafas olishi,
qanday dam olishi, tibbiyot ularni qanday davolashi, mehnat sharoiti qanchalik shinam va
havosiz ekanligi kabi omillar bilan bog’liqligini hisobga olish zarur. Har qanday davlat
nogironlarning iloji boricha kamroq bo’lishi, nogironlar orasida esa ishlovchilar ko’proq
bo’lishini istaydi. Mamlakatimizda boshqa mamlakatlardagi kabi ish beruvchilar,
nogironlarga ish o’rinlari ajratuvchilar rag’batlantirilgandi. Davlatning nogironlar
mehnatidan manfaatdorligi iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir. Iqtisodiy ahamiyati
shundan iboratki, byudjet mablag’lari hisobidan kun ko’ruvchi qaramoqdagilar kamroq
bo’lishi kerak. Ijtimoiy ahamiyati shundan iboratki, inson uchun (jismoniy yoki ruhiy
buzilishlar bilan bo’lsa ham) o’zining jamiyatga foydali ekanligini his qilishi ham muhimdir.
Shu bilan birga, muayyan miqdorda mablag’ topib turishga intilish o’zining hayot bilan
baravar odim tashlash istagini ham nazardan qochirmaslik kerak.
Ishlamaydigan nogironlar sonining bo’lajak dinamikasi kishilar turmush
darajasining yaxshilanib borishi va ishlab chiqarish texnologiyasining xodimga, ayniqsa,
xizmat ko’rsatish sohasida moslashib borishga hal qiluvchi darajada bog’liqdir. Mehnatga
qobiliyatli aholi orasida ishlamayditan nogironlar miqdorining kamayib borishi mehnat
sohasini rivojlantirishning barqaror tamoyilini tashkil etadi, deb hisoblash ancha
to’g’riroq bo’ladi.
265
Do'stlaringiz bilan baham: |