N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

Ishlaydigan pensionerlar. Ishlovchi pensionerlar soni ham demografik omil ta’siri 
ostida  qaror  topadi  –  bu  yerda  shunday  bog’liqlik  bo’ladi:  pensiya  yoshidagi  kishilar 
qancha ko’p bo’lsa, shu yoshdagi ishlovchilar ham ko’p bo’ladi. 
Xilma-xil ijtimoiy omillar orasida pensionerlarning mehnat faolligiga ancha ko’proq 
ta’sir  qiluvchi  asosiy  omillarni  qayd  qilib  o’tamiz.  Pensiyaning  miqdori  jiddiy  ravishda 
ta’sir qiladi. Ayni bir xil miqdordagi pensiya birovlarga etadi, boshqalarga esa etmaydi, 
shu sababdan inson mehnat qilishga intiladi. Yana shunday mehnatga rag’batlantiruvchi 
qo’shimcha  omil  ham  borki,  bunday  katta  yoshdagi  kishi  ish  haqi  bilan  bir  qatorda 
pensiya olish huquqiga ham ega. 
Pensionerlar mehnatining zarur shartlaridan biri korxona, muassasa va tashkilotdagi 
o’zgarishlarga  moslashuvchanlik,  yangi  ishni  o’zlashtirishga  tayyorlik,  ba’zan  yashash 
joyini  o’zgartirish  va  shu  kabilardir.  Bozor  iqtisodiyoti  katta  yoshdagi  kishilarning 
harakatchanligiga  ancha  yuqori  talablar  qo’yadi.  Bozor  munosabatlarining  ruhidan  shu 
narsa kelib chiqadiki, har bir kishining farovonligi, avvalo, uning o’zi, tashabbuskorligi, 
har qanday yangilikka «javob berish» va samarali mehnat qilishidan iboratdir. 


 
266 
Ijtimoiy  omillar  orasida  katta  yoshdagi  kishilarning  ma’lumot  darajasi  va  sog’lig’i 
ham  muhim  o’rin  tutadi.  Bu  omillarning  qanday  ta’sir  qilishi  yaqqol  ko’rinib  turadi  va 
tushuntirishlarni talab qilmaydi. 
Nihoyat, pensionerlarning bir qismi o’zini ishda namoyon qilishni ma’qul ko’radi va 
ishdagina  o’zining  jamiyatga  kerakli  ekanligini  his  kiladi,  ko’p  yillar  birga  ishlagan 
o’rtoqlari bilan jamoada qolishni istaydi. 
Ijtimoiy  omillar  kishilarning  ehtiyojlari  bilan  bog’langan  bo’ladi  yoki  ularning 
qandaydir  xislatlarini  aks  ettiradi.  Iqtisodiy  omillar  ishlab  chiqarish  ehtiyojlari  va 
xodimlar xizmat ko’rsatish sohalarini ifodalaydi. Ulardan ikkitasini ko’rib chiqamiz. 
Bu,  birinchidan,  mehnat  bozorida  ish  kuchiga  bo’lgan  talabdir.  Talab  qanchalik 
ko’proq  bo’lsa,  pensionerlarning  ishga  joylashishlari  uchun  imkoniyatlar  shunchalik 
ko’proq  bo’ladi.  Ikkinchidan,  iqtisodiyotda  ish  o’rinlarining  mavjudligi  katta  yoshdagi 
kishilarning  jismoniy  ahvoli,  umumta’lim  va  kasb  tayyorgarligini  hisobga  olgan  holda 
ular mehnatidan foydalanish xususiyatlari mos keladi. 
Iqtisodiyotda  hamisha  pensiya  yoshidagi  kishilar  mehnatidan  foydalanish  «nuqta»lari 
bo’ladi.  Ular  orasida  yuqori  aqliy  malaka  ishlatishni  talab  qiladigan  faoliyat  turlari  ham 
bo’ladiki, ular insondan yuqori umumta’lim tayyorgarligi va muayyan amaliy tajribani talab 
qiladi. Ko’pgina maktab o’qituvchilari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining muallimlari, 
shifokorlar, ilmiy xodimlar va boshqa yuqori aqliy faoliyat turlari vakillari borki, ular pensiya 
marrasidan  o’tgandan  keyin  ham  muvaffaqiyatli  mehnat  qilib  kelmoqdalar.  Pensiya 
yoshining dastlabki besh yilida (erkaklar uchun 60-64 yosh, ayollarda 55-59 yoshda) alohida 
faollik seziladi. 
Shunday  ish  o’rinlari  ham  borki,  ularda  oliy  ma’lumot  va  kasb  tayyorgarligi  talab 
qilinmaydi.  Ya’ni,  ma’lumoti  birmuncha  kamroq  pensioner  kishilar  ham  o’z  mehnat 
sohalarini  topib  olishlari  mumkin.  Albatta,  iqtisodiyotdagi  taraqqiyot  ular  mehnatidan 
foydalanish  imkoniyatlarini  toraytirib  bormoqda.  Biroq,  biz  «murakkab  ishlar»,  «oddiy 
ishlar»,  «yuqori  tayyorgarlik  darajasi»,  «pastroq  tayyorgarlik  darajasi»  kabi 
tushunchalarning  nisbiyligini  esda  tutishimiz  lozim.  Mehnat  faoliyatining  barcha  turlari 
murakkablashib  boradi.  Biroq,  ayni  vaqtda,  bugungi  kundagi  pensionerlar  o’rniga 
birmuncha  ma’lumotliroq  va  yaxshiroq  zamonaviy  ishlab  chiqarishga  tayyorgarlik 
ko’rgan pensionerlar keladilar. 
O’zbekistondagi  80-yillar  oxiri,  90-yillar  boshidagi  iqtisodiy  o’zgarishlar 
o’smirlarga qanday ta’sir etgan  bo’lsa,  pensionerlarga  ham  yuqoridagi sabablarga  ko’ra 
taxminan  shunday  ta’sir  etdi.  Pensionerlarning  mehnat  bozori  birmuncha  ko’paydi. 
Kelgusida  uzoq  muddatli  tamoyillarning  ta’sir  qilishi  tobora  ko’proq  namoyon  bo’ladi, 
ular  vaziyatni  izga  solib  pensionerlarning  mehnat  resurslarini  to’ldirishga  qo’shadigan 
hissalarini oshiradi. 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish