271
ishsizlar, iqtisodiy nofaol aholi sonini ko’rsatuvchi ma’lumotlarni olish, shuningdek
zaruratga qarab, tushunchalar, ta’riflar va savollarni o’zgartirish yoki maydalash mumkin.
Bu esa, ayrim aholi guruhlari ishchi kuchida ishtirok etishining turli shakllarini aniqlash
imkonini beradi. Ishchi kuchini tekshirib chiqish faqat ishlayotganlarni emas, balki
vaqtincha ish bilan band bo’lmaganlarni ham qamrab olganligi, u mehnat resurslari va
ularning taqsimlanish tuzilmasi haqida to’la-to’kis tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Mehnat resurslarining hisobot balansi har qaysi yil va uning davrlari yakunlariga
qarab, respublika va uning hududlari bo’yicha tuziladi.
O’zbekiston Respublikasida 2007 yilning 1 iyuligacha amal qilib kelgan mehnat
resurslari balansi shakli Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 yanvardagi «Aholini ish
bilan bandligini hisobga olish tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi 42-sonli Qarori
bilan qabul qilingan bo’lib, mazkur balans Prezident farmon va qarorlari asosida
mamlakatda ish bilan bandlikning yangi noan’anaviy shakllarining (uy mehnati,
kasanachilik, oilaviy biznes, shaxsiy yordamchi xo’jaliklarda qoramol etishtirish, xizmat
ko’rsatish va servis) paydo bo’lishi natijasida o’z qamrovini yo’qotdi. Shuningdek,
mazkur metodika respublika aholisi va uy xo’jaliklari statistikasini yuritish va ularning
ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari monitoringini amalga oshirishda xalqaro standartlar va
yangi talablarga javob bermay qo’ydi.
Shundan kelib chiqqan holda 2007 yil 24 mayda Vazirlar Mahkamasining «Ishga
joylashtirishga muhtoj ish bilan band bo’lmagan aholini hisobga olish metodikasini
takomillashtirish to’g’risida»gi 106-sonli Qarori qabul qilindi va unga muvofiq joriy
yilning 1 iyulidan boshlab «Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan
aholini hududlar bo’yicha hisoblab chiqish» Metodikasi amaliyotga tatbiq etildi.
Metodika Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilangan normalardan kelib chiqqan
holda ishlab chiqilgan hamda O’zbekiston Respublikasining ish bilan ta’minlash va
mehnat bozorining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Unda «ishga joylashtirishga
muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan aholi» tushunchasi xalqaro standartlarda nazarda
tutilgan «ishsizlar» tushunchasiga teng deb qaraladi.
Mazkur metodikaga ko’ra:
1. Ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar soni mehnat resurslari sonidan mehnat bilan
bandlar soni va iqtisodiy faol bo’lmaganlar sonini chiqarib tashlagan holda quyidagi
formula bo’yicha aniqlanadi:
bunda:
MM – ishga joylashtirishga muhtoj aholi (ishsizlar);
Do'stlaringiz bilan baham: