44
4. SAMARQAND TUMANI FERMER XO'JALIKLARIDA
ASALARICHILIKNI TASHKIL ETISH VA SAMARADORLIGINI
OSHIRISH YO’LLARI.
4.1. Qishloq xo’jaligida asalarichilik mahsulotlari miqdori va sifatini
oshirish imkoniyatlari
Asalarichilikda ishlab chiqarish texnologiyasigaga rioya qilish, bunda
innovatsion g'oyalarni qullash iqtisodiy samaradorlikka erishishning hal qiluvchi
omili hisoblanadi. Uyadagi asalarilarni ko'paytirish, yangi oilalarni shakllantirish
kabi ishlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Ob-havo sharoitidan kelib
chiqib asalari oilalarini har 3–5 kunda ko'zdan kechirish zarur. Agar asalarilar yon
to'siq ortidagi romlarga o'tgan bo'lsa va ular miqdori yetarli darajada ekanligi
sezilsa, uyani kengaytirish mumkin. Odatda o'rik gullagan paytda asalarilar faol
harakat qilaolsa kuchli oilalardan 2 kg va undan ortiq asal olish mumkin. Agar
havo sharoiti mevali daraxtlar gulidan foydalanish imkonini bermasa, asalari
oilalarini shakar sharbati bilan oziqlantirishga to'g'ri keladi. Asalarichilik ishlab
chiqarishi qishloq xo'jaligining boshqa tarmoqlari kabi tabiat bilan chambarchas
bog'liq. Ona asalari chiqarishga kerakli miqdorda erkak asalari chiqqandan
so'nggina kirishish mumkin. Erkak asalari yetilishi uchun ikki haftadan kam
bo'lmagan muddat talab etiladi. Mana shundan keyingina ular ona asalari bilan
juftlashib, sog'lom nasl beradi. Ona asalari chiqarishda quyidagi muddatlarni
hisobga olish zarur: ona asalari yetishtirish davri 11–12 kunni tashkil etadi, yetilish
va birinchi parvozga chiqishi uchun yana 3–5 kun kerak bo'ladi. Shundan so'ng 3–
7 kun davomida urug'lanish uchun juftlashish parvoziga chiqadi. Yosh ona asalari
bilan yangi oilani shakllantirishda bir uyada ko'p o'rinli, 2 romli nukleus
tayyorlanadi. Usti yopiq nasl va yosh asalarilar o'tirgan bitta rom ko'chiriladi,
ochiq naslli romdan yosh asalarilar o'sha yerga qoqiladi va o'sha oiladan ozuqali
bitta rom olinadi. Shakllantirilgan oilalarni boshqa joyga ko'chirmay,
asalarizorning o'zida qoldiriladi. Chunki hamma parvoz qila oladigan asalarilar o'z
45
uyiga uchib ketib, yangi oila yosh asalarilar bilan qoladi. Keyingi kuni yangi oilaga
yetilgan onadon beriladi va 2–3 kun bezovta qilinmaydi. Shundan so'ng
oilachalarda ona asalari chiqqani ko'zdan kechiriladi. Ona asalarini izlab topish
shart emas. Agar onadon og'zi tekis dumaloq shaklda qirqilgan bo'lsa, ona asalari
yaxshi chiqqan bo'ladi. Asalarizorni har qanday xastaliklar paydo bo'lishidan
saqlash kerak. Ko'pincha bunday hol oilalar ozuqasiz qolganda, uyalar ortiqcha
kengaytirib yuborilganda va asalarichi tomonidan uquvsiz qarov bo'lganda yuzaga
keladi. Respublikamizning iqlim sharoiti aprelning birinchi yarmidayoq ona asalari
yetishtirish
imkonini beradi.
Bunda
birinchi navbatda
ob-havo ta'sir
ko'rsatadi. Aprel-may oyi boshlarida, keksa ona asalarilarni almashtirish yoki
asalari paketlarini savdoga qo'yish, asalarizorni to'ldirish maqsadida asalari
oilalarini ko'paytirishga e'tibor beriladi. . Asalarichilikda sun'iy usulda ona asalari
yetishtirishning ko'plab usullarini qo'llashadi. Bunda ikki asosiy uslubga
asoslanadi: birinchisi lichinkalarni ko'chirish, ikkinchisi lichinkalarni ko'chirmay
turib amalga oshiriladi. Birinchisi sermahsul bo'lgani bois, tajribali asalarichilar
tomonidan sanoat asosida ona asalarilar yetishtirishda foydalaniladi. Ikkinchi uslub
kamroq mehnat talab etadi, biroq uning yordamida ona asalarilar yetishtirish
miqdori cheklangani bois, faqat kichik asalarizor uchun qo'l keladi. Onalik asalari
oilalari – bu oz miqdordagi, mahsuldorligi, faol rivojlanishi va ona asalarining
nasldorligi bilan ajralib turadi. Asalarichi avvaldan shunday oilalarni belgilab olib,
kuzatib boradi. Ular tuxum hamda lichinkalar olish uchun mo'ljallanadi. Otalik
asalari oilalari – erkak asalarilar yetishtirish uchun mo'ljallangan oiladir. Odatda
ishlab chiqarish yo'nalishidagi asalarizorlarda ota oilalarga uncha ko'p e'tibor
qaratilmaydi, chunki, ular bilan asosan naslchilikka ixtisoslashgan xo'jaliklarda
asosiy ish olib boriladi. Tarbiyachi oilalar – to'liq yoki qisman ona asalariga ega
bo'lmasdan, ona asalarilarni yetishtirishga mo'ljallanadi. Tarbiyachi oilalarni
onasiz qoldirmay shakllantirish uchun ona asalari bo'luvchi sim to'r panjara ortiga
ko'chiriladi, uyadagi asosiy asalarilar uning yoniga bemalol o'ta oladilar. Tabiatda
46
zarur
ozuqa
bo'lmaganda
tarbiyachi
oilalarni
0,4–0,6
litr
miqdorida
nordonlashtirilgan shakar sharbati bilan oziqlantiriladi. Lichinkalarni ko'chirish
maxsus tayorlangan 25°S haroratdagi va yuqori namlikka ega bo'lgan maxsus
xonalarda amalga oshiriladi. Tabiiy yorug'lik yetarli bo'lmaganda, kunduzgi
yoritish chiroqlaridan foydalaniladi. Hozirda asalarichilar asosan standart ramkali
nukleuslardan foydalanishadi. Ular odatda 16–20 ramkali uyani maxsus fanerali
to'siqlar balan 8–10 bo'limga ajratadilar. Har bir bo'lim 2 ta ramkaga mo'ljallangan
bo'lib, uyaning old yoki orqa tomonidan ikkita tuynukka ega. Ona asalarilar
yo'qolmasligi uchun tuynuklar turli balandliklarda va har xil ranglarga bo'yalishi
lozim. Maxsus fanerali to'siqlar uya devorining o'ziga arra bilan tirnoq ochilib
mahkamlansa, bu uyalardan asal yig'imi davrida ham 1–2 ta oila qoldirib bemalol
foydalanish mumkin. Nukleuslarning yana bir samarali jihati shundan iboratki,
urug'langan ona asalarilarni boshqa oilaga o'tkazilayotganda ularni o'z ramkalari va
asalarilari bilan birga yangi oilaga o'tkaziladi. Nukleusli uyalarga esa yana yangi
oilalar shakl¬lantiriladi. Nukleus to'la shakllanib bo'lgach, asalarizorda doimiy
turadigan joyga qo'yiladi. Nukleuslar uchun joy tanlashda maydonning ochiqligi va
mo'ljal ob’yektlarining ko'pligi hisobga olinishi kerak. Shundan so'ng pastdagi
tuynuklar ochib qo'yilib, keksa asalarilarga o'z uyalari tomon uchib borish imkoni
yaratiladi. Qolgan yosh asalarilarga esa ertasi kuni ertalab yetilgan onadon uya
o'rtasiga joylashtiriladi. 2–3 kundan so'ng uyadagi onadonlari tekshiriladi, ona
asalari chiqmaganligi yoxud onadon g'ajilganlari o'rniga boshqa onadon yoki
tayyor urug'lanmagan ona asalari beriladi.
Respublikamiz sharoitida asalarichilik bahor oylarida qo'llaniladigan bunday
tartib-qoidalar mintaqalarda turlicha bo'lishi mumkin, lekin bu ishlar negizida
asalari oilasini to'laqonli qilib rivojlantirish va asosiy asal yig'imi davrigacha
kuchli asalari oilalarini shakllantirishdan iboratdir Avgustda bir quti asalaridan 10-
15 kg. toza asal to'plash mumkin. Asalari oilasi mahsuldorligini aniqlash, ularning
asal yig'imiga ko'rilgan tayyorgarlikka bog'liq. Buning uchun tanlab olingan
47
hududda, asalarilarning asal yig'imiga tayyorlashni qulay vaqtini aniqlash lozim.
Aks holda asalari oilalari asal yig'imiga ancha oldin yoki aksincha kech kirishadi.
Ushbu holatda ko'p asal yig'a olmaydi. Asalarilarni asal yig'imiga tayyorlashda,
eng avvalombor, hududning serasalligini bilish lozim. Asal olish jarayonida
romdagi mumkataklarda 8-10 foizgacha asal qolib ketadi. Xususan bir dona
standart ramka asali olingandan keyin ham 300 grammgacha asal qoladi. Yaxshi va
sifatli ramkalar asalari uyasining o'rtasiga joylashtiriladi, olib qo'yishga
mo'ljallanganlari esa quritib olinadi. Buning uchun asali olingan ramkalar uyadagi
to'sqich taxta ortiga joylashtiriladi. 2-3 kundan so'ng asalarilar ulardagi barcha
qoldiq asalni olib tugatadi va ramkalar omborda saqlashga qo'yilinadi. Ramkalarni
joylashtirish. Asal olingandan keyin, asosan avgust oyi oxirida, asalari uyasida
asalarilarni to'g'ri shakllantirish kerak. Ko'pchilik hududlarda asalarilarning kuzgi
rivojlanishi avgust oyi oxiriga to'g'ri keladi. Oilada asalarilar to'liq o'tiradigan
miqdorda ramka qoldiriladi. Barcha ortiqcha ramkalar esa uyadan olib qo'yiladi.
Yotiq arixonalarda bo'sh ramka uya o'rtasidagi to'siq yoniga joylashtiriladi. Bu
joyga asali olinmagan, gulchang va asalli ramka qo'yiladi. So'ng naslli ramkalar,
uya oxiriga tuxum qo'yishga mo'ljallangan ramkalar joylashtiriladi. Uyani bir
vaqtning o'zida to'sqich taxta oxurcha bilan, chegaralash kerak. Uyaga faqat och
jigarrang ramkalar joylashtiriladi.
Asalarilarni parvarishlashning asosiy sharti tabiatda oz bo'lsada, asal hamda
gulchang beruvchi o'simliklarning mavjudligidir. Ular bo'lmaganda, kech gullovchi
o'simliklar bor hududlarga qo'chiriladi yoki qo'shimcha ravishda ozuqa beriladi.
Bunda shakar sharbati 1 kg shakarga 1 l suv miqdorida tayyorlanadi.
Nordonlashtirish uchun sirka yoxud limon kislota miqdori 0,03 foiz bo'lishi kerak.
Shakar sharbati bilan asalarilar oz miqdorda (0,2-0,3 l) kuniga yoki kunora
oziqlantirib boriladi. Bu gulshira miqdorini bosadi va ona asalarini tuxum
qo'yishga rag'batlantiradi. Gulchangning o'rnini bosa oladigan narsa yo'q, shu bois
asalarilarni kechki makkajo'xori, kungaboqar va boshqa gulchang beruvchi
48
o'simliklar maydoni yaqiniga ko'chirilgani ma'qul. Asalarilardan har xil mahsulot:
asal, mum va hokazolar olinadi. Gul asal –o'zining xushta'mliligi va shifobaxshlik
xususiyati bilan yuqori baxolanadi. U qand lavlagi va uning mahsulotlaridan,
shakar qamishdan olinadigan shakardan, tarkibida konga tez singadigan uzum va
meva shakari borligi bilan, ikkinchidan odamda moddalar almashinuvini tartibga
soladigan fermentlar, vitaminlar, mineral moddalar – organiq va mineral
katalizatorlarning borligi bilan farq qiladi.
Asalarilar mahsuldorligini oshirishga quyidagi faktorlarga bog'liq:
1. Asalarilarni rayonlashtirishga,
2. Ishlab-chiqarish jarayonini mehanizasiyalashtirish,
3. Ishlab-chiqarish kam mehnat sarflashni tashkil etish,
4. Asalarichilik tarmog'ini ixtisoslashtirish.
Bular har xil zonalarga urchishga qarab farq qilinadi, shuning uchun ham
bunday arilarni yanada takomillashtirish kerak. Mahalliy arilar yoz paytida qish
uchun suvni zapas qilib, qo'yadi, chunki paxtadan olingan asal qish paytida
kristallanib qoladi, shu paytda bularga suv kerak bo'ladi.
Asalarichilik davlat xo'jaliklarida mehnatning tashkil etishning quyidagi
sxemasi foydalidir: zveno – bo'lim. Zveno usulida – arizorlarni malakali kadrlar
bilan taminlash masalasi taminlanadi. Tog' zonalarida zvenolarga otlar
berkitiladi,paxtakor zonalarida esa, motosekl, avtomashina kerak bo'ladi. Bo'limda
esa 5-7 ishchi bo'lib, ular arizorlarni ko'chirish, suv tashish, asalarichlikda
qo'llaniladigan asbob uskunalarni, asal, sozlash asboblarini olib yuradi.
Tabiiy ravishda ko'paygan ona – arilar, sun'iy yetishtirilgan ona – arilar
nisbatan har – tomonlama ustun bo'ladilar. Xo'jaliklarda qisqa muddatda ona ari
yetishtiradigan (may oyining 2-yarmigacha) 8-9 qishidan iborat bo'lgan zvenolar
tashkil etish kerak. Har yili 40-50 mingta sifatli ona ari yetishtirish uchun alohida
ajratilgan maydon bo'lishi kerak. Shundagina arizorga rejali ravishda har 2 yilda
ona ari yetishtirib beriladi va bir xildagi oila saqlanadi. Shundagina asalarigina eng
49
murakkab va mashaqqatli tashvish, sun'iy ravishda ona ari yetishtirishdan qutiladi.
Asalarichilikda kam mehnat sarf etish uchun uya va oilalar standart ulchamda
bo'lishi, mehnatni mexanizasiyalashtirish elektr toki yordamida asal ajratishni,
harakatdagi asalari pavlinlarini tashkil etish, elektr va bug'li pichoqlardan
foydalanish, arizor aravachalaridan, ko'targichlardan va asalarilarga qarashni
soddalashtirish natijasida erishish mumkin.
Quyidagi jadvallarimizda biz Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi
fermer va dehqon xo'jaliklarida mavjud asalarilar oilasining soni, umumiy va har
bir oiladan olinadigan asal miqdorining ko'rsatkichlarini tahlil qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |