Samarqand qishloq xo’jalik instituti iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti «tasdiqlayman»



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/21
Sana30.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#194059
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
asalarichilikni tashkil etish va uning samaradorligini oshirish imkoniyatlari

 

 

 

 

 

 


 

 

 



54 

4.2.1-jadval 

Asalarichilikda ishlab chiqarish xarajatlari* 

 

№ 



Ko'rsatkichlar  

O'lchov 


birligi  

Miqdori  

1 kg yoki 1 

dona qiymati 

Jami tannarxi  

Asalari oilasi  



dona  

180000 



150000 

Asalari uyasi 



dona  

70000 



70000 

Mum kataklar  



dona  

7000 



63000 

Ramkalar  



dona  

4000 



28000 

Shakar  



kg 

10 


3500 

35000 


Medagon (asal 

olish asbobi ) 

dona  


200000 


200000 

Yuz niqobi  



dona  

20000 



60000 

Mum parda  



kg 

50000 



250000 

10 


Dorilash  

marta  


100000 


100000 

11 


Ish haqi  

oy 


110000 


110000 

12 


Jami: 

 x 


x  

x  


1066000 

*Manba:Samarqand viloyati Samarqand tumani qishloq va so'v xo'jaligi 



 

4.2.1-jadval  ma'lumotlaridan  ko'rinib  turibdiki,  asalarichilikni  tashkil  etish 

uchun  qilinadigan  xarajatlar  1066000so'mni  tashkil  etadi.  Qilingan  xarajatimiz 

doimiy  va  o'zgaruvchan  xarajatga  bo'linadi.  Bu  yerda  doimiy  xarajat  miqdori 

200000so'mni tashkil etib, o'zgaruvchan xarajat esa 866000so'mni tashkil etadi. 1ta 

asalari  oilasini  tashkil  etish  uchun  bizga  1asalari  oilasi,  asalari  uyasi,  1asalari 

uyasiga  9  dona  mum  kataklar,  7  dona  ramkalar  kerak  bo'ladi.  Asalari  ozuqasi 

uchun  1  oilaga  10  kg  shakar  beriladi.  Asalari  parvarishi  uchun  vaqtida  dorilash 

ishlari  olib  boriladi,  dorilashi  uchun  100000so'm  ketadi.  Asal  tayyor  bo'lgandan 

keyin  medagon  asal  olish  asbobi  bilan  asal  olinadi.  Medagon  doimiy  xarajatga 

kiradi.  

 

 



 

 

 



 


 

 

 



55 

4.2.2-jadval 

50 ta asalari oilasi mavjud bo'lgan dehqon xo'jaligiga qilinadigan xarajat*  

 

№ 



Ko'rsatkichlar  

O'lchov 


birligi  

Miqdori  

1 kg yoki 1 

dona 


qiymati 

Jami xarajat 

Asalari oilasi  



dona  

50 


180000 

9000000 


Asalari uyasi 

dona  

50 


70000 

3500000 


Mum kataklar  

dona  

450 


7000 

3150000 


Ramkalar  

dona  

350 


4000 

1400000 


Shakar  


kg 

500 


3500 

1750000 


Medagon (asal 

olish asbobi) 

dona  


200000 


200000 

Yuz niqobi  



dona  

100 


20000 

2000000 


Mum parda  

kg 

250 


50000 

12500000 

10 

Dorilash  



marta  

50 


100000 

5000000 


11 

Ish haqi  

ishchi 

110000 



220000 

12 


jami  

 x 


 x 

 x 


38720000 

Manba:Samarqand viloyati Samarqand tumani qishloq va so'v xo'jaligi

 

4.2.2-jadval  ma'lumotidan  xulosa  qilish  mumkinki,  50  ta  asalari  oilasiga 



mo'ljallangan  dehqon  xo'jaligini  tashkil  qilish  uchun  o'rtacha  38720000  so'mli 

xarajat qilinadi. Bunda doimiy xarajat 200000 hisoblanadi, qolgan xarajatlar ya'ni,  

38520000so'm esa o'zgaruvchan xarajatlardir.  

   


 

 

 



 

 

 



 

 

 



4.2.3-jadval 

50 ta asalari oilasi mavjud bo'lgan dehqon xo'jaligidan olingan daromad (2013 y.)* 

№ 

Ko'rsat-



kichlar 

O

'l



ch

o

v



 

b

ir



li

g



1

 as


al

ar



o

il

as



id

an

 



o

li

n



ad

ig

an



 

ma

h



su

lo



mi

q

d



o

ri

 



50

 t

a a



sal

ari


 

o

il



as

id

an



 

o

li



n

ad

ig



an

 

ma



h

su

lo



mi

q



d

o

ri



 

Bi

r b



ir

li

k



 

b

ah



o

si



 

so

'm



 

U

m



u

mi

y



 

b

ah



o

si



 

so

'm



 

Asal 



kg 

23,5 


1175 

18000 


21150000 

Asalari mumi  



gr 

500 


25 

50000 


1250000 

Mumparda  



kg 

150 



50000 

7500000 


Propolis 

gr 



250 



20000 

5000000 


Yangi asalari 

oilasi  

dona 


20 


180000 

3600000 


JAMI 




38500000 

*Manba:Samarqand viloyati Samarqand tumani qishloq va so'v xo'jaligi 



 

 

 



56 

4.2.3-jadvalimizda  2013  yilda  Samarqand  tumanidagi  50ta  asalari  oilasiga 

mo'ljallangan  dehqon  xo'jaligidan  olingan  mahsulotlar  va  olingan  daromad  tahlil 

qilingan.    Yuqoridagi  ma'lumotlarga  ko'ra  1asalari  oilasidan  olingan  daromad 

735000so'mni  tashkil  etgan,shunga  asosan  50  ta  asalari  oilasidan  40350000so'mli 

daromad  ko'rishimiz  kerak  edi.  Lekin  bizda  2013  yilda  1asalari  oilasidan  olingan 

asal  miqdori  23,5kgni  tashkil  qilganligi  uchun,daromadimiz  3850000so'mga  teng 

bo'lgan.  Bu  daromad  sof  holda  olingan  daromad  hisoblanadi.  Asalaridan  asal, 

asalari  mumi,mumparda  va  propolis  mahsulotlaridan  tashqari  yangi  asalari  oilasi 

olishimiz  mumkin.  1asalari  oilasidan  5gr  propolis  va  3kg  ga  mumparda  olinadi.  

Olingan  mahsulotlarimizdan  tashqari  yana  qo'shimcha  asalari  suti,ona  ari,olinadi. 

asalari zaxari lekin kam miqdorda.  



4.2.4-jadval 

Asalarichilikda asosiy moliyaviy va iqtisodiy ko'rsatkichlar tahlili 

№  Ko'rsatkichlar  

Yillar  

2013 yilning 2012 

yilga nisbatan 

o'zgarishi  

2012 

 

2013 



  

  

  



(+/-) 



Asalari oilasi, dona 

2252 


5016 

2764 


222,8 

Yalpi hosil, tonna  



27 

63,2 


36 

234,1 


Hosildorlik,kg 

12,0 

12,6 


105,1 


Yalpi mahsulot qiymati,  ming 

so'm 

459000 


1137600 

678600 


247,8 

Jami ishlab chiqarish xarajatlari, 



ming so'm 

351000 


884800 

533800 


252,1 

Mahsulotni sotishdan olingan 



foyda, ming so'm 

108000 


252800 

144800 


234,1 

1 kg asal  



  

  

  



  

Tannarxi, so'm 



13000 

14000 


1000 

107,7 


O'rtacha sotish bahosi, so'm 

17000 

18000 


1000 

105,9 


Sotishdan olingan foyda, so'm 

4000 

4000 


100,0 


1 ta asalari oilasi hisobiga  

  

  

  



  

Daromad, so'm 



203816 

226776 


22960 

111,3 


Xarajat, so'm 

155859 

176381 


20522 

113,2 


Foyda, so'm 

47957 

50395 


2438 

105,1 


Rentabellik darajasi, % 

30,8 

28,6 


2.2  punktga 

kamaygan 

Manba:Samarqand tuman dehqon xo'jaliklarining 2011-2013 yilgi ma'lumotlari 



 

 

 



57 

Quyidagi 4.2.4-jadval ma'lumotlaridan yakuniy xulosa qilish mumkinki, 2013 

yilda  mahsulotni  sotishdan  olingan  foyda  205600  ming  so'mni  tashkil  etib,  2012 

yilga nisbatan 94000ming so'mga ya'ni 84,6%ga oshgani ma'lum. 1kg asal tannarxi 

2013  yilda  14000  teng  bo'lib,  2012  yilga  nisbatan  2000so'mga  ya'ni  25%ga 

oshganini  ko'ramiz.  1  asalari  oilasi  hisobiga  qilingan  xarajat  2013  yilda  176381 

so'mni tashkil qilib, 2012 yilga nisbatan 20522 so'mga ya'ni 113%ga, daromad esa 

22960  so'm  ya'ni  111,3  %ga  oshgan.  Bulardan  kelib  chiqqan  holda  rentabellik 

darajasi  2013  yilning  2012  yilga  nisbatan  o'zgarishi  2,2  ga  kamaygan.    2013 

yilning 2012 yilga nisbatan kamayishi yog'ingarchilik kam,o'simliklarga yetarlicha 

suv miqdori bo'lmaganligi sababli yuzaga kelgan.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



58 

5.  QISHLOQ XO'JALIGIDA MEHNAT MUHOFAZASINI 

TA'MINLASH. 

 

Qishloq  xo'jaligida  mehnat  muhofazasining  asosiy  vazifalaridan  biri 



ishlovchilarning mehnat havfsizligini ta'minlashdir.  Zamonaviy agrosanoat  ishlab 

chiqarishi  muntazam  yangi  texnikalar,  mikrobiologik  va  kimyoviy  moddalar 

yetkazib  berishni,  chorva  mollarini  katta  komplekslarga  va  mayda  fermerlik 

xo'jaliklariga  birlashtirishni,  ish  jarayonlarining  yiriklashuvini,  dehqonchilikdagi 

ishlarni  bajarishni,  ayrim  mehnat  turlarini  hamda  vostialarini  o'zgartirib  borishni 

o'z ichiga oladi.  

  Mehnat  havfsizligi  –  mehnat  sharoitining  shunday  holatiki,unda 

ishlovchilarga xavfli va zararli  ishlab chiqarish omillarining ta'siri istisno qilingan. 

Ishlab  chiqarish  sharoitida  insonga  jarohat  yetkazilishi  bu  fizikaviy  va  kimyoviy 

xavfli ishlab chiqarish omillari borligini bildiradi.  

  Fizikaviy 

xavfli 


ishlab 

chiqarish 

omillari 

–  bu  harakatdagi 

mashinalar,uskunalarning 

harakatdagi 

elementlarining 

to'silmaganligi, 

qo'zg'aluvchi buyum, materiallar, uskuna va materiallari ustki qismining qismining 

yuqori yoki past haroratda bo'lishi, elektr tarmoqlarining xavfli kuchlanishi, yuqori 

bosimdagi havo va gazning portlagandagi energiyasi va boshqalar.  

  Kimyoviy  xavfli  ishlab  chiqarish  omillari–odam  organizmiga  o'yuvchi, 

zaharli  va  qichitadigan  moddalarning  ta'sir  qilishi  bilan  ifodalanadi.    Muayyan 

xavfli  ishlab  chiqarish  omillarning  kelib  chiqishi  texnologik  jarayon,  uskuna 

konstruksiyasi va ishni tashkil qilinganlik darajasiga bog'liq bo'ladi.  

  Xavfli  ishlab  chiqarish  omillarining  kelib  chiqish  xususiyatiga  qarab, 

ko'rinib turgan va ko'rinmaydiganlarga bo'lish mumkin.  

Ko'rinib  turgan,  xavfli,  tashqi  belgilari  bilan  yaqqol  ifodalanadi:  masalan, 

mashinaning  harakatlanuvchi  qismlari,  alanga,  ko'tarilib  va  osilib  turgan  yuk. 

Ko'rinmaydigan  xavfli  mashinalar,  mexanizmlar,  moslamalar  va  asboblarda 

yashirin  nuqsonlarning  borligiga  bog'liqdir.  Yashirin  xavfni,  shuningdek  ish 



 

 

 



59 

doirasining  tiqishtirilganligi  va  ivirsiganligi,  asbob,  moslamalarni  o'z  maqsadida 

foydalanmaganligi,uzilgan elektr simlari, xodimlarning noto'g'ri va xato harakatlari 

va boshqalar tug'dirishi mumkin.  

  Ishlab chiqarish jarohatlarining oldini olish -juda murakkab kompleks bo'lib, 

avvalo, muhandis, texnik mutaxassislardan, shuningdek tibbiy va boshqa sohadagi 

mutaxassislardan alohida e'tibor qaratishni talab etadigan muammodir.  

Mashina 


va 

mexanizmlarning 

xavfli 

doiralari. 

Agar 

ishlovchilar 



jarohatlantirishga  sababchi  bo'lgan  xavfni  keltirib  chiqaruvchi  mashinalar  bilan 

ma'lum masofada ishlamasalar ko'ngilsiz hodisa yuz berishi mumkin.   

  Insonning hayoti va salomatligiga ta'sir etadigan xavfli maydoni xavfli doira 

deb ataladi.  

  Xavfli  doira  mashinaning  harakatlanuvchi,  aylanuvchi  qismlarida,  yuk 

yaqinida,  ko'tarib-tushiradigan  transport  vositalarida  qo'zg'atiladigan  yuk  atrofida 

paydo  bo'lishi  mumkin.  Ishlovchilarning  kiyim  va  sochlarini  uskunalarning 

harakatdagi  qismlarini  tortib  ketish  imkoniyatiga  ega  havfli  doira  xafv-xatar 

tug'diradi.  Juda  ko'p  jarohatlar  ishchilardagi  osilib  yotgan  kiyimlarni  qishloq 

xo'jaligi mashinalarining to'silmagan kardanli uzatmalari o'rab ketishi tufayli sodir 

bo'ladi.   

  Strelali  kranlarning  xafvli  doira  o'lchamlari  uning  strela  uzunligiga 

bog'liqdir.  

Ishchilarni  xavfli  va  zararli  ta'sir  ko'rsatishi  mumkin  bo'lgan  dastlabki 

materiallar,  yarim  mahsulotlar  va  chiqindi  ishlab  chiqarilishi  bilan  bevosita 

aloqasini  yo'qotish,  xavfli  va  zararli  ishlab  chiqarish  omillari  mavjud  joylarni 

kompleks  avtomatlashtirish  hamda  mexanizasiyalash,  texnologik  jarayonlarda 

nazorat va boshqarish tizimini o'rnatish darkor. Bu ishlovchilarning himoyasini va 

ishlab  chiqarish  jarayonlarining  avariya  holatda  o'chirilishini  ta'minlaydi.  Ishlab 

chiqarish chiqindilarini o'z vaqtida zararsizlantirish va chiqarib tashlash,ular xavfli 

va zararli ishlab chiqarishning oldini olishga yordam beradi.  



 

 

 



60 

  Texnologik  jarayonlarga  qo'yiladigan  xavfsizlik  talablari  texnologik 

hujjatlarda  ko'rsatilgan  bo'lishi  shart.  Ish  joyidan  tashqarida  bajarayotganda 

xonalarni 

va 

maydonlarni 



tanlashga 

katta 


e'tibor 

qaratmoq 

kerak.  

Shuningdek,uzluksiz  ishlab  chiqarish  jarayonlarining  xavfsizligini,  uskunalarni 

to'g'ri  joylashtirish  va  ish  joylarini  oqilona  tashkil  qilish  bilangina  ta'minlash 

mumkin.  Materiallarni,  tayyor  mahsulotni  va  ishlab  chiqarish  chiqindilarini 

saqlaganda,  xavfli  ishlab  chiqarish  omillarining  sodir  bo'lishidan  himoyalanish 

kerak.  


  Ishlab chiqarishda ishlashga ruxsat etilgan shaxslarning fizik imkoniyatlarini 

va  mehnat  xususiyatlarini  hisobga  olish  shart.  Xizmat  qiluvchi  xodimlar 

bajarayotgan ishlariga muvofiq mehnat xavfsizligi bo'yicha kasbiy tayyorgarlikdan 

o'tgan bo'lishi lozim.  

Barcha  mashina  va  mexanizmlarga  xavfsizlik  texnikasi  va  ishlab  chiqarish 

sanitariyasi  bo'yicha  yagona  talablar  qo'yiladi.    Ana  shu  talablarga  muvofiq 

mashina  va  mexanizmlarni    boshqarishning  asosiy  richaglari  o'ng  qo'l  ostiga 

joylashgan  bo'lishi,  har  qaysi  mashinada  tovush  signali,  orqani  ko'rish  oynasi, 

burilish va to'xtash signallari bo'lishi kerak.  

Ish  jarayonida  mashina  va  mexanizmlardagi  mahkamlangan  joylar 

bo'shashadi, zazor(tirqish)lar kattalashadi, moy, suv yoki yonilg'i siza boshlaydi va 

hokazo.  Shu  boisdan  pala-partish  ko'rsatilgan  texnik  xizmat  avariya  va  baxsiz 

hodisalarga  sabab  bo'lishi  mumkin.  Masalan,  traktor  yurish  qismining 

mahkamlangan  joylarini  o'z  vaqtida  tekshirib  va  taranglab  turilmasa,u  ag'darilib 

ketishi mumkin.  Agar mashina ishlayotgan vaqtda inson hayoti yoki salomatligiga 

xavf  soladigan  nuqson  payqalsa  ,ishni  darhol  to'xtatish  kerak.  Har  bir  traktorchi, 

kombaynchi,  haydovchi  mashinani  ishlatishdan  oldin  uning  texnik  holatini 

tekshirib ko'rishi kerak.  

  Mashinadagi  har  bir  harakatlanuvchi  detal  havflidir.Aylanayotgan  val, 

yulduzcha,  tishli  g'ildirak  qo'lni,  turmaklanmagan  sochni  yoki  kiyimni  ichkariga 




 

 

 



61 

olib  ketishi  mumkin.  Shu  boisdan  mashina  va  mexanizmlarning  harakatlanuvchi 

qismlari qalpoq, g'ilof, kojux, to'siqlar bilan berkitiladi. Ammo harakatdagi barcha 

qismlarni  ham  himoya  qurilmalari  bilan  berkitib  bo'lmaydi.  Shu  sababdan  xavfli 

zonada  ham  ishlashga  to'g'ri  keladi.  Xavfli  doira  hamma  mashina  va 

mexanizmlarda  bor.  Ular  mashinalarning  tashqi  qismida  (kombaynning  parragi, 

qirquvchi  apparativa  h.  k.  )  va  ichki  qismida  (yanchish  barabani,  tozalash 

ventilyatori,  konveyerlar)  bo'lishi  mumkin.    Harakatga  keltiruvchi  dvigatelning 

aylanayotgan  maxovigi  atrofidagi  doira  xavfli  hisoblanadi.  Shu  sababdan  agar 

dvigatelni yurgizib yuborishning iloji bo'lsa, maxovikni qo'l bilan aylantirish man 

etiladi. Yurib ketayotgan mashinaning o'zi ham xavfli doira hisoblanadi.  Shuning 

uchun  dvigatel  ishlayotganida  yoki  mashina  yurib  ketayotganida  uni 

moylash,rostlash 

va 


nuqsonlarini 

bartaraf 

qilish 

man 


etiladi.  

Mexanizasiyalashtirilgan  agregatlarga  xizmat  ko'rsatayotganlar  ish  vaqtida 

xavfsizlik  texnikasi  qoidalariga  rioya  qilishi:ishlab  turgan  mashina  yaqinida 

yechinib-kiyinmasligi,  o'ziga  mos  bo'lmagan  jomakorda  ishlamasligi,  kiyimining 

etaklari (barlari) shalvirab osilib turmasligi kerak.  

  Traktor, kombayn va avtomobilda haydovchi asboblarining to'la jamlanmasi, 

birinchi  yordam  ko'rsatish  uchun  aptechka,  ichimlik  suv  solingan  idish,  zavod 

tomonidan beriladigan qo'llanma bo'lishi shart.  

Mehnat  xavfsizligini  ta'minlashning  texnik  vositalari.  Har  qanday  xo'jalikka, 

korxonalarga yetkazib beriladigan har qanday qishloq xo'jaligi mashinasi, agregati, 

mexanizm iva uskunalari baxsiz hodisalarning oldini oladigan zamonaviy himoya 

vositalari bilan  jihozlanadi. Mehnat xavfsizligi  to'siq,  tormoz,  blokirovka,  saqlash 

qurilmalari,  signalizasiya,  shaxsiy  himoyalanish  vositalarini  ishlatish,  shuningdek 

ularning yaxshi ishlashini nazorat qilish bilan ta'minlanadi.  

  To'siq  qurilmalar.  Xavfli  zonalarni  himoyalash  uchun  oddiy,  ishonchli  va 

arzon  to'siq  qurilmalar  keng  ko'lamda  ishlatilmoqda.  To'siq  qurilmalar  insonni 

xavfdan himoyalash uchun xizmat qiladi. Ular qanday maqsadga mo'ljallanganiga 



 

 

 



62 

qarab  har  xil  tuzilmali  bo'ladi.  Shunga  ko'ra  to'siqlar  doimiy  yoki  vaqtinchalik 

bo'lishi  mumkin.  Masalan,  traktor  orqa  ko'prigining,  tasmali  uzatmalar  qutisining 

korpuslari  doimiy  to'suvchi  qurilmalardir.  Doimiy  to'siqlarning  afzalligi 

shundaki,agregat ishlayotganda ishchi xavfli zonaga kira olmaydi. Doimiy to'siqlar 

siljuvchan  va  qo'zg'almas  bo'ladi.  Siljuvchan  to'siqlarni  to'siqlarning  olib  qo'yish 

yoki chekkaga surib qo'yish mumkin. Vaqtinchalik to'siqlar korxona, sex, uchastka 

territoriyasidagi  ishlarni  bajarish  vaqtida  ishlatiladi.  Ularga  misol  sifatida 

muhofaza ekranlari, metall shchitlar,parda va boshqalarni keltirish mumkin. Sexda 

payvandlash  ishlarini  bajarishda  atrofdagilarni  elektr  yoyning  ravshan  shu'lasi 

ta'siridan  muhofaza  qilishda,  qurilish  maydonchalari,  transheyalarni  to'sishda, 

boshqa yer ishlarini bajarishda vaqtinchalik to'siqlar ishlatiladi.  

  Himoya to'siqlari panjara, to'rlardan iborat. Agar mexanizm ishini ko'z bilan 

kuzatib turish zarur bo'lsa, bunday hollarda to'siq shaffof material (organiq shisha, 

selluloid va boshq. )dan tayyorlanadi.  

  Himoya qurilmalari. Mashina va uskunalarga qo'yiladigan mavjud talablarga 

muvofiq  har  bir  mashina,  traktor  yoki  agregatda  avariya  holatidagi  ish  rejimiga 

mo'ljallangan  himoya  qurilmalari  bo'lmasa,  bunday  mashina  ishga  yaroqli  emas 

deb  hisoblanadi.  Himoya  qurilmalarining  ishlashini  nazorat  qilish  parametri 

(zo'riqish,  bosim,  harorat  va  h.  k.  )  ruxsat  etiladigan  chegaradan  chiqqanida 

avtomatik to'xtaydi.   

  Tormozlash  qurilmalari.  Mashina  va  uskunalarning  harakatlanayotgan 

(aylanayotgan)  elementlarini  tez  va  asta-sekin  to'xtatish  uchun  tormozlash 

qurilmalari ishlatiladi. Bunlan tashqari, ular mashinalarni qiyaliklarda tutib turish, 

ko'tarilgan yukning o'z-o'zidan pastga tushib ketishidan saqlash maqsadlarida ham 

ishlatiladi.  Masalan,  g'ildirakli  traktorlarning  tormozlash  qurilmalari  traktorning 

og'irligi  4  tonnagacha  bo'lganida  20  km  boshlang'ich  tezlikda  tormoz  berilganda 

quruq  beton  yo'lda  traktorni  to'xtatib  qo'yish  kerak  –  tormoz  yo'li  6  m  dan  ko'p 




 

 

 



63 

bo'lmasligi  lozim.    To'xtatib  qo'yish  tormozining  samaradorligi  mashinalarni 

36%ga (200) ko'tarilish yoki tushishda ishonchli tutib turishiga qarab aniqlanadi.  

Blokirovka  qurilmalari.  Blokirovka  –bu  mexanizmlarni  yoki  ularning 

qismlarini  muayyan  holatda  ishonchli  mahkamlashni  ta'minlaydigan  vositalardir. 

Mashina,mexanizmda 

blokirovka 

qurilmalarining 

va 

boshqa 


saqlagich 

vositalarning  bo'lishi  ishlovchining  xavfsizligini  ta'minlay  olmaydigan  hollarda 

qo'llaniladi.  Masalan,  agregatda  to'siq  bo'lishi  ishchi  shikastlanmaydi,  degan  gap 

emas,  chunki  ba'zi  hollarda  mexanizm  yoki  mashina  to'siqlarsiz  ham  ishlashi 

mumkin.  Lekin  ajralish  tekisligiga  to'siq  olinganda  elektr  zanjirni  uzadigan 

kontaktlar o'rnatilsa, bunda to'siq bo'lmaganda uskuna ishga tushmaydi.   

Uskuna  to'siq  o'rnatilgandan  va  kontakt  ulangandan  keyingina  ishga  tushadi.  

Bunday  konstruksiyadagi  blokirovka  qurilmalari  metallga  ishlov  beradigan 

stanoklarning barcha turlarida o'rnatiladi.  

Zamonaviy  qishloq  xo'jaligi  texnikasida  sodir  bo'lgan  yoki  sodir  bo'lishi 

mumkin  bo'lgan  xavfsizliklardan  ximoyalash  uchun  signalizasiyadan  keng 

foydalaniladi.  Vazifasiga  qarab  signalizasiyalar  ogohlantiruvchi  (mehnat 

xavfsizligiga  rioya  qilish  to'g'risida  ogohlantiradi,  transport  vositalarining 

harakatini boshqarish), avariya haqida (xavfli ish tartibi sodir bo'lganligi to'g'risida 

xabar)  nazoratlovchi  (ishlab  chiqarish  jarayonidagi  harorat,  bosim,  suyuqlik 

miqdori  va  boshqalarni  nozorat  etish)  va  gaplashishga  oid  (bir  mexanizm  yoki 

agregatga xizmat ko'rsatuvchi, bir guruh odamlar bilan operativ, ovozli va ko'rish 

signallarini shartli bog'lanishlaridir).  

Harakati  bo'yicha  quyidagi  turdagi  signalizasiyalardan  foydalaniladi: 

yorug'lik,  ovozli,  rangli,va  belgi  o'rnatish.  Yorug'lik  signalizasiyalari  transport 

vositalarida  xavfsizlik  vositasi  sifatida  keng  foydalaniladi.  Ular  oldindan  va 

orqadan kelayotgan  transportdan ogohlantiradi.   Shu  maqsadda  transportvositalari 

har  xil  signalizasiya  yoritish  asboblari:  faralar,  o'lchamlarini,  burilishni 

ko'rsatuvchi chiroqlar, stop-signallar bilan jihozlanadi.  




 

 

 



64 

XULOSA VA TAKLIFLAR 

 

Samarqand tumani qishloq xo'jaligi va uning tarkibiga kirgan tarmoqlar ya'ni 



fermer  xo'jaliklari  va  dehqon  xo'jaliklarining  ishlab  chiqarish  samaradorligini 

oshirish  va  harajatlarini  pasaytirish  imkoniyatlarini  aniqlash  borasida  amalga 

oshirilgan ilmiy tadqiqot natijasi quyidagi xulosalar qilish imkoniyatini berdi: 

1. Respublikamizning umumiy yer fondi 44,8 mln.  ga ni tashkil etadi,undan 

27,9 mln. ga yoki 62,3% qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardir. Shu yerlarning 

4  mln.    474  ming  ga  yoki  16,03  haydaladigan  yerlardir.  Yer  fondining  6  mln. 

gektari  dehqonchilikda  foydalaniladi.    Ulardan  4,2  mln  gektari  sug'oriladigan  yer 

bo'lib,  shundan  1,6  mln  ga  cho'l  zonasida,  qolgan  qismi  suvli  mintaqada 

joylashgan. Shu sug'oriladigan yerlarning 3 mln. ga ekinzordir

 



2. Qishloq  xo'jaligida ishlab chiqarilgan asal miqdori 2012 yilda 27.3 tonnani 

tashkil  etadi,  2013  yilda  esa  63.8  tonnani  tashkil  etib,  olingan  asal  miqdori  

oshganligini  ko'rishimiz mumkin ya'ni bu ko'rsatkich 37 tonnaga ga teng. Shundan 

esa  eng ko'p  asal  miqdori  dehqon  xo'jaliklaridan  olingan. 2013  yilda olingan  asal 

miqdori 40 tonnaga teng, 2012 yilga nisbatan 26 tonnaga oshgan. 

3.  Qishloq  xo'jaligida  mavjud  jami  asalari  oilalari  soni  2013  yilda  3084  tani 

tashkil etib, 2012 yilga nisbatan 222 ta oilaga oshgan. 

4. Samarqand tumanidagi dehqon xo'jaliklarida asalarilar oilasining soni 2013 

yilda 1702 tani tashkil etib, 2012 yilga nisbatan 1035 taga ya'ni 155%ga oshgan.  

5. har bir oiladan olingan asal miqdori 2013 yilda 23,5kgni tashkil etib, 2012 

yilga nisbatan  2,5 kg ga ya'ni 1,19%ga o'zgargan. Bundan xulosa qilish mumkinki, 

fermer  xo'jaliklariga  nibatan  dehqon  xo'jaliklarida  asalarichilikka  bo'lgan  e'tibor 

yuqori, ko'rsatkichlardan faqat o'sish yuzaga kelganini ko'rishimiz mumkin.   

6.  50  ta  asalari  oilasiga  mo'ljallangan  dehqon  xo'jaligini  tashkil  qilish  uchun 

o'rtacha  38720000  so'mli  xarajat  qilinadi.  Bunda  doimiy  xarajat  200000 

hisoblanadi, qolgan xarajatlar ya'ni,  38520000so'm esa o'zgaruvchan xarajatlardir. 




 

 

 



65 

  7.  Asalarichilikni  tashkil  etish  uchun  qilinadigan  xarajatlar  1066000so'mni 

tashkil etadi. Qilingan xarajatimiz doimiy va o'zgaruvchan xarajatga bo'linadi. Bu 

yerda doimiy xarajat miqdori  200000so'mni tashkil etib, o'zgaruvchan xarajat esa 

866000so'mni  tashkil  etadi.  1ta  asalari  oilasini  tashkil  etish  uchun  bizga  1asalari 

oilasi, asalari uyasi, 1asalari uyasiga 9 dona mum kataklar, 7 dona ramkalar kerak 

bo'ladi.  Asalari  ozuqasi  uchun  1  oilaga  10  kg  shakar  beriladi.  Asalari  parvarishi 

uchun  vaqtida  dorilash  ishlari  olib  boriladi,  dorilashi  uchun  100000so'm  ketadi.  

Asal tayyor bo'lgandan keyin  medagon asal olish asbobi bilan asal olinadi.  50 ta 

asalari  oilasiga  mo'ljallangan  dehqon  xo'jaligini  tashkil  qilish  uchun  o'rtacha 

38720000 so'mli xarajat qilinadi.  Bunda doimiy xarajat 200000so'm  hisoblanadi, 

qolgan xarajatlar ya'ni 38520000so'm esa o'zgaruvchan xarajatlardir.   

  Yuqoridagi  xulosalardan  kelib  chiqib,  Samarqand  tumani  fermer 

xo'jaliklarida  asalarichilikni  tashkil  etish  va  uning  samaradorligini  oshirish 

bo'yicha quyidagi takliflarni beramiz: 

1.  Iqtisodiy  samaradorlikning  asosiy  ko'rsatikichi  foyda  va  rentabellik 

hisoblanib,  ularning  oshishiga  mahsulot  sotishdan  keladigan  tushum  ijobiy  ta'sir 

etadi.  Shuning  uchun  tumanda  qishloq  xo'jalik  mahsulotlarini  sotishning  yangi 

yo'nalishlarini  qidirib  topish  bo'yicha  muntazam  marketing  tadqiqotlarini  olib 

borish lozim.   

2.  Qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirishda tuman tabiiy-iqlim sharoitlaridan 

kelib chiqib, asalari uyalarini joylashtirishda mobillikni oshirish.  

3.  Mehnat  resurslaridan  barcha  tarmoqlorda  samarali  foydalanish  uchun 

moddiy  va  ma'naviy  rag'batlantirish  imkoniyatlaridan  to'laroq  foydalanish  va  shu 

yo'l bilan mehnat unumdorligi ko'rsatkichlarini oshirish lozim.  

4.  Bizga 

ma'lumki 

asalarichilikda 

asal 

o'simliklardan 



olinadi.  

O'zbekistonning  tabiiy  sharoiti  ko'pchilik  asalchil  o'simliklarning  o'sishi  uchun 

nihoyatda  qulaydir.  Shu  bois  qishloq  xo'jaliklarida  asalchilik  o'simliklarni 

o'stirishga  bo'lgan  e'tiborni  oshirish  kerak.  Bu  yerning  o'simliklari  erta  bahordan 




 

 

 



66 

kech  kuzgacha  shabnam  tushguncha  o'sadi.  Bu  esa  asalarilarning  ko'p  miqdorda 

asal yig'ishiga olib keladi.  

5.  Asalaridan  asal,  asalari  mumi,  mumparda  va  propolis  mahsulotlaridan 

tashqari  yangi  asalari  oilasi  olinishi  va  uning  qiymatini  olingan  yalpi  mahsulot 

qiymatiga qo'shilishini taklif qilamiz.  

Taklif  etilayotgan  fikrlarimiz  ishlab  chiqarishga  joriy  etilishi  tuman  qishloq 

xo'jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va harajatlarini kamaytirishga 

xizmat qilgan bo'lar edi.     

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

 

 



67 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI. 

 

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.  –T. : O'zbekiston, 2008.  

2. O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmoni.    Oziq-ovqat  ekinlari 

ekiladigan  maydonlarni  optimallashtirish  va  ularni  yetishtirishni  ko'paytirish 

chora-tadbirlari to'g'risida.  20.10.2008.  PF–4041.   

3. O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarori.    Xorijiy  investisiyalar  va 

kreditlarni  jalb  etish  hamda  o'zlashtirish  jarayonini  takomillashtirish  chora-

tadbirlari to'g'risida.  24.07.2008. PQ–927.   

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori.  Zooveterinariya 

xizmatlari  ko'rsatish  sohasida  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  chora-tadbirlari 

to'g'risida.  13.06.2008. 129-son.   

5. O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarori.    Ishlab  chiqarish  va 

ijtimoiy  infratuzilmani  yanada  rivojlantirish  yuzasidan  qo'shimcha  chora-tadbirlar 

to'g'risida.   20.01.2009. PQ–1041.   

6. O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarori.    Tadbirkorlik  faoliyatini 

yanada qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida.  15.05.2009.  

PQ–1112.   

7. O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarori.    2011  —  2015  yillarda 

infratuzilmani, 

transport 

va 

kommunikasiya 



qurilishini 

rivojlantirishni 

jadallashtirish to'g'risida.  21.12.2010. PQ-1446. 

8.  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarori.    Shaxsiy  yordamchi, 

dehqon  va  fermer  xo'jaliklarida  chorva  mollarini  ko'paytirishni  rag'batlantirish 

chora-tadbirlar to'g'risida.   23.03.2006.  PQ-308.   

9.  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarori.    Shaxsiy  yordamchi 

dehqon  va  fermer  xo'jaliklarida  chorva  mollarini  ko'paytirishni  rag'batlantirishni 

kuchaytirish  hamda  chorvachilik  mahsulotlari  ishlab  chiqarishni  kengaytirish 

borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida.  21.04.2008. PQ-842.   




 

 

 



68 

10. O'zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasining 

qarori.  

Chorvachilikda  naslchilik,  zootexnika  va  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  yanada 

takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida.  22.11.2010. 257-son.   

11. O'zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Iqtisodiyot  vazirligi,  Davlat 

soliq  qo'mitasi,  Davlat  bojxona  qo'mitasining  qarori.    Ishlab  chiqarishni 

modernizasiyalash,  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlashni  amalga  oshiruvchi 

xo'jalik  yurituvchi  sub’yektlar  tomonidan  imtiyozlarni  qo'llash  tartibi  to'g'risidagi 

nizomni  tasdiqlash  haqidagi  qarorga  o'zgartirish  va  qo'shimchalar  kiritish  haqida.  

26.01.2010. 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-son  

12. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.  Kichik biznes va xususiy 

tadbirkorlik yili Davlat dasturi to'g'risida.  07.02.2011. PQ-1474. 

13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.  Kichik biznes va xususiy 

tadbirkorlik  sub’yektlariga  kredit  berishni  ko'paytirishga  oid  qo'shimcha  chora-

tadbirlar to'g'risida.  11.03.2011. PQ-1501.   

14. Karimov I. A.  Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida 

uni bartaraf etishning yo'llari va choralari.  –T. : O'zbekiston, 2009  

15. Karimov  I.    Mamlakatimizni  modernizasiya  qilish  va  kuchli  fuqarolik 

jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir//Xalq so'zi.  28.01.2010.  

16. Karimov  I.  A.    Barcha  reja  va  dasturlarimiz  Vatanimiz    taraqqiyotini 

yuksaltirish,  xalqimiz  farovonligini  oshirishga  xizmat  qiladi:  Prezident  Islom 

Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari 

va  2011  yilga  mo'ljallangan  eng  muhim  ustuvor  yo'nalishlarga  bag'ishlangan 

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  ma'ruzasi//  Xalq 

so'zi.  22.01.2011.   

17. Abdug'aniyev  A.  ,  Abdug'aniyev  A.  A.    Qishloq  xo'jaligi  iqtisodiyoti.    –

T.: O'zbekiston, 2004.  

18. Azizqulov  B.    Ilg'or  texnologiyalar  iqtisodiy  saaradorligi.    //O'zbekiston 

qishloq xo'jaligi.   –Toshkent, 2008. -№ 9. -35-b.   



 

 

 



69 

19. Ashurov  O.    Turli  usullarda  o'simliklar  yetishtirishda  suv  sarfi.  

//O'zbekiston qishloq xo'jaligi. –Toshkent, 2008. -№9.  -24-b.   

20. Doliyev  T.    Sarhisob  pallasi.    //O'zbekiston  qishloq  xo'jaligi.      –Toshkent, 

2008.-№10.  -1-b.   

21. Jo’rayev J. Ya. , Ostonaqulov T. E. , Farmonov N. O.  Asalarichilikka oid 

fermer va oilada ish olib boruvchilar uchun uslubiy qo'llanma.  –Samarqand, 2012.  

22. Jo'rayev F.  Qishloq xo'jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish.  

Darslik.  –T.: Istiqlol,  2004.  

23. Ismoilov A. , Murtazayev O.  Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti. Darslik.  –T.: 

Moliya, 2005.  

24. Kraxotin N. F.  O'zbekistonda asalarichilik.  -T. : Mehnat, 1991.   

25. Murtazayev  O.    Qishloq  xo'jaligi  mahsulotlari  samaradorligini  oshirish 

muammolari.  Monografiya.  –T.: FAN, 2005.  

26. Макконнел  К.  Р,  Брю  С.  Л.    Экономикс-Принципы,  проблемы  и 

политика.  –Таллин, 1993.  

27. Olimjonov O. , Farmonov T. , Qosimbekov P. , Sirojiddinov S. , Qosimov 

M.,  Rafiqov  I.  Fermerlik  faoliyatining  huquqiy  va  moliyaviy  asoslari.    –T.: 

Universitet, 2005.   

28. Oripov R. O. , Xalilov N. X.  O'simlikshunoslik.  Darslik.  – Samarqand, 

2005.   

29. Попов Н. А. Экономика сельского хозяйства.  -М.: Колос, 2001. -129 

с.  

30. Савицкая  Г.  В.    Анализ  хозяйственной  деятельности  предприятий 



АПК.  -Мн.: Новое знание, 2001.  

31. Shukurov Sh. , Mirzayev A. , Muxtorov A.  Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti.  

–Qarshi, 1997.  

32. To'xliyev N.   O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti.  –T. : O'zME, 1995.-

108-b.  



 

 

 



70 

33. Xodiyev B. Yu.  va boshqalar.  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 

Karimovning,  “Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O'zbekiston  sharoitida  uni 

bartaraf  etishning  yo'llari  va  choralari”  nomli  asarini  o'rganish  bo'yicha  o'quv 

qo'llanma.  – T. : Iqtisodiyot, 2009.   

34. Xalilov  N.  X.    Qishloq  xo'jalik  ekinlarini  yetishtirish  texnologiyasi.    – 

Samarqand,  2002.  

35. Цеддиес Ю., Райш Е., Угаров А.А. Экономика сельскохозяйственных 

предприятий.  -М.: МСХА, 2000 

36. Samarqand tumani fermer xo'jaliklari hisobotlari ma'lumotlari. 2011-2013 

yillar 

37. Samarqand  tumani  Statistika  bo'limi  hisobot  ma'lumotlari.  2011.-2013 

yillar. 

38. Internet ma’lumotlari  

38.1. www.agro.uz – Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi sayti 

38.2. www.edu.uz  - Oliy ta'lim sayti 

38.3. www.lex.uz –Qonun hujjatlari sayti 

38.4. www.livestock. uz – O'zbekiston chorvachiligi sayti 

38.5. www.samqxi.uz– Samarqand qishloq xo'jalik instituti sayti 

38.6. www.usda.gov – AQSh qishloq xo'jalik departamenti sayti 

38.7. www.uz.bir.uz,  – Biznes informasion resurslar saytlari 

38.8. www.uza.uz – O'zbekiston Axborot agentligi sayti 

38.9. www.uzreport.com – Biznes hisobot portali 

38.10. www.ziyonet.uz – Ziyonet ta'lim portali



 

 

 



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish